21.06.2024 yildagi PQ-228-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari takomillashtirilib, jamiyatda korrupsiya illatiga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari keng joriy etilib, ularning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash va jamoatchilik oldida hisobdorlikni oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, aholi va davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish tizimini zamon talablaridan kelib chiqqan holda yangi bosqichga olib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirib borishning keng qamrovli tizimini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va Bosh prokuraturasining aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirishga qaratilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasini (keyingi oʻrinlarda — Virtual akademiya) 2025-yil 1-yanvardan joriy etish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimining ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori boʻlgan davlat xizmati lavozimlaridagi xodimlarning bilim, koʻnikma va malakalarini doimiy ravishda oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini baholash va sertifikatlash hamda sertifikat olgan davlat xizmatchilarining reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar, erishilgan yutuqlar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilgan holda amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Virtual akademiyada oʻquv faoliyatini tashkil etish va yuritish Agentlik hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitilishi lozim boʻlgan davlat xizmatchilari kontingentini shakllantiradi va Akademiya bilan kelishgan holda yillik oʻqitish reja-grafigini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayoni sifatli tashkil etilishini monitoring qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va tadqiqot natijalarini inobatga olib, yangi oʻquv modullarini joriy etish boʻyicha Akademiyaga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitish tizimining samarali faoliyat koʻrsatishi uchun oʻquv jarayoniga jalb qilingan davlat organlari va tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya bilan birgalikda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga Virtual akademiya faoliyati yuzasidan axborot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Akademiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual akademiyaning uzluksiz ishlashini, oʻquv kontenti va materiallari bilan muntazam toʻldirilishi va yangilab borilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻquv jarayonini tashkil etadi, shu jumladan oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi, oʻquv kurslari haqidagi maʼlumotlarni Virtual akademiyada joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchilarning bilimlarni oʻzlashtirishi natijalari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, oʻquv kurslarini tamomlagan shaxslarning reyestrini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayoniga davlat organlari va tashkilotlarining, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malakali mutaxassislarini, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Virtual akademiyada oʻqitish quyidagi kontingent uchun korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻquv dasturlari asosida olib boriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, tadbirkorlik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari va talabalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatchilari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatchilari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ishtirokidagi korxonalarning xodimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Virtual akademiyada oʻqitish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bazaviy hamda maxsus oʻquv kurslari boʻyicha yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy oʻquv kurslarida oʻqitish barcha foydalanuvchilar uchun bepul asosda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus oʻquv kurslarida malaka oshirish toʻlov-shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat xizmatchilariga Virtual akademiyaning maxsus oʻquv kurslarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirish majburiy hisoblanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchisi ishga qabul qilinganidan soʻng uch oy ichida oʻquv kursidan oʻtadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatchilari malakasini oshirishning davriyligi har uch yilda kamida bir martani tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari va korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori boʻlgan davlat xizmati lavozimlarida faoliyat koʻrsatuvchi xodimlar uchun maxsus kurslar chuqurlashtirilgan oʻquv dasturlari asosida olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat xizmatchilari hisoblanmaydigan shaxslarni maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Virtual akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov-shartnoma asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlikning rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlarning grantlari va mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasining samarali faoliyatini taʼminlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maxsus oʻquv kurslarida toʻlov-shartnoma asosida malaka oshirish uchun toʻlov miqdori Akademiyaning Vasiylik kengashi tomonidan Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maxsus oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslarga Agentlik va Akademiya tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi sertifikat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat xizmatchilarining malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar tegishli davlat organi yoki tashkilotiga ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida yoxud ularning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) toʻlov-shartnoma asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar Akademiya hisobvaragʻida jamlanadi va quyidagi maqsadlarga yoʻnaltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual akademiya faoliyatida foydalanishga oid materiallarni tayyorlash uchun buyurtmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual akademiya faoliyatini taʼminlashga masʼul xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual akademiyaning uzluksiz ishlashi va uning faoliyatini samarali tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitish jarayoniga tegishli xodimlar, ilmiy-pedagogik kadrlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar yuqorida nazarda tutilgan xarajatlar qoplanganidan soʻng Agentlik va Akademiyaning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga teng ulushlarda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat organlari va tashkilotlari muntazam ravishda oʻz xodimlarining Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirib borishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ishtirokidagi korxonalarga xodimlarini Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirish choralarini koʻrib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tizimli va samarali tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan tavsiyaviy yillik ilmiy-tadqiqot mavzularini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini Agentlikka taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida erishilgan yutuqlar, milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar hamda ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini mualliflik huquqlariga rioya qilgan holda yuritish tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va Akademiya sohadagi ilmiy tadqiqotlarni maqsadli va sifatli amalga oshirish, natijalarini ommalashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga muntazam ravishda takliflar kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agentlik va Akademiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Virtual akademiyada oʻqitishni tashkil etish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvarga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Akademiya Agentlik, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-oktabrga qadar taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari va talabalari uchun Virtual akademiyada tashkil etiladigan maxsus dasturlar va kontentning ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari va talabalari uchun maxsus dasturlar va kontentning yangilab borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi taʼlim oluvchilar uchun Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida sifatli multiplikatsion film, videolavha va audiomateriallarni yaratish maqsadida xorijiy investitsiyalar, grantlar hamda homiylik xayriyalarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik va Bosh prokuratura Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Agentlik direktori A.E. Burxanov va Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi T.K. Narbayeva hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 21-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-228-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-228-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasining samarali faoliyatini taʼminlash va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi faoliyatini samarali tashkil etish

1.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Virtual akademiya)da oʻqitishni tashkil etish tartibini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2024-yil sentyabr

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Huquqni �uhofaza qilish akademiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida erishilgan yutuqlar, milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini yuritish tartibini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2024-yil oktyabr

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻqitilishi lozim boʻlgan davlat xizmatchilari kontingentini shakllantirish, yillik oʻqitish reja-grafigini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2024-yil oktyabr

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

4.

