1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ullar |
I. Qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarning yagona ma’lumotlar bazasi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari klassifikatsiyasi, yetishtirish hajmlarini aniqlovchi axborot tizimlarini ishlab chiqish | ||||
1. | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yer maydonlari va ekin turlarining joylashtirilishi bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar, manfaatdor vazirlik va idoralarga yagona ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatini yaratish. | 1. “Agroplatforma” ATni Qishloq xo‘jaligi vazirligining “CropAgro” AT ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish orqali yer maydonlari va ekinlarning joylashuvi to‘g‘risidagi dolzarb ma’lumotlarni real vaqt rejimida olish. 2. Ma’lumotlarni “Agroplatforma” AT orqali qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarga hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga taqdim etish. | 2023-yil avgust | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
2. | Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarga imtiyozli va tijorat kreditlari ajratilishi jarayonida yaqindan ko‘maklashish, real vaqt rejimida elektron hujjatlar taqdim etilishi imkonini yaratish. Ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larining maqsadli o‘zlashtirilishini monitoring qilish. | 1. “Agroplatforma” ATni tijorat banklari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. 2. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga imtiyozli va tijorat kreditlari uchun taqdim etiladigan hujjatlarni avtomatik ravishda shakllantirish hamda elektron ko‘rinishda taqdim etish imkoniyatini yaratish. 3. Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar va tijorat banklari uchun resurslarning ajratilishi va maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring olib borish imkoniyatini yaratish. | 2023-yil avgust | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Markaziy bank, Tijorat banklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tizim operatorlari |
3. | Qishloq xo‘jaligi ekinlarining vegetatsiya holati, agrotexnik tadbirlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini real vaqt rejimida monitoring qilish. | 1. “Agroplatforma” ATni Geoaxborot tizimi va boshqa axborot tizimlari, dronlar orqali olingan fotosuratlar va kosmik suratlar bazasi bilan integratsiya qilish orqali ekinlar holati to‘g‘risidagi dolzarb ma’lumotlarni tizim foydalanuvchilariga taqdim etish. 2. “Agroplatforma” ATda qishloq xo‘jaligi ekinlarining vegetatsiya holati, agrotexnik tadbirlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini monitoring qilish imkoniyatini yaratish. 3. Agrotexnik tadbirlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini monitoring qilish yuzasidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari bilan ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish. | 2023-yil oktabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar, Tizim operatorlari |
4. | Paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etiladigan hududlarni e’lon qilish hamda klaster korxonasini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskorlardan arizalarni “Agroplatforma” axborot tizimi orqali qabul qilishni tashkil etish. | 1. Istiqbolsiz deb topilgan paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati tahlilini e’lon qilib borish tizimini yo‘lga qo‘yish. 2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 733-son qarorida belgilangan muddatlarda paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etuvchi tashabbuskorlarning arizalarini qabul qilishni tashkil etish. 3. Tashabbuskorlarning arizasiga ilova qilingan ma’lumotlarning haqqoniyligini aniqlash bo‘yicha tegishli davlat organlari bilan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish. | 2023-yil oktabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
5. | Agrosanoat klasterlarining (paxta-to‘qimachilik, g‘allachilik, sholichilik, meva-sabzavotchilik, chorvachilik va boshqa yo‘nalishdagi) faoliyatini monitoring qilishni samarali tashkil etish maqsadida “Agroplatforma” AT orqali klasterlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi, mahsulotlarni yetishtirish, qayta ishlash, sotish, hamkorlar va a’zolar bilan munosabatlar (hisob-kitob, ish haqi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratishni yo‘lga qo‘yish. | 1. Agrosanoat klasterlari tomonidan “Agroplatforma” ATga kiritiladigan zaruriy ma’lumotlarning formalarini shakllantirish va tizimga kiritish. 2. Ma’lumotlarni umumlashtirish uchun tegishli tashkilotlar bilan integratsiya qilish. 3. Agrosanoat klasterlari tomonidan ma’lumotlarni tizimga kiritib borishni tashkil etish. | 2023-yil noyabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tizim huquqiy operatori, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
6. | “Agroplatforma” AT yordamida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi va tizimda o‘z biznes jarayonlarini tashkillashtirgan korxonalar tomonidan axborot tizimini qo‘llab-quvvatlash hamda takomillashtirishga qaratilgan sarf-xarajatlarni qoplash choralarini ko‘rish. | “Agroplatforma” AT operatori tomonidan tasdiqlangan tarif asosida foydalanuvchilar va operator o‘rtasida axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish. | Doimiy | Tizim texnik operatori, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Kengash), tijorat banklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari, manfaatdor korxona va tashkilotlar |
7. | “Agroplatforma” ATda asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish. | O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan birja orqali sotilayotgan asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining birja kotirovkalari (kimoshdi savdolari) o‘rtacha narxlarini axborot almashinuvi (integratsiya) yo‘li bilan tashkil etish. | Doimiy | “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati |
II. “Agroplatforma” axborot tizimi infratuzilmasini kengaytirish va takomillashtirish | ||||
9. | “Agroplatforma” ATda bog‘dorchilik yo‘nalishidagi biznes jarayonlarni avtomatlashtirish. | “Agroplatforma” ATning bog‘dorchilik yo‘nalishidagi yangi modullarini ishlab chiqish va ishga tushirish. | 2023-yil oktabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi, Tizim operatorlari |
10. | “Agroplatforma” ATda sabzavotchilik, uzumchilik yo‘nalishidagi biznes jarayonlarni avtomatlashtirish. | “Agroplatforma” ATning sabzavotchilik yo‘nalishidagi yangi modullarini ishlab chiqish va ishga tushirish. | 2023-yil noyabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi, Tizim operatorlari |
III. Respublikaning viloyat, tuman (shahar)larida “Agroplatforma” ATdan foydalanish bo‘yicha o‘qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish | ||||
11. | Respublikada qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari, ixtisoslashgan klasterlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchi korxonalar xodimlarini “Agroplatforma” ATdan foydalanishga o‘qitish. | 1. “Agroplatforma” axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari, videodarslar tayyorlash va ularni tizimga joylashtirishni ta’minlash. 2. “Agroplatforma” axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha sayyor o‘quv seminarlari tashkil etish va joylarda tizimdan foydalanuvchilarni o‘qitish ishlarini tashkil etish. 3. Qishloq xo‘jaligi vazirligining yagona call-markazi orqali tizim foydalanuvchilarini 24/7 rejimida doimiy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish. | 2023-yil o‘quv rejasi asosida | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tizim huquqiy operatori |
2-ILOVA
|
“ |
|||||
|
103. |
“Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya samaradorligini aniqlash bo‘yicha tizimli kompleks” axborot tizimini joriy etish. |
1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan o‘tkazish. |
2023-yil iyul |
Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
2. Axborot tizimini ishlab chiquvchi kompaniyani aniqlash bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazish va tegishli shartnomalarni imzolash. 3. Irrigatsiya elektron raqamli xaritalarini yaratish (I-bosqich). |
2023-yil sentabr |
||||
|
4. Suv hisobini yuritish, irrigatsiya konturlarni aniqlash, irrigatsiya jadvallarini shakllantirish, tuproq xususiyatlaridan kelib chiqib kosmik suratlarni tahlil qilish orqali suv bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash tizimini yo‘lga qo‘yish (II-bosqich). 5. Axborot tizimini yaratish va integratsiya ishlarini olib borish. |
2024-2025-yillarda (alohida rejaga muvofiq) |
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lar | |||
|
|
”. |