12.06.2023 yildagi 240-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 25-maydagi PQ-259-son qarori ijrosini ta’minlash hamda xalq o‘yinlarini targ‘ib qilish va ommalashtirish, xalqaro miqyosda ushbu yo‘nalishda amaliy hamkorlik aloqalarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 25-maydagi PQ-259-son qaroriga muvofiq 2023-yildan boshlab Xiva shahrida har ikki yilda bir marotaba Xalqaro etnosport festivali (keyingi o‘rinlarda — festival) o‘tkazilishi hamda Toshkent shahrida Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari muzeyini tashkil etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Etnosport assotsiatsiyasining Xalqaro etnosport festivalini 2023-yil 7 — 10-sentabr kunlari Xiva shahridagi “Ichan qal’a” tarixiy majmuasida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi (keyingi o‘rinlarda — Tashkiliy qo‘mita) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlari — Tashkiliy qo‘mita a’zolari chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha shaxsan mas’ul va javobgar ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan vazifalarni o‘z vaqtida, to‘liq hamda sifatli bajarish yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivalni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni tezkor hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festival o‘tkaziladigan joylar texnik va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivalni yuqori saviyada tashkil etish va sahnalashtirish maqsadida bosh rejissyorni tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivalga chet eldan ishtirokchilarning kelishi va ketishi, ularga viza rasmiylashtirish, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalarini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xorazm viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festival o‘tkaziladigan maydon va hududlarni tayyorlash, shuningdek, Xiva shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva va Urganch shaharlarining markaziy ko‘chalari, diqqatga sazovor joylari, festival o‘tkaziladigan majmua atroflariga Etnosport assotsiatsiyasi tomonidan taqdim etilgan festival haqida ma’lumot beruvchi reklama roliklari, maxsus bannerlar, afisha va plakatlar vaqtincha o‘rnatilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festival doirasida Xiva shahrida “Xalqaro etnofestival bog‘i”ni tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi doirasida nazarda tutilgan mablag‘lar hamda Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Xorazm viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari, homiylik xayriyalar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasiga festival doirasida “Ichan qal’a” tarixiy majmuasida xalqimizning milliy madaniyati va urf-odatlarini namoyon qiluvchi hunarmandchilik mahsulotlari hamda san’at asarlari ko‘rgazmali maydonchalarini tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashqi ishlar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Etnosport assotsiatsiyasi bilan birgalikda festivalga mehmonlar va ishtirokchilarni O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali taklif etishni ta’minlasin;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport vazirligi taqdim etgan ro‘yxatga asosan festivalga O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar va diplomatlik vakolatxonalar vakillarini taklif qilsin;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport vazirligining viza talabnomasiga asosan festivalga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalarining belgilangan tartibda konsullik yig‘imlari undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi festival davomida mehmonlar va ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi festival o‘tkaziladigan hududlarda tez tibbiy yordam punktlarini tashkil etsin, tadbirlar o‘tkaziladigan vaqtda sanitariya qoidalari, normalariga va gigiyena normativlariga qat’iy rioya etilishini nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi festivalda xorijiy davlatlardan etnosport yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etish maqsadida keladigan ishtirokchilar uchun bojxona postlarida qulayliklar yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda festival ishtirokchilariga, istisno tariqasida, festival doirasida tashkil etiladigan tadbirlar uchun sport jihozlari va otlar, tadbirlar doirasida ishlatiladigan stendlar hamda reklama materiallarining (kataloglar, preyskurantlar, plakat, planshet, buklet, broshyura va boshqalar) bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan va bojxona to‘lovlari undirilmasdan, shuningdek, ruxsat beruvchi hujjatlarni va sertifikatlarni rasmiylashtirmagan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilishi va qaytarib olib chiqib ketilishiga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda Etnosport assotsiatsiyasining Olimpiya va paralimpiya shon shuhrati muzeyida (keyingi o‘rinlarda — Muzey) umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari bo‘limini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Madaniy meros agentligi, Etnosport assotsiatsiyasi:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq o‘yinlari va milliy sport turlariga oid eksponatlarni Muzeyda saqlash va namoyish etish uchun ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ularga tegishli bo‘lgan etnosport turlari va xalq o‘yinlari mavzusidagi eksponatlar belgilangan tartibda Muzeyga berilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, milliy o‘yinlarni (lanka, chillak, oq terakmi — ko‘k terak va boshqalar) o‘zida aks ettirgan maydonchalar tashkil etilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy teleradiokompaniya bilan birgalikda Muzeyda namoyish etish uchun milliy sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston sportchilarining xalqaro musobaqalardagi ishtiroki to‘g‘risidagi videofilmlarni yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya va Etnosport assotsiatsiyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-iyulga qadar festivalni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish bo‘yicha media-reja ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivalga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, festival veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-iyundagi 240-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi

2.

A.I. Ikramov

sport vaziri, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

3.

J.R. Raximov

Xorazm viloyati hokimi, Tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari

4.

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

5.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

6.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

7.

A.A. Xudayarov

sog‘liqni saqlash vaziri v.b.

8.

B.J. A’loyev

tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

9.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qo‘mondoni

10.

B.T. Abdullayev

ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

11.

A.X. Quldashev

favqulodda vaziyatlar vaziri

12.

B.Q. Yusupaliyev

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi

13.

A.K. Ko‘chimov

Milliy axborot agentligi Bosh direktori

14.

A.A. Djurabayev

Milliy teleradiokompaniya raisi

15.

O.O. Kasimov

Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi

16.

U.M. Mustafoyev

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi v.b.

17.

Sh.Sh. Xudaykulov

“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi

18.

J.O. Umarxodjayev

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi v.b.

19.

Z.G. Narzullayev

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi

20.

U.T. Abdullayev

“Hunarmand” uyushmasi raisi

21.

O.K. Norinboyev

Etnosport assotsiatsiyasi raisi, Tashkiliy qo‘mita kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tashkiliy qo‘mita a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qo‘mita raisi tomonidan qo‘mita tarkibiga zaruratga ko‘ra boshqa davlat organlari va tashkilotlari vakillari ham kiritilishi mumkin.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-iyundagi 240-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yilda Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalar

1.

2023-yil sentabr oyida Xiva shahrida Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita yig‘ilishini o‘tkazish.

1. Chora-tadbirlar rejasidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar, hokimliklarning mas’ul ijrochilarini belgilash, ishlarni moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritish masalalarini muhokama qilish yuzasidan Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishlarini o‘tkazish.

2023-yil iyun — avgust

-

Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita

2. Festival doirasida:

ishtirokchilarni kutib olish, mehmonxonaga joylashtirish, ovqatlantirish, transport bilan ta’minlash va kuzatish;

madaniy va sport tadbirlarini tashkil etish hamda ularning ommaviy-axborot vositalarida yoritilishini ta’minlan;

madaniy dam olishni tashkil etish, tarjimonlar va volontyorlar bilan ishlarni tashkil qilish.

2023-yil avgust-sentabr

Xorazm viloyati hokimligi,

Etnosport assotsiatsiyasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

3. Tarjimon va volontyorlarga yo‘riqnoma asosida tushuntirishlar berish.

Yoshlar ishlari agentligi

2.

Festival o‘tkaziladigan joyni tayyorlash (Xiva shahridagi “Ichan Qal’a” tarixiy majmuasi hududi).

1. Festival o‘tkaziladigan joyni (shu jumladan, bino-inshootlarni) belgilash to‘g‘risida Xorazm viloyati hokimining tegishli qarorini qabul qilish.

Bunda festivalda ishtirok etadigan mahalliy (respublikaning 14 ta hududi bo‘yicha har biriga alohida) hamda xorijlik delegatsiyalar uchun alohida pavilonlar tashkil etishni, shuningdek, ko‘ngilochar tadbirlar, ovqatlanish shoxobchalari, avtoturargohlar, eko-hojatxonalar uchun alohida joylar va sport tadbirlari o‘tkaziladigan joylar ajratilishini nazarda tutish.

