12.07.2024 yildagi PQ-252-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidroenergetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlarini jadallashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, elektr energiyasini ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda gidroenergetika sohasining mavjud salohiyatidan samarali foydalanishni yanada oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Oʻzbekgidroenergo” AJning (keyingi oʻrinlarda — Jamiyat) 2028-yil yakuniga qadar gidroelektr stansiyalari umumiy quvvatini 5 508 MVtga yetkazish, shu jumladan umumiy quvvati 1600 MVt boʻlgan gidrotoʻplash elektr stansiyalarini qurish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2024 — 2028-yillarda gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan umumiy quvvati 1018 MVt boʻlgan gidroelektr stansiyalarini qurish boʻyicha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlarni jalb qilgan holda umumiy quvvati 449 MVt boʻlgan gidroelektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1a-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidroenergetika sohasida xususiy investorlar ishtirokida amalga oshiriladigan umumiy quvvati 2 275 MVt boʻlgan investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gidroenergetika sohasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarida — Respublika komissiyasi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi (A. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlardan jalb qilinayotgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini hamda Dasturda belgilangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda inobatga olingan investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini oʻz vaqtida ishlab chiqish hamda investitsiya loyihalari belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidroelektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish uchun zarur uskuna va ehtiyot qismlarning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasi orqali bosqichma-bosqich ishlab chiqarishning yoʻlga qoʻyilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi gidroelektr stansiyalarini qurish va ishlab turganlarini modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishning har bir bosqichida xalqaro qurilish standartlari va ilgʻor xorijiy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning oʻz vaqtida va toʻliq ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining gidroelektr stansiyalarini qurishga xususiy tadbirkorlarni jalb etish va ularga koʻmaklashish borasida amalga oshirayotgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarining bir yilda kamida ikki marta eshitib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda belgilangan chora-tadbirlar oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishining qatʼiy nazoratga olinishini hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish boʻyicha vazirlik va idoralar faoliyatining muvofiqlashtirilishini taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasiga, zaruratga koʻra, Dasturning umumiy parametrlari va koʻrsatkichlarini saqlagan holda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahallalarda mikro va kichik gidroelektr stansiyalari xususiy sektor ishtirokida qurib ishga tushirilishini jadallashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir hafta muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari rahbarligida ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarida — ishchi guruhlar) tuzilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishchi guruhlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini qurish imkoniyati mavjud loyiha maydonlari roʻyxatini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini qurishga mahalliy tadbirkorlarni keng jalb qilish chora-tadbirlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ bilan birgalikda mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini qurishda loyiha tashabbuskorlarini auksion savdolari orqali aniqlash maqsadida loyihalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoni asosida auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni Respublika komissiyasiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Dasturda koʻzda tutilgan istiqbolli investitsiya loyihalari doirasida, Respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hujjatlarini xorijiy loyiha va konsalting tashkilotlari takliflariga asosan xalqaro qurilish standartlari asosida ishlab chiqish, ekspertiza organlarining xulosasini olish va qurilishga tatbiq etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

xorijiy investorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha xorijiy investorlarni (xususiy sherikni) eng yaxshi takliflarni tanlash orqali aniqlashga va shartnomalar tuzishga;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha xalqaro tajribaga ega konsultantlar bilan eng yaxshi takliflarni tanlash natijalariga koʻra shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jamiyat tomonidan amalga oshiriladigan, shuningdek, Dasturda nazarda tutilgan investitsiya loyihalari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-martdagi “Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarorining 13-bandi qoidalari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya toʻlovlarining barcha turlari, daraxt va butalar qimmatbaho navlarini koʻchirish (daraxtlar va butalar ekish, ularni parvarish qilish), shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa barcha xarajatlar, agar ushbu xarajatlar tasdiqlangan loyihaoldi va loyiha hujjatlarida koʻzda tutilmagan boʻlsa, loyihaoldi va loyiha hujjatlariga mazkur xarajatlarni inobatga olish yuzasidan oʻzgartirish kiritish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur xarajatlar Jamiyat tomonidan qoplab beriladi va kelgusida obyektning qiymatini hisoblashda inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Energetika vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jamiyat bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikro va kichik gidroelektr stansiyalari qurilishida xorijiy davlatlar, shu jumladan Turkiya va Xitoy Xalq Respublikasi tajribasini oʻrgangan holda sohaga xususiy investorlarni jalb qilish hamda ularni ragʻbatlantirish boʻyicha taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025 — 2030-yillarda Jamiyatning operatsion samaradorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda xarajatlarni qisqartirishning maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi (J. Qoʻchqorov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda koʻzda tutilgan investitsiya loyihalarining 2028-yilga qadar amalga oshirilishini taʼminlash uchun Jamiyat tarkibidagi gidroelektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini sotish tariflarini qayta koʻrib chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 7-band uchinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi mazkur qarorga 1a-ilovada koʻrsatilgan investitsiya loyihalarini 2025-yil uchun davlat qarzi hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyxatiga kiritilishini hamda oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan davlat kafolati berilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 12-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-252-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshiriladigan gidroelektr stansiyalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyihalar nomi

