24.08.2024 yildagi 528-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklanuvchi elektr manbalarini yagona elektr energetika tarmog‘iga ulash tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yagona elektr energetika tarmog‘iga ulash tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan olingan elektr energiyasini yagona elektr energetika tizimiga uzatish uchun tarmoqlarga ulanish bosqichlari va muddatlarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilovaga muvofiq kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan olingan elektr energiyasini umumiy tarmoqqa uzatish uchun texnik shartlar berish va shartnoma rasmiylashtirish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha texnik topshiriq ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda ishlab chiqilgan texnik topshiriqqa asosan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan olingan elektr energiyasini yagona elektr energetika tarmog‘iga uzatish uchun texnik shartlar berish va shartnoma tuzish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirgan holda, Davlat xizmatlari markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Elektr” onlayn platformasi orqali rasmiylashtirish amaliyotini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
528-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-avgustdagi 528-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 22-iyuldagi 610-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nomi va 1-banddagi “elektroenergetika” so‘zi “elektr energetikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-banddagi “elektroenergetika tizimining elektr tarmoqlariga kamsitilmasdan” so‘zlari “elektr energetikasi tizimining elektr tarmoqlariga kafolatli” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomidagi “elektroenergetika” so‘zi “elektr energetikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Ushbu Reglament elektr energiyasi, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektr energetikasi tizimining elektr tarmoqlariga (keyingi o‘rinlarda yagona elektr energetikasi tizimi deb ataladi) ulash tartibini belgilaydi va tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlarga kafolatli ulanishini ta’minlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va beshinchi xatboshilardagi “elektroenergetika” so‘zi “elektr energetikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash — ishlab chiqaruvchilarning quvvatlarini yagona energetika tizimiga ta’sirini o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan tashkilot — tarmoq holatini hamda quvvat o‘tkazuvchanligini laboratoriya yordamida tekshirib, baholovchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha tashkiloti — ishlab chiqilgan texnik shartlarga asosan qayta tiklanuvchi manba qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq egasi — kuchlanishidan qat’i nazar, elektr uzatish tarmog‘iga ega bo‘lgan korxona yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik shartlar — muayyan quvvatlarni elektr tarmog‘ining muayyan nuqtasiga ulash uchun zarur texnik talablar sanab o‘tilgan hujjat”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim operatori — elektr energiyasiga bo‘lgan talab va taklifga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda, tezkor-dispetcherlik boshqaruvini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari — elektr energiyasini uzatish va yetkazib berish uchun mo‘ljallangan elektr energiyasini uzatish liniyalari, transformator podstansiyalari, taqsimlash punktlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya qilish (transformator), uzatish, taqsimlash hamda energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun mo‘ljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi uskunalar yig‘indisi (ular o‘rnatilgan inshootlar va binolar bilan birga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi yoki salohiyatli ishlab chiqaruvchi (keyingi o‘rinlarda — ishlab chiqaruvchi) — o‘z ehtiyoji va (yoki) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga sotish uchun elektr energiyasi (quvvatlar), shu jumladan, tiklanadigan energiya manbalaridan elektr energiyasi (quvvatlar) ishlab chiqaradigan yoki ishlab chiqarishni tashkil etish niyatidagi tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona elektr energetikasi tizimiga ulashning maqbul nuqtasi — ishlab chiqaruvchining mavjud quvvatini uzatish uchun elektr tarmog‘i xo‘jaligining kuchlanish darajasi va o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha mos bo‘lgan ishlab chiqaruvchi joylashgan joyga yaqin joylashgan obyekti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan, xususiy uylarda elektr energiyasini ishlab chiqaradigan elektr qurilmalarini o‘rnatgan ishlab chiqaruvchilar ushbu Reglamentda belgilangan tartibda, ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish huquqiga egadirlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-banddagi “elektroenergetika” so‘zi “elektr energetikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “elektroenergetika” so‘zi “elektr energetikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda yagona elektr energetika tizimiga ulanish uchun berilgan texnik shartlarda ko‘rsatilgan quvvatdan yuqori bo‘lmagan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashda qo‘shimcha texnik shart olish talab etilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bandning birinchi xatboshisi, 10-band, 2-bob nomidagi “elektroenergetika” so‘zi “elektr energetikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “elektroenergetika” so‘zi “elektr energetikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona elektr energetikasi tizimiga ulanishga buyurtmanoma YIDXP yoki iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulashning barcha bosqichlari to‘liq raqamlashtirilgan holda joriy etilgan “ELEKTR” onlayn platformasi orqali shakllantiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “elektroenergetika” so‘zi “elektr energetikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha elektr qurilmalari “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilganidan va qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini hamda elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha dalolatnoma (keyingi o‘rinlarda — dalolatnoma) tuzilganidan keyin ishga tushiradi (ushbu Reglamentning 42-bandida keltirilgan hollar bundan mustasno)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘qqizinchi xatboshidagi “ruxsatnoma” so‘zi “dalolatnoma” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-banddagi “uch” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. 