Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.12.1997 26.12.1994 yildagi 620-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.12.1997
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI DAVLAT AVTOMOBIL NAZORATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 5-dekabrdagi 539-sonli “O‘zbekiston Respublikasi yo‘llarida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
620-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 26-dekabrdagi
620-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-avtomobil nazorati to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat avtomobil nazorati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimiga yo‘l harakati xavfsizligi ustidan davlat nazoratini ta’minlovchi yuridik shaxs sifatida kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat avtomobil nazoratining asosiy vazifasi barcha vazirliklar va idoralar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha tashkilotlar, muassasalar, korxonalar hamda jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida amalda bo‘lgan qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat avtomobil nazoratini qonunchilik bilan uning zimmasiga yuklanmagan vazifalarni bajarishga jalb qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat avtomobil nazoratining faoliyati qonuniylikka qat’iy rioya qilishga asoslanadi. Davlat avtomobil nazorati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyruqlari va ko‘rsatmalariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat avtomobil nazorati zimmasiga yuklangan vazifalarni ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’muriyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Harbiy avtomobil nazorati, shuningdek faoliyati yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan aloqador jamoat tashkilotlari bilan uzviy o‘zaro hamkorlikda hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat avtomobil nazorati tuzilmasi va shtatdagi xodimlarining soni O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetlaridan, shuningdek hokimliklar tomonidan avtomobil yo‘llarining (shu jumladan umumfoydalanishdagi va idoralarga qarashli yo‘llarning) uzunligi, aholi hamda ro‘yxatga olingan transport vositalari soniga bog‘liq ravishda ajratiladigan mablag‘lar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat avtomobil nazorati organlari quyidagi bo‘linmalarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l-patrul xizmati, shu jumladan, safdagi xizmat bo‘linmalari, maxsus kuzatib boruvchi va operativ harakat bo‘linmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l-transport hodisalari yuz bergan joylardan qochib ketgan haydovchilarni qidirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l-transport hodisalari holatlari bo‘yicha surishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati qoidalarini ma’muriy buzishlar to‘g‘risidagi hodisalarni surishtirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-tahliliy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l nazorati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya muammolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika ta’minoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan montaj-foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy-iqtisodiy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkib bilan ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat avtomobil nazorati tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda boshqa bo‘linmalar ham tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati apparati tuzilmasini va shtatlar sonini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat avtomobil nazorati quyi apparatlari tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy tuzilmaga muvofiq belgilanadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazoratining boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati joylardagi Davlat avtomobil nazorati faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi, Davlat avtomobil nazorati faoliyatiga daxldor masalalar bo‘yicha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va shahar ichki ishlar boshqarmalari (Bosh boshqarmalari) Davlat avtomobil nazorati boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati boshlig‘i bilan oldindan kelishilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shaharlar va tumanlar ichki ishlar bo‘limlari Davlat avtomobil nazorati boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (Bosh boshqarmalari) Davlat avtomobil nazorati boshliqlari bilan oldindan kelishilgandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (Bosh boshqarmalari) boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (Bosh boshqarmalari) Davlat avtomobil nazorati boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, ro‘yxatga olish-imtihon qilish bo‘linmalari va tumanlararo ro‘yxatga olish imtihon qilish bo‘linmalari boshliqlari, shaharlar va tumanlar ichki ishlar bo‘limlari Davlat avtomobil nazorati bo‘lim (bo‘linma) lari boshliqlari, yo‘l-patrul xizmati polklari, batalonlari va rotalarining komandirlari lavozimga tayinlanishda, navbatdagi unvonni olishda, shuningdek uch yilda bir marta yoki belgilangan muddatdan oldin O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazoratida attestatsiya komissiyasidan o‘tadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazoratining attestatsiya komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (Bosh boshqarmalari) davlat avtomobil nazorati attestatsiya komissiyasi qarorlarini o‘zgartirish yoki bekor qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati boshlig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (Bosh boshqarmalari) Davlat avtomobil nazorati boshliqlarining noto‘g‘ri va qonunga zid qarorlari va ko‘rsatmalarini o‘zgartirish va bekor qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (Bosh boshqarmalari) Davlat avtomobil nazorati