“TASDIQLAYMAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Sogʻliqni saqlash
vazirining oʻrinbosari
B. U. Yoʻldoshev
Oʻzbekiston Respublikasi
Sogʻliqni saqlash
vazirining oʻrinbosari
B. U. Yoʻldoshev
“KELIShILGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Ichki ishlar
vazirining oʻrinbosari
Sh. M. Movlyanov
05.03.1999-y.
№ 4/6-108
Oʻzbekiston Respublikasi
Ichki ishlar
vazirining oʻrinbosari
Sh. M. Movlyanov
05.03.1999-y.
№ 4/6-108
DORIXONA MUASSASALARIDA GIYOHVAND VA ZAHARLI MODDALAR SAQLAGAN DORI VOSITALARINI SAQLASh, QOʻRIQLASh VA YoNGʻINDAN XABAR BERUVChI TEXNIKA VOSITALARI BILAN JIHOZLAShGA DOIR
namunaviy Talabnoma
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 2-aprelda 690-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur Namunaviy talabnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2017-yil 25-yanvardagi 78-sonli “Dorixona muassasalarida giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini saqlash, qoʻriqlash va yongʻindan xabar beruvchi texnika vositalari bilan jihozlashga doir namunaviy talabnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 690-1, 03.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 15-dekabr № 607–71-sonli “Xalq xoʻjaligida belgilangan muassasalar nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasining 1998-yil 25-avgustdagi 02–4–39-sonli topshirigʻiga binoan, giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini ishonchli saqlanishini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash muassasalarining dorixonalarida, hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Dori-Darmon” davlat-aksionerlik uyushma tizimidagi dorixonalari va dorixona omborxonalarida saqlash quyidagi talablar asosida olib borilishi zarur:
1. Giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini saqlash xonalari uchun mustahkam, mahkamlangan tashqi devor, shift va pol boʻlishi lozim. Devorlarning qalinligi gipsbetondan boʻlsa 80 mm, agar gʻishtli devor boʻlsa 120 mm va devorning ustidan temir panjara bilan qoplangan boʻlishi kerak. Imorat eski yoki devorlari yogʻochdan boʻlsa devorning ustidan qoplangan temir panjaralar kuchaytirilishi talab etiladi.
2. Giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini saqlanadigan xonaga kirish uchun ikkita mustahkam eshik oʻrnatilgan, birinchisini qalinligi 40 mm boʻlib, ustki va ichki tomonlari temir tunuka bilan qoplanadi, tunukaning choklari ichkariga qayrilgan boʻlishi lozim, ikkinchi eshik esa temir panjarali boʻlishi kerak. Eshik kesakilari qalinligi 5 mm boʻlgan 30x40 mm temir ugolnikli boʻlishi va devorga qalinligi 10—12 mm, uzunligi boʻlgan 120—150 mm temir armatura bilan mahkamlanishi kerak.
3. Giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalar saqlanadigan xona derazalarining ichki tomonidan temir panjara bilan qoplanishi, devorga qalinligi 15 mm, uzunligi 80 mm temir armatura bilan mahkamlanishi kerak. Panjaradagi temir armaturalarni kesishgan joyi bir-biriga payvandlangan va ularning orasidagi tuynuk 150x150 mm boʻlishi kerak.
4. Giyohvand va zaharli moddalarni saqlagan dori vositalar saqlanadigan xonalar birlamchi oʻt oʻchirish vositalari bilan (moddalarning fizik va kimyoviy xossalarini hisobga olgan holda ) jihozlangan va ikki yoki uch bosqichli qoʻriqlash vositalari bilan taʼminlanishi zarur hamda har bir qoʻriqlash vositalari alohida raqamli markaziy pultga ulanishi kerak.
I-chi qoʻriqlash bosqichiga –– eshik, deraza, issiqlik oʻtkazgichlar, yupqa devor ajratkichlar, havo almashtirish tuynuklari va boshqa tashqaridan kirish manbalari kiradi. Xabar berish vositalariga “SMK-1, -2,-3”, “Signal 37m”, “OTS-14, -32, -M”, “NUR-1,-2”, “Prima”, “Topol” datchiklarini oʻrnatish mumkin.
II chi qoʻriqlash toʻsiq bilan xonalarning ichki maydoni himoyalanadi.
Qoʻriqlash yongʻindan saqlash anjomlari sifatida ultratovush optik elektron, radio-toʻlqinli va boshqalar, yaʼni xona ichida harakatlanayotgan tartibbuzarlarni aniqlaydigan: Sado, Sezgir, MN-10, MNS, SRP-600, OSCAR, IR-86, DTXJ-413, FOTON moslamalari ishlatilishi talab etiladi.
III chi toʻsiq bilan giyohvand vositalar saqlanadigan seyflar, temir sandiqlar va qutilar himoyalanadi. Ularning himoyasi uchun “Baryer”, “RIF”, “SPEKTR” kabi vositalar qoʻllaniladi. Koʻp toʻsiqli qoʻriqlash vositalarining biron bir toʻsiqda elektr toki boʻlmaganda ham himoyani taʼminlaydigan “SIGNAL-37m” kabi vositalar qoʻllaniladi va alohida markaziy pultlardagi telefonga ulanadi.