20 kVt gacha quvvatli barcha ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ulash mo‘ljallanayotgan elektr tarmoqlari egasi buyurtmanomasi tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida uni o‘rganadi va ishlab chiqaruvchiga elektr tarmog‘iga ulanish uchun texnik shartlarni beradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-banddagi “500” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 — 21 bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Tarmoqqa ulanishni baholash bunday ishlarni o‘tkazish uchun vakolatli bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilot (loyiha tashkiloti) yoki tarmoqlariga ulanish mo‘ljallanayotgan tashkilot tomonidan bajariladi. Tarmoqqa ulanishni baholash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar ishlab chiqaruvchining hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr tarmog‘i egasi buyurtmanomalar tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ishlab chiqaruvchiga tarmoqqa ulanishni baholash uchun vakolatli bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar ro‘yxatini beradi va/yoki bajariladigan ishlar qiymatini ko‘rsatgan holda tarmoqqa ulanishni baholash bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchi tarmoqlar egasi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatdan ixtisoslashtirilgan tashkilotni tanlash yoxud litsenziyaga ega bo‘lgan va ishlarning bunday turini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan boshqa tashkilotni jalb etish yoki shartnoma tuzish asosida tarmoqlarning egasi xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulanadigan elektr qurilmasining tarmoq ishining ishonchliligiga bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’siri va tanlangan yechim ushbu Reglament talablariga rioya qilinganligi tarmoqqa ulanishni baholashda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tarmoqqa ulashga buyurtmanomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda tarmoqning egasi Tarmoqqa ulanishni baholash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rash yoki talab qilish qat’iy taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tarmoqqa ulanishni baholash davri elektr tarmog‘i egasiga va/yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotga ishlab chiqaruvchidan talab qilinadigan barcha ma’lumotlar taqdim etilgan sanadan boshlab yigirma ish kundan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqqa ulanishni baholash natijalari bo‘yicha xulosada, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqqa ulanish uchun texnik yechimlar tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqqa ulanishning mo‘ljallanayotgan nuqtalarida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining texnik tavsiflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchining energiya ishlab chiqaradigan energiya qurilmasiga qo‘yiladigan texnik talablar va ishlatish talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvvatlarning yagona elektr energetikasi tizimiga balansini ta’minlash va qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish (yuklama jadvalini tartibga solishda ishtirok etish va shu kabilar) yuzasidan energiya ishlab chiqaruvchi energiya qurilmasiga qo‘yiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqqa ulash uchun zarur bo‘lgan elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini qurish uchun xarajatlarni (ishlab chiqaruvchining yoki elektr tarmog‘i egasining talabi bo‘yicha) baholash haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tarmoqqa ulanishni baholovchi tashkilot tarmoqqa ulanishni ta’minlash va yagona elektr energetikasi tizimi uchun salbiy oqibatlarsiz ishlab chiqaruvchining energiya ishlab chiqaruvchi qurilmasini ishlatish uchun zarur hisob-kitoblarni (xavfsizlikning tahlili, yagona elektr energetikasi tizimining dinamik va turg‘un barqarorligi, quvvatlar oqimlari hisob-kitobi, qisqa tutashuvlar rejimlari, reaktiv quvvatni boshqarish, elektr energiyasi sifati parametrlarini aniqlash va shu kabilar) bajarishi zarur”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-banddan “o‘rganish yoki” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi xatboshilardan “o‘rganish yoki” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tizim operatori buyurtmanomani hamda baholash natijalarini ular tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi, ushbu ulanishni kelishadi yoki ulanish mo‘ljallanayotgan tarmoqlar egasiga xulosani yuborgan holda asoslangan rad javobini beradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik shartlarda ulanishning maqbul nuqtasi tarmoqqa ulanish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar (tarmoqni kengaytirish va/yoki uning o‘tkazish qobiliyatini ko‘paytirish) hisobga olingan holda, baholash yakunlari bo‘yicha berilgan xulosadagi taklif qilingan variantlardan elektr tarmoqlari egasi ishlab chiqaruvchi bilan birgalikda tanlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidan “o‘rganish yoki” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-bandning oltinchi va to‘qqizinchi xatboshilari, 28-band, 29-bandning ikkinchi xatboshisi, 30-bandning birinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilari, 3-bob nomi, 31-banddagi “elektroenergetika” so‘zi “elektr energetikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-banddagi “o‘n” so‘zi “besh” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“35. Ulash loyihasining texnik shartlar hamda elektr uskunalarini tuzilish qoidalari talablaridan chetga chiqishi ushbu loyihani kelishishni rad etishga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa sabablarga ko‘ra ulash loyihasini kelishishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-banddagi “besh” so‘zi “uch” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob nomi va 37-bandning birinchi xatboshisidagi “elektroenergetika” so‘zi “elektr energetikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-bandning ikkinchi xatboshisi “operatorining yuritishidagi” so‘zlaridan keyin “35 kV va undan yuqori kuchlanishli” so‘zlari bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39 — 44-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“39. Qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari nihoyasiga yetgach, ishlab chiqaruvchi ulanadigan elektr qurilmalarining tayyorligini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun tarmoqlariga ulanadigan tashkilotga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqlariga ulanadigan tashkilot ishlab chiqaruvchi murojaat qilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida “O‘zenergoinspeksiya”ni yoki uning hududiy boshqarmasini ulanadigan elektr qurilmalarining tayyorligini tekshirish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi, shuningdek, ishlab chiqaruvchi murojaat qilgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida “O‘zenergoinspeksiya” yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda, texnik ko‘rikdan o‘tkaziladigan sanani ishlab chiqaruvchiga ma’lum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda texnik ko‘rikdan o‘tkazish sanasi murojaat qilingan sanadan o‘n ish kunidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Texnik ko‘rikdan o‘tkazish kunida “O‘zenergoinspeksiya” yoki uning hududiy boshqarmasining vakolatli vakili, shuningdek, tarmoqlariga ulanadigan tashkilotning vakili joyning o‘ziga chiqib, ishlab chiqaruvchi bilan birgalikda ishlab chiqaruvchining yangi ishga tushiriladigan elektr qurilmalarini montaj qilish va sozlashda texnik shartlar talablari bajarilishini, belgilangan normalar va qoidalarga rioya qilinishini, tayyorlangan ekspluatatsiya xodimlari va tegishli hujjatlar mavjudligi bo‘yicha texnik ko‘rikdan o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha bir kun muddatda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi ishlab chiqaruvchiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Yakka tartibdagi uyda yashaydigan jismoniy shaxs hisoblangan ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini 0,23 — 0,4 kV kuchlanishli elektr tarmoqlariga ulashda texnik shartlarning bajarilishini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va elektr tarmoqlariga ulash tarmoqlar egasining vakolatli vakili tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” yoki uning hududiy boshqarmasi vakili ishtirokisiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Fikr-mulohazalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, dalolatnoma asosida 3-ilovaga muvofiq u rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmasi ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish uchun dalolatnoma rasmiylashtiriladi (ushbu Reglamentning 42-bandida keltirilgan holat bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Texnik shartlar talablari bajarilmasligi, elektr qurilmalarini montaj qilish va sozlashda amaldagi normalar va qoidalardan chetga chiqilganligi, tayyorlangan ekspluatatsiya xodimlari va zarur hujjatlar mavjud emasligi ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga tayyor emasligi to‘g‘risida dalolatnoma berilishiga asos hisoblanadi. Boshqa sabablarga ko‘ra iste’molchilarning elektr qurilmalari ekspluatatsiyaga tayyor emasligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzish taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-banddagi “ruxsatnoma berish takroriy murojaat tushgan kundan boshlab uch ish kunidan” so‘zlari “dalolatnoma rasmiylashtirish takroriy murojaat tushgan kundan boshlab ikki ish kunidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-banddagi “ruxsatnoma u berilgandan” so‘zlari “dalolatnoma u berilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-band va 5-bobning nomidagi “elektroenergetika” so‘zi “elektr energetikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49 — 51-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“49. Ulash sxemasini tekshirish va ishlab chiqaruvchining elektr energiyasini hisobga olish asboblarini plombalash yangi ishga tushiriladigan energiya ishlab chiqaruvchi elektr qurilmalari ishga tushirilishiga dalolatnoma olingandan keyin ishlab chiqaruvchining vakolatli vakillari, tarmoqlariga ulanadigan tashkilot tomonidan ishlab chiqaruvchining buyurtmanomasi tushgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Yagona elektr energetikasi tizimiga elektr energiyasini yetkazib berishga shartnoma ishlab chiqaruvchi bilan tarmoqlarning egasi o‘rtasida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini iste’molchining elektr tarmoqlariga ulashda elektr energiyasi yetkazib berishda shartnoma tuzish tartibi ulash sxemasidan kelib chiqib, bevosita texnik shartlarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Jismoniy shaxsning yakka tartibdagi turar joyini 0,23 — 0,4 kV kuchlanishli elektr tarmoqlariga ulashda elektr energiyasini hisobga olish asboblarini tekshirish va plombalash tarmoqlar egasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini yetkazib berish uchun shartnoma tuzish, elektr energiyasini hisobga olish asboblarini tekshirish va plombalash, tarmoqlarning egasi tomonidan ta’minlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-banddan “Byuro” so‘zi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “elektroenergetika” so‘zi “elektr energetikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisidagi “ruxsatnoma” so‘zi “dalolatnoma” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-banddagi “yagona elektroenergetika tizimiga ulashni kelishish, energiya ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnoma berish” so‘zlari “yagona elektr energetikasi tizimiga ulashni kelishish, energiya ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga dalolatnoma berish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Harakatlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ishlab chiqaruvchi

