Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-son qaroriga
1-ILOVA
“Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga
35-ILOVA
|
1. Litsenziya nomi: |
Maxsus turdagi tovarlarning eksporti va importi uchun litsenziya |
|
2. Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi: |
Maxsus turdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish va hududiga olib kirish |
|
3. Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik va jismoniy shaxslar |
|
4. Litsenziyalovchi organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi |
|
5. Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) ariza; arizada quyidagilar ko‘rsatiladi*: yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi, hisobvarag‘i, telefon raqami; jismoniy shaxs uchun — FIO, JSHSHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami; tashqi savdo shartnomasi to‘g‘risida ma’lumot (shartnoma tomonlari, ularning joylashuvi, faoliyat turi va boshqa rekvizitlari yoki import qiluvchi iste’molchi hisoblanmasa, iste’molchi to‘g‘risida ma’lumot, uning joylashuvi, faoliyat turi va boshqa rekvizitlari); maxsus turdagi tovarlarni tashish to‘g‘risida ma’lumot (yukning tashqi iqtisodiy faoliyat Tovar nomenklaturasi (TIF TN) va (yoki) BMT nomenklaturasi bo‘yicha kodi, yukni jo‘natuvchi, qabul qiluvchi, transport turi (davlat raqami belgisi), yukni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (olib kirish) joylari va tranzit qatnashchilari bo‘lgan davlatlar hududi bo‘ylab harakatlanishining mo‘ljallanayotgan yo‘nalishlari); to‘lov topshiriqnomasi raqami va sanasi; b) tashqi savdo shartnomasi (bitimi); v) maxsus turdagi tovarlarning kelib chiqish manbalarini tasdiqlovchi hujjat; g) import qiluvchi va iste’molchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma (agar import qiluvchi iste’molchi hisoblanmasa); d) sotib oluvchi tashkilotning joylashgan mamlakati qonunchiligiga muvofiq maxsus turdagi tovarlar bilan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat; e) so‘nggi iste’molchi majburiyatlari to‘g‘risidagi hujjat (yoki O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan eksport nazorati obyektlaridan ommaviy qirg‘in qurollarini yaratish yoki yetkazib berish vositasi maqsadida foydalanmaslik, shuningdek, ularni eksport nazorati sohasida vakolatli davlat organining ruxsatisiz reeksport yoki uchinchi tomonga berishga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini o‘z ichiga olgan chet el davlati (xalqaro tashkilot) vakolatli organi tomonidan beriladigan boshqa hujjat). |
|
6. Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (berilgan litsenziyaga o‘zgartirishlar kiritish uchun yig‘im litsenziyani berganlik uchun to‘lanadigan summasining ellik foizi miqdori) Mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatini rivojlantirish jamg‘armasiga kirim qilinadi. |
|
7. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: |
Mavjud emas. |
|
8. Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
15 ish kuni. |
|
9. Litsenziya talablari va shartlari: |
Talabgor quyidagi talablar va shartlarga javob berishi lozim: eksport nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonunchilik hujjatlariga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash; eksport nazorati obyektlarining but saqlanishini, saqlashda ularning xavfsizligini va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, shuningdek, eksport nazorati obyektlaridan begona shaxslar foydalanishini istisno etishga qaratilgan rejim va boshqa choralarni ko‘rish (bunda zarur hollarda Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bilan qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish); eksport nazorati sohasida harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirishga bevosita bog‘liq ishlarga jalb etilgan xodimlarni eksport nazorati obyektlariga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligiga qaratilgan tibbiy tekshiruvdan muntazam ravishda (yiliga bir marta) o‘tkazishni tashkil etish; ruxsat berish to‘g‘risida ariza olingan kundan e’tiboran bir yil ichida O‘zbekiston Respublikasi bojxona qonunchilik hujjatlari bo‘yicha bartaraf etilmagan qonun buzilishi holatlari mavjud emasligi; eksport nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining talablariga rioya etilishini tekshirish uchun vakolatli organga monelik qilmaslik va tanishib chiqish uchun ularga zarur hujjatlarni taqdim etish. |
|
10. Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: |
Eksport nazorati obyekti toifasidan kelib chiqib: bakteriologik (biologik) va zaharlovchi qurollarni yaratishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan insonlar, hayvonlar va o‘simliklarning kasallik qo‘zg‘atuvchilari (patogenlari), ularning genetik o‘zgargan shakllari, genetik materiallar va asbob-uskunalar qismlari bo‘yicha tasdiqlangan eksport nazorati obyektlari yuzasidan tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining; kimyoviy qurollarni yaratishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kimyoviy moddalar, asbob-uskunalar va texnologiyalar bo‘yicha tasdiqlangan eksport nazorati obyektlari yuzasidan tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa sanoati agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining; yadroviy materiallar, asbob-uskunalar, maxsus yadroviy bo‘lmagan materiallar va tegishli texnologiyalar bo‘yicha tasdiqlangan eksport nazorati obyektlari yuzasidan tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa sanoati agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasining; raketa quroli va yadroli, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharli qurollarning boshqa yetkazib berish vositalarini yaratishda foydalaniladigan uskunalar, materiallar va texnologiyalar bo‘yicha tasdiqlangan eksport nazorati obyektlari yuzasidan tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa sanoati agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining; harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlar bo‘yicha tasdiqlangan eksport nazorati obyektlari yuzasidan tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa sanoati agentligi, Bojxona qo‘mitasining litsenziya berish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi xulosalarini majburiy tartibda olish uchun yuboradi. Vakolatli organ yuridik va jismoniy shaxslarga litsenziya berish maqsadga muvofiqligi yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda sohaga aloqador davlat boshqaruvi organlaridan zarur ma’lumotlar va tegishli xulosalarni olishi mumkin. |
|
11. Litsenziyaning amal qilish muddati: |
Bir martalik harakatni bajarish bilan cheklanadi. |
|
12. Izoh: |
* ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun talabgor javob beradi. |
|
|
”. |
“Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga
41-ILOVA|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish uchun ruxsatnoma |
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim va toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaxs (qo‘riqlashning texnik vositalarini montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan) |
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi |
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) Ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning — nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami; yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan qo‘riqlash, loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishning texnik vositalari turlari; b) yuridik shaxsning shtatidagi xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Ma’lumotda quyidagilar ko‘rsatiladi: kamida uch nafar xodimning F.I.O, JSHSHIR, pasportining seriyasi va raqami, yashash manzili; ma’lumoti, mutaxassisligi; yuridik shaxs shtatida egallab turgan lavozimi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji va malaka tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni va texnik qo‘riqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha oxirgi uch yilda malaka oshirish va maxsus tayyorgarlik kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar; v) oxirgi uch yilda qo‘riqlash signalizatsiyalarini va texnik qo‘riqlashning boshqa vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. |
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Yig‘im undirilmaydi. |
