2025-yil yakuniga qadar “O‘zmilliybank” AJ tajribasidan kelib chiqib, respublikaning boshqa hududlarida ham zargarlik markazlarini tashkil etsin;
90 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga — foiz hisoblanmaydi;
a) zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan uzluksiz ravishda zarur miqdordagi qimmatbaho metallar bilan ta’minlanadi.
zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlarini import qilishda maxsus turdagi tovarlar importi uchun litsenziya olish talabi bekor qilinadi;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi lozim bo‘lgan ish o‘rinlariga qo‘yilgan talablar yengillashtiriladi hamda chegirma olish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari qisqartiriladi;
ushbu zargarlik buyumlarini ko‘rgazma va yarmarkalarda sotish hamda ularni invoys asosida “eksport” bojxona rejimiga joylashtirish;
nazorat tadbirlarini o‘tkazish jarayonlariga “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi mutaxassislarini jalb qilish;
Asillik inspeksiyasining xulosasi bo‘lmagan yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish man etiladi;
2027-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona bojlari 20 foizdan 10 foizgacha kamaytiriladi.
Turkiya, Xitoy, Hindiston davlatlaridan o‘quv kurslariga yuqori malakali xorijiy o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb qilsin;
“Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun belgilangan soliq imtiyozlari “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi;
Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan va tegishli sertifikatni olgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi;
qimmatbaho metallarni qayta ishlashni chuqurlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;
14. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga
1-ILOVA|
1. |
Zargarlik sanoatiga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, tayyor zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish. |
|
2. |
Xalqaro talablarga muvofiq zargarlik mahsulotlarini sertifikatlashtirish va standartlashni ta’minlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish. |
|
3. |
Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama ko‘maklashish va ko‘llab-quvvatlash, ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish. |
|
4. |
Zargarlik buyumlarini sotish bozorlarini kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlari o‘tkazish, milliy brendlarni jahon bozorlarida ilgari surish, ishlab chiqarish jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalar, nou-xau, dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro ko‘rgazmalarda munosib ishtirokini ta’minlash. |
|
5. |
Zargarlik sanoati uchun professional kadrlar tayyorlanishini yo‘lga qo‘yish, ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish, sohada ilmiy-tadqiqot faoliyati va xalqaro hamkorlikni faollashtirish. |
|
6. |
Maxsus vakolatli organlar bilan birgalikda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasida samarali nazorat tizimini tashkil etish, ushbu buyumlarning noqonuniy ishlab chiqarilishi va aylanmasining oldini olish, bunga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, qalbaki, asillik darajasiga muvofiq bo‘lmagan zargarlik buyumlari sotilishiga barham berish. |
|
7. |
Davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari, iste’molchilar hamda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini kengaytirish. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga
2-ILOVA|
1. |
Qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarining asillik darajasini, shuningdek, ishlov berilgan va ishlov berilmagan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning gemmologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
|
2. |
Zargarlik sanoatida foydalaniladigan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning gemmologik klassifikatorini ishlab chiqish. |
|
3. |
Zargarlik sohasida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari hamda malakalarni baholash markazini tashkil etish, ushbu yo‘nalishda kadrlar tayyorlaydigan ta’lim tashkilotlarini zarur asbob-uskuna, xom ashyo materiallari va o‘quv-metodik majmualar bilan ta’minlash. |
|
4. |
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi huzurida “Zargarlik buyumlari bo‘yicha usta”, “Zargarlik buyumlari savdosi bo‘yicha mutaxassis”, “Gemmologiya”, “Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga ishlov berish va ularni sayqallash” hamda “Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar o‘ymakorligi” yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlovchi o‘quv markazini tashkil etish. |
|
5. |
Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga xorijdan jalb qilingan dizayner, texnolog va marketologlarga ish haqi to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplab berish. |
|
6. |
Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq zarur to‘lovlarni (a’zolik badallarini) amalga oshirish. |
|
7. |
Zargarlik sanoatining yagona elektron platformasini ishlab chiqish. |
|
8. |
Mahalliy mutaxassislarni xorijiy ta’lim va ishlab chiqarish tashkilotlariga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish. |
