1-ILOVA
1. | T.K. Narbayeva | — | Senat Raisi, ishchi guruh rahbari |
2. | S.Dj. Yusupov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
3. | R.R. Xakimov | — | Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari |
4. | Z.B. Maxkamova | — | Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi |
5. | K.K. Kuranbayev | — | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi |
6. | K.A. Sharipov | — | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
7. | X.U. Umarova | — | Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
8. | A.Z. Saʼdullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
9. | B.A. Begalov | — | Statistika agentligi direktori |
10. | A.F. Musayev | — | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari |
11. | X.X. Meliyev | — | Adliya vaziri oʻrinbosari |
12. | Sh.F. Nurullayeva | — | Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosari |
13. | V.Y. Ergashev | — | Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori oʻrinbosari |
14. | N.X. Raximova | — | “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori |
2-ILOVA
1. | X. Meliyev | — | Adliya vaziri oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari |
2. | Z. Bekatova | — | Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator |
3. | I. Muslimov | — | Oliy sud raisi oʻrinbosari |
4. | N. Boboxonova | — | Sudyalar oliy kengashining sudyasi |
5. | S. Artikova | — | Bosh prokuror oʻrinbosari |
6. | V. Ergashev | — | Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori oʻrinbosari |
7. | S. Abdullayev | — | Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosari |
8. | A. Musayev | — | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari |
9. | B. Begalov | — | Statistika agentligi direktori |
10. | D. Muratova | — | Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazi direktori oʻrinbosari |
11. | D. Saʼdullayev | — | Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha monitoring va huquqiy tahlil sektori mudiri |
12. | B. Aʼloyev | — | Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
13. | A. Nuruddinova | — | Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti direktori oʻrinbosari, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent |
14. | U. Abdullayeva | — | Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi oʻrinbosari — xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar boshqarmasi boshligʻi |
15. | M. Nurmatova | — | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
16. | Y. Kanyazov | — | Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori |
17. | S. Samadov | — | Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshligʻi v.v.b. |
18. | R. Xatamov | — | Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshligʻi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent |
19. | M. Nizamova | — | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boshqarma boshligʻi |
20. | F. Abduraximova | — | “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti boʻlim boshligʻi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent |
21. | G. Ismailova | — | Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, yuridik fanlari doktori, professor |
22. | L. Aslanova | — | Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi oʻqituvchisi |
Ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish asosida oilani mustahkamlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqishga koʻmaklashuvchi ishchi guruh TARKIBI | |||
1. | O. Kozixonova | — | Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi, ishchi guruh rahbari |
2. | Z. Maxkamova | — | Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi |
3. | X. Umarova | — | Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
4. | K. Sharipov | — | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
5. | M. Nurmatova | — | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
6. | N. Raximova | — | “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori |
7. | Sh. Nurullayeva | — | Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosari |
8. | S. Raxmatov | — | Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) kotibiyatining sektor mudiri |
9. | M. Kaxxarova | — | Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari |
10. | A. Omonov | — | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi “Tarbiya” fani metodisti |
11. | X. Abduraxmanov | — | “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti direktor oʻrinbosari |
12. | X. Saydivaliyeva | — | “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti boʻlim boshligʻi |
13. | A. Gʻulomov | — | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi boshqarma boshligʻi |
14. | S. Urakov | — | Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash Instituti yuristi |
15. | V. Alimova | — | Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi direktori |
16. | X. Maxmudova | — | Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi boshqaruv raisi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent |
17. | Sh. Butayev | — | Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi yetakchi mutaxassisi |
18. | U. Sabirova | — | Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti “Sotsiologiya” kafedrasi dotsenti, sotsiologiya fanlari doktori |
19. | B. Alimov | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari |
20. | U. Imanova | — | Davlat boshqaruvi akademiyasi Iqtisodiyot va moliya kafedrasi dotsenti |
21. | U. Poʻlatova | — | Toshkent davlat yuridik universiteti oʻqituvchisi |
Oilaviy qadriyatlarni saqlash va targʻib qilishga doir takliflar ishlab chiqishga koʻmaklashuvchi ishchi guruh TARKIBI | |||
1. | K. Kuranbayev | — | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi, ishchi guruh rahbari |
2. | M. Bekmurodov | — | Davlat boshqaruvi akademiyasi “Boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi” kafedrasi mudiri |
3. | A. Saʼdullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
4. | I. Axmedova | — | Din ishlar boʻyicha qoʻmitasi Xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi |
5. | Sh. Soatova | — | Adliya vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi |
6. | N. Tadjiyeva | — | Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bosh inspektori |
7. | A. Kamolov | — | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarmasi boshligʻi |
8. | N. Kasimov | — | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar siyosati va maʼnaviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi boshligʻi |
9. | M. Safarov | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi oʻrinbosari |
10. | A. Gʻafforov | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori oʻrinbosari |
11. | M. Zufarova | — | Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlim mudiri |
12. | Z. Akbaraliyeva | — | Respublika Maʼnaviyat targʻiboti markazi boʻlim boshligʻi |
13. | S. Aslanova | — | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi boʻlim boshligʻi |
14. | Sh. Kazakbayev | — | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boʻlim boshligʻi |
15. | M. Zoxidova | — | Yozuvchilar uyushmasi boʻlim boshligʻi |
16. | Sh. Usmonov | — | “Nuroniy” jamgʻarmasi respublika Boshqaruvi raisi oʻrinbosari |
17. | O. Burxonov | — | Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi raisi maslahatchisi |
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi* | Amalga oshirish mexanizmlari | Ijro muddatlari | Masʼullar |
1. | 1. Oila munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini hamda huquqni qoʻllash amaliyotini har tomonlama tahlil qilish, mavjud muammo va huquqiy boʻshliqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 2. Ushbu sohadagi qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha quyidagi masalalarni chuqur tahlil qilgan holda takliflar ishlab chiqish: sud tomonidan nikohdan ajratishni amalga oshirishning huquqiy asoslarni takomillashtirish; uchinchi shaxslarning aralashuvi nikoh tugatilishiga sabab boʻlganligi uchun javobgarlikni belgilash; er yoki xotinning nikohni tugatilishiga sabab boʻlgan harakatlari (masalan, turmush oʻrtogʻining mehnatga boʻlgan huquqini cheklash, xiyonat qilish yoki boshqa shaxs bilan umumiy roʻzgʻor asosidan yashashi) uchun fuqaroviy-huquqiy javobgarlik belgilash; er-xotinning nikoh tugatilgandan soʻng munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, bunda farzandining oʻz ota-onasi bilan muloqot qilishini cheklaganlik uchun ota, ona yoki boshqa shaxslar javobgarligini kuchaytirish. | 1. Ishchi guruh tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish va xorijiy tajribani oʻrganish. | 2025-yil 15-yanvar | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy Majlis palatalari tegishli qoʻmitalari (kelishilgan holda), Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti (M. Raxmankulov), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva) |
2. Normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil etib, oila munosabatlarini tartibga solish bilan bogʻliq huquqiy boʻshliqlarni va muammolarni aniqlash. | 2025-yil 20-yanvar | |||
3. Oʻrganish natijalariga koʻra normativ-huquqiy hujjatlarni (kodekslar, qonunlar, qonunosti hujjatlar) takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil 5-fevral | |||
2. | Oilani saqlashga qaratilgan dasturlarning samaradorligi, nikohdan ajralishning ijtimoiy va iqtisodiy sabablarini va uning natijasida yuzaga keladigan oqibatlarini oʻrganish. Natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 1. Oilalarni saqlab qolishga qaratilgan mavjud dasturlarni xatlovdan oʻtkazish. | 2025-yil 15-yanvar | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (Z. Maxkamova), Oliy sud (B. Islamov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva), Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (E. Aripov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. Mazkur dasturlarni oʻrganish va tahlil qilish. | 2025-yil 20-fevral | |||
3. Oʻrganish natijalari yuzasidan asoslantirilgan takliflar tayyorlash. | 2025-yil 1-fevral | |||
4. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va takliflarni Adliya vazirligiga kiritish. | 2025-yil 5-fevral | |||
3. | Oila munosabatlari, shu jumladan nikoh tuzish, undan ajralish, er-xotinning huquq va majburiyatlari, nikoh shartnomasi kabi yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari roʻyxatini shakllantirish, umumlashtirish, tahlil qilish va asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 1. Oila munosabatlariga oid ilmiy-tadqiqot ishlari, monografiyalar, maqolalar, dissertatsiyalar va boshqa tadqiqotlar roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil 15-yanvar | Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva), OTFIV (Q. Sharipov), Oliy Majlis palatalari tegishli qoʻmitalari (kelishilgan holda) |
2. Mazkur ilmiy-tadqiqotlarning natijalarining amaliyotga joriy etilishini oʻrganish va tahlil qilish. | 2025-yil 20-yanvar | |||
3. Ilmiy-tadqiqotlar asosida oila munosabatlari mustahkamlashga doir takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil 1-fevral | |||
4. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va takliflarni Adliya vazirligiga kiritish. | 2025-yil 5-fevral | |||
4. | Oila va xotin qizlar qoʻmitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini oʻrganish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Institut faoliyatini oʻrganish boʻyicha masʼullar va muddatlarni belgilash. | 2025-yil 7-yanvar | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva), Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (E. Aripov), Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti (M. Raxmankulov), |
2. Institut faoliyatini oʻrganish yuzasidan savolnoma ishlab chiqish. | 2025-yil 9-yanvar | |||
3. Institutda oʻrganish ishlarini olib borish. | 2025-yil 10 — 20-yanvar | |||
4. Oʻrganish natijalari yuzasidan instituti faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish (Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi). | 2025-yil 5-fevral | |||
5. | Fuqarolar yigʻinining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari (yarashtirish komissiyalari) faoliyatiga oid statistik maʼlumotlarni viloyat, tuman (shahar) kesimida umumlashtirish va tahlil qilish. Komissiyaning asosiy vazifalari: hududda milliy, umuminsoniy va oilaviy qadriyatlarni keng targʻib etish; oilalarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish; oilaviy nizolar, yoshlar tarbiyasiga eʼtiborsizlik holatlari, fuqarolarning yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishi kabi masalalar haqida tushuntirish; yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaning muqaddasligi va oila buzilishining oldini olish boʻyicha targʻibot ishlarini tashkil etish; er-xotinlarni yarashtirish choralarini koʻrish; oilalarning turmush tarzi va muhitini oʻrganish, totuvlikka salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga barham berish choralari koʻrish; namunali oila tajribalarini ommalashtirish; yoshlar oʻrtasida milliy, oilaviy qadriyatlarga hurmat ruhida boʻlishni targʻib etish; toʻylar va boshqa marosimlarni ixcham oʻtkazish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish va b. | 1. Komissiyalar faoliyatini oʻrganishga doir savolnoma ishlab chiqish. | 2025-yil 7-yanvar | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva) |
2. Komissiyalar faoliyatini oʻrganish boʻyicha ekspertlar guruhini tuzish. | 2025-yil 10-yanvar | |||
3. Ekspertlar guruhi tomonidan savolnomalar asosida maʼlumotlarni olishni tashkil qilish. | 2025-yil 20-yanvar | |||
4. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish va samaradorlikni baholash. | 2025-yil 25-yanvar | |||
5. Tahlil natijalari boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil 1-fevral | |||
6. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va takliflarni Adliya vazirligiga kiritish. | 2025-yil 5-fevral | |||
6. | Oila munosabatlari, nikoh tuzish, uni tugatish (ajratish), er-xotinning huquq va majburiyatlari, nikoh shartnomasi, aliment toʻlash kabi masalalarga oid xalqaro hujjatlar, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tegishli takliflar ishlab chiqish. | 1. Oila munosabatlariga doir xalqaro hujjatlar roʻyxatini shakllantirish. | 2023-yil 15-yanvar | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy Majlis palatalari tegishli qoʻmitalari (kelishilgan holda), Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (E. Aripov), Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti (M. Raxmankulov), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva) |
2. Mazkur roʻyxat asosida oʻrganish ishlarini olib borish. | 2025-yil 20-yanvar | |||
3. Ushbu band ijrosi boʻyicha hamijrochi sifatida belgilangan masʼul idoralar tomonidan statistik va tahliliy maʼlumotlar hamda takliflarni Adliya vazirligiga taqdim etish. | 2025-yil 25-yanvar | |||
4. Oʻrganish natijasiga koʻra asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil 5-fevral | |||