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: |
Yig‘im undirilmaydi. |
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
20 ish kuni. |
|
9. |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: |
a) yuridik shaxsning shtatida kamida uchta sanoat (ishlab chiqarish) obyektida yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni va qo‘riqlashning boshqa texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida kamida uch yillik ish tajribasi mavjudligi; b) yuridik shaxsning shtatida tegishli ixtisoslashuv bo‘yicha (yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni va qo‘riqlashning boshqa texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish) tayyorgarlikka va kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan kamida uch nafar xodim mavjudligi; v) yuridik shaxsning shtatida psixik kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya yoki alkogolizm bilan bog‘liq holda dispanser hisobida turgan mavjud emasligi. |
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas. |
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Cheklanmagan. |
|
12. |
Izoh: |
1. Qo‘riqlashning texnik vositasi — qo‘riqlanadigan obyektlarni tajovuzlardan himoya qilish uchun foydalaniladigan, mustaqil vazifalarni bajaradigan, konstruktiv jihatdan yakunlangan qurilma. 2. Ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar har yili 1-fevralgacha maxsus vakolatli organga obyektlarni, ularning idoraviy mansubligini, o‘rnatilgan qo‘riqlashning texnik vositalari turlari va sonini ko‘rsatgan holda o‘ta muhim va toifalangan obyektlarda qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart. |
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga
42-ILOVA|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa |
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Obyektlar (xonalar)da giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaxs. |
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalari. |
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
Ariza. Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi, uning pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda) hamda giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha faoliyat amalga oshiriladigan manzil. |
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Yig‘im undirilmaydi. |
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: |
Yig‘im undirilmaydi. |
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
5 ish kuni |
|
9. |
Ruxsat berishga oid talab va shartlar: |
I. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus xonalarning (keyingi o‘rinlarda — maxsus xonalar) muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligiga, jihozlanishiga va saqlash sharoitlariga qo‘yiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar: 1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar: a) alohida (yordamchi, xizmat va boshqa xonalardan ajratilgan), mustahkam bino (inshoot)larda joylashtirilishi va bitta kirish joyiga (eshik o‘rniga) ega bo‘lishi; b) eshik o‘rni (eshik qutisi)ning romi qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmagan metall profildan (shveller, burchakcha va shu kabilar) tayyorlanishi. Ilgari qurilgan binolarda qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmagan, o‘lchamlari 30 x 40 mm bo‘lgan metall burchaklar bilan mustahkamlangan hamda armatura diametri 14 mm dan va uzunligi 120 mm dan kam bo‘lmagan, bir xil oraliqda joylashtirilgan kamida o‘nta shtirlar yordamida devorga qotirilgan taxtali eshik romlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi; v) eshiklari soz va eshik kesakisiga zich mustahkamlanishi (puxta moslashtirilishi); g) deraza o‘rinlarining bo‘lishiga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmasligi. Ilgari qurilgan xonalarda deraza o‘rinlari bo‘lgan taqdirda, ularga xonaning ichki tomonidan metall panjaralar o‘rnatilgan bo‘lishi, metall panjaralar simlarining uchlari devorga 80 mm dan kam bo‘lmagan chuqurlikda beton yordamida qotirilishi; d) birinchi qavatda joylashgan xonalarda deraza o‘rinlari bo‘lgan taqdirda, ularga qo‘shimcha ravishda xonaning ichki tomonidan metall yoki ikki tomonidan metall listlar bilan qoplangan yog‘och deraza eshiklari o‘rnatilishi hamda ular osma qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi bilan jihozlanishi; e) devorlari, shift to‘sinlari va polini mustahkamlashda (armaturalashda) foydalaniladigan, shuningdek, eshik va deraza o‘rinlaridagi panjaralarning metall sim chiviqlari (armaturalari) diametri 14 mm dan kam bo‘lmasligi, sim chiviqlari 150 x 150 mm dan katta bo‘lmagan katakchalarni hosil qilgan holda har bir kesishmasida payvandlanishi; j) ichkarisiga chiquvchi ventilyatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarining lyuklari va tuynuklariga xona ichiga o‘tish imkonini istisno etadigan diametri 14 mm dan kam bo‘lmagan hamda katakchalarning o‘lchami 100 x 100 mm dan katta bo‘lmagan metall panjaralar o‘rnatilishi; z) devorlarida, shift to‘sinlarida yoki polida muhandislik tarmoqlarini o‘tkazish uchun qoldirilgan tuynuklarning diametri 200 mm dan katta bo‘lmasligi; i) ichki maydoni va ularga olib keluvchi yo‘llarning yetarlicha yoritilishi; k) fonarlar yoki boshqa yoritishning avariya (zaxira) manbalari bilan ta’minlanishi; l) shamlar, mash’alalar, kerosinli fonarlar, chiroqlar va boshqa ochiq olovli yoritish vositalari ishlatilishiga, ushbu maqsadlarda suyuq yonuvchi moddalardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik; m) ichki maydoni quruq bo‘lishi; n) yaqin (10 metrdan uzoq bo‘lmagan) joyda o‘rnatiladigan yong‘inga qarshi inventarlar bilan ta’minlanishi; o) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyalar hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanishi; p) giyohvandlik vositalari va ularning analoglarini saqlash va qadoqlashga mo‘ljallangan xonalarning devorlarini, shift va ichki konstruksiyalarini pardozlash uchun chang va bug‘ yig‘maydigan, oson tozalash va yuvish imkonini beradigan materiallardan foydalanilishi hamda havoni tortuvchi ventilyatsiya bilan jihozlanishi, devorning pol bilan tutashgan qismi aylanasimon shaklda ishlanishi; r) prekursorlarni saqlashga mo‘ljallangan xonalarda shamollatish uchun tabiiy ventilyatsiyadan foydalanilish. 2. Birinchi va ikkinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar: a) maxsus xonalarning asosiy (tashqi) devorlarining qalinligi 250 mm dan kam bo‘lmagan pishiq g‘isht yoki toshdan yoxud 125 mm dan kam bo‘lmagan temir-betonli devor bloklaridan ko‘tarilgan bo‘lishi; b) maxsus xonalarning ichki devorlari (pardevorlari)ning qalinligi 120 mm dan kam bo‘lmagan pishiq g‘isht yoki toshdan yoxud 80 mm dan kam bo‘lmagan temir-betonli devor bloklaridan ko‘tarilgan bo‘lishi; v) maxsus xonalarning poli va shift to‘sinlarining qalinligi 180 mm dan kam bo‘lmagan temir-betonli plitalardan yotqizilgan bo‘lishi; g) ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlari talablariga javob bermaydigan maxsus xonalarning devorlari, shift to‘sinlari va poli ichkari tomondan butun maydon bo‘yicha qo‘shimcha ravishda metall panjaralar bilan mustahkamlanishi (armaturalanishi), metall panjara sim chiviqlarining uchlari devor va plitalardan chiqarilgan, oralig‘i 500 x 500 mm bo‘lgan hamda diametri 14 mm dan kam bo‘lmagan ankerlarga (metall shtirlarga) payvandlanishi. Ankerlarni devorga mustahkamlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, 100 x 50 x 6 mm o‘lchamli metall tasmalardan tayyorlangan to‘siq detallarini to‘rtta dyubel mixlari yordamida temir-beton yoki beton sathlarga otib qoqishga yo‘l qo‘yiladi; d) ikkita eshik bilan jihozlanishi, bunda: tashqi (asosiy) eshik yaxlit, qalinligi 3 mm dan kam bo‘lmagan metall listdan tayyorlanishi, unga kamida ikkita ichki (o‘yma) qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi o‘rnatilishi hamda xonadan chiqish tomonga (tashqariga) ochilishi; ichki (qo‘shimcha) eshik metall panjaralardan tayyorlanib, ichki (uyma) yoki osma qulf bilan jihozlanishi hamda xonaga kirish tomonga (ichkariga) ochilishi; tashqi va ichki eshiklar sekretlari bo‘yicha (har bir qulf uchun) har xil bo‘lgan qulflar, ishonchli qotirgichlar va oshiq-moshiqlar moslamasi bilan jihozlanishi, qulflar yoki qulflash uskunalarining rigellari ko‘ndalang kesishmasining maydoni bo‘yicha 3 sm2 dan kam bo‘lmasligi. 3. Uchinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar: yaxlit, qalinligi 3 mm dan kam bo‘lmagan metall listdan tayyorlangan, unga kamida ikkita ichki (o‘yma) qulf va maxsus raqamlangan muhr bilan muhrlash yoki plombalash moslamasi o‘rnatilgan, xonadan chiqish tomonga (tashqariga) ochiladigan bitta tashqi eshik bilan jihozlanishi. II. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash tartibiga qo‘yiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar: 1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar: a) giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va ularning analoglarini saqlash uchun seyflar va metall javonlar devorlarining qalinligi 3 mm dan kam bo‘lmasligi, kamida ikkita ichki (o‘yma) qulflar bilan jihozlangan hamda pol yoki devorga qotirilgan (payvandlangan) bo‘lishi, og‘ir (og‘irligi 700 kg dan ortiq), o‘rtacha va katta gabaritli (o‘lchamlari 1500 x 600 x 500 mm dan kam bo‘lmagan) seyf va metall javonlar bundan mustasno. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari seyf tipidagi bitta ichki qulfga ega bo‘lgan og‘ir seyflarda saqlanishiga ruxsat beriladi; b) giyohvandlik vositalarini saqlashga mo‘ljallangan metall javonlarning eshiklari metalli ust qo‘yma (nakladka)lar yoki burchaklar bilan mustahkamlanishi; v) kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalardan kelib chiqib, saqlashning harorat rejimiga rioya qilish zarur bo‘lgan hollarda yuridik shaxs rahbarining buyrug‘i yoki boshqa farmoyish hujjatiga asosan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari maxsus xonalar ichida o‘rnatilgan, ichki qulf bilan qulflanadigan va muhrlanadigan sovitish kameralarida (sovutkichlarda) saqlanishi; g) tez tibbiy yordam xizmatining transport vositalarida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari tibbiy maqsadlarda tashish mobaynida tibbiy qutilarda saqlanishi; d) ish kuni yakunlangandan so‘ng seyflar, metall javonlar, sovitkichli kameralar (sovitkichlar) va maxsus xonalar qulflanishi, muhrlanishi (plombalanishi) hamda qo‘riqlovga topshirilishi, kalitlar, muhr va tamg‘alash uskunasi (plombir) esa — giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar saqlanishi uchun javobgar shaxsda bo‘lishi; e) muhrlash uchun kanop ip tugunlarsiz, butun bo‘lishi, kanop ip maxsus xonalar, seyflar, metall javon va sovitkichli kameralar (sovitkichlar)ning eshigidagi quloqchasi (ilgagi yoki tutqichi)dan shunday o‘tkazilishi kerakki, eshikni kanop ipga va muhr izi (ottiski)ga zarar yetkazmasdan ochishning imkoni bo‘lmasligi, shuningdek, muhrlar kanop ip ustidan muhrlar izi (ottiski) uchun chuqurchaga ega bo‘lgan taxtachaga bosilishi; j) maxsus xonalar, seyflar, metall javonlar va sovitkichli kameralar (sovitkichlar) kalitlarining ikki to‘plami bo‘lishi, bunda kalitlarning bir to‘plami doimiy ravishda giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash uchun javobgar shaxs yonida, ikkinchisi esa muhrlangan qutichada yuridik shaxsning rahbarida saqlanishi. Kalitlarni stollar, boshqa joylarda qoldirish taqiqlanadi; z) maxsus xonada seyflar, metall javonlar va sovitkichli kameralar (sovitkichlar) ularning raqami va ular muhrlanadigan muhrlar ko‘rsatilgan ro‘yxati osilishi. 2. Birinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar: a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari maxsus xonalar ichida joylashtirilgan seyflarda yoki metall javonlarda saqlanishi; b) prekursorlar saqlash joyi hududida va maxsus xonalar ichida saqlanishi. 3. Ikkinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar: a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar maxsus xonalar ichida saqlanishi, bunda giyohvandlik vositalari va ularning analoglari seyflarda, psixotrop moddalar va ularning analoglari metall javonlarga, prekursorlar esa ushbu mahsulot uchun ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlari bilan belgilangan idishlar va qadoqlarga joylashtirilishi; b) davolash-profilaktika muassasalarining navbatchi tibbiyot xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari ushbu maqsadlarda maxsus ajratilgan, polga yoki devorga qotirilgan seyf yoki metall javonlarda saqlanishi. 4. Uchinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar — giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar maxsus xonalar ichida saqlanishi, bunda giyohvandlik vositalari va ularning analoglari seyflarda, psixotrop moddalar va ularning analoglari metall javonlarda, prekursorlar esa ushbu mahsulot uchun ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlari bilan belgilangan idishlar va qadoqlarga joylashtirilishi. III. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar saqlanadigan joylar hamda maxsus xonalarning qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya vositalari hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanishiga qo‘yiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar. 1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar: a) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlari bilan jihozlashda qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlari qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga binoan ishlab chiqilgan maxsus loyihalarga muvofiq amalga oshirilishi; b) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlariga ularni loyihalashtirish, montaj qilish va sozlash ishlarini amalga oshirgan yuridik shaxs bilan kelishmagan holda o‘zgartirishlar kiritilishiga yo‘l qo‘ymaslik; v) qo‘riqlash va yong‘inga qarshi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun javobgar shaxs tayinlanishi; g) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish va ulardan foydalanishga oid texnik hujjatlarga “Xizmat faoliyati doirasida foydalanish uchun” grifi qo‘yilishi hamda ushbu rejimga rioya etilishi; d) xavfni bildiruvchi signal tushganda, qorovul (qorovullik xizmat) xatti-harakatlarini belgilovchi yo‘riqnoma ishlab chiqilishi va yuridik shaxs rahbari tomonidan tasdiqlanishi; e) maxsus xonalar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining texnik qo‘riqlash markazi (punkti) qo‘riqloviga topshirilishi, bunda ularning qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyalar kompleksi texnik qo‘riqlash markazi (punkti)ga ulanishi; j) birinchi (tashqi) doiradagi qo‘riqlash signalizatsiyasining datchiklari ruxsatsiz kirib-chiqishni (ochishni, buzishni) aniqlash maqsadida quyidagicha jihozlanishi: obyektlar hududining atrofi bo‘ylab yer ustida joylashgan binoning tashqi devoridan yoki bino do‘nglikda joylashganda, do‘nglikning tashqi asosidan yoxud bino pastqamlikda joylashganida chuqurlikning tashqi chetidan 5 m dan kam bo‘lmagan masofa doirasida yaxlit himoya zonasi ko‘rinishida o‘rnatilishi; bino atrofidagi himoya zonasi uzluksiz bo‘lishi va uning doirasida harakatlanayotgan odam aniqlanishini ta’minlashi; tashqi himoya tizimi qo‘riqlanayotgan hududda odamlarning harakatlanishini sezadigan radioto‘lqin uskunalari bilan jihozlanishi, bunda obyekt atrofida yaxlit himoya zonasini yaratish uchun hajmli tipdagi yoki yopiq uzluksiz perimetr bo‘yicha tor, chegara bo‘ylab tortilgan himoya zonasini yaratish uchun tarmoq tipidagi xabar bergich uskunalardan foydalanilish. Yaxlit zona o‘rniga tashqi himoya tizimi chegarasida kengligi 1,5 — 2 metrli perimetr bo‘ylab qo‘riqlash zonasini jihozlashga ruxsat etiladi; giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus xonalarning eshiklariga, derazalariga, ventilyatsiya va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarining tuynuk va teshiklariga o‘rnatilishi; z) ikkinchi (ichki) doiradagi qo‘riqlash signalizatsiyasi datchiklari xona ichida ruxsatsiz begona shaxslarning borligini aniqlash maqsadida maxsus xonalar ichiga o‘rnatilishi; i) yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyaning ko‘rsatkichlari xona ichiga, u yerdagi yong‘inga qarshi vaziyat keskin o‘zgarganda (harorat ko‘tarilishi, tutun hosil bo‘lishi va boshqalar) yoki yong‘in yuzaga kelganda, xatarni bildiruvchi signalni berish uchun o‘rnatilishi; k) yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya yong‘in chiqqanligi yoki bino ichidagi yong‘in xavfsizligi holati o‘zgarganligini aniqlash va signal berishga mo‘ljallangan tutunli, issiqlik, yorug‘lik va (yoki) kombinatsiyalangan xabar bergichlar bilan