31.05.2023 yildagi PQ-174-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda atrof-muhitning ifloslanishi, iqlim oʻzgarishi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish bilan bogʻliq global muammolar barqaror rivojlanishga eʼtibor qaratish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yangi formatdagi mutaxassislar va ekspertlarni tayyorlash, shuningdek, muammolarni hal qilishda innovatsion yondashuvlarni joriy etishni talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda ekologik kun tartibi Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylantirilib, atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish hamda qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish yoʻnalishlarida konsepsiya va strategiyalar qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, inson kapitalini rivojlantirish, ekologik xavflarni samarali boshqarish uchun zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan yuqori malakali, xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlashning yaxlit tizimi yetarli emasligi, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatni boshqarish sohasidagi intellektual va ilmiy salohiyatdan toʻliq foydalanish darajasining pastligi, shuningdek, mintaqaviy darajada barqaror rivojlanishning dolzarb masalalarini oʻrganish boʻyicha yagona tadqiqot platformasi mavjud emasligi kabi qator muammolar ushbu sohaga alohida eʼtibor qaratishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy, mintaqaviy va global ekologik muammolarni samarali boshqarish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, Oʻzbekistonning ilmiy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarishda innovatsion gʻoyalar, amaliyot va texnologiyalarni tatbiq etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmoniga muvofiq Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi va uning faoliyati “Hub and Spoke” tamoyili asosida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) Universitetning taʼsischisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetda oʻquv jarayoni nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasining muhim ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy muammolarini hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar, olimlar, tadqiqotchilar, rahbarlar va tadbirkorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni boshqarish va barqaror rivojlanish sohasida milliy, mintaqaviy va xalqaro innovatsion tizimlarni qoʻllab-quvvatlash uchun yangi bilimlarni tatbiq etish va fanlararo tadqiqotlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahonning yetakchi “yashil” universitetlari tomonidan qoʻllaniladigan ilgʻor taʼlim dasturlari, innovatsion pedagogik uslub va texnologiyalarni ishlab chiqish, moslashtirish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va amaliy bilimlarni integratsiya qilish, klaster asosida faoliyatni yoʻlga qoʻyish, akademik va kasbiy tajriba almashish, taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy, davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari, shuningdek, Oʻzbekiston, mintaqa va jahon ilmiy markazlarini birlashtirishda boʻgʻin boʻlib xizmat qiladigan samarali platforma yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va taʼlim jarayonlarini boshqarishning eng samarali tizimini yaratish, xorijiy ilmiy ekspertlarni jalb etish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro reytinglarda yetakchi oʻrinlarni egallagan jahonning “yashil” universitetlari bilan strategik hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning xalqaro taʼlim maydonida tan olinishiga erishish, nufuzli oliy taʼlim muassasalari reytinglarida munosib oʻrin egallash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻrmon xoʻjaligi va gidrometeorologiya sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish uchun uzluksiz taʼlim tizimini, shuningdek, boshqaruv xodimlari uchun maxsus taʼlim dasturlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet tarkibiga kiruvchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnika bazasi hamda ilmiy kadrlar salohiyatini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Universitet mustaqil ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet shtat jadvalini tasdiqlaydi, bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida taʼlim yoʻnalishlarini belgilaydi, ularning oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlaydi, professor-oʻqituvchilar faoliyatini tartibga soladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali professor-oʻqituvchilar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda jalb qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik bilan kelishgan holda bakalavriat, magistratura va doktoranturaga qabul qilish shartlarini, shuningdek, talabalarni qabul qilish uchun test fanlari blokini va taʼlim uchun toʻlov-kontrakt miqdorini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion va ilmiy faoliyatni, shuningdek, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtiradi, moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun tijorat va notijorat tashkilotlarni (startaplar, fondlar va boshqalar) tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar bilan bevosita muzokaralar olib boradi, shuningdek, oʻzining moliyaviy, iqtisodiy, maʼmuriy va boshqaruv faoliyati masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nashriyotlar va yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish orqali, shu jumladan, xalqaro toʻlov tizimlaridan foydalangan holda kitoblar, ixtisoslashtirilgan adabiyotlarni sotib olish, oʻquv jurnallari, elektron kutubxonalar va boshqa oʻquv resurslariga obuna boʻlish hamda inventarizatsiya qilishni bevosita amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Universitetda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayoni kredit-modul tizimi asosida maʼruza, laboratoriya va individual mashgʻulotlar, amaliy ishlar boʻyicha guruhlarda ishlash, tanqidiy fikrlash, masalani yechish va tajribalar yordamida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqish oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi, bakalavriatda Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini hisobga olgan holda ingliz tili va Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy tillaridan birida oʻrgatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayoni “fan — taʼlim — ishlab chiqarish integratsiyasi” tamoyili boʻyicha tashkil etilib, birinchi kursdan boshlab