Texnik shartlarni berish uchun tarmoqlar egasiga buyurtmanoma berish.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

“HET” AJ

(20 kVt gacha)

Ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini o‘rganish va ishlab chiqaruvchiga elektr tarmog‘iga ulanish uchun texnik shartlarni berish.

Besh ish kuni mobaynida

“HET” AJ

(20 kVt dan 500 kVt ni ham o‘z ichiga olgan quvvatga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchini ulashda)

Ulanishga buyurtmanoma nusxasini xabardor qilish uchun tizim operatoriga yuborish. Tarmoqqa ulashni baholash uchun sertifikatlashtirilgan tashkilotni belgilash.

Bir ish kun mobaynida

Tarmoqlar egasi (500 kVt dan ortiq quvvatga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchini ulashda)

Ulanishga buyurtmanoma nusxasini kelishish uchun tizim operatoriga yuborish. Tarmoqqa ulanishni baholash uchun sertifikatlashtirilgan tashkilotni belgilash.

Uch ish kun mobaynida

3-bosqich*

Tizim operatori

Ishlab chiqaruvchining buyurtmanomasini ko‘rib chiqish, kelishish yoki asoslangan rad javobini tarmoqlar egasiga taqdim etish.

Besh ish kun mobaynida

4-bosqich

Ixtisoslashtirilgan tashkilot

Tarmoqqa ulanishni baholash va xulosani tarmoqlar egasiga taqdim etish.

Yigirma ish kuni mobaynida

5-bosqich

Tarmoqlar egasi

Baholash yakunlari bo‘yicha berilgan xulosadagi takliflardan ulash variantini ishlab chiqaruvchi bilan kelishish.

Ishlab chiqaruvchining elektr qurilmalarini ulash uchun texnik shartlarni berish.

Xulosa olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida

6-bosqich

Maxsus loyiha tashkiloti

Ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash loyihasini ishlab chiqish.

Ulash loyihasini texnik shartlarni bergan tashkilotga va “O‘zenergoinspeksiya”ga kelishish uchun yuborish.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

7-bosqich

Texnik shartlarni bergan tashkilot,

“O‘zenergoinspeksiya”

Ulash loyihasini kelishish.

Besh ish kun mobaynida

8-bosqich

Ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchining ulanadigan elektr qurilmalarini ishlatadigan tashkilot

Ishga tushirish sxemasini tuzish.

Ishga tushirish sxemasini tarmoqlar egasi va tizim operatori bilan kelishish.

Ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish.