jihozlanishi; l) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyaning xatarni bildiruvchi signali yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qo‘riqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasida jihozlangan maxsus ko‘p kanalli (ko‘p nurli) pultga kelib tushishi, ushbu pultdagi maxsus tabloda buzilish yoki yong‘in ro‘y bergan joyni (yong‘inni) chiroq (nur) yordamida ko‘rsatadigan tovushli, yorug‘lik yoki boshqa indikatorlar (signallar) uzatilishi; m) xatarni bildiruvchi signal yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qo‘riqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati xonasida jihozlangan maxsus ko‘p kanalli (ko‘p nurli) pultga kelib tushishi bilan bir vaqtda simli yoki radio aloqa tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining texnik qo‘riqlash markazi (punkti)ga uzatilishi; n) xatarni bildiruvchi signal sabablarini aniqlash, zudlik bilan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish va yolg‘on (sababsiz) chaqiriqning oldini olish maqsadida yuridik shaxsning kechayu kunduz ishlovchi qorovullik, qo‘riqlash, navbatchilik yoxud dispetcherlik xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining texnik qo‘riqlash markazi (punkti) o‘rtasida ikki tomonlama aloqa tashkil etilishi; o) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi maxsus xonaning tashqi tomonida baland tovush chiqaruvchi uskuna (sirena) bilan jihozlanishi; p) xatarni bildiruvchi signalni uzatishda qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi avtomatik tarzda ishlashi; s) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarining elektr ta’minoti tarmog‘i: uning sutka davomida uzluksiz tarzda ishlashini ta’minlashi; asosiy elektr tizimi o‘chirilganda uni almashtiruvchi, avtomatik tarzda ishga tushadigan elektr ta’minoti manbaiga (dizel-generator va boshqalar) ulangan va kamida 3 soat ishlovchi akkumulyator bilan jihozlanishi; t) videokuzatuv tizimi tasvirni kamida o‘ttiz kun davomida saqlanishini; u) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksi hamda videokuzatuv tizimlarining simlari elektr uzatish qutisi (kommutatsion uskuna)dan datchiklargacha yashirin tarzda, devorlar yoki shift osti to‘siqlariga chuqur kiritilib va suvab yoxud devorlar va shift osti panellari ichiga joylashtirilib o‘tkazilishi hamda unga shikast yetkazilganda ishlab ketadigan datchiklar bilan ta’minlangan bo‘lishi. Qo‘riqlash signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlarining shleyflari temir-beton va beton qurilish konstruksiyalari bo‘ylab quvurlarda faqat maxsus xonalar ichida yotqizilishiga yo‘l qo‘yiladi; f) qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya kompleksining signal beruvchi va ta’minlash kabellari tasodifiy ravishda yoki qasddan shikastlanishlardan yuqori darajada himoyalangan bo‘lishi. 2. Birinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar — ikki (tashqi va ichki) doirali qo‘riqlash, shuningdek, yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan jihozlanishi. 3. Ikkinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar — ichki doirali qo‘riqlash signalizatsiyasi, shuningdek, yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan jihozlanishi. 4. Uchinchi toifadagi obyektlar uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar — ichki doirali qo‘riqlash signalizatsiyasi bilan jihozlanishi. IV. Birinchi toifadagi obyektlarda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni, ularning analoglari va prekursorlarni saqlash joylarining hududiga qo‘yiladigan ruxsat berishga doir talablar va shartlar: 1. Umumiy ruxsat berishga doir talablar va shartlar: a) to‘siq devordan 3 m dan kam bo‘lmagan kenglikda taqiqlangan hududga ega bo‘lishi, uning chegaralarida to‘siqlar va ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilishi, shuningdek, taqiqlangan hudud doirasidagi daraxtlar va butalar olib tashlangan bo‘lishi, ushbu hudud quruq o‘tdan, butalardan, shox-shabbalar va boshqa oson alangalanuvchi buyumlardan tozalanishi; b) to‘siq devordan eng yaqindagi omborxonagacha masofa 3 m dan kam bo‘lmasligi; v) yuzasi tekis bo‘lishi, yog‘ingarchilik, qor-muz suvlari va sug‘oriladigan suvlar oqib ketishi uchun zarur qiyaliklarga ega bo‘lishi; g) binolar, qurilmalar va inshootlarga, yong‘inni o‘chirish gidrantlariga, hovuzlarga va boshqa suv ta’minoti manbalariga olib boruvchi ichki yo‘llar, o‘tish yo‘llari, shoxobcha yo‘llar, o‘tish joylari va piyodalar yo‘lakchalari, shuningdek, yong‘inga qarshi buyumlar, moslamalar hamda rezervuarlarning bo‘sag‘alari qattiq qoplamaga ega bo‘lishi, erkin harakatlanish uchun doimo bo‘sh hamda toza saqlanishi va o‘z vaqtida ta’mirlanishi, muz bilan qoplanganda qum sepilishi, qishda esa qordan tozalanib turilishi; d) ichki temir yo‘llarini kesib o‘tish yo‘llari va joylari yong‘in o‘chirish avtomobillari o‘tishi uchun bo‘sh turishi, yo‘llardan, o‘tish yo‘llaridan, binolar, qurilmalar va inshootlar orasidagi uzilishlardan materiallarni, xom ashyoni, tayyor mahsulotlarni to‘plash joylari hamda avtotransport vositalari turargohi sifatida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaslik; e) o‘tish yo‘llarining tor joylarida va yong‘inni o‘chirish tezkor rejasi bo‘yicha yong‘in o‘chirish texnikasi joylashtirilishi belgilangan joylarda avtotransportning va boshqa mexanizmlarning to‘xtab turishini taqiqlovchi yo‘l belgilari va aniqlashtiruvchi yozuvlar bilan ta’minlanishi; j) soz va zudlik bilan ishlatishga tayyor holda ushlab turiladigan yashindan himoyalash hamda yong‘in o‘chirishning birlamchi vositalari bilan jihozlanishi, ular olinishi qulay bo‘lgan joylarda joylashtirilgan hamda sutkaning qorong‘i vaqtida yoritiladigan hududdagi maxsus yong‘inga qarshi qalqon (post)lariga o‘rnatilishi; z) sutkaning qorong‘i vaqtida turg‘un elektr chiroqlari bilan yoritilishi; i) qazilgan chuqurlar yoki chuqurli joylarning bo‘lmasligi, lyuklar, quduqlar va ariqchalar toza bo‘lishi va qopqoqlar bilan yopilishi, vaqtincha ochib qo‘yilgan lyuklar, quduqlar va ariqchalar esa balandligi 1 metrdan kam bo‘lmagan, sutkaning qorong‘i vaqtida ko‘rinadigan chiroqli signalizatsiya o‘rnatilgan to‘siqlar bilan ta’minlanishi; k) quduqlarga, shuningdek, muyulish burchaklarida kameralarga ega bo‘lmagan yer osti muhandislik tizimlari ularning joylashuvini aniqlash imkonini beruvchi tashqi aniqlashtiruvchi belgilar bilan jihozlanishi; l) alohida joylashgan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash joylari o‘rtasidagi, shuningdek, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash joylari va boshqa binolar, qurilmalar va inshootlar o‘rtasidagi masofa yong‘inga qarshi oraliqlaridan kam bo‘lmasligi, ushbu oraliqlardan materiallarni, xom ashyoni, yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va idishlarni saqlash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaslik; m) hududda materiallarni, xom ashyoni, yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va idishlarni saqlash uchun maydonchalarning jihozlanishi davlat yong‘in nazorati organlari bilan kelishilishi; n) hududi kunu tun xizmat olib boruvchi qurollangan qo‘riqlash xizmati bilan qo‘riqlanishi. 2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni va ularning analoglarini saqlash uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar va shartlar: a) hududi tikanli sim, pishiq g‘isht, tosh yoki metalldan tayyorlangan, balandligi 2 metrdan kam bo‘lmagan to‘siq devor bilan o‘ralishi; b) pishiq g‘ishtdan, toshdan yoki metalldan tayyorlangan to‘siq devor ustiga 0,5 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda metall asoslarga to‘rt qator tikanli sim tortilishi; v) to‘siq devorda qulflanadigan darvoza va eshiklar o‘rnatilishi. 