Loyiha quvvati,

MVt

shu jumladan qoʻshimcha quvvat,

MVt

Yillik oʻrtacha ishlab chiqarish,

mln kVt-soat

shu jumladan qoʻshimcha ishlab chiqarish,

mln kVt-soat

Amalga oshirish muddati

Loyihaning taxminiy qiymati,

mln doll.

JAMI

1 550,3

1 018,3

5 816,7

3 666,9

2 865,9

I.

Amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari

635,9

635,9

2 278,3

2 278,3

1 485,7

1.

Toshkent viloyati Pskom daryosida Pskom GES qurilishi

248,0

248,0

585,3

585,3

2018 — 2027 yy.

705,8

2.

Toshkent viloyati Chotqol daryosida Quyichotqol GES qurilishi

90,0

90,0

292,0

292,0

2020 — 2025 yy.

169,5

3.

Qashqadaryo viloyati Rabat, Chappasuy, Tamshush GESlari qurilishi

24,0

24,0

105,1

105,1

2020 — 2025 yy.

69,5

4.

Namangan viloyati Katta Andijon kanalida kichik GESlar kaskadi qurilishi

23,0

23,0

172,5

172,5

2023 — 2025 yy.

60,7

5.

Surxondaryo viloyati Toʻpalang daryosida Zarchob 3 KGES qurilishi

16,0

16,0

65,0

65,0

2022 — 2025 yy.

32,6

6.

Andijon viloyati Janubiy Fargʻona kanalida JFK-3 KGES qurilishi

6,9

6,9

33,0

33,0

2023 — 2025 yy.

19,1

7.

Namangan viloyati Norin daryosida Norin GESlar kaskadi qurilishi

228,0

228,0

1 025,4

1 025,4

2024 — 2028 yy.

428,5

II.

Amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli investitsiya loyihalari

867,8

335,8

3 377,8

1 228,0

981,9

8.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskom daryosida Yuqori Pskom GES qurilishi

160,0

160,0

498,4

498,4

2024 — 2028 yy.

294,0

9.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskom daryosida Mullalaq GES qurilishi

140,0

140,0

396,0

396,0

2024 — 2028 yy.

313,8

10.

Toshkent viloyati Ohangaron shahri Doʻkentsoy daryosida Doʻkentsoy GES qurilishi

5,0

5,0

24,1

24,1

2024 — 2028 yy.

10,6

11.

Janubiy Fargʻona kanali (PK-571) JFK-5 GES qurilishi

12,2

12,2

51,4

51,4

2023 — 2027 yy.

23,0

12.

“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UKni (GES-19) modernizatsiya qilish

9,0

36,3

19,9

2024 — 2027 yy.

16,5

13.

“Shahrixon GESlari kaskadi” UKni (GES-5a) modernizatsiya qilish

7,6

29,6

19,1

2024 — 2027 yy.

12,2

14.

“Shahrixon GESlari kaskadi” UKni (GES-ba) modernizatsiya qilish

3,8

13,1

7,5

2024 — 2027 yy.

7,7

15.

“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UKni (GES-22) modernizatsiya qilish

5,4

0,8

29,2

6,1

2024 — 2027 yy.

12,3

16.

“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UKni (GES-23) modernizatsiya qilish

18,2

0,6

90,1

20,0

2024 — 2027 yy.

15,8

17.

“Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi” UKni (GES-28) modernizatsiya qilish

124,0

4,0

437,1

14,1

2026 — 2028 yy.

35,0

18.

“Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi” UKni (GES-7) modernizatsiya qilish

86,0

2,0

465,8

10,8

2026 — 2028 yy.

40,0

19.

“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UKni (GES-18) modernizatsiya qilish

7,5

0,5

25,0

12,0

2026 — 2028 yy.

18,0

20.

“Qodiriya GESlar kaskadi” UKni (GES-15) modernizatsiya qilish

10,2

1,2

60,1

6,1

2026 — 2028 yy.

15,0

21.

“Toshkent GESlar kaskadi” UKni (GES-21) modernizatsiya qilish

4,0

0,4

20,9

1,9

2026 — 2028 yy.

10,0

22.

“Qodiriya GESlar kaskadi” UKni (GES-12) modernizatsiya qilish

12,7

1,5

65,2

70,1

2026 — 2028 yy.

25,0

23.

“Toshkent GESlar kaskadi” UKni (GES-4) modernizatsiya qilish

7,0

0,6

45,0

5,0

2026 — 2028 yy.

18,0

24.

“Chirchiq GESlar kaskadi” UKni (GES-8) modernizatsiya qilish

74,0

2,0

400,5

15,5

2026 — 2028 yy.

45,0

25.

“Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi” UKni (GES-27) modernizatsiya qilish

170,0

5,0

600,0

50,0

2026 — 2028 yy.

50,0

26.

“Qodiriya GESlar kaskadi” UKni (GES-11) modernizatsiya qilish

11,2

90,0

2026 — 2028 yy.

20,0

III.

Amalga oshirilayotgan mikro va kichik GES qurilishi loyihalari

26,6

26,6

110,6

110,6

50,3

27.

Andijon viloyati Xonobod shahri Oʻng qirgʻoq kanali PK-37 da KGES qurilishi

(“Teyit” MFY)

0,65

0,65

3,27

3,27

2023-2024 yy.

1,12

28.

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani Isfara kollektorida mikro GES-1 qurilishi

(“Tinchlik” MFY)

0,23

0,23

1,16

1,16

2023-2024 yy.

0,47

29.

Andijon viloyati Andijon tumani Derevatsiya kanali PK-1 da mikro GES qurilishi

(“Yangi toʻlqin” MFY)

0,20

0,20

1,00

1,00

2023-2024 yy.

0,41

30.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida Ispaysoy-2 mikro GES qurilishi

(“Ispaysoy” MFY)

0,20

0,20

1,00

1,00

2023-2024 yy.

0,41

31.

Samarqand viloyati Urgut tumani Aylanma Dargʻom kanalida KGES-10 qurilishi

(“Oʻroqboyjar” MFY)

0,80

0,80

3,30

3,30

2023-2024 yy.

1,50

32.

Samarqand viloyati Urgut tumani Aylanma Dargʻom kanalida KGES-8 qurilishi

(“Oʻroqboyjar” MFY)

0,72

0,72

3,00

3,00

2023-2024 yy.

1,50

33.

Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani Qumqoʻrgʻon kanalida KGES qurilishi

(“Joziba” MFY)

0,55

0,55

2,30

2,30

2023-2024 yy.

0,80

34.

Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani Ulugʻnor kanalida PK-60 da mikro GES qurilishi

(“Xoʻja” MFY)

0,38

0,38

1,60

1,60

2023-2024 yy.

0,97

35.

Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani Samak mikro GES qurilishi

(“Samak” MFY)

0,25

0,25

1,00

1,00

2023-2024 yy.

0,80

36.

Qashqadaryo viloyati Hisorak suv ombori qoshida KGES qurilishi

(“Miraki” MFY)

3,50

3,50

5,50

5,50

2023-2024 yy.

1,50

37.

Surxondaryo viloyati Toʻpalang daryosida Zarchob 1a KGES qurilishi

(“Navobod” MFY)

3,00

3,00

13,30

13,30

2023-2024 yy.

4,90

38.

Surxondaryo viloyati Toʻpalang daryosida Zarchob 2a KGES qurilishi

(“Navobod” MFY)

3,00

3,00

13,30

13,30

2023-2024 yy.

3,40

39.

Toshkent viloyati Ohangaron suv ombori qoshida KGES qurilishi

(“Djigaristan” MFY)

2,50

2,50

6,60

6,60

2023-2024 yy.

1,90

40.

Fargʻona viloyati Fargʻona tumani Koʻksuv daryosida Shohimardon KGES qurilishi

(“Shohimardon” QFY)

2,00

2,00

13,00

13,00

2023-2024 yy.

4,20

41.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Ugam daryosida KGES-3 qurilishi

(“Chorbogʻ” MFY)

1,73

1,73

8,70

8,70

2023-2024 yy.

6,90

42.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Ugam daryosida KGES-2 qurilishi

(“Chorbogʻ” MFY)

1,63

1,63

8,10

8,10

2023-2024 yy.

7,30

43.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Ugam daryosida KGES-1 qurilishi

(“Chorbogʻ” MFY)

1,48

1,48

7,50

7,50

2023-2024 yy.

4,20

44.

Samarqand viloyati Urgut tumani Aylanma Dargʻom kanalida KGES-2 qurilishi

(“Beshkapa “ MFY)

0,82

0,82

3,40

3,40

2023-2024 yy.

1,50

45.

Samarqand viloyati Pasdargʻom tumani Dargʻom kanalida KGES-3 qurilishi

(“Kamolot” MFY)

0,76

0,76

3,20

3,20

2023-2024 yy.

1,40

46.

Samarqand viloyati Urgut tumani Aylanma Dargʻom kanalida KGES-3 qurilishi

(“Beshkapa” MFY)

0,64

0,64

2,70

2,70

2023-2024 yy.

1,50

47.

Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida Vodil mikro GES qurilishi

(“Vodil” MFY)

0,43

0,43

1,80

1,80

2023-2024 yy.

1,20

48.

Andijon viloyati Xonobod tumani Shahrixonsoy kanalida mikro GES-1 (kinetik turbina) qurilishi

(“Tapolina” MFY)

0,40

0,40

2,30

2,30

2023-2024 yy.

0,80

49.

Andijon viloyati Xonobod tumani Shahrixonsoy kanalida mikro GES-2 (kinetik turbina) qurilishi

(“Tapolina” MFY)

0,40

0,40

2,30

2,30

2023-2024 yy.

0,80

50.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida Varganza mikro GES qurilishi

(“Varganza” MFY)

0,30

0,30

1,30

1,30

2023-2024 yy.

0,80

IV.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish investitsiya loyihalari

20,0

20,0

50,0

50,0

28,0

51.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Chorvoq shamol stansiyalari” qurilishi

20,0

20,0

50,0

50,0

2023 — 2026 yy.

28,0

V.

Suv omborlari boʻyicha investitsiya loyihalari

300,0

52.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ tizimidagi suv omborlaridan samarali foydalanishga qaratilgan va ular faoliyatining xavfsizligini bosqichma-bosqich oshirish boʻyicha investitsiya loyihalari

-

-

-

2021 — 2028 yy.

300,0

VI.

Mahalliylashtirish boʻyicha investitsiya loyihalari

20,0

53.

Gidroagregatlarni ishlab chiqarish zavodi qurilishi

-

-

-

-

2023 — 2025 yy.

20,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Loyiha koʻrsatkichlariga ishlab chiqilgan TIA (ishchi loyiha)ga asosan aniqlik kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

** Mazkur roʻyxatga yangi aniqlangan istiqbolli investitsiya loyihalarining kiritilishi “Oʻzbekgidroenergo” AJning Tarmoq ilmiy-texnik kengashi yoki Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Mazkur roʻyxatga kiritilmagan istiqbolli investitsiya loyihalari DXSH tamoyillari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qaroriga

1a-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlarni jalb qilgan holda gidroelektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyihalar nomi

Loyiha quvvati,

MVt

Yillik oʻrtacha ishlab chiqarish,

mln kVt-soat

Loyihaning taxminiy qiymati,

mln doll.

shundan, davlat kafolati ostida jalb etiladigan kredit qiymati,

mln doll.

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

JAMI

449,0

1 255,6

1117,7

395,7

1.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskom daryosida Pskom GES qurilishi

248,0

585,3

705,8

59,5

1. Oʻzgartirish kiritilgan TIA boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar tomonidan xulosa taqdim etish.

2024-yil iyul

Oʻzbekgidroenergo” AJ (Sanginov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Turonbank (Mirzayev)

2. Prezident qarori loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlashga (qaytadan) kiritish.

2025-yil avgust

3. Davlat kafolati berilishini taʼminlash.

2025-yil avgust

4. Davlat kafolatiga yuridik xulosa taqdim etish.

2025-yil sentabr

5. Kelishuv va shartnomaga asosan loyiha doirasida tegishli ishlarni tashkil etish.

2025-yil dekabr

2.

Toshkent viloyati Ohangaron shahri Doʻkentsoy daryosida Doʻkentsoy GES qurilishi

5,0

24,1

10,6

9,0

1. Rossiya Federatsiyasining “Xalqaro rivojlanish loyihalari” MChJ (OOO “MPR”) bilan import shartnomasi loyihasini kelishish.

