Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 06.07.1994 yildagi 346-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

XORIJIY YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARGA TOSHKENT SHAHRIDA YER UCHASTKALARINI IJARAGA BERISH TO‘FRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik va ularga tenglashtirilgan chet el vakolatxonalariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga Toshkent shahrida yer uchastkalarini ijaraga berishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga Toshkent shahrida yer uchastkalarini ijaraga berishning Vaqtinchalik tartibi tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara to‘lovining bozor stavkalarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha kimoshdi savdolari va tanlovlar o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda o‘tkazilgan kimoshdi savdolari, tanlovlarning natijalarini hisobga olgan holda mazkur Tartibni tasdiqlash uchun 1994-yil 1-sentabrgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Kapital qurilish, transport va aloqa bo‘limiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346-son

Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-iyuldagi 346-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga Toshkent shahrida yer uchastkalarini ijaraga berishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Vaqtinchalik tartib “Ijara to‘g‘risida”, “Yer to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda diplomatik va ularga tenglashtirilgan chet el vakolatxonalariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, qo‘shma korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga yer uchastkalarini ijaraga berish masalalarini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yer uchastkalari deganda yerning imoratlar joylashgan va qurilish uchun ajratiladigan uchastkalari tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar ijaraga oluvchilar bo‘lishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy yuridik shaxslar, shu jumladan, diplomatik va ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerda alohida turgan imoratlari bo‘lgan yoki qurilish uchun ijaraga yer olishni xohlovchi chel el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, ularning shu’ba korxonalari va filiallari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yer uchastkalari cheklanmagan muddatga ijaraga beriladi. Ijaraning aniq muddatlari shartnoma bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yer uchastkasini ijaraga olishni xohlovchi xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar Toshkent shahar hokimligiga buyurtmanoma bilan murojaat qiladilar, diplomatik va ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalar esa qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining iltimosnomasini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini ijaraga olishning maqsadi va muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mo‘ljallanayotgan qurilishning turi, hajmi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining talab etiladigan maydoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimligi ijaraga yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi buyurtmanomani bir oy muddatda ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijara to‘lovining vaqtinchalik stavkalari ilova qilinayotgan jadvalga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarining ijara haqini belgilangan stavkalarga muvofiq erkin almashtiriladigan valyutada to‘laydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar to‘lovni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ularning xo‘jalik faoliyati erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladigan hamda valyuta tushumi mavjud bo‘lsa—erkin almashtiriladigan valyutada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar operatsiyalar mutlaqo mahalliy valyutada amalga oshirilsa va valyuta tushumi mavjud bo‘lmasa — Markaziy bankning ijara haqi to‘lanayotgan vaqtdagi kursi bo‘yicha ijara to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ularning xo‘jalik faoliyati ham erkin almashtiriladigan valyutada, ham O‘zbekiston Respublikasi valyutasida amalga oshirilsa—tegishli nisbatan erkin almashtiriladigan valyutada va O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Beriladigan yer uchastkasi bo‘yicha ijara shartnomasi Toshkent shahar hokimligining shu ishga vakolat berilgan vakili hamda ijaraga oluvchining vakili imzolagandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadval

Shahar yerlarini kompleks iqtisodiy baholash asosida belgilangan Toshkent shahrining hududiy-iqtisodiy baholash zonalari bo‘yicha xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga, diplomatik va ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalarga beriladigan yer maydonlari uchun har yilgi eng kam ijara to‘lovlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK STAVKALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎Hududiy ‎zonalar Bir kv. metr yer uchun ijara to‘lovlarining
‎AQSH dollaridagi stavkalari‎‎‎
‎xorijiy yuridik va
‎jismoniy shaxslar‎
diplomatik va ularga
‎teglashtirilgan xorijiy
‎vakolatxonalar‎
1‎ 2,50‎ 0,50‎
2‎ 2,75‎ 0,75‎
3‎ 4,25‎ 1,25‎
4‎ 6,25‎ 1,75‎
5‎ 7,50‎ 2,25‎
6‎ 7,75‎ 2,50‎
7‎ 12,25‎ 3,75‎
8‎ 14,50‎ 4,50‎
9‎ 16,50‎ 5,00‎
10‎ 18,75‎ 5,75‎
11‎ 20,50‎ 6,25‎
12‎ 22,50‎ 6,75‎
13‎ 24,50‎ 7,50‎
14‎ 26,25‎ 8,00‎