3. Prekursorlar saqlash uchun qo‘shimcha ruxsat berishga doir talablar: a) hudud quyidagi tartibda ikki doirali to‘siq devor bilan o‘rab olinishi: birinchi (tashqi) doiradagi to‘siq devor 2,5 metrdan kam bo‘lmagan balandlikda pishiq g‘isht, tosh yoki temir-betonli bloklardan ko‘tarilishi, to‘siq devor ustidan balandligi 0,5 metrdan kam bo‘lmagan 4 qator tikanli simdan yasalgan egilgan (burchakli) ustun yoki “yegoza” turidagi tikanli simdan yalpi to‘siq o‘rnatilishi; ikkinchi (ichki) doiradagi to‘siq devor asosiy devorning ichki tomonidan balandligi 2 metrdan kam bo‘lmagan “rabitsa” turidagi simdan ko‘tarilishi, to‘siq devor ustidan balandligi 0,5 metrdan kam bo‘lmagan 4 qator tikanli simdan yasalgan egilgan (burchakli) ustun yoki “yegoza” turidagi tikanli simdan yalpi to‘siq o‘rnatilishi; birinchi va ikkinchi doiradagi to‘siq devorlar qulflanadigan darvoza va eshiklar bilan jihozlanishi; b) muayyan turdagi saqlash joylarida (omborxonalar, ochiq va usti yopiq maydonchalar, rezervuar joylar) saqlanishi lozim bo‘lgan prekursorlarning aniq turlari hamda ularning cheklangan sig‘imlari normativ-texnik hujjatlarga muvofiq belgilanishi; v) yong‘in xavfsizligi qoidalari va moddalarning o‘zaro mutanosibligi hamda o‘t o‘chirish vositalarining bir xildaligi belgilariga rioya etilgan holda saqlanishi; g) har bir omborxonada ko‘rinadigan joyda “Signal ranglari va xavfsizlik belgilari” 12.4.026 Davlat standarti bo‘yicha omborxonada saqlanayotgan materiallarni to‘plashda xavfsizlik qoidalari, baxtsiz hodisalar ro‘y berganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yo‘riqnomalari osilishi; d) prekursorlarni idishlarda saqlash omborxonalari yonmaydigan materiallardan qurilishi, quruq, yaxshi shamollatilishi yoki ventilyatsiyalanishi; e) xom ashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash omborxonalarida umumiy almashinuvchan ventilyatsiya, sochiluvchan moddalarni saqlash silos omborxonalarida esa — aspiratsiya o‘rnatilishi; j) xom ashyo va tayyor mahsulotlarni saqlash uchun maydonchalar atmosfera yog‘inlaridan va quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siridan himoyalangan bo‘lishi, yo‘lning qatnov qismi sathidan kamida 15 sm balandlikda joylashishi, suyuqliklarning to‘siqlarsiz yoyilishini cheklovchi moslamalar hamda atmosfera va yer usti suvlari uchun ariqlar bilan jihozlanishi; z) xom ashyo va tayyor mahsulotlarni maxsus maydonchalarda idishlar ichida saqlash har birida soni 100 donadan ortiq bo‘lmagan guruhlar bilan amalga oshirilishi, guruhlar orasidagi masofa 1 metrdan kam bo‘lmasligi hamda har bir guruhda ma’lum bir turdagi moddalar saqlanishi; i) kislotalarni saqlash uchun omborxonalar boshqa materiallarni saqlovchi omborxonalardan alohida joylashtirilishi va ularni shamollatish uchun tabiiy ventilyatsiyadan foydalanilishi, shuningdek, kislotalar yerto‘lalarda saqlanishiga yo‘l qo‘ymaslik; k) xom ashyoning sutkalik zaxirasini saqlash uchun bo‘linmalarda havoni tortuvchi ventilyatsiya o‘rnatilgan omborlar jihozlanishi. |
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas. |
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Cheklanmagan. |
|
12. |
Izoh: |
1. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga mo‘ljallangan joylar texnik mustahkamlik, jismoniy himoyalanganlik hamda qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanish darajasiga qarab uch toifadagi obyektlarga bo‘linadi: a) birinchi toifadagi obyektlarga umumiy to‘siq devor bilan o‘rab olingan va texnik mustahkamlangan hududda joylashgan quyidagi faoliyatni amalga oshirishga mo‘ljallangan binolar, inshootlar va xonalar kiradi: prekursorlarni sotish (berish) (prekursorlar saqlanadigan baza va omborxonalar); giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash; tarkibida giyohvand modda bo‘lgan o‘simliklarni o‘stirish; b) ikkinchi toifadagi obyektlarga quyidagi faoliyatni amalga oshirishga mo‘ljallangan xonalar kiradi: giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni sotish (berish) va taqsimlash (dorixonalar va davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari); yangi giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish; giyohvandlik vositalaridan, psixotrop moddalardan, ularning analoglaridan va prekursorlardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ilmiy va ta’lim maqsadlari uchun foydalanish; giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni yo‘q qilish; v) uchinchi toifadagi obyektlarga laboratoriyalarning, davolash-profilaktika muassasalari bo‘linmalarining, tibbiyot punktlarining, boshqa tibbiyot muassasalarining giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va ularning analoglarini saqlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga mo‘ljallangan xonalari kiradi. 2. Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi organlari va bo‘linmalarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek, Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlash uchun olish talab qilinmaydi. 3. Obyektlar (xonalar)ning giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini va prekursorlarni saqlashga doir texnik talablarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa yuridik shaxslarning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilish uchun asos hisoblanadi. 4. Ariza beruvchining ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun vakolatli organ arizani olgan kundan boshlab uch ish kunidan oshmagan muddatda o‘z mablag‘lari hisobiga ariza beruvchida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash uchun mavjud sharoitlarni tekshirish va baholash ishlarida qatnashishga vakolat berilgan yuridik shaxs vakili ishtirokida joyiga chiqqan holda, ariza beruvchida giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mavjud sharoitlarni tekshirishni va baholashni amalga oshiradi hamda natijalari bo‘yicha ikki nusxada dalolatnomani tuzadi. Dalolatnomada giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlashga mo‘ljallangan joyning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi, jismoniy himoyasi tashkil etilganligi, qo‘riqlash va yong‘indan darak beruvchi signalizatsiyalar bilan jihozlanganligi ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar bayon etiladi, zarurat bo‘lganda aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etishning aniq tavsiyalari va yetarli muddatlari ko‘rsatiladi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi yuridik shaxsning rahbariga yoki tekshirish va baholash ishlarida qatnashishga vakolat berilgan shaxsga imzo orqali topshiriladi. |
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga
43-ILOVA
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
O‘zbekiston Respublikasidagi avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va ko‘chalari bo‘yida joylashgan AYOQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish. |
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, avtomobil yo‘llari va ko‘chalari bo‘yida joylashgan AYOQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash. |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik shaxslar. |
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
Xalqaro avtomobil yo‘llari, shahar magistral ko‘chalaridagi loyihalarni kelishish — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati; Xalqaro avtomobil yo‘llari, shahar magistral ko‘chalaridan tashqari barcha yo‘llar va ko‘chalardagi loyihalarni kelishish — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari. |
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) Ariza. Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi, STIR, pochta va elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami; xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyat uchun olingan litsenziya raqami (avtomobil yo‘llari va ko‘chalari bo‘yida joylashgan AYOQS, AGTKS hamda AGQS (avtomobillarga benzin quyish, gaz to‘ldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish bo‘yicha); arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziya raqami (avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash loyihalarini kelishish bo‘yicha); loyiha to‘g‘risida ma’lumot (loyiha nomi va mazmuni, joylashgan joyi, geolokatsiyasi, shuningdek, xaritadagi kenglik va uzunlik ko‘rsatkichlari); b) loyihaning elektron shakli, sputnik xarita ustiga yo‘l harakatini tartibga solish texnik vositalari bilan jihozlanishi chizilgan chizmasi (svetofor obyektini ish tartibi bilan ko‘rsatilishi) masshtabi 1:500. |
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi. |
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: |
Yig‘im undirilmaydi. |
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
10 ish kuni. |
|
9. |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: |