7. | Oila va nikoh, oilaviy munosabatlar psixologiyasi, nikohdan ajralish va ularning omillari (ichki va tashqi) boʻyicha sotsiologik soʻrovlarni shakllantirish va oʻtkazish. (soʻrovnoma tayyorlash, respondentlarni belgilash va b.). Natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. Misol uchun, ichki omillar: oilada qaynona-kelin, turmush oʻrtogʻi oʻrtasidagi oʻzaro kelishmovchiliklar, yaqin qarindoshlarning oila ichki hayotiga aralashishi; turmush oʻrtogʻining (er yoki xotin) xiyonati; shaʼriy nikoh bilan boshqa oila qurganligi; oila aʼzolarida (er yoki xotin, voyaga yetgan farzandlar) boqimandalik kayfiyati; turmush oʻrtogʻining ichkilikka va giyohvandlikka berilib ketganligi; erkak (ayol)ning chet elga ishlash uchun ketib qolganligi; erkak (ayol)ning diniy aqidalar taʼsiriga tushganligi; oilada farzand yoʻqligi, oila aʼzolaridan birining surunkali kasalligi; aka-uka, opa singillar oʻrtasida meros masalasida nizolarning chiqishi kabi. Tashqi omillar: moddiy yetishmovchilik (oila aʼzolarining bandligi taʼminlanmaganligi, uy-joy yetishmasligi, yashash sharoitining ogʻirligi); er (yoki xotin)ning murakkab ish rejimi bilan bogʻliq mehnat faoliyati (ishdan kech qaytish, oilaga vaqt ajrata olmaslik); oila aʼzolaridan birining jinoyat sodir etganligi (ozodlikdan mahrum etilganlik); voyaga yetmagan farzandi boʻlgan oilalarda ota yoki ona vafot etgan vaqtida vujudga keladigan muammolar (uy toʻlovlarini toʻlashda, uy-joy sotishda va h.k.) ishsizlik, xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketish; jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy oʻzgarishlar (urf-odatlar, trendlar, submadaniy elementlar, norasmiy nikoh, radikalistik qarashlarning kuchayishi va unga nisbatan toqatsizlik) kabi. | 1. Soʻrovnoma savollarini ishlab chiqish. | 2025-yil 7-yanvar | “Ijtimoiy fikr” markazi (N. Raximova), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva), Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (E. Aripov), Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi (A. Pardayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Din ishlari boʻyicha qoʻmita (S. Toshboyev), Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov) |
2. Soʻrovnoma respondentlari toifasi va miqdorini belgilash. | 2025-yil 10-yanvar | |||
3. Soʻrovnoma oʻtkazish uchun reja-grafiklarni ishlab chiqish va masʼullarni biriktirish. | 2025-yil 10-yanvar | |||
4. Reja-grafik asosida joylarda soʻrovnoma oʻtkazish. | 2025-yil 12 — 20-yanvar | |||
5. Soʻrovnoma natijalari asosida takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil 25-yanvar | |||
6. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va takliflarni Adliya vazirligiga kiritish. | 2025-yil 1-fevral | |||
8. | Psixologlar oʻrtasida oila institutini mustahkamlash, nikoh tuzish, undan ajralishning psixologik aspektlarini aniqlash boʻyicha ekspertlik soʻrovini oʻtkazish. Internet nashrlari, OAV vositalari, televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda 2023-2024-yillarda yoritilgan materiallar, efirga uzatilayotgan serial va koʻrsatuvlarning oila institutiga psixologik taʼsiri yuzasidan tahlil oʻtkazish. Natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 1. Ekspertlik soʻroviga doir savollarni shakllantirish. | 2025-yil 7-yanvar | Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi, OTFIV (Q. Sharipov), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva), Oliy taʼlim muassasalarining psixologiya fakultetlari |
2. Soʻrovnoma oʻtkaziladigan hududlarni belgilab olish va reja-grafiklarni ishlab chiqish. | 2025-yil 10-yanvar | |||
3. Soʻrovnomalarda ishtirok etadigan psixologlarni aniqlash. | 2025-yil 10-yanvar | |||
4. Reja-grafik asosida soʻrovnomani oʻtkazish. | 2025-yil 12 — 20-yanvar | |||
5. Internet nashrlari, OAV vositalari, televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan materiallar, efirga uzatilayotgan serial va koʻrsatuvlarning oila institutiga psixologik taʼsiri yuzasidan tahlil oʻtkazish. | 2025-yil 20 — 25-yanvar | |||
6. Soʻrovnoma natijalari asosida nikoh va ajrashish bilan bogʻliq psixologik holatlar yuzasidan xulosa va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash. | 2025-yil 1-fevral | |||
7. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va takliflarni Adliya vazirligiga kiritish. | 2025-yil 5-fevral | |||
9. | Sudlarning nikohdan ajratish yoki nikohdan ajratishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorlari va sud amaliyotini tahlil qilish. Natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 1. Nikohdan ajratish va nikohdan ajratishni rad qilish boʻyicha qabul qilingan sud qarorlarini toʻplash. | 2025-yil 10-yanvar | Oliy sud (B. Islamov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva), TDYU (I. Rustambekov) |
2. Mazkur sud qarorlarini toifalarga (oilaviy zoʻravonlik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar, nikohdagi ziddiyatlar, xiyonat, va hk.) ajratish. | 2025-yil 15-yanvar | |||
3. Nikohdan ajratish va uni rad qilish boʻyicha qabul qilingan qarorlarning sabablarini oʻrganish. | 2025-yil 20-yanvar | |||
4. Sud qarorlarining xolisligi va adolatli boʻlishi uchun huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil 1-fevral | |||
5. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va takliflarni Respublika ishchi guruhiga kiritish. | 2025-yil 5-fevral | |||
10. | Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida amalga oshirilgan nikohdan ajratishlar soni, ularning sabablari va omillarini tahlil qilish. Natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 1. Nikohdan ajralishlar haqidagi statistik maʼlumotlarni toʻplash. | 2025-yil 15-yanvar | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (Z. Maxkamova), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva), TDYU (I. Rustambekov) |
2. Toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish va ajrim sabablarini oʻrganish. | 2025-yil 25-yanvar | |||
3. Ushbu band ijrosi boʻyicha hamijrochi sifatida belgilangan masʼul idoralar tomonidan statistik va tahliliy maʼlumotlar hamda takliflarni Adliya vazirligiga taqdim etish. | 2025-yil 1-fevral | |||
4. Tahlil natijalari asosida oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan aniq takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil 5-fevral | |||
11. | Oʻzbekistondagi nikohdan ajralishlar toʻgʻrisidagi statistikani shakllantirish tartibini tahlil qilish. | 1. Nikohdan ajralishlar statistikasini shakllantirish tartibini tahlil qilish. | 2025-yil 5-yanvar | Statistika agentligi (B. Begalov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev) |
2. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari va sudlardagi maʼlumotlarni toʻplash. | 2025-yil 10-yanvar | |||
3. Koʻrsatkichlarni solishtirish hamda toʻgʻri va samarali shakllantirishda toʻsiq boʻlayotgan omillarni aniqlash. | 2025-yil 20-yanvar | |||
4. Tahlil natijasida asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil 25-yanvar | |||
5. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va takliflarni Adliya vazirligiga kiritish. | 2025-yil 1-fevral | |||
12. | Nikohdan ajralish, shu jumladan aliment, mol-mulkni boʻlish, uy-joyga kiritish kabi masalalarga oid ijro hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish (2020 — 2024-yillar kesimida). Natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 1. Aliment, mol-mulk, uy-joyga kiritishga oid sud qarorlarini toʻplash va ularning ijrosi holatini tahlil qilish. | 2025-yil 20-yanvar | Majburiy ijro byurosi (M. Egamberdiyev), Oliy sud (B. Islamov), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva), TDYU (I. Rustambekov) |
2. Ijro hujjatlarini amalga oshirish va huquqni qoʻllash amaliyotini yaxshilash yuzasidan aniq takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil 1-fevral | |||
3. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va takliflarni Adliya vazirligiga kiritish. | 2025-yil 5-fevral | |||
13. | Oilada tazyiq va zoʻravonlik natijasida nikohdan ajralishlar sonining oshishini oʻrganish, ayollarni ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolish sabablarini tahlil qilish. Natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 1. Sohaga oid ekspertlar guruhini shakllantirish. | 2025-yil 10-yanvar | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Oliy Majlis Senati (kelishilgan holda), Oliy sud (B. Ismoilov), IIV (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) |
2. Nikohdan ajralishlar sonining oshishi hamda ayollarni ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolish sabablarini oʻrganish va tahlili etish. | 2025-yil 20-yanvar | |||
3. Oilada tazyiq va zoʻravonlik natijasida nikohdan ajralishlarning oldini olish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil 1-fevral | |||
4. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va takliflarni Adliya vazirligiga kiritish. | 2025-yil 5-fevral | |||
14. | Nikohdan ajralish natijasida oilada ijtimoiy barqarorlikning buzilishi, bolalarning rivojlanishiga taʼsirini oʻrganish (bolalar ajralish jarayonida va undan keyin psixologik qiyinchiliklarga duch kelishi). | 1. Oʻrganish boʻyicha savolnomalar tayyorlash. | 2025-yil 5-yanvar | Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi (V. Alimova), Bolalar ombudsmani (S. Raxmonova), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev), Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi |
2. Oʻrganish respondentlari toifasi va miqdorini belgilash. | 2025-yil 7-yanvar | |||
3. Hududlarda oʻrganish oʻtkazish boʻyicha reja-grafiklarni ishlab chiqish va oʻrganish olib borish. | 2025-yil 10 — 17-yanvar | |||
4. Oʻrganish natijalari asosida ajrimdan soʻng bolalarning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan muammolarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil 25-yanvar | |||
5. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va takliflarni Adliya vazirligiga kiritish. | 2025-yil 1-fevral | |||
15. | Mahallalarda oilalar mustahkamligini taʼminlash, nikohdan ajralishlarning oldini olish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni samaradorligini tahlil qilish. Natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 1. Samaradorlikni oʻrganishga qaratilgan savolnoma tayyorlash va mahallalarda oʻrganishlar olib borish boʻyicha reja-grafik tasdiqlash. | 2025-yil 5-yanvar | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev) |
2. Reja-grafik asosida oʻrganishlar tashkil qilish. | 2025-yil 7 — 17-yanvar | |||
3. Oʻrganish natijasiga koʻra targʻibot tadbirlarining samarasini oshirish yuzasidan taklif ishlab chiqish. | 2025-yil 25-yanvar | |||
4. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va takliflarni Adliya vazirligiga kiritish. | 2025-yil 1-fevral | |||
16. | Davlat xizmatchilarining murakkab ish rejimi bilan bogʻliq mehnat faoliyati (ishdan kech qaytish, oilaga vaqt ajrata olmaslik)ning oila barqarorligiga taʼsirini tahlil qilish. Natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 1. Ish faoliyatining oilaga taʼsiri haqida davlat xizmatchilari orasida sotsiologik soʻrovlar, intervyular oʻtkazish boʻyicha savolnoma tayyorlash. | 2025-yil 7-yanvar | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev) |
2. Savolnoma asosida davlat xizmatchilari orasida oʻrganishlar olib borish va natijasi yuzasidan xulosalar tayyorlash. | 2025-yil 10 — 20-yanvar | |||
3. Ish va oila oʻrtasidagi muvozanatni saqlashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish. | 2025-yil 25-yanvar | |||
4. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va takliflarni Adliya vazirligiga kiritish. | 2025-yil 1-fevral | |||
17. | Nikohdan ajralishlar natijasida ijtimoiy yordam talab qiladigan oilalar sonining ortishi, ijtimoiy yordam boʻyicha dasturlarga ajratiladigan xarajatlarning oshish tendensiyalarini oʻrganish (2020 — 2024-yillar kesimida). Natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 1. Iqtisod, moliya va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasi vakillaridan iborat ekspertlar guruhini shakllantirish. | 2025-yil 7-yanvar | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov) |
2. Ijtimoiy yordam dasturlariga ajratiladigan xarajatlar boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish. | 2025-yil 15-yanvar | |||
3. Oʻrganish natijasiga koʻra asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil 20-yanvar | |||
4. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va takliflarni Adliya vazirligiga kiritish. | 2025-yil 1-fevral | |||
18. | Erta nikohlar holatlarini viloyat, tuman (shahar)lar kesimida tahlil qilish. Bunda, erta nikohga sabab boʻlayotgan omillar, uning salbiy oqibatlarini chuqur oʻrganish. Natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 1. Erta nikohlar boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish. | 2025-yil 7-yanvar | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Bolalar ombudsmani (S. Raxmonova), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva) |
2. Erta nikohlar eng yuqori boʻlgan hududlarda oʻrganishlar tashkil qilish hamda sabab va omillarini tahlil etish. | 2025-yil 10 — 20-yanvar | |||
3. Ushbu band ijrosi boʻyicha hamijrochi sifatida belgilangan masʼul idoralar tomonidan statistik va tahliliy maʼlumotlar hamda takliflarni Adliya vazirligiga taqdim etish. | 2025-yil 25-yanvar | |||
4. Oʻrganishlar asosida erta nikohlarning oldini olish boʻyicha takliflarni tayyorlash. | 2025-yil 1-fevral | |||
19. | Mamlakatdagi demografik holatni tahlil qilish (qiz va oʻgʻil bolalar soni, ayol va erkaklar, oilalar soni) va uning oilaviy munosabatlarga taʼsirini oʻrganish. Natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 1. Oʻrganish boʻyicha statistik jadval shakllarini tayyorlash va uni vazirlik-idoralarga yuborish. | 2025-yil 7-yanvar | Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva), Statistika agentligi (B. Begalov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev) |
2. Taqdim etilgan maʼlumotlar asosida oiladagi aʼzolar sonining oʻzgarishi (masalan, oilada farzandlar sonining ortishi yoki kamayishi), shuningdek, mehnat migratsiyasining nikoh munosabatlariga, ajrashishlarga, oilaviy barqarorlikka qanday taʼsir koʻrsatishini oʻrganish. | 2025-yil 10 — 15-yanvar | |||
3. Oʻrganish natijasida asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil 20-yanvar | |||
4. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va takliflarni Adliya vazirligiga kiritish. | 2025-yil 1-fevral | |||
20. | Oila va gender masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlar faoliyati va ularning grantlari asosida amalga oshirilgan tahlillarni umumlashtirish va yakuniy xulosalarni shakllantirish. Natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. | 1. Xalqaro tashkilotlarning oila va gender masalalariga oid tadqiqotlar va tahlillarini oʻrganish. | 2025-yil 5-yanvar | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva) |
2. Mazkur tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar hamda dasturlar natijalari, takliflari hamda xulosalarini tahlil etish. | 2025-yil 8 — 15-yanvar | |||
3. Ushbu band ijrosi boʻyicha hamijrochi sifatida belgilangan masʼul idoralar tomonidan statistik va tahliliy maʼlumotlar hamda takliflarni Adliya vazirligiga taqdim etish. | 2025-yil 20-yanvar | |||
