O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida tuzilgan zayom to‘g‘risidagi bitim doirasida paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida” 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida tuzilgan zayom to‘g‘risidagi bitim doirasida paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida” 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qaroriga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
a) 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Markaziy Osiyo Urug‘chilik Kompaniyasini loyiha qatnashchisi sifatida kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”;
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 11-sentabr,
390-son
Markaziy Osiyo Urug‘chilik Kompaniyasi ishtirokidagi paxtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirishga jalb qilinayotgan urug‘chilik xo‘jaliklari
ro‘yxati
Sirdaryo viloyati
Sayxunobod tumani:
Sultonov nomidagi
T. G‘ulomov nomidagi
“Sho‘ro‘zak”
“Birlashgan”
Boyovut tumani:
“Boyovut-1”
Toshkent viloyati
Chinoz tumani:
Oxunboboyev nomidagi
“O‘zbekiston”
S. Rahimov nomidagi