2023-yil iyun

-

Xorazm viloyati hokimligi

2. Nufuzli landshaft dizaynerlarini jalb qilgan holda, festival doirasida Xiva shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish.

2023-yil iyul-avgust

Xorazm viloyati hokimligi mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi,

“O‘zsuvta’minot” AJ,

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,

“Hududgazta’minot” AJ

3. Festival o‘tkaziladigan hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash, shu jumladan, tungi yoritish chiroqlari ustunlarini tartibga keltirish.

4. Festivalning badiiy qismini har tomonlama puxta ishlab chiqilishini ta’minlash maqsadida “Ichan Qal’a” tarixiy majmuasida har bir madaniy va sport tadbirlari uchun joylarni belgilash hamda tegishli sahnalar qurish.

2023-yil avgust

Xorazm viloyati hokimligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

3.

Festivalga mehmonlar va ishtirokchilarni taklif etish.

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali festivalga mehmonlarni taklif etish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

tashrif buyuradigan mehmonlarning ro‘yxatini shakllantirish;

mehmonlarning kelib ketishlarini o‘zida mujassam etgan reja-grafikni tayyorlash;

festivalga vakillari kelishi kutilayotgan xorijiy davlatlar bilan muzokaralar olib borish va ularga tegishli taklifnomalarni yuborish.

2023-yil iyul-avgust

-

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Milliy olimpiya qo‘mitasi,

Tashqi ishlar vazirligi

4.

Festival ishtirokchilarini mehmonxona bilan ta’minlash.

1. Xiva shahri va unga chegaradosh tuman (shahar)lardagi mavjud mehmonxonalar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni shakllantirish.

2023-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

vazirlik va idoralar, tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari

2. Mehmonxonalarda mehmonlarni qabul qilish imkoniyati yetarli bo‘lmagan taqdirda, Urganch shahridagi mehmonxonalarga mehmonlarni joylashtirish choralarini ko‘rish.

2023-yil sentabr

5.

Festival ishtirokchilarining ovqatlanishini tashkil etish.

1. Mehmonlarning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish va tasdiqlash.

2023-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

2. Xiva shahridagi ovqatlanish shoxobchalari va restoranlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni shakllantirish.

3. Mehmonlarning ovqatlanishini yuqori darajada tashkil etish.

Festival kunlari

6.

Festivalga shartnoma asosida avtotransport korxonalarini jalb etishga ko‘maklashish.

Etnosport assotsiatsiyasi buyurtmasiga muvofiq festivalga tashrif buyuradigan Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbarlari va mas’ul xodimlariga xizmat ko‘rsatish uchun 10 ta yengil avtotransport, 15 ta yo‘lovchi tashuvchi ko‘p o‘rindiqli avtotransport, 10 ta avtobus bilan ta’minlash.

Festival kunlari

Ijrochilar mablag‘lari

Transport vazirligi,

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati

7.

Festivalning badiiy qismini yuqori saviyada tashkil etish.

1. Festival dasturini ishlab chiqish.

2023-yil iyun,

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniyat va turizm vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi,

Milliy teleradiokompaniya

2. Festivalning ochilish va yopilish hamda badiiy qismlarini tajribali ssenarist va rejissyorlar, kompozitor va bastakorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh ijrochilar, folklor san’ati vakillarini jalb etgan holda yuqori badiiy saviyada tayyorlash.

2023-yil iyul — sentabr

3. Dasturni turistik tashkilotlarga taqdim etish hamda festival veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

8.

Esdalik sovg‘alarini (buyumlar) tayyorlash.

Festivalni targ‘ib etuvchi esdalik buyumlari va bosma mahsulotlar (brendbuk, pamflet, buklet va boshqalar) tayyorlash.

2023-yil iyul

Ijrochilar mablag‘lari va homiylik xayriyalari

O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

9.

Mahalliy temir yo‘l vokzallari va aeroportlarda mehmonlarni munosib kutib olish va kuzatish.

1. Xorijdan tashrif buyuradigan festival ishtirokchilarini mahalliy temir yo‘l vokzallari va aeroportlarda kutib olish hamda kuzatish bo‘yicha shtablar tashkil qilish.

2023-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari va homiylik xayriyalari

Xorazm viloyati hokimligi,

O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Transport vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

“Uzbekistan Airports” AJ,

“Uzbekistan Airways” AJ,

turistik tashkilotlar

2. Mehmonlarni kutib olish joylariga festival to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni o‘rnatish.

3. Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbarlari va boshqa a’zolarni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” hamda “Urganch” xalqaro aeroportining VIP zali, shuningdek, “Toshkent”, “Urganch” temir yo‘l vokzali orqali belgilangan tartibda kutib olish va kuzatish.

Belgilangan muddatlarda

4. Festival kunlari Toshkent shahridan Xorazm viloyatiga harakatlanuvchi festival ishtirokchilari uchun yo‘lovchi poyezdlariga belgilangan tartibda joylar ajratilishi va zarur hollarda qo‘shimcha poyezdlar hamda lozim bo‘lganda charter reyslar qo‘yilishini ta’minlash.

10.

Festivalni o‘tkazish davrida xavfsizlik choralarini ko‘rish.

Festivalni o‘tkazish davrida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash, tez tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralarini ko‘rish.

Festival kunlari

Ijrochilar mablag‘lari va homiylik xayriyalari

Ichki ishlar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

11.

Festival veb-saytini yaratish.

Tadbirni yuqori saviyada yoritish maqsadida festivalning veb-saytini yaratish va unda axborotlarni uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) muntazam yoritib borish.

Festivalda ishtirok etish istagini bildiradigan xorijiy davlatlar ishtirokchilarining ushbu veb-sayt orqali onlayn ariza topshirishlari va ro‘yxatdan o‘tishlari uchun imkoniyat yaratish.

2023-yil iyul-avgust

Ijrochilar mablag‘lari va homiylik xayriyalari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

II. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar

12.

Madaniy tadbirlarni tashkil etish.

1. Respublikamizning mohir oshpazlari ishtirokida ikki bosqichli “Osh pishirish chempionati”ni tashkil etish.

Festival kunlari

Ijrochilar mablag‘lari va homiylik xayriyalari

Xorazm viloyati hokimligi,

Milliy oshpazlar uyushmasi

2. Mamlakatimizda yetishtirilgan sara qovunlardan “Qovun sayli”ni tashkil etish.

Xorazm viloyati hokimligi

3. Festivalning yopilish marosimida tantanali mushakbozlikni tashkil etish.

Mudofaa vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

4. Festivalning yopilish marosimida Humo qushi fonida (200 ta dronlar ishtirokida) dronlar shousini tashkil etish.

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

5. Festivalda milliy xalq o‘yinlarida ishtirok etadigan (200 nafar) bolalar uchun maxsus kiyimlarni tayyorlash.

Bunda:

o‘g‘il bolalar uchun — qora shim, oq yaktak, belbog‘, do‘ppi, qora rangli tufli;

qiz bolalar uchun — atlas lozim, atlas ko‘ylak, qora rangli tufli, do‘ppi.

2023-yil iyul

Madaniyat va turizm vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Xorazm viloyati hokimligi

Bolalarning festivalga tayyorgarlik ko‘rish jarayoniga o‘z vaqtida to‘liq ishtirok etishlarini ta’minlash.

2023-yil iyun — sentabr

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

13.

Mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarida festivalni muntazam yoritish.

1. Festival doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar, uning maqsadi va vazifalarini mahalliy va xorijiy OAVlarda muntazam yoritish bo‘yicha media-reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil 1-iyul

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi,

Milliy axborot agentligi,

Milliy teleradiokompaniya,

O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

vazirlik va idoralar

2. Festivalni targ‘ib etuvchi kamida 3 ta reklama roliklarini tayyorlash, markaziy va barcha mahalliy telekanallarda muntazam namoyish qilish.

