O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Iste’mol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Aholining xarid qobiliyatini mustahkamlash, asosiy turdagi oziq-ovqat va iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash hamda inflyatsiya darajasini jilovlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoniga asosan 1-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvarga qadar kimyoviy tarkibi o‘zgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalarini (TIFTN kodi 1512) O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-269-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
3. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev):
2024-yil 1-fevralga qadar ichki bozorda shakar narxi keskin o‘zgarishining oldini olish va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar yuzasidan;
2024-yil 1-oktabrga qadar mazkur Farmonda nazarda tutilgan imtiyozlarning samaradorligini ichki bozorda narxlar va ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlash nuqtai nazaridan baholash natijalariga ko‘ra imtiyozlar qo‘llashni davom ettirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-dekabr,
PF-217-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-dekabrdagi PF-217-son Farmoniga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-145-son Farmoni 1 va 4-bandlarining birinchi xatboshisidagi hamda 1-ilovaning nomlanishidagi “2024-yil 1-yanvarga qadar” so‘zlari “2025-yil 1-yanvarga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-41-son Farmonining 1-bandidagi va 1-ilovaning nomlanishidagi “2024-yil 1-yanvarga qadar” so‘zlari “2025-yil 1-yanvarga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2023-y., 06/23/217/0983-son; 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son; 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son)