Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026 20.02.2024 yildagi 97-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi yerlari unumdorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 13-fevraldagi PQ-71-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, tuproq unumdorligini oshirish, mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-2025-yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish uchun subsidiya ajratish tajribasi oʻtkaziladigan tumanlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta maydonlarida tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2024-2025-yillarda tajriba tariqasida subsidiya ajratiladigan yerdan foydalanuvchilar roʻyxatini shakllantirishda quyidagi mezonlar inobatga olinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan foydalanuvchilarning tijorat banklari va soliqdan qarzdorligi mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan foydalanuvchilarni soliq xavfining oʻrta va yuqori darajasiga kiritilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlarini yerdan foydalanuvchilarga mulk huquqi asosida tegishligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha respublika komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-mayga qadar Jahon bankining “Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi grantlari hisobidan mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq 6 500 gektarda koʻrgazmali maydonlarni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazmali maydonlarda qishloq xoʻjaligi mutaxassislari hamda yerdan foydalanuvchilar uchun tuproqni organik moddalar bilan boyitishga qaratilgan samarali agrotexnika tadbirlaridan foydalanish boʻyicha koʻrgazmali oʻquv-seminarlari oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga 1-ilovaga muvofiq 13 ta tumanda tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini joyiga chiqqan holda doimiy monitoring qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda tuproqning gumus miqdorini oshirish uchun qoʻllaniladigan oʻgʻitlarga qoʻyilgan standart talablarini mineral oʻgit ishlab chiqaruvchi korxonalarga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlariga ajratiladigan subsidiyalar uchun yerdan foydalanuvchilarga undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlar ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 13 ta tumanda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-avgustga qadar har bir yerdan foydalanuvchilar uchun undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlar ochilishini hamda ushbu maxsus maqsadli hisobvaraqlardan 2025-yil 31-dekabrga qadar vaqtincha foydalanishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-oktabrga qadar tuproqning gumus miqdorini oshirish uchun qoʻllaniladigan oʻgʻitlarni markazlashgan holda bitta joyda toʻplashni va yerdan foydalanuvchilarga yetkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geoaxborot tizimida tuproqning haydov qatlamidagi gumus miqdori bir foizdan kam boʻlgan yer uchastkalarining konturlar kesimidagi elektron xaritasini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-2025-yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari oʻtkazilgan yer uchastkalari hisobini yuritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq 13 ta tumanning paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xarita”larni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2025-yil 15-dekabrga qadar 13 ta tumandagi yerdan foydalanuvchilarga paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish hamda paxta xomashyosini yetishtirish natijalarini tahlil qilib, mazkur tajribaning samaradorligi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya olish xohishini bildirgan yerdan foydalanuvchilarning roʻyxatini shakllantirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy asoslangan agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha talab etiladigan hujjatlar, ularni koʻrib chiqish hamda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlarini monitoring qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 20-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-fevraldagi 97-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-2025-yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish uchun subsidiya ajratish tajribasi oʻtkaziladigan tumanlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Tumanlar nomi

Asosiy ekin maydoni

(gektar)

Shundan, paxta maydoni

(gektar)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Ellikqalʼa

24 208

9 200

2.

Andijon viloyati

Ulugʻnor

20 727

8 124

3.

Buxoro viloyati

Vobkent

20 211

10 107

4.

Jizzax viloyati

Sharof Rashidov

29 923

10 000

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi

37 979

15 300

6.

Navoiy viloyati

Navbahor

23 720

6 600

7.

Namangan viloyati

Pop

36 729

9 915

8.

Samarqand viloyati

Narpay

21 115

10 762

9.

Surxondaryo viloyati

Jarqoʻrgʻon

19 423

7 140

10.

Sirdaryo viloyati

Sayxunobod

28 462

11 500

11.

Toshkent viloyati

Quyichirchiq

35 969

11 200

12.

Fargʻona viloyati

Beshariq

20 434

7 650

13.

Xorazm viloyati

Qoʻshkoʻpir

23 909

9 775

Jami:

342 809

127 273

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-fevraldagi 97-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta maydonlarida tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

mahalliy hokimliklar va tashkilotlar

vazirlik va idoralar

I. Paxta maydonlarida tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish

1.

Paxta maydonlari tuproqlarida sodir boʻladigan gumifikatsiya va degumifikatsiya jarayonlarini tahlil qilish. Bunda:

gumusi miqdori kam boʻlgan tuproqlarni aniqlash, xaritalarni yaratish va monitoring qilish;

tuproqlarda sodir boʻlayotgan gumifikatsiya va degumifikatsiya jarayonlarini tahlil qilish;

gumussizlanish jarayonini oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2024-yil iyun

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

2.

Paxta maydonlarida tuproqlarni organik moddalar (gumus) bilan boyitishga qaratilgan agrotexnika tadbirlaridan foydalanish boʻyicha qishloq xoʻjaligi mutaxassislari hamda yerdan foydalanuvchilarga oʻrgatish. Bunda:

gumus miqdori kam boʻlgan tuproqlar uchun alohida monitoring maydonlarni belgilash;

mazkur qarorga 1-ilovaga muvofiq 13 ta tumanning har birida tashkil etiladigan 500 gektarli koʻrgazmali paxta maydonlarida tuproqni organik modda (gumus) bilan boyitishga qaratilgan agrotexnika tadbirlaridan foydalanish boʻyicha seminarlarni tashkil etish.

2024-2025-yillarda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

3.

Unumdorligi past boʻlgan yer maydonlarida oraliq ekin sifatida siderat ekinlarni ekish. Bunda:

unumdorligi past boʻlgan yer maydonlarini aniqlash va tahlil qilish;

siderat ekinlarni turli muddatlarida ekish, yashil biomassa toʻplashini tahlil qilish;

yashil biomassa bilan tuproqqa tushayotgan organik va mineral oziqa moddalarini aniqlash.

2024-2025-yillarda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

4.

Ekin maydonlarida tuproqning agrokimyoviy tahlillari asosida mineral oʻgʻitlarni qoʻllash nisbatlarini (1:0,7:0,5) saqlab turish. Bunda:
_ tuproqning haydov qatlamidagi ozuqa elementlarini aniqlash;

tuproqni ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajasini ifodalovchi kartogrammalarni ishlab chiqish;

2024-yil aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

tuproqni ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajasiga qarab ekinlarning mineral oʻgʻitlarga boʻlgan talabini belgilash.

2024-yil may

5.

Agroklasterlar, yirik chorvachilik xoʻjaliklari, paxta va gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida qoramol goʻngi, kelib chiqishi oʻsimliklarga oid organik chiqindilar va fosforit asosida chorvachilik xoʻjaliklarida gumusga boy oʻgʻitlar tayyorlash va qoʻllash meʼyorlari, davomiyligi va sharoiti, shuningdek, qoʻllashning tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati boʻyicha seminarlarni tashkil etish.

2024-2025-yillarda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

6.

20 bosh va undan koʻp qoramoli boʻlgan chorvachilik xoʻjaliklarida shartnoma asosida qoramol goʻngi, oʻsimliklar qoldiqlari va fosforit asosida kompost tayyorlash yoʻli bilan gumusga boy oʻgʻitlar ishlab chiqarish choralarini koʻrish. Bunda:

hosil boʻladigan qoramol goʻngi hajmidan kelib chiqqan holda, har bir chorvachilik xoʻjaliklari hududida (eni 1,5 — 2 m, uzunligi 10 — 20 m chuqurligi 10 — 20 sm) xandaqlar qazish;

har 10 tonna qoramol goʻngiga 1 tonna miqdorda fosforit xomashyosini qoʻshib gumusga boy oʻgʻitlar tayyorlash;

qoramol goʻngiga fosforit xomashyosini aralashtirish va xandaqda kompost balandligi 1,5 — 2 metr boʻlgan kompost uyumini shakllantirish uchun chorvachilik xoʻjaliklarini zarur texnik vositalar bilan taʼminlash;

tayyorlangan kompostni 90 kun davomida gumusga boy oʻgʻitga aylantirish sharoitini yaratish uchun yetilgunga qadar har 30 kunda aralashtirib turish va namligini 65 — 75% atrofida boʻlishini taʼminlash;

tayyor oʻgitdan namuna olib kimyoviy tahlilga yuborish;

tayyor gumusga boy oʻgʻitni usti va atrofini yopiq holda saqlash;

13 ta tumanlarning gumusga boy oʻgʻitlarga boʻlgan talabidan kelib chiqib, oʻgʻitlarni yetkazib berish.

Doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

(B. Norqobilov)

7.

Shartnoma asosida qoʻngʻir koʻmir va fosforitlar asosida gumusga boy oddiy superfosfat oʻgʻitini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish hamda ushbu oʻgʻitlarni yerdan foydalanuvchilarga yetkazib berish yoʻlga qoʻyish.

2024-yildan boshlab

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov)

8.

Tuproq unumdorligi va hosildorligini oshirish, ekinlarning mineral oʻgitga boʻlgan talabini qisqartirish maqsadida 2024-2025-yillarda chorvachilik fermasi mavjud boʻlgan agroklaster va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlari maydonlarida 4 sotixli biogumus tayyorlash maydonchalarini tashkil qilish.

2024-yil iyun

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

9.

Gumusga boy oddiy superfosfat oʻgitini ishlab chiqarish va qoʻllash (muddati va meʼyorlari) boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻllanma ishlab chiqish:

gumusga boy oddiy superfosfat oʻgitini ekin maydonlarida qoʻllash uchun yetkazib berishdan oldin uning tarkibida zarur gumin kislotasi va oʻzlashtiriladigan fosfor elementi mavjudligi boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Fanlar akademiyasining xulosasini olish;

gumusga boy oddiy superfosfat oʻgiti qoʻllanilganligini aniqlash boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligining Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida tahlillar oʻtkazish.

2024-yil mart

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

10.

Chorvachilik xoʻjaliklari hududlarida qoramol goʻnglari, fosforitlar, kelib chiqishi oʻsimliklarga oid organik chiqindilar asosida kompost tayyorlash boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqish, bunda:

qoramol goʻngi, fosforit, oʻsimliklar qoldiqlari asosida kompost tayyorlash yoʻli bilan gumusli oʻgʻit tayyorlash uchun maxsus xandaqlar qazish;

xomashyolardan gumusga boy oʻgʻit olingunga qadar boʻlgan ishlarni bajarish uchun texnik vositalar bilan taʼminlash, masʼul ishchi va xodimlarni tayinlash;

fosforit xomashyosini va gumusga boy oʻgʻitni saqlash uchun ombor qurish;

gumusga boy oʻgʻitni tashishni nazarda tutish.

2024-yil may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

(B. Norqobilov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

11.

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan Buxoro, Samarqand, Toshkent va Namangan viloyatlarida quriladigan yirik parrandachilik komplekslarida Fanlar akademiyasi huzuridagi Umumiy va noorganik kimyo institutining ilmiy asoslangan takliflari asosida parranda chiqindisidan tezkor usulda gumusga boy organik oʻgʻit tayyorlash texnologiyasini amaliyotga joriy etish.

2024-2025-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

(B. Norqobilov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

12.

Tuproqni muhofaza qilishga qaratilgan yerdan foydalanish tizimini joriy qilish, bunda:
_ ekinlarni almashlab ekish;

siderat ekinlarni ekish (oraliq (siderat) ekin sifatida raps, perko, roj kabi ekinlarni kuzda ekib, erta bahorda shudgorlash orqali tuproqqa gektariga 10 — 20 tonna yashil biomassa kirishiga erishish. Takroriy ekinlardan erta muddatlarda boʻshagan maydonlarga siderat ekinlar ekilishini yoʻlga kuyish);

tuproqning ustki qatlamiga maydalangan torf, somon yoki yogʻoch qipigʻi kabi chiqindilarni sepish;

qishloq xoʻjaligi korxonalari orasida “No-Till” texnologiyasini — yerni haydamasdan (shudgorlamasdan) unga ekin ekishni ommalashtirish.

Doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

13.

Beda ekinini almashlab ekish tizimiga kiritish va shu asosda chorvachilik xoʻjaliklarida goʻng chiqarishni koʻpaytirish hisobiga tuproqdagi gumus miqdorini 0,2-0,3 foizga hamda paxta yoki gʻalla hosildorligini oʻrtacha 25 — 30 foizga oshirish.

Doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

14.

Fosforli oʻgʻitlarni organik oʻgʻit bilan birga qoʻllash hisobiga qoʻllanilayotgan fosforli oʻgʻitlarning samaradorlik koeffitsiyentini 20 — 25 foizga oshirish.

Doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(I. Abduraxmonov)

II. Paxta maydonlarida tuproqdagi gumus miqdori va unumdorligini oshirish boʻyicha maqsadli ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish

15.

Yaponiyaning “Fujimin” texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan suyuq biooʻgʻitni Oʻzbekiston sharoitida issiqxonalarda sinovdan oʻtkazish hamda ushbu oʻgʻitlarni har xil ekin turi va turli tuproqlarda qoʻllash meʼyorlarini ishlab chiqish boʻyicha maqsadli amaliy loyihani amalga oshirish.

2024 — 2027-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

(Sh. Bobomurodov)

16.

Global iqlim oʻzgarishi sharoitida tuproqda sodir boʻlayotgan degumifikatsiya jarayonlarini baholash, oldini olish boʻyicha ilmiy-amaliy yechimlarini ishlab chiqish boʻyicha maqsadli amaliy loyihani amalga oshirish.

2024 — 2027-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

(Sh. Bobomurodov)

17.

Shoʻrlangan tuproq sharoitida tabiiy resurslar asosida olingan guminli-organomineral oʻgitlarni qoʻllash agrotexnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha maqsadli innovatsion loyihani amalga oshirish.

2024 — 2026-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

(Sh. Bobomurodov)

18.

Yer eroziyasi jarayonida tuproqdagi organik moddalarni yuvilishini oldini olishga qaratilgan agrotexnologiyalarni ishlab chiqish.

2024 — 2026-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

(Sh. Bobomurodov)

19.

Toʻgʻridan-toʻgʻri oʻlchovlar hamda masofadan zondlash/sunʼiy intellekt va tuproq spektroskopiyasi usullarini bilan oʻzaro birlashtirish orqali tuproqdagi organik uglerodni baholash va bashorat qilish boʻyicha maqsadli amaliy loyihani amalga oshirish.

2024 — 2027-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

(Sh. Bobomurodov)

20.

Tuproqdagi gumus miqdorini boshqarish orqali uning unumdorligini oshirish uchun zoogumus va nanooʻgʻitlar qoʻllash texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha maqsadli amaliy loyihani amalga oshirish.

2024 — 2027-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

(Sh. Bobomurodov)

III. Degradatsiyaga uchragan yaylovlarida tuproqlarni himoya qilish tadbirlari

21.

Respublikadagi 677 ming gektar yaylov yerlarini degradatsiyadan chiqarish boʻyicha aniq mexanizmlarga asoslangan tadbirlarni amalga oshirish. Bunda:
_ degradatsiyaga uchragan yaylovlarning raqamli xaritalarini ishlab chiqish;

yaylovlarda chorva bosimini kamaytirish va ularni almashlab boqishning oqilona tizimini yoʻlga qoʻyish;

autsorsing qilingan ixtisoslashgan tashkilot orqali yaylovlarni boshqarishning sunʼiy yoʻldoshli integratsiyalashgan tizimini joriy etish (bu chorvalar oʻtlashining real vaqt rejimida monitoringini taʼminlaydi);

degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklash va mahsuldorligini oshirishning eng maqbul usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish;

hududlarda yaylov urugʻchiligi bazasini rivojlantirish;

yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan maqsadli foydalanish boʻyicha davlat nazorati va monitoringini olib borish.

2024-2025-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

(I. Ergashev),

“Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi

(E. Xaitov),

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

(N. Bakirov),

“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti

(R. Toʻrayev)

22.

Degradatsiyaga uchragan 677 ming gektar yaylovlarni tiklash hamda tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya qilinishini taʼminlash. Bunda:

choʻl-yaylov oziqabop oʻsimliklar urugʻchiligini tashkil etish;

oʻsimlik qoplami kamaygan yaylovlarda chorva mollarini almashlab boqish tizimini joriy qilish;

deltaplanlar va boshqa uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida urugʻlar sepish ishlarini amalga oshirish.