Tinglovchilarning bilimlarni oʻzlashtirishi natijalari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish, oʻquv kurslarini tamomlagan shaxslarning reyestrini yuritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

5.

Virtual akademiyada oʻquv jarayoni sifatli tashkil etilishini monitoring qilish tartibini belgilash.

Idoraviy hujjat

2024-yil sentyabr

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

6.

Maxsus oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan shaxslarga taqdim etiladigan sertifikat namunasini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2024-yil sentyabr

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

7.

Virtual akademiyada taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari va talabalari uchun oʻquv dasturlarini tasdiqlash.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2024-yil oktyabr

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

8.

Taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari va talabalari uchun oʻquv kontentini ishlab chiqish va doimiy yangilab borilishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil oktyabr

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Doimiy

9.

Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida:

sifatli multiplikatsion film, videolavha va audiomateriallarni yaratish maqsadida xorijiy investitsiyalar, grantlar hamda homiylik xayriyalarini jalb qilish choralarini koʻrish;

oʻquv materiallarini davlat tiliga tarjima qilish (multiplikatsion film, videolavha va audiomateriallarni dublyaj qilish) va Virtual akademiyaga joylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan

va innovatsiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

10.

Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida oʻquv jarayonini tashkil etish, shu jumladan oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqib, kurslar haqidagi maʼlumotlarni Virtual akademiyada joylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

11.

Virtual akademiya elektron platformasi va uning mobil ilovasini ishga tushirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2025-yil 1-yanvarga qadar

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

12.

Virtual akademiyadagi oʻquv jarayoniga davlat organlari va tashkilotlarining, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malakali mutaxassislarini, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

13.

Virtual akademiyaning uzluksiz ishlashini, oʻquv kontenti va materiallari bilan muntazam toʻldirilishi va yangilab borilishini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

14.

Davlat organlari va tashkilotlari muntazam ravishda oʻz xodimlarining Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirib borish ishlarini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Vazirlik va idoralar,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

15.

Davlat ishtirokidagi korxonalar xodimlarini Virtual akademiyada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirib borish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Davlat ishtirokidagi korxonalar,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

16.

Virtual akademiya faoliyati yuzasidan axborot va takliflarni tayyorlab, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga kiritib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yil yakuni boʻyicha

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

II. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirish

17.

Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan tavsiyaviy yillik ilmiy-tadqiqot mavzularini shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili noyabr-dekabr

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari

18.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini Agentlikka taqdim etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili

-

Oliy taʼlim, fan

va innovatsiyalar vazirligi,

oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari

19.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida erishilgan yutuqlar, milliy va xorijiy tajriba, ilmiy, uslubiy-amaliy ishlanmalar va ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini mualliflik huquqlariga rioya qilgan holda yuritish tartibini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

Keyinchalik doimiy

20.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni maqsadli va sifatli amalga oshirish, natijalarini ommalashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga takliflar kiritib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

21.

Yoshlar orasida Virtual akademiya imkoniyatlarini keng targʻib qilish orqali jalb qilingan yoshlar sonini oshirib borish.

Chora-tadbirlar dasturi

Doimiy

-

Yoshlar ishlari agentligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

III. Virtual akademiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

22.

Virtual akademiyada oʻqitishni tashkil etish uchun qoʻshimcha zamonaviy uskunalar, serverlar va boshqa jihozlarni xarid qilish va oʻrnatish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar

Xalqaro donorlarning mablagʻlari

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Keyinchalik zaruratga koʻra

23.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish uchun milliy, xorijiy va xalqaro grantlarni jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

24.

Virtual akademiyaning samarali ishlashi uchun mahalliy va xorijiy huquqiy hamda axborot-tahliliy elektron nashrlarga muntazam obunasini taʼminlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Xalqaro donorlarning mablagʻlari

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi

Keyinchalik doimiy

25.

Virtual akademiyani Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining elektron axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Xalqaro donorlarning mablagʻlari

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiya�ar agentligi,

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi

26.

Virtual akademiyani sifatli oʻquv kontenti va materiallari bilan taʼminlash maqsadida Huquqni muhofaza qilish akademiyasining multimedia studiyasini takomillashtirish va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Xalqaro donorlarning mablagʻlari,

toʻlov-shartnomadan tushgan mablagʻlar

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

27.

Virtual akademiyada oʻqitish va malaka oshirish oʻquv dasturlarini kontingent uchun moslashtirish va oʻquv qoʻllanmalar, oʻquv-uslubiy materiallarni tayyorlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Xalqaro donorlarning mablagʻlari,

toʻlov-shartnomadan tushgan mablagʻlar

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

28.

Virtual akademiyaning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

yetakchi ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy muassasalar va boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, oʻzaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirish;

Virtual akademiyaning faoliyatini tashkil etuvchi oʻqituvchi-xodimlarning malakasini oshirish va oʻqitish jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish amaliyotini joriy etish;

oʻqituvchi-xodimlarni xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarida stajirovka oʻtashini tashkil etish.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Xalqaro donorlarning mablagʻlari

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2024-y., 07/24/228/0437-son)