1-ILOVA
T/r | Tadbir nomi | Ijro muddati | Masʼul tashkilotlar |
I. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar | |||
1. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi gʻoya va asosiy tamoyillarni oʻzida aks ettiruvchi koʻrgazmali vositalarni (plakat, panno, videorolik va boshqalarni) tayyorlash. | 2024-yil 20-noyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi |
2. | Koʻrgazmali vositalarni viloyat, shahar, tuman markazlari shoh koʻchalari, xiyobonlar, bayram tadbirlari oʻtadigan joylarda, tashqi reklama obyektlarida, bilbordlarda, LED-ekranli konstruksiyalarda, jamoat transportida (avtobus, metro, poyezd, samolyot) va jamoat joylarida (bozor, gipermarket, savdo shoxobchalari, bekat, aeroport va aviakassalar, temiryoʻl vokzallari va kassalari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari va b.) joylashtirish. | 2024-yil 20 — 25-noyabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, OʻzMTRK, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Transport vazirligi |
3. | Davlat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari, mahalliy hokimliklar, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarining kirish joylarida “Konstitutsiya burchaklari”ni tashkil etish va ularda ushbu tashkilotlar faoliyati xususiyatidan kelib chiqib Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan axborot bannerlarini joylashtirish. | 2024-yil noyabr oyidan boshlab | Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
4. | Olimlar, huquqshunoslar va mutaxassislardan iborat targʻibot guruhlarini shakllantirish va mehnat jamoalari, mahallalarda, olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida, harbiy qismlarda, jazoni ijro etish muassasalarida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha uchrashuvlar, jonli muloqot, suhbatlar va boshqa madaniy-maʼrifiy va huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. | 2024-yil noyabr-dekabr | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, mahalliy hokimliklar, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
5. | “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida aholining barcha qatlamlari oʻrtasida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini targʻib etish maʼrifat oyligini oʻtkazish. | 2024-yil dekabr | Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Adliya vazirligi, OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi |
6. | Aholi fikrini inobatga olgan holda tuman va shahar markazlarida (Toshkent shahrining Sayilgoh koʻchasida) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab “Konstitutsiya koʻchasi (maydoni, mahallasi)”ni tashkil etish, unda: Konstitutsiyaning yaratilishi, takomillashtirish bosqichlarini ifoda etadigan “Konstitutsiya tarixi” burchagi va fotokoʻrgazmasini tashkil etish; Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodika asosida tayyorlangan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlar koʻrgazmasini tashkil etish; konstitutsiyaviy huquqlar boʻyicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar burchaklarini tashkil etish va ularga koʻrgazmali materiallarni joylashtirish; “Konstitutsiya koʻchasi”ni targʻibot va koʻrgazmali bannerlar bilan bezatish; Konstitutsiyaga oid turli koʻngilochar tadbirlar tashkil etish, fuqarolarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha viktorina loyihasini amalga oshirish, gʻolib fuqarolarni Konstitutsiya kitobi, Konstitutsiya ramzi tushirilgan mahsulotlar bilan taqdirlash. | 2024-yil 5 — 8-dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Adliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Oliy sud, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz |
7. | Mahallalarda, maktablar hovlilarida 6-dekabrda Konstitutsiya kuni munosabati bilan davlat bayrogʻini koʻtarish marosimini tashkil etish, unda Konstitutsiyadagi birdamlik gʻoyalari ifodalangan sahna koʻrinishlari, sheʼr va ashulalarni oʻz ichiga olgan tadbirlar tashkil etish. | 2024-yil 6-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
8. | “Constitution.uz” veb-sayti bazasida elektron Konstitutsiya kutubxonasini yaratish. Kutubxonada quyidagi materiallarni joylashtirib borish: Konstitutsiyaga oid saralangan ilmiy va ommabop materiallarni; Oʻzbekiston tarixida qabul qilingan barcha konstitutsiyalarni; Konstitutsiya moddalari mohiyatini sodda va tushunarli tilda ochib beruvchi, maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan animatsion videoroliklarni; Konstitutsiya mazmun-mohiyati va tarixiga bagʻishlangan intervyularni; Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi test savollarini. “Constitution.uz” veb-saytida “Bolalar uchun Konstitutsiya” deb nomlangan alohida sahifa yaratib, unda Konstitutsiya boʻyicha bolalar auditoriyasiga moʻljallangan animatsion videoroliklar va boshqa materiallarni joylashtirib borish. | 2024-yil noyabr Doimiy ravishda | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, TDYU, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, “Oʻzarxiv” agentligi |
9. | Oʻzbekiston tarixi muzeyida Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga bagʻishlangan boʻlimni yangi eksponantlar bilan boyitish. | 2024-yil noyabr | Madaniy meros agentligi, “Oʻzarxiv” agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Adliya vazirligi |
10. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bagʻishlangan arxiv hujjatlarining koʻrgazmasini tashkil etish. | 2024-yil 1 — 7-dekabr | Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud (kelishuv asosida), “Oʻzarxiv” agentligi |
11. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining audio shaklini ixtisoslashtirilgan va koʻzi ojizlar maktablarida tarqatish. | 2024-yil 25-noyabr | Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
II. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va targʻibot-tashviqot ishlari | |||
12. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini, uning islohotlarga mustahkam huquqiy poydevor boʻlib xizmat qilayotganini targʻib qiluvchi maxsus ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda OAVda keng yoritish. | 2024-yil 1 — 8-dekabr | OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, OʻzA, AOKA, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
13. | Fuqarolar kundalik hayotida koʻp uchraydigan vaziyatlarda (mulk huquqi kafolatlari, Miranda qoidalari va b.) Konstitutsiya normalarining toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllanilishi boʻyicha ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda ularni davlat organlari va tashkilotlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtirish va keng targʻib qilish. | 2024-yil noyabr-dekabr | OʻzMTRK, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, davlat organlari va tashkilotlari |
14. | Ommaviy axborot vositalarida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga oid media tadbirlarni (maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik, titr, radioeshittirish, maqola, viktorina va munosabatlar) amalga oshirish (alohida media reja asosida). Davlat telekanallar belgisi yonida Konstitutsiya bayrami belgisini joylashtirish. | 2024-yil noyabr-dekabr | AOKA, OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, OʻzA, Adliya vazirligi |
15. | Konstitutsiyaviy komissiyaning ayrim aʼzolari bilan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi tarixiga bagʻishlangan intervyular tayyorlash hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida yoritish. | 2024-yil 1 — 8-dekabr | Konstitutsiyaviy sud, OʻzMTRK, OʻzA, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, “Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari, Adliya vazirligi |
16. | Konstitutsiya kuni munosabati bilan radioviktorina oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. | 2024-yil 7-8-dekabr | OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, AOKA, Adliya vazirligi |
17. | Markaziy va hududiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida: 1) Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini, uning hayotimizda yuz berayotgan oʻzgarishlar va qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanini targʻib etish, shu mavzuda telemuloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan alohida ruknlar tashkil etish, huquqiy jurnal va gazetalarning maxsus sonlarini chop etish. | 2024-yil 1 — 8-dekabr | OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, OʻzA, “Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari, AOKA, Adliya vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, IIV, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura |
18. | Ommaviy axborot vositalarida “Konstitutsiya — suveren davlat kafolati”, “Konstitutsiya — demokratik davlat kafolati”, “Konstitutsiya — huquqiy davlat kafolati”, “Konstitutsiya — ijtimoiy davlat kafolati”, “Konstitutsiya — dunyoviy davlat kafolati” mavzularida turkum maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik va radioeshittirishlarni tayyorlash. | 2024-yil noyabr-dekabr | AOKA, OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, OʻzA, Adliya vazirligi |
19. | “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida shahar, tuman markazlaridagi davlat organlari binolariga oʻquvchi va talabalarning sayohatlarini tashkil etish va OAVda ularning taassurotlari haqida maqola va postlar berib borish. | 2024-yil oktabr-dekabr | Yoshlar ishlari agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
20. | Konstitutsiyaning ahamiyati borasida aholi oʻrtasida sotsiologik soʻrov oʻtkazish. | 2024-yil noyabr | “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi |
21. | Davlat va jamoat arboblari, aktyor, xonanda, mashhur sportchilar, bloger va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga Konstitutsiyaga oid munosabatlarni joylashtirish. | 2024-yil 7-8-dekabr | Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, AOKA |
22. | Jurnalist va blogerlar oʻrtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovini oʻtkazish. | 2024-yil noyabr | Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, AOKA |
23. | #Meningkonstitutsiyam, #Konstitutsiyakuni xeshteglari ostida videoroliklar olish, ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish. | 2024-yil 1 — 10-dekabr | OʻzMTRK, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi |
III. “Konstitutsiya oyligi” doirasida oʻtkaziladigan bayram va boshqa koʻngilochar tadbirlar | |||
24. | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida oʻtkaziladigan konsert tadbirlarini sanʼat ustalari va yosh ijrochilar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. | 2024-yil 7-dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
25. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Konstitutsiya sayillarini tashkil etish, unda tomosha va bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish. | 2024-yil 4 — 7-dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi |
26. | Harbiy qism va boʻlinmalarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bagʻishlangan tantanali saflanish tadbirlarini oʻtkazish, harbiy va oʻquv tayyorgarlikda alohida namuna koʻrsatgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish va taqdirlash. | 2024-yil 4 — 7-dekabr | Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati |
27. | Kinoteatrlarda har bir film namoyishidan oldin Konstitutsiya kuni bayramiga bagʻishlangan ijtimoiy videoroliklarni tomoshabinlarga koʻrsatish. | 2024-yil 1 — 8-dekabr | Madaniyat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
28. | Fuqarolarga Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan SMS-xabar sifatida tabrik yoʻllash. | 2024-yil 8-dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
29. | Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida Konstitutsiyaga bagʻishlangan “Zakovat” intellektual oʻyinini va boshqa intellektual oʻyinlarni hududiy va respublika miqyosida yuqori darajada oʻtkazish. | 2024-yil dekabrdan eʼtiboran | “Zakovat intellektual klubi”NNT, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, IIV, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi |
30. | Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan sport marafonlari (yugurish, marsh) va musobaqalarini (voleybol, futbol, shaxmat va b.) uyushtirish. Jahon, Osiyo va Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari, ishtirokchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish. | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
IV. “Konstitutsiya oyligi” doirasida davlat organlari va tashkilotlarida tashkil etiladigan tadbirlar | |||
31. | Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish doirasida qilingan ishlar boʻyicha matbuot anjumanlari tashkil etish hamda unda davlat organlari va tashkilotlarining axborotlarini eshitish. | 2024-yil noyabr-dekabr | Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
32. | Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar birinchi darajali rahbarlari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish doirasida tegishli organ tomonidan qilingan ishlar haqida maqola tayyorlash va chop etish. | 2024-yil noyabr-dekabr | Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi |
33. | Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun Konstitutsiyaning qoida va normalarini chuqurlashtirib oʻrgatishga qaratilgan oʻquv seminarlar tashkil etish. | 2024-yil noyabr-dekabr | Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya |
34. | Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida, mahalliy hokimliklarda, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat tashkilotlarida “Mening Konstitutsiyam 32 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktantini tashkil etish. | 2024-yil 1 — 8-dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, vazirlik va idoralar |
35. | Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalarida va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlar shtab-kvartiralarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 32 yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasi kuni” maʼrifiy tadbirlarini tashkil etish. | 2024-yil 1 — 8-dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” AA |
36. | Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalari va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari veb-saytlarida, xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan materiallarni joylashtirish. | 2024-yil 1 — 8-dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, “Dunyo” AA |
37. | Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani xorijiy tillarga (fransuz, ispan, arab, qozoq, tojik, turkman, qirgʻiz va b.) tarjima qilish ushbu davlatlar elektron resurslariga va Oʻzbekistonning ushbu davlatdagi konsullik muassasalari veb-saytlarida joylashtirish. | 2024-yil oktabr — dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, “Dunyo” AA |
38. | Konstitutsiyaviy sudning mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylik holati toʻgʻrisida axborotini taqdim etish. | 2024-yil 6-dekabr | Konstitutsiyaviy sud (kelishuv asosida) |
39. | “Konstitutsiya oyligi” doirasida Oliy Majlis palatalarida “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazish va uning doirasida Qonunchilik palatasi va Senat binosi boʻylab ekskursiya tashkil etish, majlislar zali va muzey, kutubxona, deputat va senatorlarning faoliyati bilan tanishtirish. | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati (kelishuv asosida) |
40. | Fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatishni, shu jumladan, ichki ishlar organlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 16 yoshga toʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ID-kartani topshirish jarayonlarini bayramona tashkil etish. | 2024-yil 6-dekabr | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, mahalliy hokimliklar |
41. | Davlat organlari rasmiy veb-saytlarining alohida boʻlimida “Konstitutsiya sahifasini”ni yaratish, unda tegishli davlat organi faoliyatiga oid Konstitutsiya normalarini tushuntirishga qaratilgan koʻrgazmali materiallar, infografika va boshqa vizual axborotlarni joylashtirish. | 2024-yil sentabr | Vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar |
42. | Konstitutsiya targʻibotida faol ishtirok etgan fuqarolarni Konstitutsiya kuni arafasida “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash. | 2024-yil dekabr | Adliya vazirligi |
V. “Konstitutsiya oyligi” doirasida taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan targʻibot tadbirlari | |||
43. | Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini oʻtkazish (namunaviy dars materiallari asosida). | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, TDYU |
44. | Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha olimpiada tashkil etish va OAVda keng yoritish. | Har yili 1 — 7-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, OʻzMTRK, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi |
45. | Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya bilimdoni”, “Konstitutsiya — kelajagim mashʼali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash. | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
46. | Taʼlim muassasalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida “Konstitutsiyani oʻrganamiz”, “Konstitutsiya — adolat tantanasi” mavzularida uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, huquqiy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish. | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
47. | Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini sodda tilda tushuntirishga qaratilgan “Moddalar gapiradi” nomli turkum videoroliklar tayyorlash va manzilli tarqatish. | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
48. | “Barkamol avlod” bolalar maktablarida “Konstitutsiya oʻquvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va koʻrgazmalarini tashkil etish. | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, mahalliy hokimliklar |
49. | Taʼlim tashkilotlarini bayroqlar va sharlar, shuningdek, oʻquvchilar yasagan oʻyinchoqlar, ramzlar bilan bezatish. | 2024-yil 2 — 6-dekabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
50. | Oʻzbekiston yoshlarining Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan I konferensiyasini oʻtkazish. | 2024-yil 6-dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
51. | Oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar oʻrtasida “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini tashkil etish. | har yili noyabr-dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
52. | Yuridik ixtisoslik boʻyicha oliy taʼlim tashkilotlari va yuridik fakultetlarda Konstitutsiya xonalarini tashkil qilish. | 2024-yil noyabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tarkibida yuridik oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar |
53. | Konstitutsiyani hayotga tatbiq etish boʻyicha erishilgan yutuqlar va oldimizda turgan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish. | 2024-yil 6-dekabr | Adliya vazirligi, Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud, (kelishuv asosida), Tashqi ishlar vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti |
2-ILOVA
1. | A.N. Aripov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi |
2. | R.Q. Davletov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
3. | D.B. Kadirov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi |
4. | X.M. Sultonov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri |
5. | J.A. Qoʻchqorov | — | Bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri |
6. | Sh.B. Umurzakov | — | Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
7. | A.J. Toshqulov | — | adliya vaziri |
8. | O.A. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
9. | B.O. Saidov | — | tashqi ishlar vaziri |
10. | P.R. Bobojonov | — | ichki ishlar vaziri |
11. | B.N. Qurbonov | — | mudofaa vaziri |
12. | A.H. Qoʻldoshev | — | favqulodda vaziyatlar vaziri |
13. | R.M. Joʻrayev | — | Milliy gvardiya qoʻmondoni |
14. | X.U. Umarova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
15. | K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
16. | A.A. Xudayarov | — | sogʻliqni saqlash vaziri |
17. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
18. | A.I. Ikramov | — | sport vaziri |
19. | B.E. Zahidov | — | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
20. | A.A. Xodjayev | — | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
21. | R.J. Qurbonov | — | Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi |
22. | Sh.T. Rizayev | — | Kinematografiya agentligi bosh direktori |
23. | A.Z. Saʼdullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
24. | A.A. Joʻraboyev | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
25. | A. Koʻchimov | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
26. | O.A. Xasanov | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
27. | Lavozimiga koʻra | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari |