28.02.2024 yildagi PQ-89-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hajmlarini kengaytirish orqali ustuvor yoʻnalishlarda, shu jumladan sanoat, xizmatlar va turizm, qishloq xoʻjaligida yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini tashkil etish va yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga besh yil muddatga 14 foiz stavkada 30 million AQSH dollari ekvivalentida kredit resurslarini ajratsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PF-263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/263/1239-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu mablagʻlar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-306-son va 2023-yil 15-noyabrdagi “Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-366-son qarorlarida belgilangan tartib va mexanizmlar asosida:
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida har bir mahallaning sanoat, xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish, turizm, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, zargarlik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash yoʻnalishlaridagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, kamida 10 ta loyihalarni amalga oshirish maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva va Urganch shaharlari, Hazorasp, Xiva, Shovot, Bogʻot va Urganch tumanlarida zamonaviy savdo markazlari va bozorlar hamda ularga tutash hududlarda ishlab chiqarish binolari (angar va sexlar)ni qurish, turistik va gastronomik koʻchalarni rivojlantirish maqsadida tadbirkorlarga uzoq muddatli kredit, ijara va lizingga berish uchun yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga mazkur qaror doirasida kichik va oʻrta biznes subyektlari loyihalarini amalga oshirishda tijorat banklari hamda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga resurslarni joylashtirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Xorazm viloyatidagi 531 ta mahallada amalga oshiriladigan loyihalar dasturini ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xorazm viloyatida joylashgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini sotish jarayonlarini jadallashtirish va tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida, shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotib olgan xaridor oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab uch oy ichida sotib olish toʻlovlarini toʻliq amalga oshirsa, sotib olish toʻlovlari summasidan 25 foiz miqdorida chegirma beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlari boʻyicha toʻlovlar, ularning miqdoridan qatʼi nazar, 5 yil ichida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlanadi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2024-y., 06/24/135/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilish boʻyicha respublika komissiyasi (J.A. Qoʻchqorov) Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan dasturlarni tasdiqlasin hamda har oy yakuni bilan ularning amalga oshirilishini muhokama qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga amalga oshirilayotgan ishlar samarasi va natijadorligi toʻgʻrisida axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-89-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 07/24/89/0163-son; 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 10.09.2024-y., 06/24/135/0696-son; 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son; 30.12.2025-y., 06/25/263/1239-son)