14.08.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3451
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrug‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 14-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3451]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 123-moddasiga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir B. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-2023/B-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 7-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 9-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. BURXANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 26-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 26-iyundagi 52-2023/B-son buyrug‘iga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Namunaviy nizom mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Namunaviy nizom talablari ishga qabul qilish uchun tanlov o‘tkazish tartibi alohida qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Namunaviy nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzod — tashkilotdagi bo‘sh (vakant) bo‘lgan muayyan ish o‘rnini (lavozimni) egallash uchun tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka talablari — nomzodlarga nisbatan ish beruvchi tomonidan belgilanadigan, ish tajribasiga va kasbiy kompetensiyasiga doir talablar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishga qabul qilish bo‘yicha tanlovni o‘tkazish vaqtida nomzodlarga jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, qarindoshlarida sudlanganlikning mavjudligi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek ularning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek imtiyozlar berish kamsitish deb hisoblanadi va bunga yo‘l qo‘yilmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2024-yil 24-dekabrdagi 17-2024/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3451-1, 17.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 10/25/3451-1/0048-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ishga qabul qilish chog‘ida tanlovni tashkil etish va o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ish beruvchi tanlovni tashkilotdagi bo‘sh (vakant) ish o‘rni uchun munosib nomzodlarni tanlash maqsadida tashkil etadi va o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishga qabul qilish chog‘ida tanlovning o‘z vaqtida va sifatli tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlash uchun tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan doimiy faoliyat yuritadigan tanlov komissiyasi (bundan buyon matnda Tanlov komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishga qabul qilish chog‘ida tanlov tashkilot tizimida mavjud bo‘sh (vakant) ish o‘rinlaridan kelib chiqqan holda yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tanlov komissiyasi tarkibi tashkilotning xodimlari orasidan kamida besh kishidan iborat va toq sonli tarkibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari Tanlov komissiyasi raisi hamda tashkilotning inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmasi rahbari yoki bunga mas’ul xodimi Tanlov komissiyasi kotibi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov komissiyasi tarkibiga kelishuv asosida tegishli sohaning malakali mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari, oliy ta’lim tashkilotlari yoki davlat organi va tashkiloti huzuridagi jamoatchilik kengashlarining vakillari ham kiritilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2024-yil 24-dekabrdagi 17-2024/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3451-1, 17.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 10/25/3451-1/0048-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tanlov komissiyasi uning a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Tanlov komissiyasining qarori oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan ovozlar soni teng bo‘lib qolgan taqdirda, Tanlov komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tanlov komissiyasi tarkibiga nomzodning yaqin qarindoshi yoki tanlovning natijasidan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lgan yoxud tanlovning xolis o‘tkazilishiga ta’sir ko‘rsatadigan shaxslar kiritilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tanlov komissiyasi quyidagi huquqlarga ega hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov o‘tkazish vaqtini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning sifatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida komissiya tarkibiga professional va malakali mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali kadrlarning tanlab olinishini ta’minlash maqsadida tanlov tadbirlari o‘tkazilish jarayonini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlov komissiyasi quyidagilarga majbur hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning hujjatlarini qabul qilish va ularni o‘rganib chiqish;

