Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2024 17.10.2023 yildagi 547-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli ““Temir daftar” orqali ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va kasb-hunarga ega bo‘lmagan, huquqiy va ma’naviy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoji bo‘lgan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarga davlat tomonidan manzilli ko‘maklashish bo‘yicha mutlaqo yangicha tizim joriy qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, “Temir daftar”ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarning muammolarini tizimli ravishda tezkor hal etish bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni belgilash zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar”ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tezkor va soddalashtirilgan tartibda hal etish hamda ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sessiyalari oralig‘idagi davrda “Temir daftar”ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarga kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda zudlik bilan yordam ko‘rsatish zarurati yuzaga kelganda, bir martalik moddiy yordamni fuqarolar yig‘inlari tomonidan sektorlar rahbarlari bilan kelishgan holda taqdim etilgan xulosaga asosan bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda tuman (shahar) hokimlariga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini tasarruf etish vakolatini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 17-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
547-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-oktabrdagi 547-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan “Temir daftar”ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vaqtinchalik tartibning 15-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) fuqarolar yig‘inlari tomonidan sektorlar rahbarlari bilan kelishgan holda, oilalarning ehtiyojmandlik darajasidan kelib chiqib, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, jumladan, og‘ir ahvoldagi kasallarni davolash, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish, zarur dori-darmonlarni xarid qilish, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatida uy-joyidan ayrilib qolgan oilalarga yashash uchun zarur boshpana qilib berish, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarning farzandlariga maktabga borishiga zarur kiyim-bosh sotib olish uchun zudlik bilan yordam ko‘rsatish lozimligi to‘g‘risida xulosaga kelingan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga (har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami ko‘rsatilgan holda) bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari ko‘rsatilgan ro‘yxat tuman (shahar) hokimligiga taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sessiyalari oralig‘idagi davrda fuqarolar yig‘inlari tomonidan sektorlar rahbarlari bilan kelishgan holda taqdim etilgan ro‘yxatga muvofiq mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam ko‘rsatish lozimligi to‘g‘risidagi xulosaga asosan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan beriladi. Hokimlarning mazkur qarorlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining navbatdagi sessiyasida tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b1” kichik band “har oyning 5 sanasiga qadar” so‘zlaridan keyin “, mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam ko‘rsatish lozimligi to‘g‘risidagi hokim qarori qabul qilinganidan keyin bir ish kunida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik band “har oyning 5 — 27-kunlarida” so‘zlaridan keyin “, mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda zudlik bilan yordam ko‘rsatish lozimligi to‘g‘risidagi hokim qarori qabul qilinganidan keyin bir ish kunida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi 213-F-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) miqyosida — xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda — tuman (shahar) hokimlari tomonidan amalga oshiriladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2023-y., 09/23/547/0792-son)