2023-yil iyul — sentabr

Ijrochilar mablag‘lari va homiylik xayriyalari

3. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsullik idoralarini festivalni targ‘ib qiluvchi foto va videomateriallar bilan ta’minlash, shuningdek, chet el OAVlari orqali sayyohlar hamda festivalda ishtirok etishga undovchi targ‘ibot materiallarini namoyish etish.

2023-yil davomida

4. Festivalni xorijlik sayyohlar ekskursiya marshrutiga kiritish.

2023-yil iyul

Madaniyat va turizm vazirligi

14.

Festivalda xalqimiz madaniyati va urf-odatlarini namoyon qiluvchi san’at asarlarini namoyish qiladigan ko‘rgazmali maydonchalarni tashkil qilish uchun sharoitlar yaratish.

1. Har bir hududning o‘ziga xos milliy san’at asarlari va madaniy hayotini aks ettiruvchi ko‘rgazmali maydonchalar maketini tayyorlash.

2023-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari va homiylik xayriyalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Respublika “Hunarmand” uyushmasi,

O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi,

O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi

2. Respublikaning har bir (14 ta) hududidan o‘zbek milliy qog‘ozi, matolari, kashtado‘zlik, keramika, yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik san’at asarlari ustalari ishtirokini ta’minlash.

Festival kunlari

3. Festival uchun ajratilgan maydon hududida rassomlar xiyoboni tashkil etish va festival ishtirokchilariga mahorat darslarini namoyish etish.

Festival kunlari

15.

Xorijlik mehmonlarni O‘zbekistonning tarixiy, madaniy va ma’rifiy hayoti bilan tanishtirish.

1. Xorijlik festival ishtirokchilari va mehmonlarni shaharning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ekskursiya marshrutini ishlab chiqish.

2023-yil iyul

-

Madaniyat va turizm vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

2. Ekskursiya marshrutiga kiritilgan joylarni belgilangan tarzda obodonlashtirish, ta’mirlash hamda mehmonlarni qabul qilish uchun shay holatga keltirish.

2023-yil avgust

Xorazm viloyati hokimligi

3. Festivalni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari haqida maxsus hujjatli film suratga olish va barcha milliy telekanallar orqali uch tilda namoyish etish.

2022-yil avgust-sentabr

Kinematografiya agentligi,

Milliy axborot agentligi

16.

“Wi-Fi” hududlarini tashkil etish.

Tashkiliy qo‘mita murojaatiga asosan festival o‘tkaziladigan hududda bepul “Wi-Fi” xizmatini tashkil etish.

Festival kunlari

Ijrochilar mablag‘lari va homiylik xayriyalari

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

III. Xalqaro tadbirlar

17.

Butunjahon etnosport konfederatsiyasi hamkorligida xalqaro sport tadbirlarini tashkil etish.

1. Musobaqalar nizomini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash (kurash, belbog‘li kurash, turon yakkakurashi, o‘zbek jang san’ati, bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘rsatish, mas restling, bel olish va uchkurash, kamondan otish, ot sporti turlari).

2. Tasdiqlangan nizomga muvofiq xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish.

3. Butunjahon etnosport konfederatsiyasi hamkorligida forumni tashkil etish va o‘tkazish.

2023-yil sentabr

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi, ijrochilar mablag‘lari va homiylik xayriyalari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi

IV. Festival tadbirlarini moliyalashtirish

18.

Festivalni moliyalashtirish.

1. Festival xarajatlari smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil iyul

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Tasdiqlangan smeta xarajatlari asosidagi mablag‘larni fetsivalni tashkil etish bo‘yicha buyurtmachiga festival jarayonlari boshlanmasdan oldin to‘lab berish choralarini ko‘rish.