Elektr toki boʻlmaganda ham himoyani taʼminlaydigan “SIGNAL––37m” batareyali qoʻriqlash vositalar, “Atlas––3” kabi xabargohlar bilan birga foydalanish maqsadga muvofiq emas.
Xonalarning xavfdan ogohlantirish vositalari ulanmagan yerlari, yertoʻla va boshqa xonalarga oʻtiladigan ichki eshiklar xabargoh tutqichlar bilan himoyalanadi. Bu xabargoh –– tutqichlar ikkinchi yoki uchinchi himoya toʻsiqlariga ulanadi.
Seyflar va temir sandiqlarni himoya blokirovka qilish uchun oddiy SMK datchiklarini ishlatish faqat hajmli yoki optik-elektron moslamalar bilan ruxsat etiladi.
Qoʻriqlanadigan binoda ikkita telefon liniyasi boʻlsa ikkinchi va uchinchi toʻsiqlar markazlashgan himoya pultining alohida yoʻnalishlariga ulanadi. Birinchi toʻsiq esa “Atlas-3”, “Atlas-6” apparatlari orqali ulanadi. Qoʻriqlanadigan binoda bitta telefon liniyasi boʻlsa, ikkinchi va uchinchi toʻsiqlar bir birlari bilan ketma-ket birlashtiriladi va markaziy qoʻriqlash pultiga ulanadi.
Birinchi toʻsiq esa “Atlas-3”, “Atlas-6” apparatlari orqali ulanadi. Telefon liniyalari yetarli boʻlmaganda, qoʻshni tashkilotlardagi, fuqarolar uylardagi yoki binoga yaqin joylashgan taksofonlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Omborxonalarda “kichik markazlashtirish” usulidan foydalanishga ruxsat beriladi. Bunda binolarning nazorat –– oʻtkazuv punktlarida kichik hajmi ( Rubin, Topaz, Anxor va Alanga ) konsetratorlari oʻrnatiladi va markaziy nazorat pultiga ulanadi.
Omborxona devorlari boʻylab Vektor-2, -3, Rubej-3 kabi xavfdan ogohlantiruvchi himoya vositalari oʻrnatilib binolarning nazorat oʻtkazuv punktlaridagi alohida nazorat apparatlariga yoki konsentratorlarga ulanadi.
Doimo ishchilar boʻladigan navbatchi dorixonalarda faqat giyohvand dori vositalari saqlanadigan xonalarga qoʻriqlash moslamalari oʻrnatiladi va oʻrnatilgan tartib asosida markazlashtirilgan qoʻriqlash pultiga ulanadi, bosqinchilik roʻy bergan holda oʻz vaqtida chora koʻrish uchun binoga tovush ogoh vositasi oʻrnatiladi.
5. Giyohvand va zaharli dori moddalar saqlagan dori vositalari saqlanayotgan omborlar, dorixona muassasalaridagi yongʻindan saqlash moslamalari SNiP ning 2.04.09 –– 84 “Bino va inshootlarni yongʻindan saqlash avtomatikasi” talablariga javob berishi hamda kun davomida uzluksiz ishlashini taʼminlashi kerak. Yongʻin xabarchilari IP-105 41, DiP-3, -5, -10 tipidagi alohida va mustaqil qabul qilish nazorat asboblarga biriktiriladi hamda markaziy pultga ulangan yorugʻlik va ovozli qoʻriqlash vositalariga ulanadi.
6. Giyohvand va zaharli moddalar saqlagan dori vositalarini qoʻriqlash –– yongʻindan xabar berish texnika vositalari bilan jihozlashga doir ishlar: qoʻriqlash, yongʻindan xabar berish vositalarini oʻrnatish loyihalarini tuzish, sozlash, jihozlash ishlarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi “Qoʻriqlash” birlashmasi va Yongʻindan saqlash boshqarmalaridan ushbu ishlarni amalga oshirishga ruxsat beruvchi litsenziyasini olgan montaj tashkilotlari kuchi bilan amalga oshiriladi.
7. Giyohvand va zaharli moddalar saqlash dori vositalarini saqlash xonalarini qoʻriqlash uchun qabul qilish quyidagi shart-sharoitlar yaratilganda amalga oshiriladi:
a) Texnik mustahkamligini namunaviy va oʻt oʻchirish vositalari talablari amalga oshirilganda: Ushbu namunaviy talabnomaning 1––4-bandlari;
b) Saqlash obyektlari markaziy qoʻriqlash pultiga yaqin joylanishi;
v) Saqlash obyektlarida bitta telefon tarmogʻi boʻlganda.
Agar, giyohvand va zaharli moddalari bor dori-darmonlar saqlanadigan dorixonalarni markazlashtirilgan qoʻriqlash pulti bilan qoʻriqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda –– dorixonada telefon tarmogʻi boʻlmaganda, yoki u markazlashtirilgan qoʻriqlash pultidan uzoqda joylashgan boʻlsa, ularni qoʻriqlash qoʻriqlashning boshqa turlari bilan amalga oshiriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan 1987-yil 9-aprelida kelishilgan va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 1987-yil 17-aprelida tasdiqlangan “Namunaviy talabnoma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.