talabalarga ishlab chiqarish va ilmiy markazlarda, magistrantlarga esa “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali oʻqishni yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida davom ettirish va nufuzli xorijiy kompaniyalarda malaka amaliyotini oʻtash imkoniyati beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) talabalarni qabul qilish parametrlari Vazirlik bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yetakchi, eʼtirof etilgan xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va boshqalar) sertifikatlariga ega boʻlgan abituriyentlar tegishli fanlardan belgilangan tartibda eng yuqori ball oladi va kelgusida ular ushbu fanlardan imtihon topshirishdan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib va shartlarga asosan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun bakalavr taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kamida 25 ta hamda magistratura va doktorantura (PhD) mutaxassisliklari boʻyicha kamida 20 ta grant oʻrinlari ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Universitet rektori ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri tomonidan 2023/2024 va 2024/2025 oʻquv yillarga moʻljallangan shartnomaga asosan tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Universitet rektori Universitetning Vasiylik kengashi talablariga asosan tashkil etiladigan xalqaro tanlov asosida 5 yil muddatga tuziladigan shartnomaga muvofiq ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri tomonidan tayinlanadi. Bunda rektor tomonidan shartnoma shartlari buzilgan holatlarda, vazir tashabbusi bilan shartnoma bir tomonlama bekor qilinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Universitetda iqtidorli talabalar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat granti quyidagilarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xalqaro dasturlar (International Baccalaureate, Advanced Placement, International Advanced Levels) boʻyicha diplom yoki sertifikatga ega boʻlgan Prezident maktablarining bitiruvchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan texnikumlar bitiruvchilari ushbu muassasalar uchun ajratilgan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya boʻyicha xalqaro olimpiada (INEPO), Matematika boʻyicha xalqaro olimpiada (IMO), Fizika boʻyicha xalqaro olimpiada (IPO), Kimyo boʻyicha xalqaro olimpiada (ICO), Biologiya boʻyicha xalqaro olimpiada (IBO), Geografiya boʻyicha xalqaro olimpiada (IGO), Informatika boʻyicha xalqaro olimpiada (IIO) va Yer fani boʻyicha xalqaro olimpiada (IESO) gʻoliblari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball toʻplagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetining faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, Vasiylik kengashi Universitetning oliy boshqaruv organi hisoblanadi va quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etgan holda, Universitetning rivojlanish strategiyasini, siyosatini va faoliyatining umumiy boshqaruvini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish, uning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish uchun budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari va boshqa manbalarni jalb etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga ajratilgan binolarni taʼmirlash va tiklash uchun zarur mablagʻlarni safarbar etish, ushbu binolarni zamonaviy oʻquv va laboratoriya jihozlari, inventar, kompyuter hamda boshqa tashkiliy jihozlar, kutubxona fondi bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga talabalarni qabul qilish va oʻqitish shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet ijrosi boʻyicha yillik hisobotlarni hamda Universitet faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet tuzilmasini tasdiqlash va unga oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya jamgʻarmasi va Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan professor-oʻqituvchilar tarkibi, boshqaruv va boshqa xodimlarni qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish, ustama va mukofotlar belgilash.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoniga asosan yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet tuzilmasida xayriya mablagʻlari hisobidan toʻldiriladigan maqsadli jamgʻarma (endowment fund) hamda Etnoekologiya ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga 1 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti va umumiy oʻrta taʼlim maktabini ularning taʼlim jarayonida sohadagi ilmiy va amaliy yondashuvlarni qoʻllash uchun biriktirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Etnoekologiya ilmiy-tadqiqot markazi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan binoga bepul joylashtiriladi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-114-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2023-y., 06/23/114/0527-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlardan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, 2023-yilda Universitetni saqlash va xodimlarning mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Vazirlikning Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi, 2024-yildan esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Belgilansinki, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetining xalqaro hamkorlik va aloqalar boʻlimi boshligʻi, reja-moliya boʻlimi boshligʻi, bosh auditor, bosh hisobchi lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasasining fakultet dekani bazaviy lavozim maoshiga, boshqa boʻlim boshliqlari, markaz va direksiya rahbarlari, katta yuriskonsult, matbuot kotibi, ilmiy kengash kotibi va universitet kengashi kotibi lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasasining fakultet dekani oʻrinbosari bazaviy lavozim maoshiga, boʻlim boshligʻi oʻrinbosarlari, bosh hisobchi oʻrinbosari, bosh energetik, bosh muhandis lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasasining katta oʻqituvchi bazaviy lavozim maoshiga, bosh mutaxassis, bosh iqtisodchi, psixolog, oliy maʼlumotli yetakchi mutaxassis, uslubchi, ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha muhandis, kabinet mudiri, buxgalter, iqtisodchi va kutubxonachi lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasasining oʻqituvchi-stajyori bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muzokaralar natijalari boʻyicha mahalliy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan uzoq muddatli kelishuvlarga erishish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab joriy etiladigan yoʻnalishlarni (mutaxassisliklarni) belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi koʻmagida Universitetni malakali professor-oʻqituvchilar va boshqaruv xodimlari, shu jumladan, xorijiy davlatlar mutaxassislari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Universitetga homiylik, grant va budjetdan tashqari mablagʻlar, texnik yordam, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb qilishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Universitet uchun 2023-yil 1-sentabrga qadar 5 ta avtotransport vositasi, shu jumladan, 1 ta vakillik, 2 ta xizmat, 1 ta navbatchilik va 1 ta xizmat avtobusini xarid qilish hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Uzbekistan Airways” AJ 2025-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan muddatda Universitet uchun zarur boʻlgan adabiy fond va moddiy-texnik vositalarni begʻaraz tashilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qoʻrgʻoni, Chimkent yoʻli koʻchasi 2-uy manzilida joylashgan Oʻrmon xoʻjaligi texnikumining bino va inshootlari tutash hududi bilan birgalikda Universitetga operativ boshqarish huquqi bilan begʻaraz berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlik hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023-yil 1-oktabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Universitetni kompyuterlar va boshqa tashkiliy jihozlar, shu jumladan, masofaviy va onlayn taʼlimni tashkil etish uchun zarur boʻlgan oʻquv jihozlari bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetni mebel (partalar, stollar, stullar va boshqalar), inventar, zamonaviy laboratoriya jihozlari, shuningdek, oʻquv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Fan, innovatsiya va oliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jihozlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning axborot-resurs markazi faoliyatini yoʻlga qoʻysin hamda oʻquv jarayoni uchun zarur boʻlgan barcha modul va ilovalarning ulanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet axborot-resurs markazining Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining elektron axborot-kutubxona resurslariga ulanishini tashkil etsin hamda barcha turdagi xizmatlardan, shu jumladan, tan olingan ilmiy nashriyot maʼlumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Vazirlikning asosli hisob-kitoblariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasini 2023-yilda va undan keyingi yillarda rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda yangi bino va inshootlar qurish, Universitetning mavjud bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, shuningdek, unga tutash hududlarni obodonlashtirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvarga qadar respublikada ishlab chiqarilmaydigan, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida Universitet uchun olib kiriladigan oʻquv va ilmiy laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, inventar va moddiy-texnika resurslari bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar va qoʻshilgan qiymat soligʻidan tashqari) ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tashqi ishlar vazirligi 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Universitetning talabnomalariga muvofiq belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorni amalga oshirish doirasida chet ellik oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislarga, ularning oila aʼzolariga konsullik va boshqa yigʻimlar undirmagan holda bepul kirish vizalari, shuningdek, chet ellik talabalarga Universitetda oʻqishning butun davri uchun uzoq muddatli koʻp martalik kirish vizalari berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining elchixonalari orqali Universitet kutubxona fondini yigʻish va yetkazib berishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Universitetning talabnomalariga muvofiq respublikaga chet eldan oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislarni jalb qilishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), ularga respublika hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar, shuningdek, sertifikatlar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Belgilansinki, 2023-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oliy taʼlim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻrmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri stipendiyasi taʼsis etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarning bir yillik toʻlov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarida, davlat granti asosida taʼlim olayotgan talablarga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarida Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan stipendiyalar tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlaridagi yetuk, istiqbolli mutaxassislar, ayniqsa, pedagog va ilmiy kadrlarni tanlash hamda ularning taʼlim olishini tashkil etish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2023 — 2026-yillarda xorijdagi nufuzli taʼlim tashkilotlarida ushbu yoʻnalishlarda doktorantura (PhD) va magistraturada oʻqitish dasturi (keyingi oʻrinlarda — oʻqitish dasturi) joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitish dasturi doirasida mutaxassislar xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim va ilmiy muassasalariga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xorijda taʼlim olish uchun nomzodlarni tanlab olish tartibiga muvofiq yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitish dasturi doirasida 50 nafar iqtidorli mutaxassislar, shu jumladan, ularning 40 nafari magistratura bosqichida va 10 nafari doktorantura (PhD) bosqichida oʻqitiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitish dasturi doirasida xorijiy taʼlim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda tahsil olib, magistratura va doktoranturani bitirib qaytgan mutaxassislarga Vazirlikning yoʻllanmasi asosida taʼlim muassasalari hamda tegishli sohalardagi tashkilotlarda kamida 5 yil davomida uzluksiz faoliyat olib borish yoki xorijda taʼlim olish xarajatlarini 12 oy davomida ikki baravar miqdorda “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga qaytarish majburiyati yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlik Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-174-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-174-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti Vasiylik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi, Vasiylik kengashi raisi