boshliqlari shaharlar va tumanlar ichki ishlar bo‘limlari Davlat avtomobil nazorati boshliqlarining noto‘g‘ri va qonunga zid qaror va ko‘rsatmalarini o‘zgartirish va bekor qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat avtomobil nazoratiga xizmatga o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli shu sohaga muvofiq keluvchi mutaxassislar va yuristlar qabul qilinadilar. Bunda ular haydovchilar tayyorlash kurslarini tugallagan va transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo‘lishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati va uning joylardagi organlari yuridik shaxs hisoblanadilar, mustaqil smetaga, bankda hisob-kitob schyotlariga, Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yo‘l harakati xavfsizligi sohasida Davlat avtomobil nazorati organlari bilan kelishilmagan normativ hujjatlarni qo‘llash, ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat avtomobil nazoratining asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qoidalarga, normativlarga va standartlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va qo‘riqlanadigan boshqa shaxslar (shu jumladan xorijiy davlatlar shaxslari) ning maxsus avtomobillarini kuzatib borishni va ularning to‘siqsiz o‘tishni, shuningdek, maxsus trassalar va maxsus maqsaddagi avtomobillarning holati ustidan nazoratni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
og‘ir vaznli va nogabarit yuklarni tashishga ruxsat berish hamda ularni tashishda harakat xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, maxfiy yuklarni tashishni amalga oshiruvchi muassasalar, idoralar va tashkilotlarning maxsus avtomototransport vositalariga maxsus talonlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini davlat texnik ko‘rigidan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini ro‘yxatga olish, ro‘yxatga olingan transport vositalari va tirkamalarga hisobga olish — ro‘yxatga olish hujjatlari va nomer belgilari berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar tomonidan mustaqil tayyorlangan avtomototransport vositalarini militsiya operativ xizmati xodimlarining tegishli tekshiruvidan keyin ro‘yxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport haydovchilarini tayyorlovchi o‘quv tashkilotlarini ro‘yxatga olish, yo‘l harakati qoidalari va transport vositalarini boshqarish malakalari bo‘yicha imtihonlar olish, ushbu transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el elchixonalari (konsulliklari) xodimlariga va boshqa xorijiy fuqarolarga haydovchi guvohnomalari va maxsus nomer belgilari berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib qochilgan va o‘g‘irlangan avtomototransport vositalarini hamda yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan joydan qochgan haydovchilarni qidirish ishini tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
militsiyaning boshqa xizmatlari xodimlariga jinoyatlarni ochishda va jinoyat qilgan shaxslarni ushlashda yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xizmat ko‘rsatish va avtomobillarni tuzatish stansiyalarida yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l-transport hodisasi sodir etilganligi hodisasi bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan joyda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish (yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilarini ushlash, guvohlarni aniqlash, yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha materiallarni rasmiylashtirish, transport va piyodalar harakatini tartibga solish, jabrlanganlarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati sohasidagi ma’muriy qonun buzishlar hodisalarini surishtirish ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati sohasida amalda bo‘lgan qonunchilikni tushuntirish ishlarini olib borish, shu maqsadda ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, kino, video va shu kabilar) dan foydalanish, yo‘l harakati qoidalarni targ‘ib va tashviqot qilishda ko‘riklar, tanlovlar, musobaqalardan keng foydalanish va ularni o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati sharoitlarini o‘rganish, ko‘chalar va yo‘llarda transport hamda piyodalar qatnovini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakatini tartibga solish, shu jumladan texnik vositalar va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalangan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini belgilangan tartibda kuzatib borishni amalga oshirish, shu jumladan shartnoma asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat transporti muntazam qatnaydigan yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish va ochish to‘g‘risida xulosalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan avtomototransport vositalari sodir etgan yo‘l-transport hodisalarini, yo‘l harakati qoidalari buzilishini va ular bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlarning hisobini olib borish, yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan birgalikda yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, yo‘l harakati sohasida huquq buzilishining oldini olish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l-transport hodisalari sodir etilishiga, yo‘l harakati qoidalari buzilishiga, yo‘l harakati sohasida boshqa huquqqa zid harakatlarga olib keluvchi sabablarni aniqlash, o‘z vakolati doirasida ularni bartaraf qilish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, yo‘l inshootlari, temir yo‘ldan o‘tish joylari, shahar elektr transporti yo‘nalishlarini qurish va ularni qayta qurish, avtomototransport vositalari tuzilishi loyihalarini ko‘rib chiqish va yo‘l harakati havfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan ular bo‘yicha xulosalar berish, ko‘rsatilgan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni avtomototransport vositalarining zararli ta’siridan himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish, bu sohada normativ hujjatlar