2024 — 2026-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi

(I. Ergashev),

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

(N. Bakirov),

“Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi

(E. Xaitov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-fevraldagi 97-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuproqdagi gumus miqdorini oshirish va shoʻrlanishni kamaytirish boʻyicha tajribalarni oʻtkazish uchun tashkil etiladigan koʻrgazmali maydonlarning hajmlari va yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Tashkil etiladigan jami koʻrgazmali maydonlar

(gektar)

Shundan, qoʻllaniladigan oʻgʻit turlari (gektar)

tarkibida gumin kislotasi mavjud boʻlgan qoʻngʻir koʻmir va fosforit asosida olinadigan gumusga boy oddiy superfosfat oʻgʻiti

qoramol goʻngi, fosforit va oʻsimliklar qoldiqlaridan tayyorlanadigan gumusga boy oʻgʻit

“Biosolvent” kompozitsiyasi

“Fujimin” texnologiyasi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

500

200

100

100

100

2.

Andijon viloyati

500

200

100

100

100

3.

Buxoro viloyati

500

200

100

100

100

4.

Jizzax viloyati

500

200

100

100

100

5.

Qashqadaryo viloyati

500

200

100

100

100

6.

Navoiy viloyati

500

200

100

100

100

7.

Namangan viloyati

500

200

100

100

100

8.

Samarqand viloyati

500

200

100

100

100

9.

Surxondaryo viloyati

500

200

100

100

100

10.

Sirdaryo viloyati

500

200

100

100

100

11.

Toshkent viloyati

500

200

100

100

100

12.

Fargʻona viloyati

500

200

100

100

100

13.

Xorazm viloyati

500

200

100

100

100

Jami:

