18.12.2024 yildagi 853-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni hamda “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 15-avgustdagi PQ-278-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasida raqobat muhitini shakllantirishning ta’sirchan mexanizmlarini hamda ko‘p kvartirali uylardagi joylarning kommunal to‘lovlari bo‘yicha yagona to‘lov usulini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglament 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqarish organiga ko‘p kvartirali uylarni biriktirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholiga qulaylik yaratish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida to‘lovlar amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida “Mening uyim” billing tizimi orqali ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdorining unikal raqamidan foydalangan holda tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti, ichimlik suvi va oqova suv hamda chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun kommunal to‘lovlarni “yagona to‘lov” tamoyili asosida amalga oshirish imkoniyati joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Kadastr agentligi, “O‘zsuvta’minot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalaridagi foydalanuvchilarning shaxsiy hisobraqamlarini ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga bog‘lash orqali “Mening uyim” billing tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uylarda kommunal xizmatlar samaradorligini foydalanuvchilar tomonidan kompleks baholash natijalari asosida xizmatlar sifati oshirilishini va takomillashtirib borilishini ta’minlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati bo‘yicha aholi o‘rtasida keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-fevraldagi 47-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri hamda reytingini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
853-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini shakllantirish va yuritish hamda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga biriktirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
so‘rovnoma — talabgor yoki boshqarish organi tomonidan elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tish yoki uyni boshqarish uchun boshqarish organiga biriktirish yuzasidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda yo‘llangan so‘rovnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi (keyingi o‘rinlarda — boshqarish organi) — qonunchilikda belgilangan tartibda elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tgan hamda ko‘p kvartirali uyni boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan jismoniy (yakka tartibdagi tadbirkor) yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri (keyingi o‘rinlarda — elektron reyestr) — vakolatli organ tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va yuritish uchun mo‘ljallangan elektron ma’lumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilish bayonnomasi (keyingi o‘rinlarda — umumiy yig‘ilish bayonnomasi) — “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida (keyingi o‘rinlarda — Qonun) belgilangan tartibda chaqirilgan, o‘tkazilgan va kun tartibidagi masalalar yuzasidan qaror qabul qilingan ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining yig‘ilishida tasdiqlangan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uyni boshqarish vakolatini beruvchi hujjatlar — Qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hamda ko‘p kvartirali uyni boshqarish vakolatini beradigan quyidagi hujjatlardan biri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yig‘ilish bayonnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahri uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linma) vaqtincha boshqaruvchini belgilash to‘g‘risidagi qarori (hujjati);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruvchi tashkilot yoxud boshqaruvchini tanlash bo‘yicha ochiq tanlov natijalari haqida tuzilgan bayonnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quruvchi va boshqaruvchi tashkilot o‘rtasidagi uyni boshqarish shartnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish vakolati faqatgina elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy va yuridik shaxslarga berilishi mumkin, ko‘p kvartirali uyni bevosita boshqarish holatlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga biriktirish — ko‘p kvartirali uyni boshqarish vakolatini beruvchi hujjatlarga muvofiq elektron reyestrda boshqarish organi boshqaruvidagi uyni qayd etish hamda “Mening uyim” billing tizimida mazkur uy bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi — ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdorlari (yoki umumiy yig‘ilish vakolat bergan shaxs) yoki quruvchi va boshqaruvchi tashkilot (boshqaruvchi) o‘rtasida amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq yozma shaklda tuzilgan shartnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quruvchi va boshqaruvchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasida quruvchining ko‘p kvartirali uy-joyni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan kafolat muddati hamda uchinchi shaxslarning (uyning mulkdorlari) huquq va manfaatlari inobatga olinishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati — boshqaruvchi tashkilotning rahbar va xodimlarining, shuningdek, boshqaruvchining, shirkat boshqaruvi raisining ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bo‘yicha malakasini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — boshqarish organlarining elektron reyestrida ro‘yxatdan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda so‘rovnoma yuborgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshirish-qabul qilish dalolatnomasi — ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan belgilangan boshqarish organi hamda yig‘ilish o‘tkazilgan kunga qadar mazkur uyni boshqarib kelgan boshqarish organi o‘rtasida tuzilgan ko‘p kvartirali uyning texnik hujjatlari, uyni boshqarish uchun zarur bo‘ladigan boshqa hujjatlar, texnik vositalar va asbob-uskunalar, debitor hamda kreditor qarzdorliklar bo‘yicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Elektron reyestr vakolatli organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi hamda vakolatli organning rasmiy veb-saytiga (keyingi o‘rinlarda — veb-sayt) joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabgor yoki boshqarish organi so‘rovnoma berish uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnoma YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda so‘rovnoma ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar bo‘yicha navbatdagi ish kuni so‘rovnomaning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. So‘rovnoma beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazlari xodimi so‘rovnoma beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, so‘rovnoma beruvchi mustaqil ravishda so‘rovnomani ushbu Reglamentning 1-ilovasiga muvofiq shaklda to‘ldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnomaga uning turiga qarab mazkur Reglamentning 13 — 15-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinadi. Ilova qilinadigan hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnoma beruvchidan tegishli so‘rovnoma turi bo‘yicha mazkur Reglamentning 13 — 15-bandlarida ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnomaga zarur ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng so‘rovnoma beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnoma beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlash talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im (keyingi o‘rinlarda — yig‘im) undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yig‘im uchun to‘langan summa quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisob-raqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — vakolatli organning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobraqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi shaxsiy hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi yig‘im to‘langanligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — vakolatli organning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik davlat xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi (so‘nggi bir yil ichida elektron reyestrdan chiqarib yuborilgan boshqarish organlari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanganda, 1 ish kuni ichida Davlat xizmatlari markazlariga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki so‘rovnoma beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (YIDXP) orqali elektron ravishda xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnoma beruvchi xabarnomani olgan kundan boshlab o‘n kun ichida hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf qilib, davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lamagan holda, Davlat xizmatlari markazlariga yoki YIDXP orqali takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. So‘rovnoma beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnoma beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan boshlab uni bir soat mobaynida vakolatli organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, so‘rovnoma avtomatik ravishda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im so‘rovnoma beruvchi tomonidan invoys kelib tushgandan so‘ng uch kun mobaynida invoysda ko‘rsatilgan miqdorda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Invoysda ko‘rsatilgan summa to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimi orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organini elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga biriktirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organini elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga biriktirish tartibi mazkur Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq sxemada amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Elektron reyestrga kirish uchun so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi (bundan ko‘p kvartirali uyni bevosita boshqarish holatlari mustasno):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq talabgorning ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun mavjud ishchi-xizmatchilari hamda moddiy-texnik bazasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar pasportining tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan shtatlar jadvali (boshqaruvchi tashkilot va shirkat uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli malaka sertifikati (shirkat raisi, boshqaruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor) va boshqaruvchi tashkilot — kamida ikki nafar xodim, shu jumladan, boshqaruvchi tashkilotining rahbari uchun talab qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuridik shaxsni (yoki yakka tartibdagi tadbirkorni) ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma, Nizom (tegishli malaka sertifikati tizimda mavjud bo‘lsa) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ko‘p kvartirali uy kengashi elektron reyestrga kirish uchun so‘rovnomaga ko‘p kvartirali uyni boshqarish vakolatini beruvchi hujjat nusxasi va topshirish-qabul qilish dalolatnomasini ilova qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga biriktirish uchun so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqaruvchi tashkilotlar (boshqaruvchilar) va shirkatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uyni boshqarish vakolatini beruvchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshirish-qabul qilish dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ko‘p kvartirali uy kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari va uy kengashi o‘rtasida uydagi umumiy mulkka kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uydagi avariya holatlarini bartaraf etish uchun avariya-dispetcherlik xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilot bilan uy kengashi o‘rtasida tuzilgan shartnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kelib tushgan so‘rovnomani hududiy bo‘linma besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi (zarur hollarda joyiga chiqqan holda) va o‘rganish natijalari bo‘yicha so‘rovnomani kelishib, vakolatli organga yuboradi yoki rad etishning aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini ko‘rsatgan holda kelishishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vakolatli organ hududiy bo‘linma tomonidan kelishilgan so‘rovnomani uch ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi va so‘rovnoma bo‘yicha ijobiy qaror qabul qiladi yoki aniq sabablarini va qonunchilik hujjatlari normalarini ko‘rsatgan holda rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. So‘rovnoma beruvchi tomonidan mazkur Reglamentning 13 — 15-bandlaridan birida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda, so‘rovnomaga ilova qilinadigan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki ularda buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, hududiy bo‘linma yoki vakolatli organ tomonidan so‘rovnomani rad etishga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. So‘rovnoma beruvchi ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga biriktirish uchun kelishish rad etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yigim to‘lamasdan, ko‘rsatilgan kamchilikni bartaraf etgan holda kelishish uchun takroran so‘rovnoma berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga biriktirish uchun kelishishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar so‘rovnoma beruvchi tomonidan bartaraf qilingan taqdirda, so‘rovnoma takroran tushgan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vakolatli organ tomonidan so‘rovnoma bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorni boshqarish organi sifatida elektron reyestrga kiritadi hamda unga boshqarish organi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan ID-raqami va elektron reyestrdagi shaxsiy kabineti havolasini yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uyni elektron reyestrda boshqarish organiga biriktiradi hamda mazkur uy bo‘yicha “Mening uyim” billing tizimidagi shaxsiy kabinetida hisob-kitob yuritish imkoniyatini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qurilishi tugallangan, biroq foydalanishga topshirilmagan uylar boshqarish organlariga mazkur Reglamentda belgilangan tartibda biriktiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatli davlat organlarining mansabdor shaxslari qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonunchilik buzilganligi haqidagi so‘rovnomalar va ishlarni ko‘rib chiqishda qonunchilikda belgilangan tartibda so‘rovnomaning hujjatlari va axborotini olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vakolatli organ qonunchilikka muvofiq o‘ziga berilgan vakolatlarni amalga oshirishi munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni va shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. So‘rovnomachi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglamentga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organini elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga biriktirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_______________

_______________

(sanasi)

(raqami)

I. Buyurtma beruvchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. F.I.O.:

2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami):

3. JSHSHIR:

4. Manzili:

5. Telefon raqami:

6. Elektron pochta manzili:

II. Buyurtma beruvchi — yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

1. To‘liq nomi:

2. Tashkiliy-huquqiy shakli:

3. STIR:

4. Yuridik manzili:

5. Telefon raqami:

6. Elektron pochta manzili:

III. Buyurtma beruvchi — yakka tartibdagi tadbirkor:

1. F.I.O.:

2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami):

3. STIR:

4. Telefon raqami:

5. Elektron pochta manzili:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglamentga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organini elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga biriktirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I bosqich

Boshqarish organi

Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organini elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ko‘p kvartirali uyni boshqarish organiga biriktirish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib yoxud YIDXP orqali murojaat qilinadi.

O‘z xohishiga kura

Murojaat qilganda

II bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2.YIDXP

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahri uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasiga yuboriladi.

Avtomatik ravishda

III bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahri uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi

Kelib tushgan buyurtmani ko‘rib chiqadi va o‘rganish natijalari bo‘yicha buyurtmani kelishib, vakolatli organga yuboradi yoki asoslantirilgan rad javobini beradi.

5 ish kunida

IV bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Hududiy bo‘linma tomonidan kelishilgan buyurtmaga asosan talabgorni boshqarish organi sifatida elektron reyestrga kiritadi (yoki ko‘p kvartirali uyni elektron reyestrda boshqarish organiga biriktirish) yoki asoslantirilgan rad javobini beradi.