2024-yil iyul

Oʻzbekgidroenergo” AJ (Sanginov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Turonbank (Mirzayev)

2. Oʻzgartirish kiritilgan TIA boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar tomonidan xulosa taqdim etish.

2024-yil iyul

3. Prezident / Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlashga kiritish.

2025-yil avgust

4. Davlat kafolati berilishini taʼminlash.

2025-yil avgust

5. Davlat kafolatiga yuridik xulosa taqdim etish.

2025-yil sentabr

6. Kelishuv va shartnomaga asosan loyiha doirasida tegishli ishlarni tashkil etish.

2025-yil dekabr

3.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskom daryosida Mullalaq GES qurilishi

140,0

396,0

313,8

266,7

1. Loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kafolati ostida amalga oshiriladigan, Eksimbank (Xitoy) mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar roʻyxatiga kiritish.

2024-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

“Oʻzbekgidroenergo” AJ

(Sanginov),

Turon Bank

(Mirzayev)

2. Loyiha TIAsini masʼul vazirliklar bilan kelishish.

2024-yil avgust

3. Eksimbank (Xitoy) tomonidan moliyalashtirish boʻyicha rozilik olish.

2024-yil avgust

4. Prezident / Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlashga kiritish.

2024-yil sentabr

5. Davlat kafolati berilishini taʼminlash.

2025-yil oktabr

6. Davlat kafolatiga yuridik xulosa taqdim etish.

2025-yil oktabr

7. Prezident / Hukumat qarori qabul qilingandan soʻng loyihani amalga oshirish boʻyicha tegishli tender savdolarini oʻtkazish.

2025-yil noyabr

8. Kelishuv va shartnomaga asosan loyiha doirasida tegishli ishlarni tashkil etish.

2025-yil dekabr

4.

“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UKni modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi

32,4

156,1

44,6

37,9

1. Loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida amalga oshiriladigan, Eksimbank (Xitoy) mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar roʻyxatiga kiritish.

2024-yil iyul

Oʻzbekgidroenergo” AJ (Sanginov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Turonbank (Mirzayev)

Jumladan:

“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UKni (GES-19) modernizatsiya qilish;

9,0

36,8

16,5

14,0

“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UKni (GES-22) modernizatsiya qilish;

5,2

29,2

12,3

10,5

2. Loyiha TIAsini masʼul vazirliklar bilan kelishish.

2024-yil iyul

“Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi” UNni (GES-23) modernizatsiya qilish

18,2

90,1

15,8

13,4

3. Eksimbank (Xitoy) tomonidan moliyalashtirish boʻyicha rozilik olish.

2024-yil iyul

5.

“Shahrixon GESlari kaskadi” UKni modernizatsiya qilish va “Janubiy Fargʻona Kanali (PK-571) JFK-5 GES qurilishi” investitsiya loyihasi

23,6

94,1

42,9

36,5

4. Prezident / Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlashga kiritish.

2024-yil avgust

Jumladan:

“Shahrixon GESlari kaskadi” UKni (GES-5a) modernizatsiya qilish;

7,6

29,6

12,2

10,4

5. Davlat kafolati berilishini taʼminlash.

2024-yil sentabr

6. Davlat kafolatiga yuridik xulosa taqdim etish.

2024-yil sentabr

“Shahrixon GESlari kaskadi” UKni (GES-ba) modernizatsiya qilish;

3,8

13,1

7,7

6,5

7. Prezident / Hukumat qarori qabul qilingandan soʻng loyihani amalga oshirish boʻyicha tegishli tender savdolarini oʻtkazish.

2025-yil oktabr

Janubiy Fargʻona Kanali (PK-571) JFK-5 GES qurilishi

12,2

51,4

23,0

19,6

8. Kelishuv va shartnomaga asosan loyiha doirasida tegishli ishlarni tashkil etish.

2025-yil dekabr

(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Gidroenergetika sohasida xususiy investorlar ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Loyihalar nomi

Loyiha quvvati,

MVt

Yillik oʻrtacha ishlab chiqarish,

mln kVt-soat

Loyihaning taxminiy qiymati,

mln doll.

Amalga oshirish muddati

JAMI

2 275

5 042

3 638,3

1.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida Xoʻjakent gidrotoʻplash elektr stansiyasi (GTES) qurilishi

200

400

320

2024 — 2028 yy.

