1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddati |
Mas’ul vazirlik va idoralar nomi |
|
1. |
Qishloq xo‘jaligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qilgan holda asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish. |
1. Xalqaro ekspertlar ishtirokida Qishloq xo‘jaligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlarni hamda erishilgan maqsadli ko‘rsatkichlarni tahlil qilish. |
2024-yil iyul |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Loyiha ofisi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Tahlil natijalari hamda ekspertlar xulosasi asosida Qishloq xo‘jaligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ustuvor vazifalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil noyabr | |||
|
2. |
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yuqori qiymat zanjirini yaratish hamda ularni Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish bo‘yicha uzoq muddatli dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
1. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yuqori qiymat zanjirini yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. |
2024-yil iyun |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Loyiha ofisi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish bo‘yicha uzoq muddatli dasturni ishlab chiqib va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2024-yil sentabr | |||
|
3. |
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish samaradorligini oshirishga va ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlarini ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir takliflar ishlab chiqish. |
1. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish. |
2024-yil iyul |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Loyiha ofisi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini jadal ishlab chiqarishni tashkil etish choralarini ko‘rish. |
Doimiy | |||
|
4. |
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan sohaga ajratilayotgan subsidiya mablag‘lari samaradorligining tahlili asosida ularning natijadorligini oshirish holatini o‘rganish va takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash. |
1. Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish uchun takliflarni ishlab chiqish. |
2024-yil iyun |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Loyiha ofisi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Sohaga Ajratilayotgan subsidiya mablag‘lari samaradorligining tahlili asosida ularning natijadorligini oshirish holatini o‘rganish va takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash. |
2024-yil avgust | |||
|
5. |
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida soliqqa tortish tizimi tahlilini o‘tkazish hamda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash. |
1. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida soliqqa tortish tizimini tahlil qilish. |
2024-yil sentabr |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Loyiha ofisi |
|
2. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish. |
2024-yil sentabr | |||
|
6. |
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘chiligi va ko‘chatchiligini rivojlantirish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli dasturni ishlab chiqib, tasdiqlash. |
Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda Qishloq xo‘jaligi ekinlarining sertifikatlangan urug‘chiligi va ko‘chatchiligini rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil oktabr |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov, A. Shukurov), Loyiha ofisi |
|
7. |
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muhim eksport bozorlari geografiyasini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga yo‘naltirilgan bozorlarni topish orqali eksport ulushi oshirilishini ta’minlash. |
1. Eksport bozorlari geografiyasini kengaytirish uchun tashqi bozorlarni o‘rganish. |
2024-yil iyul |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Loyiha ofisi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev) |
|
2. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining eksport ulushi oshirish. |
Doimiy | |||
|
8. |
Xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilgan holda chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash orqali go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarishni kengaytirish choralarini ko‘rish. |
1. Chorvachilikda ozuqa bazani mustahkamlash uchun ularni to‘liq xatlovdan o‘tkazish. |
2024-yil avgust |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi (B. Norqobilov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. Shukurov) |
|
2. Xatlov natijalariga ko‘ra, ozuqa yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2024-yil oktabr | |||
|
3. Xalqaro moliya institutlari hisobidan chorva komplekslarini tashkil qilish va omuxta-yem ishlab chiqarishga mablag‘larni jalb qilish. |
2024-yil dekabr | |||
|
9. |
Qishloq xo‘jaligi sohasida sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni shakllantirish, ushbu yo‘nalishdagi maqbul tashabbuslarni amaliyotga tatbiq qilishni ta’minlash. |
1. Qishloq xo‘jaligi sohasida sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. |
2024-yil iyul |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Loyiha ofisi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha maqbul tashabbuslarni amaliyotga tatbiq qilish. |
2024-yil sentabr | |||
|
10. |
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. |
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini tashkil qilish bo‘yicha taklif ishlab chiqish. |
2024-yil dekabr |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. Qosimov), Loyiha ofisi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
11. |
Yevropa ittifoqi va Jahon banki grant mablag‘larini jalb qilgan holda sohaga ajratilayotgan barcha subsidiyalarni xatlovdan o‘tkazib, ularning samaradorligini oshirish va JST talablariga moslashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. |
1. Subsidiyalarni xatlovdan o‘tkazish uchun xorijiy ekspertlarni jalb qilish va xatlovdan o‘tkazish. |
2024-yil iyul |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov, A. Shukurov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Loyiha ofisi |
|
2. Subsidiyalar samaradorligini oshirish va Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish bo‘yicha doklad (hisobot) va takliflar tayyorlash. |
2024-yil oktabr | |||
|
12. |
Kichik xo‘jaliklar va aholi tomorqasida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish tizimini takomillashtirish. |
1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan elektron savdo platformasini yaratish, tegishli vazirlik va idoralar hamda “Online mahalla” elektron platformasi bilan integratsiya qilish. |
2024-yil sentabr |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Q. Yuldashev), Loyiha ofisi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
|
2. Dastlabki bosqichda davlat buyurtmachilari (tibbiyot muassasalari, bog‘cha, maktab va boshqalar) tomonidan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish tizimini yo‘lga qo‘yish. |
2024-yil dekabr | |||
|
13. |
Sohada erishilgan natijalar hamda davlat siyosatining istiqbolli choralarini o‘zida qamrab olgan qishloq xo‘jaligining yillik hisoboti (Agriculture annual report) chop etilishini ta’minlash. |
1. Qishloq xo‘jaligiga oid barcha oxirgi 3 yillik statistik ma’lumotlarni tahlil qilgan holda amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini baholash. |
2024-yil iyul |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. Shukurov), Loyiha ofisi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Tahlillar hamda baholash natijalariga ko‘ra qishloq xo‘jaligining yillik hisoboti (Agriculture annual report)ga takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil dekabr | |||
|
14. |
Yosh mutaxassislar orasidan boshqaruv kadrlarini tayyorlash uchun stajirovka va stipendiyalar dasturini joriy etish. Bunda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va marketingi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish hamda shu kabi boshqa ustuvor yo‘nalishlarda stipendiyalarni taqdim etish va xodimlar almashinuvi bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarning yosh olimlarini xorijiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. |
2024-yil iyul |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. Shukurov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Q. Sharipov), Loyiha ofisi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Agrar sohadagi yosh olimlar uchun stipendiyalarni joriy qilish va tanlovlar o‘tkazish. |
2024-yil sentabr | |||
|
3. Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, tanlab olingan sohadagi yosh mutaxassislarni xorijiy stajirovkaga yuborish. |
2024-yil noyabr | |||
|
15. |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini o‘rganish va takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, tasdiqlash. |
Soha tashkilotlarida innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini o‘rganish va takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash. |
2024-yil dekabr |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. Shukurov), Loyiha ofisi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
16. |
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy tarmoqlarini baholash natijalariga ko‘ra, ichki va xalqaro bozorlarga eksport ulushini yanada oshirish strategiyasini ishlab chiqish va uni doimiy amalga oshirish choralarini ko‘rish. |
1. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy tarmoqlarini, ichki va xalqaro bozorlarni o‘rganish. |
2024-yil sentabr |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Loyiha ofisi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Baholash natijalariga ko‘ra eksport ulushini yanada oshirish strategiyasini ishlab chiqish va uni doimiy amalga oshirish choralarini ko‘rish. |
2025-yil yanvar |
3-ILOVA
|
T/r |
Tashkilot nomi |
Mas’ullar |
|
1. |
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi |
Qishloq xo‘jaligi vaziri I. Abduraxmonov (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Sh. Otajonov) |
|
2. |
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti |
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A. Shukurov (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Sh. Otajonov, Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi direktori M. Xakimov) |
|
3. |
Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi | |
|
4. |
Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi |
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A. Shukurov (Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori S. Islamov) |
|
5. |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining “O‘zzoovetta’minot” DUK |
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi B. Norqobilov (“O‘zzoovetta’minot” DUK rahbari O. Alimardonov) |
|
6. |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Agrokimyoviy tuproq tahlil markazi |
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori I. Ergashev (“Agrokimyoviy tuproq tahlil markazi” DM direktori V. Muxiddinov) |
|
7. |
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining “Fabrictex” MCHJ |
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi I. Ergashev (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi v.v.b. I. Sayfullayev) |