2023-yil 15-avgust

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-iyundagi 240-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Xalqaro etnosport festivalini (keyingi o‘rinlarda — Festival) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq o‘yinlarini targ‘ib qilish va ommalashtirish, xalqaro miqyosda ushbu yo‘nalishda amaliy hamkorlik va sport aloqalarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etnosport turlarining tarixi, xalq o‘yinlarini mukammal o‘rganish, yosh avlodda xalq o‘yinlariga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, ularni mardlik, halollik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona Vatanga va ajdodlar merosiga yuksak sadoqat ruhida tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etnosport turlarini rivojlantirish, xalq o‘yinlarini yanada ommalashtirish, o‘zbek milliy sport turlari, boshqa xalqlarning turdosh sport turlari bo‘yicha xalq o‘yinlarini qamrab olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mandat komissiyasi — festival doirasida tashkil etiladigan xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etish istagini bildirgan sportchilar holatini va hujjatlarini o‘rganuvchi hakamlar hay’ati a’zolari tarkibidan shakllantiriladigan organ. Mandat komissiyasi tarkibi hakamlar hay’ati tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport tadbirlari ishtirokchisi — festival doirasida tashkil etiladigan xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etish istagini bildirgan mahalliy va xalqaro sportchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festival ishtirokchisi — festival doirasida tashkil etiladigan madaniy va sport tadbirlarida ishtirok etuvchilar, shuningdek, xorijiy davlatlarning ushbu yo‘nalishlarda tashrif buyuradigan vakillari, mahalliy va chet ellik ommaviy axborot vositalari vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
forum ishtirokchisi — Butunjahon etnosport konfederatsiyasiga a’zo davlatlarning vakillari, mutaxassislari hamda faxriy mehmonlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Festival har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Festival O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Festival tashkilotchisi) tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Festival ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Festivalni o‘tkazish tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Festival doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etnosport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish hamda ularning ahamiyatini yanada oshirish yuzasidan forum;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va O‘zbekiston sportchilari ishtirokida xalqaro musobaqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki bosqichli milliy osh pishirish chempionati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayillar, mamlakatimizning dunyoga mashhur shaxslari hayoti va ijodiy faoliyati haqida zamonaviy usulda sahnalashtirilgan dastur namoyishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zbek milliy qog‘ozi, milliy matolari, keramika va yog‘och o‘ymakorligi maydonchalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqqoshlik va kashtado‘zlik san’ati ko‘rgazmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kulolchilik ustalari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi, baxshichilik san’ati tarixiga oid ko‘rgazma, o‘zbek, fors, arab, ingliz va rus tillarida nashr etilgan ilmiy-tadqiqot asarlari hamda ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar namoyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda yetishtirilgan sara qovunlardan “qovun sayli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy xalq o‘yinlaridan ko‘rgazmali o‘yinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy libos va milliy taqinchoqlar bilan ko‘rgazmali chiqishlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, askiya va qiziqchilar, folklor va dorbozlik jamoalarining tomosha dasturlari namoyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festival ko‘rik-tanlovi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi va gala-konsert.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Festivalga mos davrda Toshkent shahridan sport jihozlari hamda soha mutaxassislari jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Festivalning ishchi tillari o‘zbek, ingliz va rus tillari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Festival doirasida o‘tkaziladigan sport tadbirlari Festival tashkilotchisi tomonidan tasdiqlanadigan hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholanadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, festival doirasida o‘tkaziladigan madaniy va sport tadbirlariga har bir mamlakatdan ishtirokchilar taklif etilishi, ularning yashash, ovqatlanish, O‘zbekistonga kelib-ketishi, ichki transport va yo‘l xarajatlari ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Festivalda ishtirok etish istagini bildirgan sportchilar va jamoalar quyidagi hujjatlarni festivalning veb-sayti orqali taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirok etish uchun ma’lumotnoma (rezyume);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchining pasport nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turi va vazn toifasi (yo‘nalishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning 3x4 va 10x15 hajmdagi rangli fotosurati (4 tadan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Festival doirasidagi sport tadbirlari o‘tkazilishidan bir kun oldin ishtirokchilar mandat komissiyasiga hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etib, ko‘rikdan o‘tadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mahalliy va xorijlik ishtirokchilar festival doirasida o‘tkaziladigan sport va madaniy tadbirlarda ishtirok etish uchun festival boshlanishidan bir oy oldin mazkur Nizomning 11-bandida keltirilgan hujjatlarni Festival tashkilotchisiga taqdim etadilar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Festival doirasida tashkil etiladigan sport tadbirlari xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilangan tartiblar asosida sport turining xususiyatidan kelib chiqib o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi — Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi doirasida nazarda tutilgan mablag‘lar hamda Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari va 50 foizi — Xorazm viloyati mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi festivalni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha buyurtmachi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hakamlar hay’ati faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Festival doirasida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarni baholash uchun har bir sport turi bo‘yicha hakamlar hay’ati faoliyati tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlar hay’ati tarkibiga malakali mutaxassislar, taniqli sportchilar va sport ustalari, shuningdek, ishtirokchi davlatlardan tegishli sohalarning faxriylari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mukofotlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Festival doirasida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilar Festival tashkilotchisi tomonidan medal va diplomlar bilan taqdirlanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Festival tashkilotchisi, ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar, boshqa tashkilotlarning mustaqil ravishda hakamlar hay’ati a’zolari va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan sport tadbirlari ishtirokchilari hamda festival ishtirokchilari “Eng yosh ishtirokchi”, “Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi sportchi”, “Faxriy sportchi” kabi nominatsiyalar va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Har bir sport tadbiri ishtirokchilari hamda festival ishtirokchilariga Xalqaro etnosport festivali ishtirokchisi sertifikati taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Festival tashkilotchisining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Festival tashkilotchisi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festival bo‘yicha audio, video, bosma va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivalda ishtirok etish istagini bildirgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Festival tashkilotchisiga yuboriladigan materiallardan qonunchilikka muvofiq reklama maqsadida foydalanish;
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
festivalga yetakchi prodyuser, menejerlar va soha mutaxassislarini jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Festival doirasida o‘tkaziladigan sport va madaniy tadbirlarga hujjatlarni taqdim etish muddatlarini belgilash, festivalning xarajatlar smetasini shakllantirish hamda Xalqaro sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) tomonidan tashkil etiladigan sport tadbirlari nizomlarining o‘z vaqtida tasdiqlanishini ta’minlash festival tashkilotchisining majburiyatlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro etnosport festivalini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Sport vazirligi, tegishli sport federatsiyalari (assotsiatsiyalar)

Festival doirasida o‘tkaziladigan sport musobaqalarining nizom loyihalarini ishlab chiqadi.

Xalqaro tashkilotlar bilan sport musobaqalarining nizom loyihalarini kelishadi va tasdiqlaydi.

Tasdiqlangan nizomlarni festival veb-saytida e’lon qiladi.

har yili iyul oyida

2-bosqich

Tashkiliy qo‘mita

Xalqaro etnosport festivalini o‘tkazish muddatini e’lon qiladi.

har yili iyul-avgust oylarida

3-bosqich

Sport vazirligi, tegishli sport federatsiyalari (assotsiatsiyalar)

Xalqaro etnosport festivalida ishtirok etish istagini bildirgan Butunjahon Etnosport konfederatsiyasiga a’zo davlatlar va taklif etilgan davlat vakillaridan buyurtmalarni qabul qiladi.

har yili iyul-avgust oylarida

4-bosqich

Mahalliy va xorijlik ishtirokchilar

Festival doirasida o‘tkaziladigan sport va madaniy tadbirlarda ishtirok etish uchun festival veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, tegishli hujjatlarini Sport vazirligiga taqdim etadi.

festival boshlanishidan bir oy oldin

5-bosqich

Sport vazirligi

Sport turlari bo‘yicha hakamlar hay’ati tarkibini shakllantiradi va tasdiqlaydi.

har yili avgust oyida

6-bosqich

Hakamlar hay’ati

Sport turlari bo‘yicha ishtirokchilarni mandat komissiyasi ko‘rigidan o‘tkazadi.

musobaqa o‘tkazilishidan bir kun oldin

7-bosqich

Sport vazirligi, O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi

Xalqaro etnosport festivalining yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlaydi.

har yili sentabr oyida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 09/23/240/0356-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)