bajarilishini nazorat qilish, vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda zarur chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq ta’limi vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bolalar o‘rtasida yo‘l-transport hodisalari sodir qilinishining oldini olishga doir amaliy chora-tadbirlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat avtomobil nazorati shaxsiy tarkibi tomonidan qonunchilikning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularga berilgan Huquqlardan to‘g‘ri foydalanish, ularda yuksak madaniyat, ishda vijdonli va adolatli bo‘lishni tarbiyalash, yo‘l harakati qatnashchilari bilan odobli va muloyim muomalada bo‘lishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat avtomobil nazoratining tegishli organlari, mansabdor shaxslari hamda xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan militsiyaga berilgan barcha huquq va imtiyozlardan o‘z vakolatlari doirasida foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat avtomobil nazorati zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga va atrof muhitni avtomototransportning zararli ta’siridan himoya qilishga oid qoidalar, normativlar hamda standartlarning bajarilishini tekshirish, bu maqsadda ularga to‘siqsiz kirish, zarur ma’lumotlar va hujjatlarni tekin olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslar va fuqarolarga yo‘l harakati xavfsizligini va atrof muhitni himoya qilishni ta’minlashga oid qoidalar, normativlar va standartlar buzilishlarini bartaraf qilish to‘g‘risida bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, bunday ko‘rsatmalar bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rmagan shaxslarni javobgarlikka tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlar va texnik kengashlar, avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, yo‘l inshootlari, temir yo‘ldan o‘tish joylari, shahar elektr transporti yo‘nalishlarini va avtomototransport texnikasining yangi namunalarini foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida hal qiluvchi ovoz huquqi bilan qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari o‘tkazilayotganda yoki transportdan foydalanish yo‘l harakati xavfsizligiga xavf tug‘dirganda yo‘l uchastkalarida yo‘l harakatlarini vaqtincha cheklash yoki taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda foydalanishga topshirilmagan avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, temir yo‘ldan o‘tish joylarida harakatni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yo‘llari, ko‘chalar, temir yo‘ldan o‘tish joylarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan qoidalar, normativlar va standartlar buzilgan holda bajarilayotgan tuzatish-qurilish yoki boshqa ishlar amalga oshirilishini taqiqlash yoki to‘xtatib qo‘yish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan qoidalar, normativlar va standartlar buzilgan holda yoki Davlat avtomobil nazorati rahbariyatining yozma ruxsatisiz bajarilayotgan ko‘chalar va yo‘llarni loyihalash, yo‘llarni qurish, qayta qurish va tuzatishni to‘xtatish yoki taqiqlash to‘g‘risida ko‘rsatmalar bering;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik talablariga rioya etilmagan hollarda belgilangan yo‘nalishda qatnovchi jamoat transporti harakatini, shuningdek, og‘ir vaznli va nogabarit yuklarni tashishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tashkilotlarga yo‘l harakatini tartibga soluvchi texnik-vositalarni o‘rnatish va olib tashlash to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish yoki ruxsat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar transport vositalarining konstruksiyalari yoki texnik holatlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, normativlari va standartlari talablariga muvofiq kelmasa, shuningdek, agar transport vositalari davlat texnik nazoratidan o‘tmagan bo‘lsa yoki nomer belgisiga ega bo‘lmasa yoki yashirin o‘tirilgan, qalbaki yoki qandaydir usulda o‘zgartirilgan uzellar, agregatlar nomyerlarga, nomer belgilariga ega bo‘lsa, bunday transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash, shu jumladan nomer belgilarini olib qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini to‘xtatish va ulardan foydalanish hamda ularni boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni, shuningdek, transport vositalari va tashilayotgan yuk hujjatlarini tekshirish, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda bu hujjatlarni ushlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlar talablarini buzib, loyiha hujjatlarsiz (bundan hujjatning bo‘lishi tegishli normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda) yoki belgilangan tartibda kelishib olinmagan hujjatlarsiz tayyorlangan yoki qayta jihozlangan transport vositalaridan (va qo‘shimcha qurilmalardan), shuningdek, egalari uzellar va agregatlar qonuniy xarid qilmaganligi to‘g‘risida tegishli hujjatlarni taqdim etmagan transport vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mast yoki kasal holatda deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan shaxslarni transport vositalarini boshqarishdan chetlatish, ularni belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tishga yuborish va transportni boshqarish huquqidan vaqtincha mahrum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini boshqarish yoki ulardan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlari to‘lmagan shaxslarni transport vositalarini boshqarishdan chetlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir qilishga yoki ma’muriy huquqni buzishda gumon qilinayotgan shaxslarni organizmda alkogol yoki giyohvand moddalar bor-yo‘qligini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazish, agar tekshirish natijasi huquq buzilganligini tasdiqlash yoki rad etish yoxud huquq buzilishi to‘g‘risidagi ishni xolis ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan hollarda bunday shaxslarni