Ulanadigan elektr qurilmalarini montaj qilish va sozlashda texnik shartlar talablari bajarilishini va belgilangan normalar va qoidalarga rioya qilinishini tekshirish to‘g‘risida tarmoqlar egasiga murojaat yuborish.

Ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan muddatlarda

9-bosqich

Tarmoqlar egasi va “O‘zenergoinspeksiya”

Ishlab chiqaruvchi murojaat qilgan kundan boshlab texnik ko‘rikdan o‘tkazish sanasini ishlab chiqaruvchiga ma’lum qilish.

Ikki ish kuni mobaynida

10-bosqich

“O‘zenergoinspeksiya”, tarmoqlar egasi va ishlab chiqaruvchi

Texnik ko‘rikdan o‘tkazish.

Tomonlar kelishgan muddatlarda, lekin murojaat qilingan kundan boshlab o‘n ish kunidan oshmagan muddatda

11-bosqich

“O‘zenergoinspeksiya”

3-ilovaga muvofiq shakldagi dalolatnoma rasmiylashtirish.

Bir ish kuni mobaynida

12-bosqich

Ishlab chiqaruvchi, tarmoqlar egasi

Ishlab chiqaruvchining buyurtmanomasi bo‘yicha ulash sxemasini tekshirish, elektr energiyasini hisobga olish asboblarini plombalash va elektr energiyasi yetkazib berishga shartnoma tuzish.

Uch ish kun mobaynida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 20 kVt dan 500 kVt ni ham o‘z ichiga oladigan quvvatga egalik qiluvchi ishlab chiqaruvchini ulashda chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchini “IES” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ tarmoqlariga ulashda tizim operatoriga buyurtmanomalar nusxalari yuborilmasdan “HET” AJ bilan kelishish zarur”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilova belgisidagi “elektroenergetika” so‘zi “elektr energetikasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlarini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini hamda elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DALOLATNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20____ yil “____” ___________dagi ____-son

Ushbu dalolatnoma

___________________________________________________________________________________

(qurilish-montaj va sozlash-ishga tushirish ishlarini bajargan tashkilot nomi)

___________________________________________________________________________________

__(lavozimi)___________________________(F.I.O.)_________

qurilish-montaj va sozlash — ishga tushirish ishlarini bajargan tashkilotning YIDXP orqali yuborgan 20____ yil ____ ___________dagi ____son so‘rovnoma ma’lumotlariga muvofiq iste’molchi tashkilot vakili (yuridik shaxslar uchun)

_____________________________________________________________________

________(lavozimi)__________________________________(F.I.O.)

yoki elektr qurilmalari egasining (jismoniy shaxslar uchun) vakili _______________________

(F.I.O.)

ishtirokida “O‘zenergoinspeksiya” mas’ul xodimi _______________________________________

(hududiy bo‘lim nomi, lavozimi)

tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va elektr qurilmalari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

1. Texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan elektr qurilmalari:

_________________________________________________________________________________________

(elektr qurilmalari nomi, elektr ta’minot manbalari)

1.1. Elektr qurilmalari tarkibi va tavsifi:

_________________________________________________________________________________________

(turi, quvvati, kuchlanish, soni)

1.2. Texnik hujjatlar:

1.2.1. Texnik shartlar 20____ yil “____” ___________da ______-son bilan

_________________________________________________________________________________________

(texnik shartlar bergan tashkilot nomi)

tomonidan kVA (kVt) quvvatga ulanish uchun berilgan.

1.2.2. Elektr ta’minoti loyihasi _____________________________________________________

(loyiha tashkilotining nomi, ishlab chiqish raqami va sanasi)

________________________________________________________________ tomonidan ishlab chiqilgan.

Ushbu loyiha “O‘zenergoinspeksiya” bilan ______________________________________________

(loyihani kelishuv raqami va sanasi)

kelishilgan va elektr qurilmalari tarmoqlariga ulanayotgan tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilgan ________________________________________________________________________________

(tashkilotning nomi) (loyihani ko‘rib chiqish raqami va sanasi)

1.2.3. Elektr-montaj va sozlash — ishga tushirish ishlari va sinovlar ______________________________________________________________ tomonidan amalga oshirilgan.

(tashkilot nomi, litsenziya raqami, kim tomonidan berilgan, amal qilish muddati)

1.2.4. Sozlash — ishga tushirish hujjatlari va sinovlar (o‘lchovlar) EQTQ, XTQ talablariga muvofiqligi

___________________________________________________________________________________

2. Elektr qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish va texnik hujjatlarni tekshirishda quyidagilar aniqlandi.

2.1. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishni tashkil etish bo‘yicha:

_________________________________________________________________________________________

(iste’molchi tashkilot yoki elektr qurilmalari egasining nomi (tegishlisi tagidan chizilsin))

2.1.2. Elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs ___________________________________________

__(lavozimi)__________________(F.I.O.)___________

20____ yil “____” __________dagi _____-son buyruq bilan tayinlangan.

U TEQQ va XTQ bo‘yicha bilim sinovdan qonunchilikda belgilangan tartibda, _____ yil “____” ___________da o‘tib, unga _____ V elektr qurilmalarida ishlash uchun xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ______ guruh berilgan.

2.1.3. Elektrotexnik xodimlarning soni va malakasi bo‘yicha muvofiqligi __________________

2.1.4. Elektr himoya vositalarining holati, ularning yetarli ekanligi ______________________

2.1.5. Tezkor texnik hujjatlar mavjudligi (bor, yo‘q):

tasdiqlangan prinsipial elektr sxemasi ___________________________________;

lavozim yo‘riqnomalari __________________________________________________;

ekspluatatsiya bo‘yicha yo‘riqnomalar ________________________________________;

naryadlar blankalari _____________________________________________________;

2.1.6. Jurnallarning mavjudligi (bor, yo‘q):

TEKK va XTK bo‘yicha bilim sinovi ________________________________________;

elektrotexnik xodimlarga ko‘rsatmalar berish _______________________________;

tezkor jurnal ___________________________________________________________;

himoya vositalarining hisobi va holati _____________________________________;

elektr uskunalarning kamchiligi (nosozligi) ________________________________;

2.1.7. Asosiy elektr uskunalariga pasport (sertifikat) _______________________

2.2. Elektr qurilmalarining texnik holati

2.2.1. Yong‘inga qarshi xavfsizlik vositalari bilan ta’minlanishi ______________

2.2.2. O‘lchov asboblarining holati _________________________________________

2.2.3. Yerga ulash qurilmalarining holati ___________________________________

2.2.4. Elektr qurilmali xonalar va ularda o‘rnatilgan elektr qurilmalarining EQTQ talablariga muvofiqligi _______________________________________________________

2.2.5. Kabel va havo liniyalarining texnik holati _____________________________

2.2.6. Elektr dvigatellar, ishga tushirish-sozlash apparaturasi va elektr yoritgichlarning texnik holati ________________________________________________________________________

2.2.7. Kompensatsiya qurilmalari mavjud bo‘lsa, ularning texnik holati _________________________________________________________________________________________

(turi, ishlab chiqargan zavod raqami)

2.2.8. Taqsimlash qurilmalari ___________________________________

2.2.9. Kuch transformatorlari ____________________________________

2.2.10. Hisobga olish sxemasining montaji (hisobga olish priborlarining o‘rnatilishi, o‘lchov transformatorlari va boshqalar)

3. Texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan elektr qurilmalarining ekspluatatsiya qilishga tayyorligi to‘g‘risida xulosa

_________________________________________________________________________________________

“O‘zenergoinspeksiya” mas’ul xodimi

___________________________________________________________________________________

__(hududiy boshqarma nomi, lavozimi) ______________________________ (F.I.O.)_________

20____ yil “____” _____________________________________________________________

(imzo)_________

HETK

___________________________________________________________________________________

__(hududiy filial nomi, lavozimi) ______________________________ (F.I.O.)_________

20____ yil “____” _____________________________________________________________

(imzo)_________

Pudrat tashkiloti rahbari yoki elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs (yuridik shaxslar uchun)

___________________________________________________________________________________

__(tashkilot nomi, lavozimi) ______________________________ (F.I.O.)_________

20____ yil “____” _____________________________________________________________

(imzo)_________

Pudrat yoki elektr qurilmasi egasining muhri o‘rni (jismoniy shaxslar uchun)

___________________________________________________________________________________

_____(tashkilot nomi, lavozimi) _______________________________ (F.I.O. telefon raqami)_______

20____ yil “____” _____________________________________________________________

(imzo)_________

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori 1-bandining ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilari “iste’molchilarning elektr qurilmalarini” so‘zlaridan keyin “shu jumladan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2024-y., 09/24/528/0646-son)