3 ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglamentga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning ko‘p kvartirali uyni boshqarish uchun mavjud ishchi-xizmatchilari hamda moddiy-texnik bazasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_______________

_______________

(sanasi)

(raqami)

Avariya-dispetcherlik xizmati

Manzili:

Aloqa raqamlari:

Boshqa tashkilotga qarashli (shartnoma asosda) bo‘lsa, shartnoma raqami, tashkilot nomi va STIR raqami

Ishchi-xodimlari

Lavozimi

Doimiy

(soni)

Fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida

(soni)

Rahbar

O‘rinbosar

Hisobchi

Muhandis

Dispetcher

Elektr ustasi

Chilangar usta (santexnik)

Tozalash va obodonlashtirishga mas’ul xodim

Boshqa xodimlar

Moddiy-texnik bazasi

Turi:

soni

Avtotransport

Mototransport

Maxsus transport

Santexnika to‘plami

Kompyuter jamlanmasi

Boshqa vositalar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-fevraldagi 47-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri hamda reytingini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi (keyingi o‘rinlarda — boshqarish organi) — qonunchilikda belgilangan tartibda elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tgan hamda ko‘p kvartirali uyni boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan jismoniy (yakka tartibdagi tadbirkor) yoki yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestri (keyingi o‘rinlarda — elektron reyestr) — vakolatli davlat organi tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish/chiqarish hamda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish uchun mo‘ljallangan elektron ma’lumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting — ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining fikr-mulohazalari, soliq, statistik va boshqa hisobotlardagi muntazam ravishda yangilanib turiladigan ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda shakllanadigan ko‘p kvartirani uylarni boshqarish organlarini baholashning elektron tizimi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 4-band quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlari va foydalanuvchilarining iste’molchi sifatidagi huquqlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 853-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestrini yuritish bo‘yicha ma’muriy reglamentga muvofiq elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 7 va 8-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 10-banddagi “tugatilgan” so‘zi “elektron reyestrdan chiqarilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 11 — 13 bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Elektron reyestrga boshqarish organi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hamda boshqarish organi boshqaruvidagi uylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi va muntazam ravishda yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron reyestr tegishli davlat organlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ma’lumotlarni oladi va elektron reyestrdagi ma’lumotlarni har chorakda avtomatik ravishda yangilab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ko‘p kvartirali uy boshqarish organiga qonunchilikda belgilangan tartibda biriktiriladi va elektron reyestrda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli davlat organi o‘zida mavjud elektron tizimlarda boshqarish organiga qonunchilikda taqiqlanmagan ma’lumotlardan foydalanish hamda mazkur tizimlarda amaliyot bajarish imkoniyatini taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda boshqarish organi vakolatli davlat organiga tegishli elektron tizimlardan vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartib hamda taraflarning kelishuviga ko‘ra foydalanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Vakolatli davlat organi tomonidan boshqarish organi kuyidagi hollarda elektron reyestrdan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi qonunchilikka muvofiq elektron reyestrga kirish uchun taqdim etgan hujjatlar haqqoniy emasligi, noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilganligi holati tegishli davlat organlari tomonidan tasdiqlangan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqarish organi tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan uyni boshqarishdan bir tomonlama voz kechish haqida qaror qabul qilingan vaqtdan uch oy muddat ichida boshqarish organi boshqaruviga uy biriktirilmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqarish organi tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalari bir kalendar yilda uch marta buzilganda va har bir holat yuzasidan tegishli davlat organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqarish organi insofsiz boshqarish organlari ro‘yxatiga kiritilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarish organini elektron reyestrdan chiqarish to‘g‘risida qaror vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vakolatli davlat organi tomonidan boshqarish organini elektron reyestrdan chiqarish to‘g‘risida uning shaxsiy kabinetiga uch kun oldin xabar yuboriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 15-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 23-banddagi “Veb-saytda” so‘zlari “Elektron reyestrda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 09/24/853/1061-son; 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son)