1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘siqsiz turizm orqali turizm imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va to‘siqsiz turizm yo‘nalishida davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolarga qo‘shimcha rag‘batlantirishlar yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 12-yanvardagi PQ-20-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.05.00 Mehmonxona xo‘jaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga infratuzilmani nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom (keyingi o‘rinlarda — Vaqtinchalik nizom) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmonxona xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining subsidiya olish uchun murojaat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni ko‘rib chiqish va subsidiya ajratish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya ajratishni rad etish asoslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Turizm qo‘mitasi) 2027-yil 1-yanvarga qadar Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ming nafar I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaroga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 ming so‘mdan oshmagan qismini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eshitish qobiliyatini yo‘qotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizini qoplab berish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turizm qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Vaqtinchalik nizomga muvofiq davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Turizm qo‘mitasi tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 12-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
498-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 498-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga infratuzilmani nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM

1. Ushbu Vaqtinchalik nizom mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga (keyingi o‘rinlarda — tadbirkorlik subyektlari) mehmonxona xonalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Turizm qo‘mitasi) budjetdan tashqari Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan qoplab berishning vaqtinchalik tartibini belgilaydi hamda bu Nizom 2027-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tadbirkorlik subyektlariga subsidiya Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali Turizm qo‘mitasi tomonidan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya tadbirkorlik subyektlari mehmonxonalarni nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirgandan boshlab, mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli chorak yakuniga ko‘ra mehmonxonalarni nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish maqsadida xonalarni zarur qurilmalar bilan jihozlash xarajatlari o‘rnining bir qismini qoplash uchun Jamg‘armaga o‘tkazilgan turistik (mehmonxona) yig‘imlar summasi hisobidan qoplab beriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.05.00 Mehmonxona xo‘jaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Subsidiya olish uchun murojaat qilgan tadbirkorlik subyektlari (keyingi o‘rinlarda — murojaat etuvchi) tomonidan mehmonxonaning kamida uchta xonasi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlangan, shuningdek, eshitish va ko‘rish uchun displey hamda ovozli qurilmalar o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Subsidiya olish uchun murojaat qilgan tadbirkorlik subyektlari to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) va tugatish jarayonida bo‘lmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tadbirkorlik subyektlarining subsidiya olish uchun murojaat qilish tartibi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tadbirkorlik subyektlari subsidiya ajratilishi uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ushbu Vaqtinchalik nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda subsidiya olish to‘g‘risida ariza (keyingi o‘rinlarda — ariza) bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Arizaga murojaat etuvchi to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng murojaat etuvchi uni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (elektron raqamli imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari arizani YIDXP orqali to‘ldirganda, elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Murojaat etuvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib subsidiya olish uchun murojaat qilganda, uning arizasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, murojaat etuvchi tasdiqlagandan so‘ng Turizm qo‘mitasiga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, ariza avtomatik tarzda tegishliligi bo‘yicha Turizm qo‘mitasiga yuboriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yig‘imlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Murojaatlarni ko‘rib chiqish va subsidiya ajratish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Turizm qo‘mitasi ariza kelib tushgan kundan boshlab o‘n ish kunida tadbirkorlik subyekti mehmonxona xonalari Vaqtinchalik nizomda belgilangan talablarga mos ekanligini joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm qo‘mitasi murojaat etuvchi yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), ro‘yxatdan o‘tish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi, STIR va tijorat bankidagi hisobvarag‘i rekvizitlari, mehmonxonaga yoki mehmonxona ishonchli boshqaruvga berilgan hollarda — ishonchli boshqaruvchiga taqdim etilgan mehmonxonaning yulduz toifasi ko‘rsatilgan (mavjud bo‘lsa) muvofiqlik sertifikati nusxasi hamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmani mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali onlayn tekshirib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Turizm qo‘mitasi arizani o‘rganib chiqib, besh ish kunida subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va qaror nusxasini ushbu muddat ichida Davlat xizmatlari markazi (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron shaklda murojaat qilinganda) orqali murojaat etuvchiga yuboradi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.05.00 Mehmonxona xo‘jaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan mehmonxonaning kamida uchta xonasi nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rindiqli aravachasidan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlanganda, shuningdek, eshitishi va ko‘rishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar o‘rnatilganda, ushbu tadbirkorlik subyektlariga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yulduz toifasini olgan mehmonxonalarga — 2 million so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yulduz toifasini olmagan mehmonxonalarga — 1 million so‘m.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Murojaat qilgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarorda subsidiya miqdori, mehmonxona nomi, yulduz toifasi (mavjud bo‘lsa) va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jihozlangan xonalar soni, mehmonxona joylashgan joy (pochta manzili) va uning kadastr raqami, subsidiya olayotgan tadbirkor — yuridik shaxs nomi va STIR raqami hamda tijorat bankidagi hisobvarag‘i rekvizitlari ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida Turizm qo‘mitasi tadbirkorlik subyektlarining xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga mablag‘larni o‘tkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar aniq ko‘rsatib o‘tilgan subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risidagi qaror murojaat etuvchiga ushbu qaror qabul qilingan kunning o‘zida Davlat xizmatlari markazi (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron shaklda murojaat qilinganda) orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat etuvchi qarorni olgan kundan boshlab qarorda ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etib, Turizm qo‘mitasiga takroran ariza bilan murojaat etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroran yuborilgan ariza yangi topshirilgan hisoblanadi va Turizm qo‘mitasi tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Subsidiya ajratishni rad etish asoslari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Subsidiya ajratish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya olish to‘g‘risidagi arizada ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar to‘liq aks ettirilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchi mazkur Vaqtinchalik nizomning 3 va 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya ajratishni ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilmagan asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;
4.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xo‘jaligi / 14.03.01.00 Turizm]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamg‘arma hisobidan subsidiya ajratilgan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxati (reyestri) Turizm qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Subsidiya olish maqsadida taqdim etilgan ma’lumotlar, hujjatlarning to‘g‘riligi va haqiqiyligiga tadbirkorlik subyektlari mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Turizm qo‘mitasi subsidiya ajratish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Jamg‘arma hisobidan ajratilgan mablag‘larning tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishi yuzasidan mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tadbirkorlik subyektlari Turizm qo‘mitasining subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Subsidiya olgan tadbirkorlik subyektlari subsidiya ajratilgan davrdan boshlab besh yildan kam bo‘lmagan muddat davomida mehmonxona xizmatini ko‘rsatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari besh yil mobaynida mehmonxona xizmatini tashkil qila olmagan yoki mehmonxonaning toifasi pasaygan taqdirda, ajratilgan subsidiyani faoliyat yuritgan davriga mutanosib ravishda chegirgan holda, qolgan qismini Jamg‘armaga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaga qaytariladigan mablag‘lar Turizm qo‘mitasining qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyektlari tomonidan Jamg‘armaning maxsus hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm qo‘mitasi Jamg‘armaning maxsus hisobvarag‘iga qaytariladigan mablag‘lar tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilangan muddatda to‘liq o‘tkazilmagan taqdirda, ularni undirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Subsidiya ajratilgan davrdan boshlab mehmonxonaning besh yildan kam bo‘lmagan muddat davomida faoliyat yuritishi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ta’minlanishini Turizm qo‘mitasi monitoring qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga infratuzilmani nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish xarajatlarining bir qismini qoplab berish to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga infratuzilmani nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Ushbu Vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni tayyorlaydi va Turizm qo‘mitasiga Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali subsidiya olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi.
O‘z xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Turizm qo‘mitasi
Arizadagi ma’lumotlar noto‘g‘ri kiritilgan yoki to‘liq kiritilmagan taqdirda, murojaat etuvchiga arizadagi xatoliklarni bartaraf etish to‘g‘risida xabarnoma yuboradi
1 ish kunida
3-bosqich
Ariza beruvchi
Arizadagi xatoliklarni bartaraf etib, Turizm qo‘mitasiga Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali subsidiya olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi.
2 ish kunida
4-bosqich
Turizm qo‘mitasi
Arizaning Vaqtinchalik nizomda belgilangan talablarga mos ekanligini joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqadi.
10 ish kunida
5-bosqich
Turizm qo‘mitasi
Subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va qaror nusxasini Davlat xizmatlari markazi (o‘zi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron shaklda murojaat qilinganda) orqali ariza beruvchiga yuboradi.
5 ish kunida
6-bosqich
Turizm qo‘mitasi
Subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng mablag‘larni o‘tkazib beradi.
10 ish kunida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga infratuzilmani nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
ishonchli boshqaruvchi _________________________________________________________ shaxs nomidan
(murojaat etuvchi rahbarining lavozimi, F.I.O.)
_____________________________________________________________________ manzilida joylashgan
(viloyat, tuman, shahar, ko‘cha, bino raqami)
infratuzilmani (mehmonxonani) nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish maqsadida xonalarni zarur qurilmalar bilan jihozlash bo‘yicha Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan subsidiya ajratishingizni so‘rayman.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan
mehmonxona xonalari soni: ______________________________________
Muvofiqlik sertifikati olingan sana va raqami: _________________________
Yuridik shaxs joylashgan joyi (pochta manzili): __________________________
Bank hisobvarag‘i: ________________________
________________________
________________________
________________________
Elektron pochta manzili: ____________________________________________________
Telefon: ________________________
STIR: ________________________
___________________________________________
(murojaat etuvchining lavozimi, F.I.O)
20___ yil _______________
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2024-y., 09/24/498/0609-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)