a) “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq kelishi; b) “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq kelishi; v) Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 26-dekabrdagi 342-son qarori talablariga muvofiq kelishi; g) avtomobil yo‘llarini, yo‘l inshootlarini, temir yo‘l kesishmalarini, AYOQS, AGTKS hamda AGQSni qurish va rekonstruksiya qilish sohasini tartibga soladigan tegishli shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik reglamentlar va standartlar talablariga muvofiq kelishi. |
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas. |
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Bir martalik. |
|
12. |
Izoh: |
Loyihadagi tushunarsiz masalalar bo‘yicha loyiha tayyorlagan tashkilot tomonidan tushuntirish berish so‘raladi. Zarur hollarda, loyiha joyiga chiqib o‘rganiladi. |
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga
44-ILOVA
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma |
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Pirotexnika vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq ommaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida qo‘llash uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va ulardan foydalanish. |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V klasslari) foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar. |
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. |
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) ariza (pirotexnika vositalarini olib kirish sanasidan kamida 13 ish kuni oldin taqdim etiladi). Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi, uning pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lganda); texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarini (xavflilikning III — V darajalari) (keyingi o‘rinlarda — pirotexnika vositalari) olib kirish va ulardan foydalanish uchun asos bo‘luvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi qarorining sanasi, raqami va nomi; pirotexnika vositalaridan foydalaniladigan ommaviy tadbir toifasi, nomi va tashkilotchisi, ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti nomi va manzili; pirotexnika vositalaridan foydalanish sanasi, boshlanish va tugallanish vaqti; pirotexnika vositalaridan foydalanish ishlarini bajarishga jalb etilayotgan xodimlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash manzili); b) ommaviy tadbir tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan ommaviy tadbir dasturi; v) otish maydonchasi va xavfli hudud doirasi tushirilgan holda, obyekt atrofidagi hudud xaritasi hamda fuqarolar va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy tadbirlar, shuningdek, pirotexnika vositalaridan foydalanishda ishtirokchilar va yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun ishlatiladigan asosiy texnik vositalar ro‘yxati ko‘rsatilgan pirotexnika vositalaridan foydalanish dasturi; g) O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi va ulardan foydalanishi rejalashtirilayotgan pirotexnika vositalarining xavflilik klassi, guruhi va miqdori, O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, BMT nomenklaturasi bo‘yicha kodi, moddalarning klassifikatsiya shifri, yuk jo‘natuvchi nomi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish punkti (bojxona posti), olib kirilgan pirotexnika vositalari saqlanadigan joy nomi va manzili, yuk tashuvchi nomi, foydalaniladigan transport turi, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab tashish yo‘nalishi hamda yukning kuzatuvini amalga oshiruvchi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organi nomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; d) yuridik shaxsning pirotexnika vositalaridan foydalanishga jalb etilgan xodimlarining Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazining “Pirotexnika buyumlarini xavfsiz qo‘llash” yo‘nalishi bo‘yicha maxsus malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikat nusxalari. |
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Yig‘im undirilmaydi. |
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: |
Yig‘im undirilmaydi. |
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
13 ish kuni. |
|
9. |
Ruxsat berishga oid talab va shartlar: |
a) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika buyumlaridan (xavflilikning III — V darajalari) foydalanish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziyaga (faoliyatning kichik turiga) ega bo‘lish; b) pirotexnika vositalarini faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish maqsadlarida olib kirish va ulardan foydalanish;* v) pirotexnika vositalaridan ommaviy tadbir dasturiga muvofiq foydalanish; g) ommaviy tadbirni o‘tkazish obyektida tashkil etilgan otish maydonchasi va xavfli hududda fuqarolar va yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish*; d) olib kirilgan va foydalanilgan pirotexnika vositalarining mavjudligi va sarfi hisobini yuritish; e) shtatda kamida 2 nafar pirotexnika vositalaridan foydalanish sohasi mutaxassislarning mavjudligi. |
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas. |
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Bir marta olib kirish va foydalanish uchun beriladi. |
|
12. |
Izoh: |
Texnik va maxsus maqsadlardagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishiga va ulardan foydalanilishiga doir ruxsatnoma olish quyidagilar amalga oshirish uchun talab etilmaydi: a) sanoat maqsaddagi pirotexnika vositalarini olib kirish va ulardan foydalanish; b) maishiy maqsadidagi (xavflilikning I — III darajalari) pirotexnika vositalarini olib kirish va ulardan foydalanish; v) texnik va maxsus maqsaddagi pirotexnika vositalarining (xavflilikning III — V darajalari) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan olib kirish va ulardan foydalanish. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga
45-ILOVA
|
1. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek, Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish uchun ruxsatnoma |
|
2. |
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
Davlat mulki bo‘lgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining nodavlat qismiga kiritilgan arxiv hujjatlari yoki ularning ko‘chirma nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqish. |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik va jismoniy shaxslar. |
|
4. |
Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi. |
|
5. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
1. Ariza. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxs uchun-nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami; jismoniy shaxs uchun — F.I.O., JSHSHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), telefon raqami; olib chiqish maqsadi; olib chiqiladigan hujjatlar soni (saqlov birligi); olib chiqilayotgan davlat nomi. 2. Sug‘urta tavakkalchiliklarining barcha holatlari ta’minlangan holda vaqtincha olib chiqilayotgan arxiv hujjatlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini mulkiy sug‘urtalash shartnomasining sug‘urta polisi. 3. Arxiv hujjatlarini tasarrufdan chiqarish yoki bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazish shaklini tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lganda). 4. Davlat muzeylari, arxivlari, kutubxonalari, davlatning boshqa saqlash joylari hamda boshqa yuridik shaxslar tomonidan qo‘shimcha ravishda arxiv hujjatlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini vaqtincha olib chiqish maqsadlari, muddatlari va shartlari to‘g‘risida qabul qiluvchi tomon bilan tuzilgan shartnoma. 5. Qabul qiluvchi tomon rasmiy organlarining vaqtincha olib chiqilayotgan arxiv hujjatlarining yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarining but saqlanishi va o‘z vaqtida qaytarilishi xususidagi yozma kafolatlari. 6. Arxiv hujjatlarining ro‘yxati, shuningdek, arxiv hujjatlarining o‘zi yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalari (yetkazib beriladi). |
|
6. |
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi. |
|
7. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im |
Yig‘im undirilmaydi. |
|
8. |
Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
15 ish kuni. |
|
9. |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: |
Ruxsat etishga oid talab va shartlar: a) olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari tartibga keltirilgan bo‘lishi*; b) vaqtincha olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlarining mulkdori aniqligi, arxiv hujjatlariga mulkdorlik huquqi to‘g‘risida nizolar mavjud emasligi; v) arxiv hujjatlarining qaytib olib kelinishiga shubha tug‘diradigan holatlar va dalillarning mavjud bo‘lmasligi. |