2.

Lavozimi boʻyicha

Markaziy Osiyo mamlakatlarining tegishli vazirliklari tomonidan tavsiya etiladigan nomzodlar, Vasiylik kengashi hamraislari (kelishuv asosida)

3.

A. Tuychiyev

Oliy Majlis Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida)

4.

X. Gapparov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida)

5.

S. Vaxba

Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo uchun barqaror rivojlanish boʻyicha mintaqaviy direktori (kelishuv asosida)

6.

S. Kim

Global yashil oʻsish instituti ijroiya direktori (kelishuv asosida)

7.

M. Mumba

Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili boʻlgan xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar toʻgʻrisidagi konvensiya Bosh kotibi (kelishuv asosida)

8.

I. Kutbiddinov

Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri oʻrinbosari

10.

B. Mamedov

Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi ijrochi direktori (kelishuv asosida)

11.

B. Pulatov

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti rektori, Vasiylik kengashi kotibi

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PQ-110-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 07/26/110/0287-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-174-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetining faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida (keyingi oʻrinlarda — Universitet) taʼlim sifatini oshirish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash

1.

Zarur yangi oʻquv rejalari va fan dasturlari, oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqish.

1. Universitet taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan professor-oʻqituvchilar tarkibi va jalb qilingan ekspertlar orasidan ishchi guruhlar tuzish.

2023-yil iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlari, shuningdek, talabalar bilimini baholash tizimini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2023/2024 oʻquv yili

3. Yangi oʻquv reja joriy qilingan akademik guruhlarda, kafedralar yigʻilishlari, fakultet va universitet kengashlarida buyurtmachi tashkilotlar, talabalar amaliyot oʻtashini taʼminlagan tashkilotlar ishtirokida bitiruvchilar erishgan kasb malakalaridan kelib chiqib tanqidiy tahlil oʻtkazish, oʻquv rejasi va fan dasturlarini zamon talablari asosida takomillashtirish hamda oʻquv jarayoniga joriy etish.

