11.07.2023 yildagi O‘RQ-854-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 27-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 1-iyunda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda atrof-muhitning muhofaza qilinishini va jamoat tartibini taʼminlash boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda bunday huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash vakolatiga ega boʻlgan organlar jumlasiga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiluvchi organlar, davlat sanitariya nazorati organlari, davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari va boshqa organlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, koʻrsatib oʻtilgan davlat organlarining xodimlari soni cheklanganligi, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarida (xodimlarida) zarur vakolatlar mavjud emasligi huquqbuzarlarga nisbatan oʻz vaqtida choralar koʻrilishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga, “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun ichki ishlar organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, ichki ishlar organlarining patrul-post xizmatiga hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish, jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish kabi jamoat tartibini saqlash sohasiga oid maʼmuriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish vakolati berilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikning ijro etilishini taʼminlashga, jamoat tartibini taʼminlashga, shuningdek ushbu sohalardagi huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasiga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “473, 54, 561-moddalarida” degan soʻzlar “473, 54, 561, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 911-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 912-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismining 1-bandidagi “561-moddasida” degan soʻzlar “561, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 911-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 912-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ichki ishlar organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzishga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan mansabdor shaxslardan tashqari quyidagilar haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 54, 561-moddalarida, 911-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 122, 1286-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari patrul-post xizmati boʻlinmalarining mansabdor shaxslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 476, 63-moddalarida, 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 79-moddasida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90, 901-moddalarida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 911, 912-moddalarida va 101-moddasida (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar mustasno) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha tuzilgan bayonnoma maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organga (mansabdor shaxsga) ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 2481-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 72-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 911-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 912, 161-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188, 1882 va 192-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jamoat tartibini saqlashni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi, uning oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Surishtiruvni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari hamda surishtiruv boʻlimlarining boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoʻriqlash bosh boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qoʻriqlash boshqarmalari, tuman (shahar) qoʻriqlash boʻlimlari boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 61-moddasida, 79-moddasining ikkinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 901-moddasida, 911-moddasining toʻrtinchi qismida, 183, 1842, 1843, 185-moddalarida, 1851-moddasida (bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar mustasno), 1852, 1853, 186-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 1881, 1883, 189, 1891, 191, 1941, 1951-moddalarida, 196-moddasida (Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga taalluqli qismida) va 2101-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda uni maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan organga (mansabdor shaxsga) koʻrib chiqish uchun yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 284-moddaning uchinchi qismi “shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari” degan soʻzlardan keyin “va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari (xodimlari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandidagi “701, 90, 901, 91, 92, 94” raqamlari “63, 701, 72, 79, 88, 90, 901, 91, 911, 912, 92, 94, 110, 111” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bandi “61” raqamidan keyin “63, 72, 79, 88, 90, 901, 91, 911, 912” raqamlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-407-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda) 16-moddasi birinchi qismining elliginchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“karantin, sanitariya-epidemiologiya tadbirlarini, ekologiyaga va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etishi hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha choralar koʻrishi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-647-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 11, 653-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda) 27-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishi, ularning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrishi, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha choralar koʻrishi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 11-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-854-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2023-y., 03/23/854/0463-son)