28.12.2023 yildagi 3870-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 28.12.2023 yildagi 3870-IV-son
Кучга кириш санаси
28.12.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati davlat korxonasini davlat muassasasi sifatida qayta tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati davlat korxonasini davlat muassasasi sifatida qayta tashkil etish hamda uning faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi “Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 139-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati” davlat korxonasi tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan holda “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati” davlat muassasasi sifatida qayta tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati” davlat muassasasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati” davlat muassasasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati” davlat muassasasining tahrir hayʼati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 — 3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati” davlat muassasasi (bundan buyon matnda Tahririyat deb yuritiladi) xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahririyat xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mehnatga haq toʻlash fondining 25 foizi miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tahririyatni tashkil etish uchun shakllantirilgan 21 mln. soʻm miqdoridagi ustav fondi Tahririyat balansida qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tahririyat bosh muharriri (Oʻ. Rahmatov) Tahririyatning belgilangan tartibda qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Tahririyatni Toshkent shahri, Mirobod tumani Matbuotchilar koʻchasi, 32-uyga (ushbu manzildagi rekonstruksiya ishlari yakunlangunga qadar vaqtincha Chilonzor tumani I. Karimov koʻchasi, 55-uyga) tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish yuzasidan zarur choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Tahririyatning hududlardagi mintaqaviy muxbirlik punktlarini tegishincha Nukus shahri va viloyatlar markazlaridagi zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan binolardan tekin foydalanish huquqi asosida xona (bino) bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tahririyat balansidagi moddiy va maʼnan eskirgan 22 ta yengil xizmat avtotransport vositasini qonunchilikda belgilangan tartibda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali sotishga hamda yangi yengil xizmat avtotransport vositalarini sotib olishga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 27-fevraldagi “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati” davlat korxonasi faoliyatini tashkil etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 150-IV/KQ-17-IV-sonli Qoʻshma qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 2, 194-modda) 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tahririyat xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar uchun zarur mablagʻlarni 2024-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan ajratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2023-yil 28-dekabr,

3870-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA

KQ-649-IV-son