|
10. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Mavjud emas |
|
11. |
Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: |
Arxiv hujjatlarini yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarini O‘zbekiston Respublikasidan vaqtincha olib chiqish huquqi uchun ruxsatnoma — 3 oy. |
|
12. |
Izoh: |
1. Olib chiqilishi bildirilgan arxiv hujjatlari “O‘zarxiv” agentligining vakolatli ekspertlari tomonidan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi o‘tkaziladi va ularning xulosasiga ko‘ra ruxsatnoma beriladi. 2. Arxiv hujjatlarining yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarining vaqtincha olib chiqilgan o‘rami qaytarilayotganda, mazkur o‘ram “O‘zarxiv” agentligi va Bojxona qo‘mitasining xodimlari ishtirokida ochiladi hamda arxiv hujjatlarining tarkibi va miqdori, shuningdek, ular olib chiqilayotgan yoki vaqtincha olib chiqilayotgan vaqtdagi holatiga nisbatan sifati xususiyatlarining mos kelishi yuzasidan qimmatliligini aniqlash ekspertizasidan o‘tkaziladi. 3. Ruxsatnoma rasmiylashtirilgach, arxiv hujjatlarining yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarining vaqtincha olib chiqilishiga ruxsat etilgan ro‘yxatning har bir varag‘i orqasiga belgilangan namunadagi shtamp qo‘yiladi. Ro‘yxatning birinchi jamlanmasi “O‘zarxiv” agentligida saqlanadi, ikkinchisi ruxsatnoma bilan birgalikda bojxona organlariga taqdim etish uchun ariza beruvchiga topshiriladi. 4. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini (yoki ishonchsizligini) aniqlash “O‘zarxiv” agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Taqdim etilgan hujjatlarning yoki ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi qo‘shimcha materiallarni talab qilish, agar qonunchilik hujjatlarida bunday talab belgilanmagan bo‘lsa, taqiqlanadi. 5. Arxiv hujjatlarining yoki ularning o‘rnini bosuvchi nusxalarining qimmatliligini aniqlash ekspertizasi o‘tkazilayotganda, ularni vaqtincha olib chiqish mumkinligi yoxud mumkin emasligidan qat’iy nazar, ariza beruvchidan maxsus yig‘im to‘liq miqdorda undiriladi. * Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
|
|
|
”; |
“Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga
49-ILOVA
|
1. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan tovarlar eksporti uchun ruxsatnoma (keyingi o‘rinlarda — Ruxsatnoma). |
|
2. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish. |
|
3. Ariza beruvchilar toifasi: |
Yuridik va jismoniy shaxslar. |
|
4. Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. |
|
5. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) ariza; arizada quyidagilar ko‘rsatiladi*: yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi va hisobvarag‘i, telefon raqami; jismoniy shaxs uchun — FIO, JSHSHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), xizmat ko‘rsatuvchi bankning nomi, hisobvarag‘i, telefon raqami; tashqi savdo shartnomasi to‘g‘risida ma’lumot (shartnoma tomonlari, ularning joylashuvi, faoliyat turi va boshqa rekvizitlari yoki import qiluvchi iste’molchi hisoblanmasa iste’molchi to‘g‘risida ma’lumot, uning joylashuvi, faoliyat turi va boshqa rekvizitlari); tovarlarni tashish to‘g‘risida ma’lumot (yukning tashqi iqtisodiy faoliyat Tovar nomenklaturasi (TIF TN) va (yoki) BMT nomenklaturasi bo‘yicha kodi, yukni jo‘natuvchi, qabul qiluvchi, transport turi (davlat raqami belgisi), yukni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish (olib kirish) joylari, tranzit qatnashchilari bo‘lgan davlatlar hududi bo‘ylab harakatlanishining mo‘ljallanayotgan yo‘nalishlari); to‘lov topshiriqnomasi raqami va sanasi; b) tashqi savdo shartnomasi (bitimi). |
|
6. Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari Mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatini rivojlantirish jamg‘armasiga kirim qilinadi. |
|
7. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari Mablag‘ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatini rivojlantirish jamg‘armasiga kirim qilinadi. |
|
8. Arizani ko‘rib chiqish muddati: |
20 ish kuni. |
|
9. Ruxsat etishga oid talab va shartlar: |
Talabgor quyidagi talablar va shartlarga javob berishi lozim: eksportga chiqarilayotgan tovar eksport narxi ichki bozorda shakllangan narxlardan past bo‘lmasligi; eksportga chiqarilayotgan tovar hajmi ichki bozordagi narxlar oshib ketishiga olib kelmasligini asoslantirish; eksportga chiqarilayotgan tovarga ichki bozorda talab pasayganligini asoslantirish; eksportga chiqarilayotgan tovarni respublika hududida qayta ishlash quvvatlari yetishmayotganligini asoslantirish. |
|
10. Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: |
Eksportiga ruxsat beriladigan tovar xususiyatidan kelib chiqib: chorva mollari, parranda, go‘sht va qo‘shimcha ozuqabop go‘shtli mahsulotlar, don: bug‘doy, javdari bug‘doy, arpa, suli, makkajo‘xori, guruch, grechixa, un, yorma bo‘yicha tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va (yoki) yuqori turuvchi tashkilot, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining; polietilentereftalat (PET) chiqindilari, parchalari va chiqindilari, charm xom ashyosi (nostandartlari ham), momiq mo‘yna xom ashyosi, shu jumladan, qorako‘l (nostandartlari ham), titishga yaroqli ipak qurt pillasi, ipak xom ashyosi (o‘ralmagan), rangli metall parchalari va chiqindilari bo‘yicha tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va (yoki) yuqori turuvchi tashkilot, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining; katta qimmatga ega bo‘lgan badiiy, tarixiy, ilmiy yoki boshqa madaniy (Madaniy meros agentligining xulosasiga ko‘ra) qadimiy buyumlar (rasmlar, haykaltaroshlik asarlari va boshqalar) bo‘yicha tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va (yoki) yuqori turuvchi tashkilot, Madaniy meros agentligining xulosalarini majburiy tartibda olish uchun yuboriladi. Vakolatli organ yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnoma berish maqsadga muvofiqligi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi organlari hamda sohaga aloqador respublika ijro etuvchi hokimiyat organlaridan zarur ma’lumotlar va tegishli xulosalarni olishi mumkin. |
|
11. Ruxsatnomaning amal qilish muddati: |
Bir martalik harakatni bajarish bilan cheklanadi. |
|
12. Izoh: |
* ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun talabgor javob beradi. |
|
”. |
“Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor etish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga
28-ILOVA
|
1. |
Xabarnoma nomi: |
Tamaki mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma. |
|
2. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: |
Tamaki mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilish. |
|
3. |
Xabardor qiluvchi toifasi: |
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor. |
|
4. |
Xabarnoma qabul qiluvchi organ: |
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi. |
|
5. |
Xabarnomani yuborish tartibi: |
“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. |
|
6. |
Xabarnomani yuborish uchun talab qilinadigan ma’lumotlar: |
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun: a) YTTning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi raqami; JSHSHIR; b) yashash manzili; v) pochta hamda elektron pochta manzili; g) mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud bo‘lgan taqdirda); d) bank rekvizitlari (hisobvarag‘i, bank kodi); e) faoliyatini amalga oshirish manzili va kadastr raqami; Yuridik shaxslar uchun: a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud bo‘lgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvarag‘i, bank kodi); d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili va kadastr raqami. |
|
7. |
Xabardor qiluvchi kiritgan ma’lumotlar tekshirilishi lozim bo‘lgan davlat organlarining axborot tizimlari (ma’lumotlari): |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. |
|
8. |
Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi. |
|
9. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: |