nomzodning shaxsga doir ma’lumotlarini uning roziligisiz oshkor qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovni o‘tkazish vaqtida nomzodlarga beriladigan savollarni sifatli va bo‘sh (vakant) ish o‘rni uchun belgilangan malaka talablariga muvofiq ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlov quyidagi bosqichlardan iborat hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning hujjatlarini qabul qilish va ularni o‘rganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodni test, suhbat va (yoki) amaliy mashg‘ulot sinovlaridan o‘tkazish (bundan buyon matnda tanlov tadbirlari deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov natijalarini e’lon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlov komissiyasi kotibi tomonidan tanlov tadbirlari o‘tkazilishidan kamida bir oy oldin tashkilotning rasmiy veb-saytida bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar (bo‘sh (vakant) ish o‘rni va unga qo‘yiladigan malaka talablari, lavozim majburiyatlari, ish haqi) hamda tanlov o‘tkazish joyi va kunlari, tanlov tadbirlarida berilishi mumkin bo‘lgan savollarning namunaviy ro‘yxati joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida tashkilotga kirish joylarida nomzodlarni saralash tartibi, ularga qo‘yiladigan talablar haqidagi ma’lumotlar qayd etilgan axborot stendlari majburiy tartibda joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nomzodlar Tanlov komissiyasiga mazkur Namunaviy nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlov komissiyasi tomonidan nomzodning arizasi kelib tushgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida unda ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘rganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nomzod tomonidan ariza va ma’lumotlar mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq taqdim etilmagan bo‘lsa yoki arizada tegishli ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilmagan yoxud noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, Tanlov komissiyasi tomonidan nomzodga kamchiliklarni bartaraf etib, qayta murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida ushbu ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov tadbirlari boshlanishiga besh ish kunidan kam muddat qolganda murojaat qilgan nomzodlar ushbu tanlovda emas, balki keyingi tanlovda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nomzodga bir vaqtning o‘zida tashkilotdagi bir necha bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari uchun tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tanlovda qatnashish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan nomzodlarga tanlov tadbirlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin tanlov tadbirlarining boshlanish vaqti va joyi haqida Tanlov komissiyasi tomonidan xabar beriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2024-yil 24-dekabrdagi 17-2024/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3451-1, 17.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 10/25/3451-1/0048-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tanlov davlat tilida, shuningdek nomzodning so‘roviga ko‘ra u tanlagan xorijiy tilda o‘tkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nomzodning bo‘sh (vakant) ish o‘rni uchun belgilangan malaka talablariga muvofiqligini, shuningdek uning ish tajribasi va kasbiy kompetensiyasini aniqlash uchun Tanlov komissiyasi tomonidan test, suhbat va amaliy mashg‘ulot sinov tadbirlarining barchasi yoki ulardan biri o‘tkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tanlov tadbirlari o‘tkazilayotgan xonaga nomzodlar tomonidan mobil aloqa vositasi, kompyuter yoki boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalari, kitob, lug‘at, shpargalka va boshqa materiallar olib kirish hamda foydalanish, shuningdek boshqa nomzodlar bilan suhbatlashish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu taqiqlangan materiallarni olib kirgan yoki foydalangan, shuningdek tanlov tadbirlari vaqtida boshqa nomzodlar bilan suhbatlashgan nomzod tanlov tadbirlarini o‘tkazish tartibini buzgan deb hisoblanadi hamda dalolatnoma asosida tanlov tadbirlaridan chetlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tanlov tadbirlarini o‘tkazish vaqtida nomzodning natijalari (tanlov natijalari) ballik tizimda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tanlov tadbirlari faqat test sinovlari bo‘yicha o‘tkazilgan taqdirda nomzodning natijalari 100 ballik tizimda baholanadi. Bunda, test savollari 50 tani va har bir to‘g‘ri javob 2 ballni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tanlov tadbirlari faqat suhbat shaklida o‘tkazilgan taqdirda nomzodning natijalari 5 ballik tizimda baholanadi. Bunda, Tanlov komissiyaning har bir a’zosi nomzodni quyidagi mezonlarga asosan baholaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan savollarga to‘liq va aniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan o‘z kasb faoliyatida mustaqil foydalanishni bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi — 5 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan savollarga aniq, biroq to‘liq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan o‘z kasb faoliyatida foydalanishni bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni tahlil qila olishi — 4 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan savollarga to‘liq javob berolmasligi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq bilimlarga yetarli darajada ega bo‘lishi, ulardan o‘z kasb faoliyatida foydalanishni bilishi — 3 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan o‘z kasb faoliyatida foydalanishni bilmasligi — 2 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan savollarga noaniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bog‘liq bilimlarga yetarli darajada ega emasligi — 1 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan savollarga umuman javob bera olmasligi — 0 ball.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tanlov tadbirlari faqat amaliy mashg‘ulotlarni bajarish shaklida o‘tkazilgan taqdirda nomzodning natijalari 5 ballik tizimda baholanadi. Bunda, Tanlov komissiyasining har bir a’zosi nomzodni quyidagi mezonlarga asosan baholaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashg‘ulotni sifatli, mehnatni muhofaza qilish, texnika, yong‘in xavfsizligi va mashg‘ulotni bajarishda rioya etilishi kerak bo‘lgan boshqa qoidalarga rioya qilgan holda hamda belgilangan vaqtda bajarishi — 5 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashg‘ulotni sifatsiz, mehnatni muhofaza qilish, texnika, yong‘in xavfsizligi va mashg‘ulotni bajarishda rioya etilishi kerak bo‘lgan boshqa qoidalarga rioya qilgan holda hamda belgilangan vaqtda bajarishi — 4 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashg‘ulotni sifatsiz, mehnatni muhofaza qilish, texnika, yong‘in xavfsizligi va mashg‘ulotni bajarishda rioya etilishi kerak bo‘lgan boshqa qoidalarga rioya qilmasdan, belgilangan vaqtda bajarishi — 3 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashg‘ulotni sifatsiz, mehnatni muhofaza qilish, texnika, yong‘in xavfsizligi va mashg‘ulotni bajarishda rioya etilishi kerak bo‘lgan boshqa qoidalarga rioya qilmasdan hamda belgilangan vaqtdan o‘tib bajarishi — 2 ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashg‘ulotni umuman bajara olmasligi — 0 ball.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tanlov test, suhbat va amaliy mashg‘ulot sinov tadbirlarining barcha shakllarida o‘tkazilgan taqdirda umumiy 100 ballik tizimda baholanadi. Bunda, test sinovlariga 30 ball, suhbat shakliga 40 ball va amaliy mashg‘ulotlar uchun 30 ball berish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tanlovning oshkora va xolis o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Tanlov komissiyasi tanlov tadbirlarini onlayn rejimda ovozli videotranslatsiya qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tanlov natijasiga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan nomzod tanlov g‘olibi hisoblanadi va u bo‘sh (vakant) ish o‘rni mavjud bo‘lgan taqdirda ishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tanlov g‘olibi o‘z arizasiga ko‘ra mehnat shartnomasini tuzishdan bosh tortgan taqdirda, Tanlov komissiyasi qaroriga asosan eng yuqori balldan keyingi o‘rinni egallagan nomzod tanlov g‘olibi deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tanlov natijalari u o‘tkazilgan kunning o‘zida e’lon qilinadi va Tanlov komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadigan, komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnomada qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bayonnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayonnoma raqami va qabul qilingan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda ishtirok etgan komissiya a’zolari ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodga tushgan savollar va ularga berilgan javoblarning mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda g‘olib deb topilgan, shuningdek tanlovdan o‘ta olmagan nomzodlar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya qarori ustidan shikoyat qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tanlovda g‘olib bo‘lmagan nomzodlar bo‘sh (vakant) ish o‘rni uchun keyingi tanlovda nomzod sifatida ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nomzodlarning apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Nomzodlarning apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tashkilotning kamida besh nafar mutaxassislaridan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan ham mutaxassislar kelishuv asosida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov tadbirlarini o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan shaxslarning Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tanlov komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan nomzodlar tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan nomzodni shikoyat ko‘rib chiqilishidan ikki kun oldin uni ko‘rib chiqish vaqti va joyi haqida ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini, u kelib tushgan kundan boshlab besh kun muddat ichida ko‘rib chiqadi. Bunda, apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan nomzod mazkur shikoyatni ko‘rib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Apellyatsiya komissiyasi unda a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va majlisda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan ovozlar soni teng bo‘lib qolgan taqdirda, Apellyatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Apellyatsiya komissiyasi tanlov jarayonida nomzodning bergan javoblari va bajargan amaliy mashg‘ulotlarini ular aks etgan videotasvirlarni ko‘rish orqali tekshiruvdan o‘tkazadi. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish davomida nomzodga uni qayta baholashga qaratilgan savollar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Apellyatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov natijalariga o‘zgartirish kiritish va nomzod tanlovni muvaffaqiyatli topshirgan deb topish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyatini ko‘rishda nomzodning tanlovda olgan natijasini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan nomzodga o‘z qarorini u qabul qilingan kunning o‘zida ma’lum qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Apellyatsiya komissiyasining tanlov natijalariga o‘zgartirish kiritish va nomzod tanlovni muvaffaqiyatli topshirgan deb topish to‘g‘risidagi qarori asosida u bo‘sh (vakant) ish o‘rni uchun ishga tavsiya etilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan nomzod yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ushbu Namunaviy nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga qabul qilish bo‘yicha tanlovni o‘tkazishda tashkilotga nomzod tomonidan taqdim etiladigan arizaning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY SHAKLI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tanlov komissiyasiga