4. Ushbu taklif va xulosalar asosida oilaviy qadriyatlar xosligidan kelib chiqib, zarur takliflarni shakllantirish. | 2025-yil 1-fevral | |||
21. | Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari darsliklarida oila va qadriyatlarni mustahkamlash masalalari mavjudligini va ularning holatini tahlil qilish (darsliklar kesimida). | 1. Darsliklarni oʻrganish uchun ekspertlar guruhini shakllantirish. | 2025-yil 5-yanvar | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva) |
2. Oila va qadriyatlarni mustahkamlashga oid masalalarni oʻz ichiga olgan darsliklar roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil 10-yanvar | |||
3. Mazkur darsliklarda oila masalalariga doir mavzularni tahlil qilish. | 2025-yil 11 — 20-yanvar | |||
4. Tahlil natijasiga koʻra darsliklarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil 25-yanvar | |||
5. Tayyorlangan tahliliy maʼlumot va takliflarni Adliya vazirligiga kiritish. | 2025-yil 1-fevral | |||
22. | Nikoh shartnomasini tuzilishi holatlari, u bilan bogʻliq nizolar va sud amaliyotini viloyat, tuman (shahar) kesimida tahlil qilish, nikoh shartnomalarini mazmun-mohiyatini oʻrganish va uni ilgʻor xorijiy tajriba va milliy qadriyatlar asosida takomillashtirish, targʻib qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. | 1. Nikoh shartnomasi tuzilgan oilalarning statistik maʼlumotlarni yigʻish. | 2025-yil 5-yanvar | Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Oliy sud (B. Ismoilov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Kuranbayev) |
2. Nikoh shartnomasini buzish, mol-mulkni taqsimlash boʻyicha sudda yuzaga kelgan nizolarni viloyat, tuman (shahar) kesimida tahlil etish; | 2025-yil 10-yanvar | |||
3. Xorijiy mamlakatlarning nikoh shartnomasi tuzish boʻyicha tajribalarini oʻrganish. | 2025-yil 12 — 20-yanvar | |||
4. Ushbu band ijrosi boʻyicha hamijrochi sifatida belgilangan masʼul idoralar tomonidan statistik va tahliliy maʼlumotlar hamda takliflarni Adliya vazirligiga taqdim etish. | 2025-yil 25-yanvar | |||
5. Oʻrganish natijalari asosida nikoh shartnomasini takomillashga doir takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil 1-fevral |
4-ILOVA
Ishchi guruh | Vazifalari |
Oila institutining huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish boʻyicha (X. Meliyev) | 1. Oila munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish, xorijiy tajribani oʻrganish, huquqni qoʻllash amaliyotini har tomonlama tahlil qilish, mavjud muammo va huquqiy boʻshliqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish (1-band). 2. Oila va xotin qizlar qoʻmitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini oʻrganish va uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish (4-band). 3. Oila munosabatlari, nikoh tuzish, uni tugatish (ajratish), er-xotinning huquq va majburiyatlari, nikoh shartnomasi, aliment toʻlash kabi masalalarga oid xalqaro hujjatlar, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tegishli takliflar ishlab chiqish (6-band). 4. Sudlarning nikohdan ajratish yoki nikohdan ajratishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarorlari va sud amaliyotini tahlil qilish, natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish (9-band). 5. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida amalga oshirilgan nikohdan ajratishlar soni, ularning sabablari va omillarini tahlil qilish, natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish (10-band). 6. Nikohdan ajralish, shu jumladan aliment, mol-mulkni boʻlish, uy-joyga kiritish kabi masalalarga oid ijro hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qilish, natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish (12-band). 7. Nikohdan ajralishlar natijasida ijtimoiy yordam talab qiladigan oilalar sonining ortishi, ijtimoiy yordam boʻyicha dasturlarga ajratiladigan xarajatlarning oshish tendensiyalarini oʻrganish, natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish (17-band). 8. Erta nikohlar holatlarini viloyat, tuman (shahar)lar kesimida tahlil qilish. Bunda, erta nikohga sabab boʻlayotgan omillar, uning salbiy oqibatlarini chuqur oʻrganish, natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish (18-band). 9. Oila va gender masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlar faoliyati va ularning grantlari asosida amalga oshirilgan tahlillarni umumlashtirish va yakuniy xulosalarni shakllantirish, natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish (20-band). 10. Nikoh shartnomasini tuzilishi holatlari, u bilan bogʻliq nizolar va sud amaliyotini viloyat, tuman (shahar) kesimida tahlil qilish, nikoh shartnomalarini mazmun-mohiyatini oʻrganish va uni ilgʻor xorijiy tajriba va milliy qadriyatlar asosida takomillashtirish, targʻib qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish (22-band). |
Ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish asosida oilani mustahkamlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish boʻyicha (O. Kozixonova) | 1. Oilani saqlashga qaratilgan dasturlarning samaradorligi, oilaviy ajrimning ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini va uning natijasida yuzaga keladigan oqibatlarini oʻrganish, natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish (2-band). 2. Oila munosabatlari, shu jumladan nikoh tuzish, undan ajralish, er-xotinning huquq va majburiyatlari, nikoh shartnomasi kabi yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari roʻyxatini shakllantirish, umumlashtirish, tahlil qilish va asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish (3-band). 3. Oila va nikoh, oilaviy munosabatlar psixologiyasi, nikohdan ajralish va ularning omillari (ichki va tashqi) boʻyicha sotsiologik soʻrovlarni shakllantirish va oʻtkazish, natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish (7-band). 4. Psixologlar oʻrtasida oila institutini mustahkamlash, nikoh tuzish, undan ajralishning psixologik aspektlarini aniqlash boʻyicha ekspertlik soʻrovini oʻtkazish, natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish (8 (1)-band). 5. Oʻzbekistondagi nikohdan ajralishlar toʻgʻrisidagi statistikani shakllantirish tartibini tahlil qilish (11-band). 6. Davlat xizmatchilarining murakkab ish rejimi bilan bogʻliq mehnat faoliyati (ishdan kech qaytish, oilaga vaqt ajrata olmaslik)ning oila barqarorligiga taʼsirini tahlil qilish, natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish (16-band). 7. Nikohdan ajralish natijasida oilada ijtimoiy barqarorlikning buzilishi, bolalarni rivojlanishiga taʼsirini oʻrganish (14-band). 8. Mamlakatdagi demografik holatni tahlil qilish (qiz va oʻgʻil bolalar soni, ayol va erkaklar, oilalar soni) va uning oilaviy munosabatlarga taʼsirini oʻrganish, natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish (19-band). |
Oilaviy qadriyatlarni saqlash va targʻib qilishga doir takliflar ishlab chiqish boʻyicha (Q. Quranbayev) | 1. Fuqarolar yigʻinining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari (yarashtirish komissiyalari) faoliyatiga oid statistik maʼlumotlarni viloyat, tuman (shahar) kesimida umumlashtirish va tahlil qilish (5-band). 2. Mahallalarda oilalar mustahkamligini taʼminlash, nikohdan ajralishlarning oldini olish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni samaradorligini tahlil qilish, natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish (15-band). 3. Internet nashrlari, OAV vositalari, televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan materiallar, efirga uzatilayotgan serial va koʻrsatuvlarning oila institutiga psixologik taʼsiri yuzasidan tahlil oʻtkazish, natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish (8 (2)-band. 4. Oilada tazyiq va zoʻravonlik natijasida nikohdan ajralishlar sonining oshishini oʻrganish, ayollarni ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolish sabablarini tahlil qilish, natijasi boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish (13-band). 5. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari darsliklarida oila va qadriyatlarni mustahkamlash masalalari mavjudligini va ularning holatini tahlil qilish (darsliklar kesimida) (21-band). |
5-ILOVA
T/r | F.I.O. | Vazirlik va idoralar nomi | Lavozimi |
1. | X. Meliyev (guruh rahbari) | Adliya vazirligi | Vazir oʻrinbosari |
2. | lavozimiga koʻra | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi | kelishuvga asosan |
3. | A. Sharipov | Oliy Majlis Senati | Bosh maslahatchi |
4. | J. Umarkulov | Qonunchilik palatasi | Katta referent |
5. | X. Sabirov | Adliya vazirligi | Boshqarma boshligʻi |
6. | I. Latipov | Adliya vazirligi | Boshqarma boshligʻi |
7. | D. Umarov | Adliya vazirligi | Boshqarma boshligʻi |
8. | E. Sayfullayev | Adliya vazirligi | Boshqarma boshligʻi |
9. | G. Shukrullayeva | Oliy sud | Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi sudyasi |
10. | lavozimiga koʻra | Ijtimoiy himoya milliy agentligi | kelishuvga asosan |
11. | Z. Yoʻldoshev | Statistika agentligi | Boshqarma boshligʻi |
12. | Sh. Kazakbayev | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi | Boʻlim boshligʻi |
13. | G. Sattarova | Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti | Bosh ilmiy xodim |
14. | F. Rashidov | Din ishlari boʻyicha qoʻmita | Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti v.b. |
15. | J. Choriyev | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi | Boʻlim boshligʻi |
16. | A. Murodov | Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi | Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari |
17. | B. Xonturayev | Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti | Boʻlim boshligʻi |
18. | B. Tadjiboyev | “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi | Tezkor tadqiqotlar boʻlimi mutaxassisi |
6-ILOVA
T/r | Amaldagi tahrir | Taklif etilayotgan tahrir | Asoslantirish | Xorijiy tajriba |
1. | ||||
2. | ||||
... |
7-ILOVA
T/r | Amaliyotdagi mavjud muammolar | Takliflar | Asoslantirish | Xorijiy tajriba |
1. | ||||
2. | ||||
... |