27.11.2023 yildagi 627-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotnoma hamda davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 25-martdagi PQ-102-son qaroriga muvofiq davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartiraga (uyning bir qismiga) mulk huquqini eʼtirof etish vakolati mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga oʻtkazilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib joriy etilsinki, unga koʻra 2024-yil 1-iyuldan boshlab xususiylashtirilgan uy-joylarga oid davlat orderlari va maʼlumotnomalar tuman (shahar) hokimliklari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” DUK) tomonidan beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzarxiv” agentligi bilan birgalikda 2024-yil 1-iyulga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalarida xususiylashtirilgan uy-joylarga oid davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish boʻyicha shakllangan hujjatlar bazasini (arxivini) tegishli tuman (shahar) hokimliklariga topshirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” DUKni Toshkent shahar hokimligi tasarrufiga oʻtkazsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

tuman (shahar) hokimliklarining xususiylashtirilgan uy-joylarga davlat orderlari va ular boʻyicha maʼlumotnomalar berish ishlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish yuzasidan zarur choralar koʻrsin;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-iyulga qadar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan xususiylashtirilgan uy-joylarga oid davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish boʻyicha shakllantirilgan hujjatlar bazasi (arxivi) raqamlashtirilishini hamda tegishli idoralararo elektron tizimlar bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin. Bunda hujjatlar bazasini (arxivini) raqamlashtirish va boshqa binoga koʻchirish xarajatlari tuman (shahar) mahalliy budjetlari daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2024-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

davlat xizmatini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali koʻrsatish tartibi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati yigʻim undirilmasdan koʻrsatilishini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tuman (shahar) hokimlarining tegishli oʻrinbosarlari va xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentlarni amalda qoʻllashga yoʻnaltirilgan oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkoniyati yaratilishini;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlariga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatish davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ularning faoliyati doirasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha, jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazorat oʻrnatsin;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari talablari buzilgan hollarda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolar qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

bir oy muddatda Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti loyihasini;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-yanvarga qadar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan xususiylashtirilgan uy-joylarga oid davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish tartibiga rioya etilishini tahlil qilgan holda qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
627-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 627-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. Ushbu Reglament nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Reglament davlat uy-joy fondiga qarashli uydagi kvartirani (uyning bir qismini) xususiylashtirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish yuzasidan ariza beruvchi nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmanoma — davlat mulki obyektini sotish uchun mazkur Reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq tegishli buyurtmanoma shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

davlat mulki obyekti — davlat koʻchmas mulk obyektlari, xoʻjalik jamiyatlari ustav fondidagi (kapitalidagi) davlatga tegishli boʻlgan ulushlar (aksiyalar);

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarnoma — vakolatli organ mansabdor shaxslari tomonidan QR-kod (matrik-shtrixli kod) bilan tasdiqlangan xabarnoma shakli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat mulki obyektini xususiylashtirish yuzasidan ariza beruvchi davlat mulki obyektini sotish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali buyurtmanoma berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

5. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllagan holda, faqat idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish orqali amalga oshiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi oʻzining yashash yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyidan (yuridik shaxslar joylashgan manzilidan) qatʼi nazar, istalgan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP orqali buyurtmanoma berishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

7. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa-mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakldagi tegishli buyurtmanomani elektron tarzda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda buyurtmanomalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

yuridik shaxs nomidan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda rahbar yoki uning vakili tomonidan;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs nomidan ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda ariza beruvchining oʻzi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda buyurtmanoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng real vaqt rejimida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, buyurtmanoma avtomatik tarzda vakolatli organga kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyurtmanoma ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

11. Vakolatli organ tomonidan buyurtmanomada xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish uchun tegishli izohlar bilan Davlat xizmatlari markaziga (YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga) qaytaradi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi tomonidan xato va kamchiliklar bartaraf etilmagan yoki buyurtmanoma takroran xato va kamchiliklar bilan yuborilgan taqdirda, vakolatli organ buyurtmanomani koʻrib chiqishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomani qabul qilishni boshqa sabablarga koʻra rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

13. Vakolatli organ tomonidan buyurtmanomada xato va kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, 5 ish kuni ichida ushbu Reglamentga 4-ilovada muvofiq shaklda xabarnomani Davlat xizmatlari markaziga (YIDXP orqali murojaat qilinganda — ariza beruvchiga) yuboradi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun yigim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari hamda davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali, doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

17. Ariza beruvchi buyurtmanoma berish asossiz rad etilganda, shuningdek, vakolatli organ xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat mulki obyektini xususiylashtirishga buyurtmanoma berish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Buyurtmanomani toʻldiradi va tasdiqlaydi.

Real vaqt rejimida

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

2. YIDXP orqali murojaat etganda buyurtmanomani belgilangan elektron shaklda toʻldiradi va tasdiqlaydi.

3-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Tasdiqlangan buyurtmanomani vakolatli organga (Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalariga) yuboradi.

1. Buyurtmanoma toʻldirilgandan keyin 30 daqiqada

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

2. YIDXP orqali murojaat etganda buyurtmanomani avtomatik tarzda yuboradi.

2. Real vaqt rejimida

4-bosqich

Vakolatli organ

(Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari)

1. Kelib tushgan buyurtmanomalarni koʻrib chiqadi.

2. Kelib tushgan buyurtmanomalarda xato va kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni izohlagan holda qaytaradi.

3. Xato va kamchiliklar mavjud boʻlmagan taqdirda, buyurtmanoma qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.

5 ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat mulki obyektini sotish uchun

BUYURTMANOMA

______________________________________________________________________ manzilida joylashgan

(manzil)

_____________________________________________________________________________________ ning

(davlat koʻchmas mulk obyekti yoki davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatining nomi)

davlat mulki obyektini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.

_________________________________________________________________________________________

(davlat koʻchmas mulki obyekti boʻyicha balansda saqlovchi)

(ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar)

(nodavlat yuridik shaxsning nomi)

_________________________________________________________________________________________

(manzili, telefon raqami)

(roʻyxatdan oʻtkazish raqami va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana)

_________________________________________________________________________________________

(tashkiliy-huquqiy shakli)

_________________________________________________________________________________________

(ustav fondidagi davlat ulushi, foizlarda)

Buyurtmanomani imzolashga vakil qilingan shaxs:

_________________________________________________________________________________________

(F.I.O., lavozimi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Hujjatni toʻldirishda tuzatish va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki obyektini sotish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYURTMANOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_____________________________________________________________________________________ ning

(davlat koʻchmas mulk obyekti yoki davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatining nomi)

davlat mulki obyektini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishingizni soʻrayman.

______________________________________________________________________ manzilida joylashgan

(manzil)

_________________________________________________________________________________________

(davlat koʻchmas mulki obyekti boʻyicha balansda saqlovchi)

_________________________________________________________________________________________

(ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar)

_________________________________________________________________________________________

(jismoniy shaxsning F.I.O.)

_________________________________________________________________________________________

(manzili, telefon raqami)

_________________________________________________________________________________________

(pasport seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Hujjatni toʻldirishda tuzatish va oʻchirib yozishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

4-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan blank

___________________________________

(nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs)

Davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish yuzasidan

XABARNOMA

Sizning __________________________________________________________________ manzilida

(davlat mulki obyekti joylashgan manzili)

joylashgan ___________________________________________________________________ davlat mulki

(davlat mulki obyekti nomi)

obyektini xususiylashtirish uchun yuborgan buyurtmanomangiz qabul qilindi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq mazkur davlat mulki obyektini xususiylashtirish yuzasidan davlat koʻchmas mulki boʻyicha uning balansda saqlovchisiga, davlatga tegishli ulush (aksiya)lar boʻyicha ishtirokchi (aksiyador) funksiyasini bajaruvchi tegishli davlat organiga soʻrov yuborildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq uch oydan ortiq foydalanilmasdan boʻsh turgan obyekt balansda saqlovchining roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqarilishi mumkin.

Soʻrov natijasiga muvofiq Sizga 30 kun muddatda qoʻshimcha ravishda xabarnoma taqdim etiladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi mansabdor shaxsi lavozimi

QR-kod

(matrik-shtrixli kod)

F.I.O.

Ijrochi: F.I.O.

Telefon: ________________

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 09/23/627/0908-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)