2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrota’minot]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotish tartibini belgilash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlash, jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotish tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-44-son qaroriga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va kelgusida davlat tomonidan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan (kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida) iste’molchi xohishiga ko‘ra, kamida 10 yil muddat davomida xarid qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qaroriga muvofiq, “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (ijobiy tafovut uchun) Davlat budjetidan 1 000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilar o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalari monitoringini yuritish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatganligi haqida onlayn platforma orqali “Hududiy elektr tarmoqlari” AJni xabardor qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 20-iyunga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektrhisob” dasturi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining “Yashil energiya” va Soliq qo‘mitasining “Soliq” tizimlari bilan integratsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 20-iyundan boshlab Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasiga “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida yagona energetika tizimiga elektr energiyasi uzatish to‘g‘risida shartnoma tuzgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va shartnomaga oid ma’lumotlar, yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan va tizimdan iste’mol qilingan elektr energiyasi hajmlari o‘rtasidagi ijobiy tafovut (keyingi o‘rinlarda — ijobiy tafovut hajmi) miqdori haqida ma’lumotlar taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijobiy tafovut hajmiga subsidiya ajratilishi uchun jismoniy shaxslar soliq organlarining “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijobiy tafovut hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimi orqali shakllantirilib, “Soliq” mobil ilovasiga onlayn rejimda taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qo‘mitasi tomonidan har oyning yigirma beshinchi sanasidan kechiktirmay, avvalgi kalendar oy uchun jismoniy shaxslarga to‘lab beriladigan subsidiyani ajratish bo‘yicha buyurtma Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi buyurtmaga asosan subsidiya ajratish uchun zarur mablag‘larni Soliq qo‘mitasining g‘aznachilik maxsus hisobvarag‘iga bir ish kunidan kechiktirmay o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qo‘mitasi tomonidan vakolatli tijorat banklarida subsidiya uchun maxsus hisobvaraq ochiladi va har oy keyingi oyning yigirma beshinchi sanasiga qadar subsidiya oladigan jismoniy shaxslar reyestrini va ajratiladigan subsidiyani vakolatli tijorat banklariga taqdim etib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki maxsus hisobvaraqdagi mablag‘lar hisobidan subsidiya oladigan jismoniy shaxslarning bank plastik kartalariga ajratilgan subsidiyani to‘lab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Energetika vazirligi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda 2023-yil 20-iyunga qadar “Soliq” mobil ilovasida ijobiy tafovut hajmini onlayn rejimda (kilovatt soatlarda) aks ettirish va har bir kilovatt soat uchun subsidiyani mobil ilova orqali to‘lab berish imkoniyatini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Energetika vazirligi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi xonadonlarida o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarini o‘rnatuvchi pudrat tashkilotlariga bo‘lgan talablarni belgilash, mazkur elektr stansiyalarini foydalanishga qabul qilish bo‘yicha xorijiy tajribani tahliliy o‘rganib chiqqan holda takomillashtirish yuzasidan keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ishtirokida jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotib olish to‘g‘risidagi namunaviy shartnomani ishlab chiqsin va o‘z rasmiy veb-saytida joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2023-yil 1-iyulga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishi ustidan monitoring yuritish va ish sifatini oshirish maqsadida tizim korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilgan iste’molchilar bilan ishlash bo‘limlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyundagi 247-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom talablari quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini sotish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi — jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi — quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini sotib oluvchi — quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini o‘z tarmog‘iga qabul qiluvchi elektr tarmoqlari korxonalari yoki boshqa jismoniy va yuridik shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib oluvchiga sotish tomonlar o‘rtasida imzolanadigan oldi-sotdi shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismini ikki tomonlama — ishlab chiqaruvchi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va davlat tomonidan elektr energiyasini sotib olish funksiyasi (vakolati) berilgan organ o‘rtasida tuziladigan solishtirma dalolatnoma rasmiylashtirish orqali aniqlanadi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kafolatlangan tarzda belgilangan tartibda sotib olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi o‘zi foydalanishi uchun hosil qilingan elektr energiyasini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z elektr tarmoqlari orqali sotishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini ishlab chiqaruvchining o‘z elektr tarmoqlari mavjud bo‘lmagan holatlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarmog‘idan tranzit xizmatlari uchun idoralararo tarif komissiyasi hujjatlarida belgilangan tarif asosida to‘lovlarni amalga oshirgan holda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotish mazkur nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va elektr energiyasini sotib oluvchi o‘rtasida oldi-sotdi shartnomasini tuzish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi o‘z ehtiyojidan ortiqcha bo‘lgan elektr energiyasini sotish bo‘yicha elektr energiyasini sotib oluvchiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taklif yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini ishlab chiqaruvchining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining texnik tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini ishlab chiqaruvchining qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash sxemasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oylar kesimida bir yil davomida elektr energiyasini ishlab chiqarishning prognoz yillik hajmlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi tomonidan imzolangan elektr energiyasi oldi-sotdi shartnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Elektr energiyasini sotib oluvchi murojaat kelib tushgan sanadan boshlab 10 ish kuni mobaynida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni texnik va iqtisodiy jihatdan o‘rganib chiqqanidan so‘ng tomonlar o‘rtasida elektr energiyasi oldi-sotdi shartnomasi imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tomonlar o‘rtasida tuziladigan elektr energiyasi oldi-sotdi shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va sotib oluvchi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq elektr energiyasini uzatish va iste’molini hisobga olish uskuna ASKUE tizimiga mos (pribor)larini o‘rnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Etkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlar hisob-kitob oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quyoshli xonadon” dasturi doirasida jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda o‘rnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (ijobiy tafovut) Davlat budjetidan 1 000 so‘mdan subsidiya ajratiladi (“Soliq” mobil ilovasi orqali);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan to‘lab beriladi (ushbu bandning ikkinchi xatboshisi bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hisob-kitob oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va sotib oluvchi yetkazib berilgan va qabul qilingan elektr energiyasi to‘g‘risida elektr energiyasini uzatish va iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari ma’lumotlarini o‘zaro almashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Elektr energiyasini sotib oluvchi ishlab chiqaruvchiga hisob-kitob oyi uchun o‘z elektr tarmog‘iga qabul qilib olgan elektr energiyasi hajmi uchun shartnomada yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va tariflar bo‘yicha haq to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hisob-kitob oyida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi tomonidan sotib oluvchining elektr tarmog‘iga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi sotib oluvchi tomonidan shu davr mobaynida qabul qilib olingan elektr energiyasi hajmida farqlar vujudga kelgan taqdirda, ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasining miqdori tomonlar o‘rtasida imzolanadigan ko‘rsatkichlarni solishtirish dalolatnomasi asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yuridik shaxslar yagona energetika tizimidan olgan elektr energiyasi uchun amalda belgilangan tariflar asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan hisob kitobni amalga oshiradi, o‘z navbatida ushbu iste’molchilar obyektlarida joriy etilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan va ehtiyojidan ortgan qismini II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga sotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yagona energetika tizimidan olingan va o‘z ehtiyojidan orttirib tarmoqqa uzatilgan elektr energiyasi uchun elektron hisob-faktura va solishtirma dalolatnoma taqdim etish orqali hisob kitoblar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vujudga kelgan farqlar yuzasidan to‘lovlar, agar shartnomada boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, elektr energiyasi uchun joriy sotish tarifida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Elektr energiyasini sotib oluvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori uchun elektr energiyasini uzatish va iste’molini hisobga olish uskunasi (pribor)ning ma’lumotlariga ko‘ra tomonlar o‘rtasida imzolangan ko‘rsatkichlarni solishtirish dalolatnomasi va hisob-fakturani olgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida to‘lovlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi
O‘z ehtiyojidan ortiqcha bo‘lgan elektr energiyasini sotish bo‘yicha elektr energiyasini sotib oluvchiga mazkur Nizomning 5-bandida keltirilgan hujjatlarni ilova qilgan holda taklif yuboradi.
Doimiy ravishda
2-bosqich
Elektr energiyasini sotib oluvchi
Taqdim etilgan hujjatlarni texnik va iqtisodiy jihatdan o‘rganib chiqib elektr energiyasini oldi-sotdi shartnomasini imzolaydi.
Murojaat kelib tushgan sanadan boshlab 10 ish kuni mobaynida
3-bosqich
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va sotib oluvchi
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvo�iq elektr energiyasini uzatish va iste’molini hisobga olish priborlarini o‘rnatadi.
Belgilangan muddatlarda
4-bosqich
Subsidiya mablag‘larini ajratuvchi
Etkazib berilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni amalga oshiradi:
“Quyoshli xonadon” dasturi doirasida o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatga (ijobiy tafovut) Davlat budjetidan 1 000 so‘mdan subsidiya ajratiladi (“Soliq” mobil ilovasi orqali);
Hisob-kitob oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar
Elektr energiyasini sotib oluvchi
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga (kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan to‘lab beriladi.
5-bosqich
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va sotib oluvchi
Etkazib berilgan va qabul qilingan elektr energiyasi to‘g‘risida elektr energiyasini uzatish va iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari ma’lumotlarini o‘zaro almashadi.
Hisob-kitob oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar
6-bosqich
Elektr energiyasini sotib oluvchi
Ishlab chiqaruvchiga o‘z elektr tarmog‘iga qabul qilib olgan elektr energiyasi hajmi uchun shartnomada yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va tariflar bo‘yicha haq to‘laydi.
Hisob-kitob oyida
7-bosqich
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va sotib oluvchi
Etkazib berilgan elektr energiyasi hajmi va shu davr mobaynida qabul qilib olingan elektr energiyasi hajmida farqlar vujudga kelgan taqdirda, uni ko‘rsatkichlarni solishtirish orqali aniqlaydi, dalolatnoma tuzadi va o‘zaro imzolaydi.
Doimiy ravishda
8-bosqich
Elektr energiyasini sotib oluvchi
Vujudga kelgan farqlar yuzasidan to‘lovlarni, agar shartnomada boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, joriy sotish tarifida amalga oshiradi.
Doimiy ravishda
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2023-y., 09/23/247/0378-son)