27.05.1998 yildagi 232-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat boshqaruvi organlari, kredit-moliya muassasalari, sug‘urta tashkilotlariga va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarga 2-ilovaga muvofiq kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalarning amalga oshirilishi uchun mas’uliyat yuklanishi belgilab qo‘yilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 5-6-son, 34-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 601-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Kafolatlar mazmuni

Qonunchilik hujjatlari

2.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi a’zolari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish ularning vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (39-modda).

3.

Belgilab qo‘yilsinki, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ bilan qonunchilikda belgilangan tartibda kelishilgan yoki uni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni (5-band)

4.

Belgilab qo‘yilsinki, asosan xalq iste’mol mollari ishlab chiqaradigan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chuqur qayta ishlanadigan mavjud kichik qo‘shma korxonalarni yanada rivojlantirish hamda shunday yangi korxonalarni barpo etish, shuningdek eng avvalo qishloq joylarda infratuzilmani rivojlantirish yo‘li bilan raqobatbardosh va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi investitsiya loyihalari jalb etilayotgan xorijiy kredit mablag‘lari hisobiga birinchi navbatda pul bilan ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 31-yanvardagi PF-1702-son Farmoni (2-band)

5.

Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklarining kichik biznes korxonalari uchun, dehqon-fermer xo‘jaliklarini ham qo‘shgan holda, investitsiya loyihalariga ajratilgan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlashdan tushadigan vositachilik yig‘imlarining umumiy miqdori subkredit summa�idan olinadigan yillik foydaning 0,15 foizidan oshmasligi lozim; xorijiy kredit yo‘nalishlari bo‘yicha olingan kreditlarni to‘lash muddati ular subzayomga qayta taqsimlanayotganida 3 oydan ortiq muddatga qisqartirilishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoni (7-band).

6.

2005-yilning 1-iyulidan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta’sir choralarini faqat sud orqali qo‘llanish tartibi joriy etilsin:
faoliyatni tugatish;
faoliyatni to‘xtatib qo‘yish. Favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga boshqa haqiqiy xavf-xatar yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan faoliyatni ko‘pi bilan o‘n ish kunigacha to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno;
banklardagi hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash. Soliq va yig‘imlarni to‘lash muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun penya qo‘shish, shuningdek tadbirkorlik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lish va moliyaviy sanksiya jarimalarini ixtiyoriy ravishda to‘lash hollari bundan mustasno;
huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o‘tkazish; tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish litsenziyalari (ruxsatnomalari)ni o‘n ish kunidan ko‘proq muddatga to‘xtatib qo‘yish yoki amal qilishini tugatish va bekor qilish (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar bundan mustasno).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni (1-band va Farmonga ilova).

7.

Quyidagilar belgilansin:
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan amalga oshiriladi;

nazorat organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarini o‘z vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar bo‘yicha har qanday tekshiruvlar o‘tkazganligi uchun shaxsan javobgar, hatto jinoiy javobgar ham bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni (2-band)

8.

Quyidagilar belgilansin:
davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkaz?lgan zararning o‘rni sud qarori asosida to‘la hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan, birinchi navbatda, ularning budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobiga qoplanishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni (3-band).

9.

Tadbirkorlik subyektlaridan:
davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlari belgilangan moliyaviy va statistik hisobotlarga qo‘shimcha ravishda har qanday ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilishga (qonunchilikda belgilangan tartibda tekshiruvlarni o‘tkazish vaqtida qilingan talablar bundan mustasno); boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan qonunlarda nazarda tutilmagan har qanday axborotni, shu jumladan hisobot, ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydigan tartib o‘rnatilsin. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari qarorning ushbu bandini buzganlik uchun shaxsan javobgar bo‘lishlari to‘g‘risida qattiq ogohlantirilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari t�monidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida” 2005-yil 15-iyundagi PQ-100-son qarori (7-band).

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Organning nomi

Kichik biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalari

Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi

Kichik biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash.
Davlat boshqaruvi organlari va bozor infratuzilmasining kichik biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish:
investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash, shu jumladan, xorijiy kredit liniyalari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash uchun kredit resurslaridan foydalanishda ularning kafolatlariga va imtiyozlariga rioya qilish.
Monitoringni tashkil etish va investitsiya loyihalarini va takliflarni tanlov asosida tanlab olish mexanizmini ishlab chiqish.
Investitsiya loyihalarini va takliflarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish, kreditlashning muammoli masalalarini hal qilish, bunda sansalorlik, buyruqbozlik va salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan qattiq nazorat o‘rnatishni ta’minlash.
Mablag‘ bilan ta’minlash uchun qabul qilingan investitsiya loyihalarini hisobga olish tizimini tashkil etish, ularning amalga oshirilishini, ajratilgan kredit resurslarining samaradorligini va ulardan maqsadli foydalanilishini muntazam ravishda tahlil qilish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari

Kichik biznes subyektlari uchun mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar belgilash.
Kichik biznesni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish.
Kichik biznes korxonalari uchun turar-joy bo‘lmagan binolarni ijaraga berish va ularni sotuvga qo‘yish.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi

O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni, eng avvalo kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘mak berish.
Xorijiy sheriklar bilan amaliy muzokaralar va aloqalarni kengaytirishda, eksportbop mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishda, shuningdek raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarishlarni texnik jihatdan qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb qilishda tadbirkorlarga yordam ko‘rsatish.
Boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari hamda tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish.
Tadbirkorlarga keng xizmat turlarini ko‘rsatish, jumladan axborot ta’minoti va konsultativ yordam berish, O‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilari, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda investitsiya imkoniyatlari to‘g‘risida axborotlar, shuningdek salohiyatli sheriklari va zamonaviy texnologiyalarni sotib olish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgan biznes-kataloglar nashr etilishini tashkil qilish.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirish, biznes yuritishning umum qabul qilingan xalqaro huquq v� normalari tajribasini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
Tadbirkorlarni ifodalash va ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, shu jumladan ularning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarida, shuningdek sudda himoya qilish. Tadbirkorlik faoliyati uchun ta’lim tizimini rivojlantirish va kadrlar tayyorlashda, tadbirkorlar o‘qishini tashkil etish hamda malakasini oshirishda ularni qo‘llab-quvvatlash.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka banki”, “Mikrokreditbank”, kredit beruvchi va kredit liniyalariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari

Kichik biznes subyektlarini kreditlash uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb etish.
O‘z mablag‘lari va jalb qilingan kredit resurslari, budjetdan tashqari jamg‘armalar, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar kredit liniyalari hisobidan kreditlar berish.
Investitsiya loyihalarini kompleks ekspertiza qilish.
Kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish. Keng ko‘lamda bank xizmatlari ko‘rsatish (faktoring, lizing, kredit, kafolatlar berish va boshqalar).

Budjetdan tashqari jamg‘armalar

Kichik biznes subyektlariga kreditlar berish uchun tijorat banklarida kredit liniyalari ochish.
Kichik korxonalarning ustav kapitalida qatnashish.
Maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatish shaklida texnik yordam ko‘rsatish.
Infratuzilmani rivojlantirishga ko‘maklashish.
Olinadigan kreditlar �a qo‘llab-quvvatlashning boshqa shakllari uchun kafolatlar, majburiyatlar va kafilliklar berish.

“Madad”, “Kafolat”, “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyalari va boshqalar

Kichik biznes subyektlari tavakkalchiliklarini, shu jumladan, tuzilgan kontraktlarga oid tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish.
Kreditlar olish, shu jumladan, xorijiy tijorat banklari kreditlarini olish uchun zarur bo‘lgan sug‘urta kafolatlari berish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Qo‘shma korxonalar tashkil etish, eksport mahsulotlarini sotish bozorlarini, jahon bozori konyunkturasi, mahsulot ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalari to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash uchun xorijiy sheriklar izlab topishda ko‘maklashish. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonuniy huquqlarini, manfaatlarini nohalol raqobatchilardan, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ularning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslarining hujjatlari va harakatlaridan himoya qilishni o‘z vakolati doirasida amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

Kichik tadbirkorlik subyektlariga ularning soliqlarni to‘g‘ri hisoblashida va buxgalteriya hisobini yuritishida yordam ko‘rsatish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son
Farmonining kichik biznes subyektlarini tekshirishlarni muvofiqlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni asossiz ravishda ko‘p martalab tekshirishlar tufayli korxonalarni ishlab chiqarish faoliyatidan uzoq vaqt chalg‘itilishiga yo‘l qo‘ymaslikka oid qismida qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq solishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi

Yangi tashkil etilgan kichik biznes korxonalarini davlat registriga kiritish va ularga davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning tegishli raqamini berish.
Kichik biznes subyektlari bo‘yicha davlat statistika hisobotini yuritish.
Tashkiliy-huquqiy shakllari va hududlar hamda tarmoqlar bo‘yicha kichik biznes korxonalarini tashkil etish, tugatish dinamikasini ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini aks ettirgan holda tahlil qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Tijorat banklarida kichik biznes subyektlarining hisob-kitob schyotlarini ochishning, naq pul tushumi sifatida kichik biznes korxonalariga tushadigan naqd valyutalarni inkassatsiya qilishning umumiy tartibini belgilash.
Kichik biznes korxonalarini kreditlashning umumiy qoidalarini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Adliya vazirligida, uning joylardagi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarining kichik tadbirkorlik masalalariga oid me’yoriy hujjatlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish.
Qonunchilikning, shu jumladan, kichik biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qonunchilikning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonunchilikni, manfaatlarini nohalol raqobatchilardan, davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ularning raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslarining hujjatlari va harakatlaridan himoya qilishni o‘z vakolati doirasida amalga oshiradi.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun berilgan xorijiy banklar kredit liniyalari doirasida loyihalarni tanlab olish va mablag‘ bilan ta’minlashni boshlash mexanizmini belgilab beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
17. Imkoniyatga ega bo‘lgan qarz oluvchining mulkini, shu jumladan kreditni ta’minlash uchun garovga qo‘yilgan mulkini sug‘urtalash, mazkur Tartibning 11-bandida ko‘rsatilgan sug‘urta agentliklaridan birortasi tomonidan, ularning ustavlariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 601-modda)