tibbiy muassasalarga yo‘llash yoki olib kelish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati qoidalari buzilganligini aniqlash va qayd etish, transport vositalari hamda avtomobil yo‘llarining texnik holatini nazorat qilish uchun maxcuc texnik va transport vositalaridan foydalanish, to‘xtatish va to‘xtab turish joylari qoidalari buzilgan hollarda transport vositalarini va ularni tashishni majburiy to‘xtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati qoidalarini buzgan transport vositalari egalari va fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ushlab turishni, haydovchi transport vositasidan huquqga zid maqsadlarda foydalanayotganligi gumon qilinganda transport vositasini shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishni, shuningdek, yuk noqonuniy tashilayapti deb gumon qilish uchun asos bo‘lganda yuklarni tekshirishdan o‘tkazishni amalga oshiradi, qonunchilikda belgilangan holatlardan tashqari fuqarolarni shaxsan tekshirishdan o‘tkazish bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etilgan yoki yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan joydan qochgan va ichki ishlar organlari xodimlarining to‘xtash to‘g‘risidagi talablariga bo‘ysunmagan transport vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda majburan to‘xtatish va haydovchilarni ushlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati sohasidagi qonunchilikning buzilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan ma’muriy protokollar tuzish hamda berilgan vakolatlar doirasida ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar va mansabdor shaxslarni ko‘rib chiqilayotgan ishlar va materiallar bo‘yicha Davlat avtomobil nazorati idorasiga chaqirish va ulardan yozma hamda og‘zaki tushuntirishlarni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilimlarini, transport vositalarini boshqarish malakalarini tekshirish, shuningdek, ulashning transport vositalarini boshqarishga yaroqli ekanliklarini aniqlash maqsadida belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishga yo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyalarda shikastlangan transport vositalarini tashishda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning transport vositalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari yoki fuqarolarga tegishli aloqa vositalaridan xizmat maqsadlarida to‘siqsiz foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarning maxsus vakil qilingan komissiyalariga davlat texnika ko‘rigini o‘tkazish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish, yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan joylarda ularning og‘ir oqibatlarini pasaytirish maqsadlarida qo‘llaniladigan texnik vositalarni, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga yordam beruvchi avariya-qutqaruv asbob-uskunalarini ishlab chiqish va tayyorlashda buyurtmachi vazifasini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan birgalikda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalariga oid ilmiy tadqiqotlarning ustuvor mavzulari va yo‘nalishlarini aniqlashda qatnashish hamda ularni o‘tkazishda buyurtmachi bo‘lish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar ishida belgilangan tartibda qatnashish manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining ushbu masalalar bo‘yicha davlat va xalqaro bitimlarda ishtirokidan kelib chiquvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ruxsatnomalari va moddiy-texnika bazalari bo‘lmagan o‘quv tashkilotlarining haydovchilarni tayyorlash borasidagi faoliyatlarini to‘xtatib qo‘yish yoki taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat avtomobil nazorati schyotidagi mablag‘lardan belgilangan tartibda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati qoidalarini ishlab chiqish va ularni o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta kompaniyalari va boshqa tashkilotlar beradigan mablag‘lardan (soliqlar to‘langandan keyingi daromadlardan) yo‘l-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda Davlat avtomobil nazoratining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida doimiy targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishda, shuningdek, ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda, avtohalokatlar, yo‘l va ko‘chalardagi yo‘l harakati xavfsizligiga ta’sir etuvchi murakkab ob-havo sharoitlari va boshqa salbiy holatlar to‘g‘risida shoshilinch xabarlar berishni tashkil etishda ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, matbuot) imkoniyatlaridan bepul foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktablarda va boshqa bolalar muassasalarida yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati, quyi Davlat avtomobil nazoratlari tarkibida avtomototransport vositalari haydovchilari tayyorlaydigan va ularning malakalarini oshiradigan o‘quv tashkilotlari, Davlat avtomobil nazoratiga qarashli avtomototransportga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni tuzatish uchun tuzatish ustaxonalari tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat avtomobil nazorati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligiga tegishli transport vositalariga nisbatan o‘z vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi-tomonidan belgilangan va yuqorida qayd etilgan vazirlik va idoralar bilan kelishilgan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xorijiy tashkilotlar (elchixonalar, konsulliklar va shu kabilar) ga tegishli transport vositalari va haydovchilarga, shuningdek, xorijiy fuqarolarga nisbatan Davlat avtomobil nazorati o‘z vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar belgilaydigan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat avtomobil nazorati xodimlari qonunga zid harakatlari yoki harakatsizliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat avtomobil nazoratining moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.