|
9. |
Mahalliy zargarlik brendlarini xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish va ularning reklamasini tashkil qilish yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish. |
|
10. |
Zargarlik sanoatida xalqaro standartlarning joriy etilishini ta’minlash va sohaning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga
3-ILOVA|
1. |
J.A. Qo‘chqorov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika kengashi raisi |
|
2. |
D.A. Vaxabov |
— |
Savdo-sanoat palatasi raisi, Respublika kengashi raisi o‘rinbosari |
|
3. |
A.K. Mirsoatov |
— |
“O‘zmilliybank” AJ boshqaruvi raisi, Respublika kengashi raisi o‘rinbosari |
|
4. |
L.Sh. Kudratov |
— |
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri |
|
5. |
K.A. Sharipov |
— |
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri |
|
6. |
B.F. Islamov |
— |
tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri |
|
7. |
X.B. Mustafayev |
— |
iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari |
|
8. |
B.Yu. Abubakirov |
— |
Markaziy bank raisining o‘rinbosari |
|
9. |
A.Yu. Mavlonov |
— |
Bojxona qo‘mitasi raisi |
|
10. |
H.S. Turaxujayev |
— |
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi |
|
11. |
A.J. Ortiqov |
— |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori |
|
12. |
Sh.H. Ortiqov |
— |
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi boshlig‘i |
|
13. |
Q.S. Sanaqulov |
— |
“Navoiy KMK” AJ boshqaruvi raisi |
|
14. |
A.X. Xursanov |
— |
“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi |
|
15. |
Z.B. Badriddinov |
— |
“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ boshqaruvi raisi |
|
16. |
Sh.A. Tuychibayev |
— |
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi raisi, Respublika kengashi kotibi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga
4-ILOVAT/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Ijro uchun mas’ullar |
1. | Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning qimmatbaho metallarga bo‘lgan talabini qondirish. | 1. Davlat buyurtmasi parametrlariga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga sotilishi lozim bo‘lgan qimmatbaho metallarning yillik hajmlarini kunlik birja savdolariga chiqarish. Bunda: a) kunlik birja savdolarida sotilmagan qimmatbaho metallar hajmlari keyingi birja savdolariga qo‘yib boriladi; b) qimmatbaho metallar quyidagi shakllarda savdoga qo‘yiladi: 5 gramm, 20 gramm, 50 gramm, 100 gramm, 250 gramm, 500 gramm va 1 000 grammli oltin o‘lchov plastinalar va quymalar; 100 gramm, 250 gramm, 500 gramm va 1 000 grammli kumush o‘lchov plastinalar va quymalar; v) davlat buyurtmasi parametrlarida nazarda tutilgan qimmatbaho metallarning yillik hajmlari muddatidan avval sotilgan taqdirda, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan birja savdolarida realizatsiya qilish uchun qo‘shimcha qimmatbaho metallar hajmlari ajratiladi. | 2024-yil 1-sentabrdan boshlab doimiy | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Markaziy bank (M. Nurmuratov), “Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov), “Navoiy KMK” AJ (Q. Sanaqulov) |
2. “O‘zmilliybank” AJning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari omborxonalarida qimmatbaho metallar zaxiralarini shakllantirish. | 2024-yil 1-sentabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), “Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov), “Navoiy KMK” AJ (Q. Sanaqulov) | ||
3. “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan birja savdolari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali realizatsiya qilingan qimmatbaho metallarni sotib oluvchilarga ular tomonidan oldindan to‘lov majburiyatlari bajarilgan paytdan boshlab bir ish kuni ichida bevosita “O‘zmilliybank” AJning omborxonalaridan yuklab berish tartibini joriy qilish. | 2024-yil 1-sentabr | |||
4. “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan zaxiraga qo‘yilgan qimmatbaho metallarning lozim darajada saqlanishini va butligini ta’minlash. | Doimiy | Markaziy bank (M. Nurmuratov), “O‘zmilliybank” AJ (A. Mirsoatov) | ||
5. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan sotib olinadigan qimmatbaho metallar uchun o‘z vaqtida to‘lovlar amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida tijorat banklari tomonidan “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJga bank kafolatlarini taqdim etish yoki ular foydasiga maxsus hisobvaraqlarda depozitlar joylashtirish. | Talabga binoan | Markaziy bank (M. Nurmuratov), tijorat banklari | ||
2. | Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash. | 1. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 20 million AQSH dollari ekvivalentidagi maqsadli resurslarini tijorat banklariga ularning buyurtmalariga asosan 5 yil muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 3 foiz bandga past foiz stavkada depozitga joylashtirish. | Tijorat banklarining buyurtmalariga asosan | Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Sh. Vafayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev) |