6 500

2 600

1300

1 300

1 300

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-fevraldagi 97-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) hisobidan paxta xomashyosini yetishtiradigan yerdan foydalanuvchilarga, jumladan, agroklasterlarga (keyingi oʻrinlarda — yerdan foydalanuvchilar) har bir gektar maydonga bir million soʻm miqdorida subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Vaqtinchalik nizom 2026-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qarorga muvofiq 2024-2025-yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish tajribasi oʻtkaziladigan hududlar roʻyxatiga kiritilgan tumanlarda yerdan foydalanuvchilarga subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya miqdori paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari amalga oshirilgan paxta maydonlariga nisbatan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish tartibi ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratiladigan yerdan foydalanuvchilarning roʻyxatini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yerdan foydalanuvchilar paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnik tadbirlar uchun subsidiya ajratiladigan yerdan foydalanuvchilarning roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — yerdan foydalanuvchilar roʻyxati) kirish va subsidiya olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tegishli hududiy boʻlinmasiga (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) “Agrosubsidiya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Agrosubsidiya” AT) orqali 2024-yil 1-iyulga qadar 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerdan foydalanuvchilardan ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishchi organ yerdan foydalanuvchilarning arizasiga asosan 2024-yil 10-iyulga qadar (ariza tushgan kundan 10 kun muddat ichida) yerdan foydalanuvchilarning nomi, manzili, paxta maydoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi hamda yerdan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritish va subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani “Agrosubsidiya” AT orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2024-yil 20-iyulga qadar yerdan foydalanuvchilar roʻyxatini “Agrosubsidiya” AT orqali elektron imzo bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yerdan foydalanuvchilar roʻyxati quyidagi mezonlarga asosan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan foydalanuvchilarning yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan foydalanuvchilarning ekin maydoni 2024-2025-yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish tajribasi oʻtkaziladigan hududlar roʻyxatiga kiritilgan tumanda joylashganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan yer ijara shartnomasining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerdan foydalanuvchilarning mazkur bandda belgilangan mezonlarning kamida bittasiga muvofiq kelmasligi yerdan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritishni rad etish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerdan foydalanuvchilarni ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslarga koʻra yerdan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishchi organ 2024-yil 1-avgustga qadar “Agrosubsidiya” AT orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan foydalanuvchilarni yerdan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritilganligi yoki roʻyxatga kiritish rad etilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tasdiqlangan yerdan foydalanuvchilar roʻyxatini Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Paxtachilik kengashi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerdan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritish rad etilganda, yerdan foydalanuvchilar yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha yerdan foydalanuvchilar roʻyxatini toʻgʻri shakllantirilishi hamda tegishli maʼlumotlarning haqqoniyligi yuzasidan javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga hamda ishchi organga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan agrotexnika tadbirlari rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti yerdan foydalanuvchilar roʻyxatini olgandan soʻng, uch ish kuni ichida paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan agrotexnika tadbirlari rejasini (keyingi oʻrinlarda — agrotexnika tadbirlari rejasi) ishlab chiqish uchun yerdan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritilgan yerdan foydalanuvchilarning paxta maydonlari tuprogʻining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasiga asosan tuproq holati haqidagi xulosani tayyorlaydi hamda xulosani “Agrosubsidiya” AT orqali yerdan foydalanuvchiga va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerdan foydalanuvchilarning paxta maydonlaridagi tuproq holati haqidagi xulosada tuproqning ball boniteti, shoʻrlanish darajasi, fosfor, kaliy va gumus miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Paxtachilik kengashi bilan birgalikda joyiga chiqqan holda oʻrganish natijalari va tuproq holati haqidagi xulosaga asosan agrotexnika tadbirlari rejasini ishlab chiqadi. Agrotexnika tadbirlari rejasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni shudgor qilish va tekislash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq eroziyasiga qarshi kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumus miqdorini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral va organik oʻgʻitlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoʻrlangan yerlarda melioratsiya ishlarini amalga oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Paxtachilik kengashi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos gʻoʻza navlarini tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy asoslangan agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
almashlab (navbatlab) ekish, oraliq va siderat ekinlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish, stimulyatorlar va boshqa mikroelementlarni qoʻllash boʻyicha agrotexnika tadbirlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agrotexnika tadbirlari rejasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, Paxtachilik kengashi hamda yerdan foydalanuvchilar tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tasdiqlangan agrotexnika tadbirlari rejasini 2024-yil 15-avgustga qadar “Agrosubsidiya” AT orqali Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Subsidiya ajratish boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi taqdim etilgan arizaga asosan quyidagi maʼlumotlarni mustaqil ravishda “Agrosubsidiya” AT orqali oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan foydalanuvchilarning yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan foydalanuvchilarning yer uchastkasiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta maydonlaridagi tuproq holati haqida xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan agrotexnika tadbirlari rejasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2024-yil 10-sentabrga qadar yerdan foydalanuvchilar roʻyxatini va taqdim etilgan hujjatlarni umumlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yerdan foydalanuvchilarga subsidiyalar ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi yerdan foydalanuvchilar roʻyxatiga muvofiq Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyaning dastlabki 70 foizini 2024-yil 20-sentabrga qadar quyidagi taqsimotga koʻra tashkilotlarning hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 foizini — yerdan foydalanuvchilarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 foizini — Paxtachilik kengashiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 foizini — Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 foizini — “Agrosanoatni rivojlantirish markazi” MCHJga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yerdan foydalanuvchilar uchun undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlar ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Paxtachilik kengashi 2025-yil 25-noyabrga qadar yerdan foydalanuvchilarning 2025-yildagi paxta hosildorligini avvalgi yil bilan taqqoslagan holda maʼlumot tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Paxtachilik kengashining maʼlumotiga asosan paxta hosildorligi avvalgi yilga nisbatan 10 foiz yoki undan koʻp miqdorda oshganda, 2025-yil 20-dekabrga qadar subsidiyaning qolgan 30 foizini yerdan foydalanuvchilarning hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan agrotexnika tadbirlarini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamda Paxtachilik kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan foydalanuvchilar tomonidan har bir agrotexnika tadbiri va boshqa vazifalarning agrotexnika tadbirlari rejasida belgilangan muddatda va sifatli amalga oshirilganligini monitoring qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijalari boʻyicha maʼlumotlarni, paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni tayyorlaydi hamda tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yerdan foydalanuvchilarga va ishchi organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash boʻyicha texnik ishchi guruh 2026-yil 1-yanvarga qadar paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratishning samaradorlik koʻrsatkichini baholaydi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiyani ajratish natijasida yerdan foydalanuvchilarning paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlik koʻrsatkichi 10 foiz yoki undan koʻp miqdorda oshganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “ijobiy”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerdan foydalanuvchi subsidiyadan foydalanmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyadan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda yoxud paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlik koʻrsatkichlari pasayganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Yerdan foydalanuvchilarning roʻyxatini shakllantirish

1-bosqich

Yerdan foydalanuvchilar

Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya olish maqsadida Qishloq xoʻjaligi vazirligining tegishli hududiy boʻlinmalariga (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) murojaat qiladi.

2024-yil 1-iyulga qadar

2-bosqich

Ishchi organ

1. Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi murojaatlarni oʻrganib chiqadi.

2. Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish mumkin boʻlgan yerdan foydalanuvchilar roʻyxatini shakllantiradi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga tasdiqlash uchun yuboradi.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan yerdan foydalanuvchilar roʻyxatini Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamda Paxtachilik kengashiga yuboradi.

2024-yil 20-iyulga qadar

II. Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan agrotexnika tadbirlari rejasini ishlab chiqish

1-bosqich

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti

Maʼlumotlar bazasiga asosan yerdan foydalanuvchilarning paxta maydonlaridagi tuproq holati haqidagi xulosani tayyorlaydi hamda uni yerdan foydalanuvchilarga va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.

Yerdan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritilgandan soʻng 3 ish kuni ichida

2-bosqich

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamda Paxtachilik kengashi

1. Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan agrotexnika tadbirlari rejasini ishlab chiqadi.

2. Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan agrotexnika tadbirlari rejasini tasdiqlaydi va tasdiqlangan agrotexnika tadbirlari rejasini Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yuboradi.

2024-yil 15-avgustga qadar

III. Subsidiya ajratish

1-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Yerdan foydalanuvchilar roʻyxati va taqdim etilgan hujjatlarni umumlashtiradi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga va Paxtachilik kengashiga yuboradi.

2024-yil 10-sentabrga qadar

2-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Ishchi organ tomonidan taqdim etilgan yerdan foydalanuvchilar roʻyxatiga muvofiq subsidiyaning 70 foizini belgilangan miqdorlarda yerdan foydalanuvchilar, Paxtachilik kengashi, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamda “Agrosanoatni rivojlantirish markazi” MCHJ hisobvaraqlariga oʻtkazadi.

2024-yil 20-sentabrga qadar

3-bosqich

Paxtachilik kengashi

Yerdan foydalanuvchilarning 2025-yildagi paxta hosildorligini avvalgi yil bilan taqqoslagan holda xulosa tayyorlaydi va subsidiyaning qolgan qismini ajratish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.

2025-yil 25-noyabrga qadar

4-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Paxtachilik kengashining maʼlumotiga asosan paxta hosildorligi avvalgi yilga nisbatan 10 foiz yoki undan koʻp miqdorda oshganda, subsidiyaning qolgan 30 foizini yerdan foydalanuvchilarning hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

2025-yil 20-dekabrga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi

Qishloq xoʻjaligi vazirligiga

_____________________________

tomonidan

Ariza

_________________ tumani hududida faoliyat koʻrsatayotgan “______________” fermer xoʻjaligi (MCHJ) tomonidan 20___ yil jami ___ gektar, jumladan, ____ - konturdagi ___ gektar, ___ - konturdagi ___ gektar, ____- konturdagi ___ gektar paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish maqsadida

______________________________________________________________________________

(agrotexnika tadbiri nomi)

bajarish uchun Davlat budjetidan subsidiya ajratilishini soʻrayman.

____Subsidiya mablagʻlari hisobidan tuproqdagi gumus miqdorini oshirish, degradatsiyaga qarshi kurashish, oraliq va siderat ekinlarni ekish, organik oʻgʻitlardan foydalanish, shoʻrlangan yerlarda melioratsiya ishlarini amalga oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish orqali ikki yil davomida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirishga kafolat beraman.

Tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki rekvizitlari ____________________________________

______________________________________________________________________________

Sana: 2024-yil “____” ______________

“____________________” fermer xoʻjaligi (MCHJ) rahbari

_____________

____________________

(imzo)

(F.I.O.)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2024-y., 09/24/97/0141-son)