1.

Ariza beruvchi nomzodning F.I.O:

2.

Yashash manzili (respublika, viloyat, shahar, tuman, qishloq, ovul, ko‘cha xonadon raqami) to‘liq ko‘rsatiladi):

3.

JSHIR raqami:

4.

Pasport yoki ID-karta ma’lumotlari:

(seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)

5.

Bog‘lanish uchun telefon:

6.

Ma’lumoti:

(umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy)

7.

Tugatgan ta’lim tashkilotining nomi:

8.

Diplom (shahodatnoma) bo‘yicha mutaxassisligi, uning seriyasi, raqami, berilgan sanasi va bergan ta’lim tashkilotining nomi:

9.

Malaka oshirganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qachon va qaysi tashkilot tomonidan berilgani, seriyasi va raqami, qaysi mavzu bo‘yicha malaka oshirganligi) (agar mavjud bo‘lsa):

10.

Malaka toifasiga ega ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (qachon va qaysi tashkilot tomonidan berilgani, seriyasi va raqami, qaysi ixtisoslik bo‘yicha toifa berilgani) (agar mavjud bo‘lsa):

11.

Umumiy ish staji (agar mavjud bo‘lsa), shundan bo‘sh (vakant) ish o‘rni uchun talab etiladigan mutaxassislik bo‘yicha:

12.

Ariza to‘ldirilgan sana:

13.

Shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga roziligi (ariza beruvchi shaxsning imzosi):

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2024-yil 24-dekabrdagi 17-2024/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3451-1, 17.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 10/25/3451-1/0048-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2023-y., 10/23/3451/0593-son; 20.01.2025-y., 10/25/3451-1/0048-son)