a) Tamaki mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatishni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qat’iy rioya qilish; b) Tamaki mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va tarqatish uchun mo‘ljallangan va belgilangan talablarga javob beradigan binoga egalik qilish (o‘z mulkida bo‘lishi, xo‘jalik yuritishida, operativ boshqaruvida bo‘lishi yoki ijaraga olgan bo‘lishi); v) tamaki mahsulotlari realizatsiya qilinadigan joylarda ularni yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilish taqiqlanganligi haqidagi ogohlantiruvchi yozuv yoki belgi, shuningdek, tibbiy ogohlantirish joylashtirilgan bo‘lishi; g) Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga integratsiyalashgan elektron hisobvaraq-fakturadan foydalanish; d) Ulgurji savdoni amalga oshirishda qonunchilikda hujjatlarida belgilangan tartiblarga rioya qilish; e) “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga qat’iy rioya qilishi. |
|
10. |
Izoh: |
Tamaki mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilishni boshlaganlik haqidagi xabarnoma har bir ulgurji savdo obyekti uchun alohida yuboriladi. |
Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor etish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga
29-ILOVA
|
1. |
Xabarnoma nomi: |
Tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma. |
|
2. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari: |
Tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish. |
|
3. |
Xabardor qiluvchi toifasi: |
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor. |
|
4. |
Xabarnoma qabul qiluvchi organ: |
Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari. |
|
5. |
Xabarnomani yuborish tartibi: |
“Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. |
|
6. |
Xabarnomani yuborish uchun talab qilinadigan ma’lumotlar: |
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun: a) YTTning: familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa); pasport seriyasi va raqami yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi raqami; JSHSHIR; b) yashash manzili; v) pochta hamda elektron pochta manzili; g) mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud bo‘lgan taqdirda); d) bank rekvizitlari (hisobvarag‘i, bank kodi); e) faoliyatini amalga oshirish manzili va kadastr raqami; Yuridik shaxslar uchun: a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, STIR; b) pochta hamda elektron pochta manzili; v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud bo‘lgan taqdirda); g) bank rekvizitlari (hisobvarag‘i, bank kodi); d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili va kadastr raqami. |
|
7. |
Xabardor qiluvchi kiritgan ma’lumotlar tekshirilishi lozim bo‘lgan davlat organlarining axborot tizimlari: |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi; O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. |
|
8. |
Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi. |
|
9. |
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari: |
a) tamaki mahsulotlarini: yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarga; yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslar tomonidan; sotuvchining bevosita ishtirokisiz, shu jumladan, savdo avtomatlari, boshqa elektron yoki mexanik qurilmalar vositasida; o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish tokchalaridan; elektron tijorat shaklida, shu jumladan, har qanday yo‘l bilan oxirgi iste’molchilarga yetkazish yordamida; sayyor (qo‘lda, lotoklarda, savatchalarda, qo‘l aravachalarida) savdo qilish yo‘li bilan; ko‘chmas savdo obyektlaridan tashqarida; dorixonalarda; bolalarga mo‘ljallangan tovarlar realizatsiya qilinadigan xonalarda; bolalar o‘yinchoqlariga, konfetlarga yoki bolalar uchun mo‘ljallangan boshqa tovarlarga o‘xshatib ishlangan bo‘lsa; sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari, ta’lim tashkilotlari, madaniyat muassasalari, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari, sanatoriy hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalar hududlarida; ta’lim, sport va diniy tashkilotlar hududidan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yuz metrdan kam masofada joylashgan savdo obyektlarida, bundan savdo obyekti umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan savdo majmualarining (bozorlarning) hududida va yarmarka pavilyonlarida joylashgan hollar bundan mustasno; yaroqlilik muddati o‘tganda; mahsulot sifatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarsiz; tamaki mahsulotlarini saqlash va realizatsiya qilishga doir sanitariya normalari hamda qoidalariga mos kelmaydigan xonalar va joylarda; belgilangan tartibda aktsiz markalari bilan tamg‘alanmaganda — aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan tamaki mahsulotlariga nisbatan; qalbaki aksiz markalari bilan tamg‘alanganda; ularning ishlab chiqaruvchisini aniqlash imkonini bermaydigan tarzda aniq tamg‘alanmaganda; belgilangan tartibda raqamli identifikatsiya vositalari bilan tamg‘alanmaganda; ularni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilganda — litsenziyalanadigan tamaki mahsulotlariga nisbatan; tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqiga ega bo‘lmagan yoki ularni qonunchilikni buzgan holda sotgan yetkazib beruvchidan sotib olinganda; tamaki mahsulotining iste’mol o‘rovida (qutisida) tibbiy ogohlantirish bo‘lmaganda; agar tamaki mahsulotining iste’mol o‘rovida (qutisida) yigirma donadan kam sigareta bo‘lsa — sigaretalarga nisbatan; tamaki mahsuloti bo‘lmagan boshqa tovarlar bilan bir to‘plamda; iste’mol o‘rovisiz (qutisiz, bloksiz); donalab yoki ochilgan (yaxlitligi buzilgan) iste’mol o‘rovida — (qutisida) sigaretalar va qizdiriladigan tamaki mahsulotiga nisbatan; temir yo‘l vokzallarining, avtovokzallarning, aeroportlarning, Daryo bandargohlarining, metropoliten stansiyalarining hududlarida va xonalarida (boj olinmaydigan savdo do‘konlari bundan mustasno); texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos kelmaganda realizatsiya qilmaslik; b) tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishni bevosita amalga oshirayotgan shaxs yigirma bir yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan uning shaxsi va yoshini tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, tamaki mahsulotlarining, realizatsiya qilinishini rad etish; v) tamaki mahsulotlari realizatsiya qilinadigan joylarda ularni yigirma bir yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilish taqiqlanganligi haqidagi ogohlantiruvchi yozuv yoki belgi, shuningdek, tibbiy ogohlantirish joylashtirilgan bo‘lishi; g) tamaki mahsulotlarini yoyib qo‘yish va ochiq namoyish etmaslik. Chakana savdo uchun taklif etilayotgan tamaki mahsulotlari to‘g‘risidagi axborot sotuvchi tomonidan xaridorlar e’tiboriga savdo zalida sotiladigan tamaki mahsulotlari ro‘yxatini joylashtirish orqali yetkazilishi, ro‘yxatning matni oq fonda bir xil o‘lchamdagi qora rangli harflar bilan yoziladi va ro‘yxat alfavit tartibida, sotiladigan tamaki mahsulotlarining va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining narxi ko‘rsatilgan holda, biror-bir grafik tasvirlar va rasmlardan foydalanmasdan tuzilishi. Ko‘chmas savdo obyektlarida tamaki mahsulotlarini xaridorga namoyish etish uning talabiga ko‘ra sotiladigan tamaki mahsulotlar ro‘yxati bilan tanishib chiqqanidan keyin amalga oshirilishi; d) tamaki mahsulotlarining chakana savdosiga doir faoliyat onlayn tarzda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini va (yoki) virtual kassa tizimlarini, shuningdek, bank plastik kartalaridan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallarini albatta qo‘llagan holda amalga oshirilishi; e) tamaki mahsulotlari, shu jumladan, import qilingan bunday mahsulotlarning sotuvchisi har bir nomdagi mahsulot bo‘yicha tayyorlovchining yoki yetkazib beruvchining imzosi bilan tasdiqlangan, har bir nomdagi mahsulot bo‘yicha muvofiqlik sertifikati mavjudligi haqidagi ma’lumotlar bo‘lgan hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik raqamlari, ushbu sertifikatning amal qilish muddati hamda sertifikatni bergan organ ko‘rsatilgan tovar-transport hujjatlariga ega bo‘lishi; j) O‘zbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari talablariga qat’iy rioya qilishi. |
|
10. |
Izoh: |
Tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqidagi xabarnoma har bir ulgurji savdo obyekti uchun alohida yuboriladi. |
|
|
|
”. |
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-iyuldagi 418-son qaroriga
2-ILOVA