2. Depozitga joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga investitsiya loyihalarini amalga oshirish, asbob-uskuna va ehtiyot qismlarini xarid qilish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadlariga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasida (shundan 3 foiz bank marjasi) milliy valyutada kreditlar ajratish. | Buyurtmaga asosan | |||
3. | “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi a’zolariga soliq imtiyozlarini taqdim etish. | 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: “Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun berilgan soliq imtiyozlarini “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etish; “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalarini mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod qilish. | 2024-yil 1-sentabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
2. Zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida ularning xohishiga ko‘ra “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga kompozit usulda yuborish tartibini joriy qilish. | 2024-yil 1-sentabr | |||
4. | Zargarlik sanoatining yagona elektron platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish. | 1. Yagona elektron platforma bo‘yicha texnik shartlar loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil 1-noyabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (Z. Badriddinov) |
2. Yagona elektron platformani ishga tushirish. | 2025-yil 1-iyun | |||
3. Yagona elektron platformani Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ va boshqa manfaatdor tashkilotlar axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. | 2026-yil 1-yanvar | |||
5. | O‘zbekistonda tashkil qilinadigan ko‘rgazma va yarmarkalar ishtirokchilarining vaqtincha olib kiriladigan tovarlarini ularning xohishiga ko‘ra, Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiya (1990-yil 26-iyun, Istanbul) talablariga muvofiq A. T. A. karnetlari asosida rasmiylashtirish. | Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq ATA karnetlari tizimi bo‘yicha a’zolik badalini to‘lab berish uchun Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan zarur pul mablag‘larini ajratish. | 2025-yil 1-aprel | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev) |
6. | Zargarlik buyumlari eksportini oshirish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish. | 1. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini AQSHga “GSP” tizimi bo‘yicha eksport qilish yuzasidan vakolatli organlar bilan muzokaralar o‘tkazish. | 2024-yil 1-sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini Markaziy Osiyo davlatlariga bojxona to‘lovlarining nol stavkasini qo‘llagan holda olib kirish yuzasidan vakolatli organlar bilan muzokaralar o‘tkazish. | 2024-yil 1-sentabr | |||
2025-yil 1-yanvar | ||||
4. Jismoniy shaxslar tomonidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar hajmlarini hisobga olish tizimini joriy etish maqsadida Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga tegishli o‘zgartirish kiritish va ma’lumotlarni Milliy statistika qo‘mitasiga taqdim etish. | Har oyda | Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), Milliy statistika qo‘mitasi (B. Hamrayev), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) | ||
5. Mazkur Farmonga muvofiq joriy qilinayotgan xorijiy davlatlardagi ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun olib chiqiladigan tayyor zargarlik buyumlarini (TIF TN kodi 7113 va 7114) “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimiga joylashtirish, ushbu buyumlarni keyinchalik sotish hamda invoys asosida “eksport” bojxona rejimiga joylashtirish tartibi yuzasidan bojxona organlari xodimlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish. | 2024-yil 1-oktabr | Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov) | ||
7. | Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning noqonuniy aylanmasini kamaytirish hamda qalbaki, asillik darajasiga muvofiq bo‘lmagan zargarlik buyumlari sotilishiga barham berish. | 1. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning qonunga xilof ravishda aylanishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. | 2024-yil 1 sentabr | Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (Sh. Soxibnazarov), Ichki ishlar vazirligi (Sh. Raxmonov), Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (H. Turaxujayev) |
2. Chora-tadbirlar rejasini o‘z vaqtida to‘liq ijrosini ta’minlash. | Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq | |||
3. Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning qonunga xilof ravishda aylanishiga chek qo‘yish tadbirlarini o‘tkazishda nazorat xaridlarini amalga oshirishga ruxsat berish. | 2024-yil 1-sentabr | |||
4. Zargarlik buyumlarining klassifikatori va o‘lchov birliklarini tasdiqlash. | 2024-yil 1-dekabr | Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov) | ||
5. Zargarlik buyumlarining turlari bo‘yicha mahsulot kodlarini ishlab chiqish. | 2024-yil 1-noyabr | Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Statistika agentligi (B. Begalov) | ||
6. Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilish, ularni tamg‘alash va asillik darajasini aniqlash qoidalariga rioya qilishni tekshirish bilan bog‘liq nazorat tadbirlarini Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — Vakil) bilan oldindan kelishmasdan uni xabardor qilish orqali o‘tkazish tartibini joriy qilish. Bunda: Vakilni o‘tkazilayotgan tekshirish haqida xabardor qilish — tekshiruv boshlangan paytdan boshlab 24 soat ichida u haqidagi ma’lumotlarni Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi; “xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlik subyektini xabardor qilish tartibi Asillik inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlariga tatbiq etilmaydi. | 2024-yil 1-oktabr | Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (H. Turaxujayev) | ||
7. Toshkent shahri, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarining asilligini tezkor tekshirish shoxobchalarini tashkil etish. | 2025-yil 1-yanvar | |||
8. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 219-moddasiga mansabdor shaxslar uchun belgilangan jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha oshirish yuzasidan o‘zgartirishlar kiritish. | 2024-yil 1-oktabr | |||
8. | Professional ta’lim muassasalarida “Zargarlik buyumlari bo‘yicha usta”, “Zargarlik buyumlari savdosi bo‘yicha mutaxassis”, “Gemmologiya”, “Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga ishlov berish va ularni sayqallash” hamda “Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar o‘ymakorligi” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish. | 1. Zargarlik yo‘nalishida o‘quv kurslari tashkil etiladigan professional ta’lim muassasalarini belgilash. | 2024-yil 1-sentabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Geologiya va geofizika instituti (A. Xolikov), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov) |
2. Professional ta’lim muassasalarini laboratoriya uskunalari va malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash. | 2025-yil 1-iyul | |||
3. Ilg‘or xorijiy tajribalardan kelib chiqib o‘quv kurslarining o‘quv reja va modullarini ishlab chiqish. | 2025-yil 1-avgust | |||
4. Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan o‘quv kurslari uchun xorijiy o‘quv metodik materiallarni xarid qilish, ularni o‘zbek tiliga tarjima qilish va ta’lim muassasalariga yetkazish. | 2025-yil 1-avgust | |||
5. O‘quv kurslarining amaliy darslarini bevosita zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda o‘tkazish. | O‘quv kurslari davomida | |||
6. O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga tegishli malakani egallaganligi to‘g‘risida sertifikat berish. | O‘quv kurslari yakuniga ko‘ra | |||
7. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi qoshida malakalarni baholash markazini tashkil qilish. | 2025-yil 1-iyul | |||
9. | Zargarlik yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim tashkilotlarining amaliy mashg‘ulotlar sifatini oshirish. | 1. Zargarlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini shakllantirish. | 2024-yil 1 sentabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov) |
2. Kamoliddin Bexzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamda boshqa zargarlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim tashkilotlarini Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan zamonaviy asbob-uskuna va xom ashyo materiallari bilan ta’minlash. | 2024-yil 1-noyabr | |||
3. Zargarlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim tashkilotlarini zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan shartnoma asosida o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | |||
4. Zargarlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim tashkilotlarining amaliy mashg‘ulotlarini zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarida tashkil qilish. | 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab | |||
10. | Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bilan ishlash faoliyatini yanada rivojlantirish. | 2025-yil 1-iyul | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Geologiya va geofizika instituti (A. Xolikov) | |
2025-yil 1-yanvar | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) | |||
2026-yil 1-sentabr | “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Geologiya va geofizika instituti (A. Xolikov) | |||
11. | “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. | 1. “Hunarmand” uyushmasining hisob raqamiga kelib tushgan a’zolik badallarini Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltirish. 2. Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratib borish. | Talabga ko‘ra | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “Hunarmand” uyushmasi (J. O‘roqov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
3. Toshkent shahri, Uchtepa tumani, M. Shayxzoda ko‘chasi, 61 A-uy manzilida joylashgan Uchtepa milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji bino va inshootlarini “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga 49 yilga tekin foydalanishga berish. | 2024-yil 1-noyabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Toshkent shahar hokimligi (Sh. Umurzakov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) | ||
12. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida zargarlik markazlarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibini tasdiqlash. | 1. Zargarlik markazini tashkil etish uchun Yakkasaroy tumani, A. Avloniy ko‘chasi, 20a-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni “O‘zmilliybank” AJning investitsiya kompaniyasi muassisligida yangi tashkil etiladigan loyiha kompaniyasiga baholangan qiymatda, to‘lovlarni 3 yil muddatda bo‘lib to‘lash sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma bo‘yicha sotish. Bunda, qarzdorlik qoldig‘iga foiz hisoblanmaydi hamda obyekt qiymatining 35 foizi amalga oshirilgandan so‘ng xaridorga obyektga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi (tasarruf etish huquqisiz) davlat orderi beriladi. | 2024-yil 1-avgust | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zmilliybank” AJ (A. Mirsoatov) |
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida zargarlik markazlarini tashkil etish; zargarlik markazlarini tashkil etish uchun bo‘sh yer uchastkalarini yoki bino va inshootlarni yaxlit yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga bo‘lgan holda to‘lovlarni 5 yil muddatda bo‘lib to‘lash sharti bilan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov savdolariga chiqarish; qarzdorlik qoldig‘iga foiz hisoblamaslik hamda obyekt qiymatining 35 foizi amalga oshirilgandan so‘ng xaridorga obyektga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi (tasarruf etish huquqisiz) davlat orderini berish. | 2024-yil 1-sentabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), “O‘zmilliybank” AJ (A. Mirsoatov) | ||
13. | Zargarlik sanoatida hisob-kitoblarni amalga oshirishda “xedjing” tizimidan foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | Zargarlik sanoatida hisob-kitoblarni amalga oshirishda “xedjing” tizimidan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2024-yil 1-sentabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
14. | “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ orqali qimmatbaho metallarni xarid qilishda to‘lanadigan birja komissiyalarini kamaytirish. | “O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ orqali qimmatbaho metallarni xarid qilishda to‘lanadigan birja komissiyalarini 2 baravarga kamaytirish. | 2024-yil 1-sentabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi (Z. Badriddinov) |
15. | Aholi va tadbirkorlik subyektlarining zargarlik tarmog‘ida yaratilgan imkoniyatlar haqidagi bilimini oshirish. | 1. Biznes vakillari ishtirokida zargarlik sohasida yaratilgan imkoniyatlarni, qabul qilingan hujjatlarning maqsad va mazmunini tushuntirish bo‘yicha davra suhbatlari, munozaralar va teleko‘rsatuvlar o‘tkazish. | Har oyda kamida bittadan | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi |
2. Mahalliy zargarlik buyumlarining yangi kolleksiyalarini televideniye, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn savdo platformalari va yirik savdo komplekslarida reklama qilish va namoyish etish. | Doimiy | |||
3. Nufuzli xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda O‘zbekiston zargarlarining ishtirokini ta’minlash. | 2024-2025-yillarda kamida 20 ta ko‘rgazmada | |||
4. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari ko‘magida xorijda zargarlik mahsulotlari bozorining imkoniyatlari yuzasidan axborot-tahliliy ma’lumot tayyorlash va natijalarini “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga taqdim etish. | 2024-yil 1-oktabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) | ||
16. | Yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish tartibini belgilash. | Yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Loyihada: tayyor va yarim tayyor zargarlik buyumlari tushunchasi; yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish shartlari; yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish uchun Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasini olish tartibini belgilash. | 2024-yil 1-noyabr | Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov), Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
17. | Zargarlik buyumlarini qiymati e’lon qilingan xalqaro posilkalarda yuborish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini tuzish. | Qiymati e’lon qilingan xalqaro posilkalarda zargarlik buyumlarini yuborish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini shakllantirish hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJning rasmiy veb-saytida joylashtirish va doimiy yangilab borish. | 2024-yil 1-sentabrdan boshlab doimiy | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
18. | Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini takomillashtirish. | Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini takomillashtirish, ushbu faoliyatni amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil 1-dekabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi (B. Islamov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
19. | Aholidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning parchalari hamda qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni xarid qilish faoliyatini tartibga solish. | Aholidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning parchalari hamda qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni xarid qilish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2024-yil 1-dekabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev), Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi (H. Turaxujayev), Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (Sh. Ortiqov) |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga
5-ILOVA|
T/r |
Ko‘rsatkich nomi |
O‘lchov birligi |
Yillar kesimida |
Mas’ul ijrochilar |
|||
|
2024-yil |
2025-yil |
2026-yil |
2027-yil |
||||
|
1. |
Oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishning yillik quvvati |
kg |
12 000 |
15 000 |
20 000 |
30 000 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
2. |
Oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishning yillik hajmi |
million AQSH dollari |
500 |
1 000 |
1 200 |
1 500 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
3. |
Kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishning yillik quvvati |
kg |
6 000 |
7 000 |
8 000 |
9 000 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
4. |
Kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishning yillik hajmi |
million AQSH dollari |
4 |
5,2 |
6,6 |
9,9 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
5. |
Oltindan yasalgan zargarlik buyumlarining eksport hajmi |
million AQSH dollari |
85 |
100 |
200 |
300 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
6. |
Kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarining eksport hajmi |
ming AQSH dollari |
400 |
450 |
550 |
700 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
7. |
Zargarlik sanoatida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni |
ta |
700 |
2 000 |
3 000 |
4 000 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
8. |
Ta’lim muassasalarida zargarlik yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanadigan mutaxassislar soni |
nafar |
- |
300 |
500 |
700 |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
9. |
Xorijiy ta’lim va ishlab chiqarish tashkilotlariga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladigan mahalliy mutaxassislar soni |
nafar |
- |
20 |
40 |
70 |
Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi (Sh. Tuychibayev) |
|
10. |
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar va affinaj korxonalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar va birja savdolari orqali sotiladigan oltin hajmlari |
kg |
10 000 |
15 000 |
20 000 |
25 000 |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev), “Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov), “Navoiy KMK” AJ (Q. Sanaqulov) |
|
11. |
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar va affinaj korxonalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar va birja savdolari orqali sotiladigan kumush hajmlari |
kg |
4 000 |
5 000 |
6 000 |
7 000 |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev), “Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov), “Navoiy KMK” AJ (Q. Sanaqulov) |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga
6-ILOVA|
“ |
||
|
4. |
Qimmatbaho metallar va ulardan tayyorlangan boshqa buyumlar* |
7106, 7107 — 7111 00 000 0, 7112, 7115 |
|
”; |
2024-yil 1-noyabrdan boshlab qimmatbaho metallarning hamda qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallarning chiqindilari va parchalarini (TIF TN kodi 7112) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirishda;
|
“ |
||||
|
2. |
Uchtepa milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji bino va inshootlari |
Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda ko‘chasi, 61A |
Qirq to‘qqiz yil muddatga bepul foydalanish huquqi asosida |
Zargarlik klasteri. Tarkibida — quyish sexlari, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish maydonlari, zargarlik mahsulotlari bilan savdo qilish shoxobchalari. Zargarlik buyumlarini yillik ishlab chiqarish quvvati: oltin bo‘yicha — 200 kg, kumush bo‘yicha — 1 200 kg. 150 o‘ringa ega o‘quv markazi (mutaxassisliklar: mahkamlovchilar, maydalovchilar, 3D dizayn va modellashtirish). |
|
”. |
|
“ |
||||
|
7. |
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi |
49 |
49 |
|
|
shu jumladan boshliqning o‘rinbosarlari soni |
1 |
1 |
||
|
”. |
||||
b) “7113” va “7114” pozitsiyalarning “Stavka poshlini (v % ot tamojennoy stoimosti tovara ili v dollarax SSHA za yed. izm.)” ustunidagi “20” raqami “20****” raqami bilan almashtirilsin;
“*** Stavka importnoy tamojennoy poshlini v otnoshenii ligaturi, ispolzuyemoy v yuvelirnoy promishlennosti (kod TN VED 7106 92 000 0) s 1-oktabrya 2024 goda po 1-oktabrya 2027 goda vklyuchitelno sostavlyayet 0 protsentov.
|
“ |
||
|
22. |
Zargarlik sohasida ishlatiladigan plitalar, listlar, plyonkalar, lentalar, tasmalar va boshqa tekis shakllar |
3919 10 800 0, 3921 90 900 0 |
|
”. |
b) 2-ilova izoh qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 3-ilova izoh qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: