Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1995 YIL 12 SENTYABRDAGI 354-SON QARORI BILAN TASDIQLANGAN MOLIYA-SANOAT GURUHLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 27-dekabrdagi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 10-mart,
105-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-sentabrdagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Moliya-sanoat guruhlari toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirishlar
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-sentabrdagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Moliya-sanoat guruhlari toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“moliya-sanoat guruhi qatnashchilari tarkibiga monopol korxonalar roʻyxatiga kiritilgan korxonalarning kirishlariga”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.