04.10.2004 yildagi 458-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHGUZAR-BOYSUN-QUMQOʻRGʻON YANGI TEMIR YOʻL LINIYASI QURILISHI LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH UCHUN YAPONIYA HUKUMATI TOMONIDAN BERILAYOTGAN IMTIYOZLI KREDITDAN FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasi qurilishi uchun Yaponiya Hukumati tomonidan berilayotgan uzoq muddatli imtiyozli kreditdan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasi qurilishining bir qismini moliyalashtirish uchun 40 yil muddatga, shu jumladan oʻn yillik imtiyozli davrga 0,4 yillik foiz ostida Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining 16359 mln Yaponiya yeni (151,47 mln AQSH dollariga teng) miqdoridagi imtiyozli krediti jalb etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining krediti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kreditga xizmat koʻrsatuvchi moliyaviy agent hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi loyihani amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit boʻyicha foizlar, vositachilik haqi va asosiy qarzni toʻlash “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga 1-ilovaga* muvofiq jadvalga koʻra amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani hammoliyalashtirish ulushi Oʻzbekiston tomonidan davlat budjeti mablagʻlari (20% miqdorida) va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasi qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasi qurilishining kapital qoʻyilmalari hajmi va moliyalashtirish manbalari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasi qurilishi loyihasini amalga oshirish jadvali 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2—4-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining uzoq muddatli imtiyozli kreditini olish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kredit bitimini imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik banki oʻrtasidagi kredit bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yaponiya Hukumati tomonidan vakil qilingan bank bilan banklararo bitim, shuningdek Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining imtiyozli kreditidan foydalanish va uni qaytarish tartibi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan agentlik bitimi tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur loyiha boʻyicha Yaponiya hamkorlik banki tomonidan berilayotgan kreditdan toʻliq, maqsadli va samarali foydalanish uchun javobgarlik “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Loyihani amalga oshirishni tezlashtirish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining loyihaning maslahatchisi sifatida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarining hamishlab chiquvchisi boʻlgan Japan Transportation Consultants kompaniyasini tanlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi loyihani samarali amalga oshirish va Yaponiya xalqaro hamkorlik bankining kreditidan samarali foydalanish uchun ikki hafta muddatda xodimlar soni 6 kishigacha boʻlgan Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etsin, mazkur Guruh toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Loyihani amalga oshirish guruhi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligidan bir nafardan vakil kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish guruhiga quyidagi asosiy vazifalarni bajarish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha amalga oshirilishining doimiy monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq asbob-uskunalar xarid qilish va xizmatlar koʻrsatilishiga tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuziladigan kontraktlarni oʻz vaqtida bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarning har oylik hajmlarini va moliyaviy xarajatlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy mablagʻlar harakatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning amalga oshirilishi toʻgʻrisida belgilangan shakllardagi hisobotlarni keyinchalik Vazirlar Mahkamasiga axborot berish uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga taqdim etish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Loyihani amalga oshirish davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy banklar, sugʻurta agentliklari va xorijiy kompaniyalarning daromadlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbaida daromad soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi respublikada ishlab chiqarilmaydigan tovarlar, asbob-uskunalar, moddiy resurslar va ishlar (xizmatlar)ni import qilishda bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sohada ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi burgʻulash-portlatish ishlarini amalga oshirish texnologiyalarini qoʻllash imkoniyatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin va xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2005—2007-yillar investitsiya dasturida Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon temir yoʻli qurilishini tugallash uchun davlat budjeti hisobiga zarur kapital qoʻyilmalarni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga davlat bojlari undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini, shuningdek ular vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining “Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasi qurilishini jadallashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 24-yanvardagi 43-son qaroriga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Azimov va R.F.Fayzullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
458-son