2.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskem daryosida Yuqori Pskom gidrotoʻplash elektr stansiyasi (GTES) qurilishi

600

1 050

1 020

2024 — 2028 yy.

3.

Jizzax viloyati Forish tumani Aydarkoʻl gidrotoʻplash elektr stansiyasi (GTES) qurilishi

300

450

350,7

2024 — 2028 yy.

4.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumani Karateren daryosida Karateren gidrotoʻplash elektr stansiyasi (GTES) qurilishi

500

900

477,1

2024 — 2028 yy.

5.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Pskom daryosida Qorongʻitugʻoy GES qurilishi

320

842

671,5

2024 — 2028 yy.

6.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Oygaing GESlar kaskadi qurilishi

130

390

260

2024 — 2028 yy.

7.

Boʻstonliq tumani Oqbuloq daryosida Oqbuloq GES qurilishi

50

180

120

2024 — 2028 yy.

8.

Surxondaryo viloyati Toʻpalang daryosida Kishtut GES qurilishi

25

100

50

2024 — 2028 yy.

9.

Surxondaryo viloyati Toʻpalang daryosida Mizot GES qurilishi

20

80

44

2024 — 2028 yy.

10.

Xususiy sektor ishtirokidagi mikro va kichik GESlar qurilishi (150 ta loyiha)

130

650

325

2024 — 2028 yy.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Xususiy investorlar tomonidan qiziqish bildirilmagan loyihalar “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qaroriga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Gidroenergetika sohasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi rahbari

J. Mirzamahmudov

energetika vaziri, Respublika komissiyasi rahbari oʻrinbosari

L. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

B. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

I. Abduraxmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri

Sh. Xamrayev

suv xoʻjaligi vaziri

A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri

N. Saydullayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

A. Rafiqov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi

X. Mustafayev

iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari

D. Vaxabov

Savdo sanoat palatasi raisi

A. Sanginov

“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi

B. Xadjixanov

Vazirlar Mahkamasining boʻlim boshligʻi, Respublika komissiyasi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-252-son qaroriga

4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Oʻzbekgidroenergo” AJ tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3540-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Oʻzbekgidroenergo” AJ va uning ulushi mavjud boʻlgan korxonalar (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekgidroenergo” AJ tashkilotlari) ekvivalentining umumiy miqdori 60 million AQSh dollari boʻlgan gidroenergetikani yanada rivojlantirish va yangi yuqori voltlik elektr uzatish liniyalarini qurish boʻyicha investitsiya loyihalarini sifatli va oʻz vaqtida bajarish uchun zamonaviy ixtisoslashtirilgan va texnologik uskunalar, asboblar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar, litsenziyali dasturiy mahsulotlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni xarid qilish orqali tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yangilash va mustahkamlash hamda investitsiya loyihalarini, shu jumladan tizimdagi korxonalar bazasida gidroagregatlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish loyihasini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-57-son qaroriga 1-ilovaning 21-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-son qaroriga 1-ilovaning 215, 216 va 218-pozitsiyalari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi “Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Gidroenergetika quvvatlarini yanada koʻpaytirish maqsadida Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Oʻzbekgidroenergo” AJning (keyingi oʻrinlarda — Jamiyat) 2028-yil yakuniga qadar gidroelektr stansiyalari umumiy quvvatini 5 507,8 MVtga yetkazish, shu jumladan umumiy quvvati 1600 MVt boʻlgan gidrotoʻplash elektr stansiyalarini qurish loyihalarini amalga oshirish hisobiga qoʻshimcha 3 279,8 MVt quvvatlarni yaratish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Kichik gidroelektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanishda zarur boʻlgan hamda 2023 — 2025-yillarda kooperatsiya asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-son qarori talablari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi “Gidroenergetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlarini jadallashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-252-son qaroriga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan loyihalarga tatbiq etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 4-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 1, 2, 3 va 5-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 7-ilovaning 1-bandidagi “4 999 MVt” soʻzlari “5 507,8 MVt” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-avgustdagi “Chorvoq GESining faoliyati xavfsizligini oshirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 706-son qarorining 6-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun davlat kafolati ostida ajratilgan zayom mablagʻlari boʻyicha “Oʻzbekgidroenergo” AJ hisobidan haqiqatda qoplab berilgan barcha komissiya toʻlovlari, “Oʻzbekgidroenergo” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan qurilish-montaj ishlari qiymati bilan birga, loyiha qiymatini shakllantirishda inobatga olinadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2024-y., 07/24/252/0523-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)