16.05.2024 yildagi 287-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Qoraqalpogʻiston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini rivojlantirish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-fevraldagi PQ-66-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasida uch yulduzliga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya ajratish boʻyicha tadbirkorga qoʻyiladigan talablar, subsidiya olish uchun murojaat qilish tartibi hamda taqdim etiladigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatni koʻrib chiqish va qaror qabul qilish tartibi, subsidiya ajratishni rad etish asoslari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom asosida davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatini koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlarni koʻrib chiqishni kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Turizm qoʻmitasi organlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov zimmasiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 16-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi 287-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qoraqalpogʻiston Respublikasida uch yulduzliga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan, yulduz toifasiga ega boʻlmagan mavjud mehmonxonalarni uch yulduzli toifaga aylantirish maqsadida tadbirkorlik subyektiga mehmonxona xonalarini jihozlash uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan qoplab berish uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchadan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — Qoraqalpogiston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektiga mavjud mehmonxonani uch yulduzli toifaga aylantirgani uchun mehmonxonaning har bir xonasiga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkor — Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan, uch yulduz toifasiga ega boʻlmagan mavjud mehmonxonani uch yulduzli toifaga aylantirish orqali mehmonxona xonalarini jihozlash uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash maqsadida murojaat qilgan tadbirkorlik subyekti.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Subsidiya Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tomonidan ajratiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish, ularga toifa berish, shuningdek, sertifikatlashtirilgan xizmatlarining standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligining davlat nazorati Qoʻmitaning “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Subsidiya Qoraqalpogʻiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan va toifaga ega boʻlmagan mehmonxona belgilangan tartibda uch yulduzli toifaga ega boʻlganda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tadbirkor subsidiya olish uchun hujjatlarni topshirish sanasida bankrotlik yoki tugatish jarayonida boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tadbirkorga uch yulduzli toifaga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalarning har bir xonasiga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan yigirma million soʻmdan subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tadbirkorga subsidiya ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tadbirkor davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkor oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi tadbirkor nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya olish maqsadida taqdim etilgan soʻrovnomadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqiqiyligiga tadbirkor masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng tadbirkor maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoʻmita soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kunida uning mazkur Nizomda belgilangan talablarga mosligini oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoʻmita Nizomning 11-bandida belgilangan muddat ichida soʻrovnomani koʻrib chiqib, subsidiya berish yoki subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisida (rad etish asoslarini koʻrsatilgan holda) qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etganda) YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Subsidiya berish toʻgʻrisidagi qarorda subsidiya miqdori, mehmonxona nomi, yulduz toifasi va xonalar fondi, joylashgan yeri (pochta manzili) va uning kadastr raqami, subsidiya olayotgan tadbirkor (yuridik shaxs) nomi va STIR hamda tijorat bankidagi hisobvaragʻi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Subsidiya berish quyidagi asoslarga koʻra rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomada ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkor ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarda koʻrsatilgan talablarga javob bermasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir marta subsidiya taqdim etilgan tadbirkor subsidiya olish uchun takroran murojaat qilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya berishni ushbu bandda koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tadbirkor subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini olgan kundan boshlab ikki oy ichida qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi hamda ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, subsidiya olish uchun takroran murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Soʻrovnoma takroran taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunida qayta koʻrib chiqiladi. Bunda subsidiya berishni yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng taqdim etilgan soʻrovnoma yangi berilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Subsidiya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida Qoʻmita tadbirkorning xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankidagi hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Subsidiya berish uchun Jamgʻarma hisobidan mablagʻlar ajratilgan tadbirkorlar roʻyxati (reyestri) Qoʻmitaning rasmiy veb-saytiga joylashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qoʻmita subsidiya berish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring qilish va Jamgʻarma hisobidan ajratilgan mablagʻlarning tadbirkorga yetkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tadbirkor subsidiya ajratilgan davrdan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddatda mehmonxona xizmatini koʻrsatishi va mehmonxonaga berilgan yulduz toifasini saqlab qolishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkor besh yil mobaynida mehmonxona xizmatlarini tashkil qila olmagan yoki mehmonxonaning yulduz toifasi pasaygan takdirda, ajratilgan subsidiyani faoliyat yuritgan davriga mutanosib ravishda chegirgan holda, qolgan mablagʻlarni Jamgʻarmaga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga qaytariladigan mablagʻlar Qoʻmita qaroriga muvofiq tadbirkor tomonidan Jamgʻarmaning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita Jamgʻarmaning maxsus hisobvaragʻiga qaytariladigan mablagʻlar tadbirkor tomonidan belgilangan muddatda toʻliq oʻtkazilmagan taqdirda, Qoʻmita mablagʻlarni undirish boʻyicha sudga murojaat qiladi hamda subsidiya sifatida ajratilgan mablagʻlarning belgilangan tartibda tadbirkordan qaytarish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlar sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tadbirkor vakolatli organlarning xodimlari xatti-harakatlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qoraqalpogʻiston Respublikasida uch yulduzliga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qoraqalpogʻiston Respublikasida uch yulduzliga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalar uchun subsidiya ajratish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tadbirkor

Turizm qoʻmitasiga subsidiya olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali soʻrovnoma bilan murojaat qiladi.

Tadbirkorning xohishiga koʻra

2-bosqich

Turizm qoʻmitasi

Soʻrovnomani koʻrib chiqadi va subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda Davlat xizmatlari markazi yoki tadbirkorning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.

10 ish kunda

3-bosqich

Tadbirkor

Subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni olganda, qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni (maʼlumotlarni) ilova qilgan holda, Turizm qoʻmitasiga takroran Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

2 oydan koʻp boʻlmagan muddatda

4-bosqich

Turizm qoʻmitasi

Soʻrovnoma takroran taqdim etilganda, uni qayta koʻrib chiqish.

5 ish kunda

5-bosqich

Turizm qoʻmitasi

Tadbirkorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

10 ish kunda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qoraqalpogʻiston Respublikasida uch yulduzliga aylantiriladigan mavjud mehmonxonalar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

SOʻROVNOMA

I. Tadbirkor toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Yuridik shaxsning nomi toʻliq nomi

2. Yuridik shaxsning STIR

3. Yuridik shaxsning joylashgan yeri (pochta manzili)

4. Telefon raqami

5. Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa)

6. Bank rekvizitlari

II. Mehmonxona toʻgʻrisida maʼlumot:

7. Mehmonxona nomi

8. Mehmonxona joylashgan manzil

9. Koʻchmas mulkning kadastr raqami

10. Muvofiqlik sertifikati olingan sana va raqami

11. Mehmonxonadagi xonalarning soni

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2024-y., 09/24/287/0352-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)