03.07.2024 yildagi 382-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda mamlakatimizda yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid huquqbuzarliklar bo‘yicha fuqarolarni xabardor qilishni raqamlashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, hozirgi kunda yo‘l harakati qoidalarining buzilish holati yuzasidan chiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar bo‘yicha fuqarolar tomonidan murojaat qilishda ortiqcha ovoragarchiliklar kelib chiqmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu borada yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilish tizimini joriy etish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-308-son qarori hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-sentabrdan boshlab yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda uning hududiy bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda — DYHXX) O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur xizmat DYHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimini “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integrallashgan platformasiga integratsiya qilgan holda YIDXP orqali ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan DYHXXga an’anaviy (og‘zaki yoki yozma) tarzda murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning ma’muriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan YIDXP orqali elektron murojaat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 30-avgustga qadar yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan elektron murojaat etish uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 382-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda uning hududiy bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda — DYHXX) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan elektron murojaat qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq DYHXX vakolatiga kiruvchi murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan tizimlar — O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda DYHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror — maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoki DYHXX xodimi tomonidan rasmiylashtirilgan bayonnomalar bo‘yicha chiqarilgan jarima solish to‘g‘risidagi qaror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchi — yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan YIDXP orqali elektron murojaat qilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchining ma’lumotlari — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan joyi va sanasi, pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi seriyasi va raqami, jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiyalovchi raqami (JSHSHIR), doimiy yashash manzili, yuridik shaxsning nomi, STIR, joylashgan yeri (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuborilgan xabarnomalar — ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qarorning xos raqami va jarima miqdori haqidagi “SMS” yoki pochta xizmati orqali yuborilgan xabar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan elektron murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonida vakolatli organning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomatlashtirilgan tizimlar orqali kelib tushgan ma’lumotlarga ishlov berish, saqlash va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integrallashgan platformasi doirasida jalb etilgan vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari o‘rtasida o‘zaro tezkor ma’lumot almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatning holatini monitoring qilish hamda tegishli statistika ma’lumotlarini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jismoniy va yuridik shaxslar yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan YIDXP orqali vakolatli organga mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha elektron murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan murojaat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Murojaat etuvchi yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan murojaatlarni YIDXPdan ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda murojaat etuvchi YIDXP orqali ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Murojaat etuvchi so‘rovnomaning to‘g‘ri to‘ldirilganligini mustaqil tekshiradi va ma’lumotlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilinganidan so‘ng uni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Murojaat etuvchi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 294-moddasiga muvofiq dalillar taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Murojaatni ko‘rib chiqish davrida jarima solish to‘g‘risidagi qaror uchun belgilangan chegirma muddati to‘xtatib turilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Murojaat etuvchi qaror qabul qilgan vakolatli organ xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan murojaatni ko‘rib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. So‘rovnomaga kiritilgan murojaat etuvchi ma’lumotlarining haqqoniyligi vakolatli organ tomonidan avtomatlashtirilgan tizim orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat etuvchining ma’lumotlari haqqoniyligi tasdiqlangan taqdirda, vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida murojaat etuvchiga murojaati ko‘rib chiqish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma YIDXP orqali avtomatik ravishda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnomada murojaat haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida murojaat etuvchiga so‘rovnomadagi xatoliklarni bartaraf etish uchun uch ish kunidan iborat muddat berilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma YIDXP orqali avtomatik ravishda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda so‘rovnomadagi xatoliklar bartaraf etilmagan taqdirda, so‘rovnomani ko‘rib chiqish rad etiladi va bu haqda murojaat etuvchiga YIDXP orqali avtomatik tarzda javob qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tizim orqali murojaatga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi tasdiqlangach, murojaat vakolatli organ tomonidan besh kun ichida, agar murojaat qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etgan taqdirda, o‘n kun ichida ko‘rib chiqiladi va natijalar yuzasidan murojaat etuvchiga YIDXP orqali belgilangan tartibda javob xati yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda murojaat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishlar talab etilgan taqdirda, murojaat etuvchiga muddat uzaytirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot YIDXP orqali avtomatik ravishda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ko‘rib chiqilgan murojaat bo‘yicha muallifga javob xati yuborilgandan so‘ng shu mazmundagi takroriy murojaat qayta ko‘rib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ko‘rib chiqish davrida yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror yuzasidan yuborilgan murojaatdagi holatlar o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 271-moddasiga muvofiq qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishlar o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar bilan bog‘liq bo‘lmagan shikoyat, ariza hamda takliflar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Murojaat etuvchi jismoniy va yuridik shaxs

1. Chiqarilgan qaror yoki yuboriladigan xabarnomalar bo‘yicha murojaat etish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan ro‘yxatdan o‘tadi.

2. Chiqarilgan qaror yoki yuboriladigan xabarnomalar bo‘yicha beriladigan murojaatni yuborish uchun so‘rovnomani to‘ldiradi.

Murojaat qilingan vaqtda

2-bosqich

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

So‘rovnomaga kiritilgan murojaat etuvchining ma’lumotlarini haqqoniyligi va to‘liqligini tekshiradi.

Avtomatik ravishda

3-bosqich

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

So‘rovnomada murojaat etuvchi haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri ko‘rsatilgan taqdirda, murojaat etuvchiga so‘rovnomadagi xatoliklarni bartaraf etish uchun xabarnoma yuboradi.

1 ish kunida

4-bosqich

Murojaat etuvchi jismoniy va yuridik shaxs

So‘rovnomada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.

3 ish kun mobaynida

5-bosqich

Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Murojaat etuvchiga javob xati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali belgilangan tartibda yuboriladi.

10 kun ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga elektron murojaat qilish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot

1. F.I.O.

2. Tug‘ilgan joyi va sanasi:

3. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi va raqami:

4. Doimiy yashash manzili:

5. JSHSHIR:

6. Telefon raqami:

7. Elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa):

II. Yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot

1. Yuridik shaxsning nomi:

2. STIR:

3. Joylashgan yeri (pochta manzili):

4. Telefon raqami:

5. Elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa):

III. Murojaat haqida ma’lumot

1. Murojaat mazmuni:

2. Avtotransport vositasining davlat raqami belgisi:

3. Qaror raqami:

4. Avtotransport vositasini boshqarish vakolatini beruvchi tegishli hujjatlar (haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini qayd etish guvohnomasi, sug‘urta polisi, ishonchnoma ma’lumotlari va boshqalar)

5. Qo‘shimcha hujjatlar:

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 09/24/382/0475-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)