2023/2024 oʻquv yili yakuni

2.

Universitetda kafedralar tizimini tashkil etish.

1. Tarmoq mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish.

2023-yil iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Ishchi guruh tomonidan universitetda, iqtisodiyot tarmoqlarida va hududlarda yangidan tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish hamda asoslash.

2023-yil iyul

3. Kafedralar faoliyatini boshlash muddatlarini belgilash.

2023/2024 oʻquv yili

4. Kafedralar nizomlarini ishlab chiqish, ularni oʻquv-uslubiy va boshqa hujjatlar bilan taʼminlash.

2023-yil iyul

5. Kafedralarda professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish hamda kafedralar faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish.

2023-yil sentabr

II. Universitetda taʼlim jarayonini tashkil etish

3.

Universitetda xalqaro taʼlim standartlari asosida taʼlim jarayonini tashkil etish.

1. Universitetda tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻqitishni tashkil etish maqsadida respublikamizdagi yetakchi ilmiy xodimlar, mutaxassislar va professor-oʻqituvchilarni jalb qilish.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar

vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Universitet

2. Oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlari asosida oʻqitishning ilgʻor texnologiyalari va metodlarini tatbiq etish.

3. Tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish yoʻnalishidagi taʼlim muassasalariga metodik va amaliy koʻmak koʻrsatish.

4. Nufuzli xorijiy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma dasturlar asosida oʻqitishni yoʻlga qoʻyish maqsadida hamkorlik memorandumlarini tuzish va imzolash.

2023-2024-yillar

5. Universitetda elektron oʻqitish tarmogʻini yaratish.

2023-2024 oʻquv yili

4.

Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiya masalalariga bagʻishlab isteʼdodli talabalarning xalqaro ilmiy-ijodiy forumini oʻtkazish.

1. Universitetning faol va isteʼdodli talabalarini ilmiy-tadqiqot va ijodiy guruhlarga jalb qilish.

Doimiy

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar

vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Universitet

2. Universitet hududida buk-kafe tashkil qilish.

2023-yil noyabr

3. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-ijodiy forum tashkil etish.

5.

Amaliyotda talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni maqsadli tayyorlashni taʼminlash hamda shu asosda taʼlim mutaxassisliklari va yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlashga har yillik maqsadli buyurtmalar portfelini shakllantirish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohasidagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tijoriy tuzilmalar va nodavlat tashkilotlarning kadrlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini kompleks tahlil qiluvchi doimiy ishlaydigan tizimni yaratish.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Universitet

III. Tashkilotlar bazasida malakaviy amaliyotlarni tashkil etish

6.

Talabalarda amaliy va ishlab chiqarish koʻnikmalarini shakllantirishda ish beruvchi tashkilotlarning ishtirokini oshirish va masʼuliyatini belgilash.

1. Universitet talabalarining amaliyotini tashkil etish boʻyicha amaliyot oʻtash obyektlari — ish beruvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2023-yil noyabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Universitet

2. Zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etgan yetakchi tashkilotlar bilan talabalarning amaliyot oʻtashi boʻyicha oʻzaro hamkorlik shartnomalarini tuzishda ish beruvchi tashkilotlarning talabalarda amaliy va ishlab chiqarish koʻnikmalarini shakllantirish majburiyatlarini eʼtiborga olish.

2023-yil dekabr

3. Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazish.

har yili

4. Talabalar amaliyotini tashkilotlar bazasida oʻtkazish, ularning amaliyot oʻtashlari uchun zarur jihoz va texnikalar, transport vositalari, yashash sharoitlari bilan taʼminlash.

2023/2024 oʻquv yili

7.

Talabalarning sohadagi muayyan korxonalar va tashkilotlarda amaliy mashgʻulotlar hamda malakaviy amaliyotlar oʻtishini tashkil qilish.

1. Tarmoqning nazariy va amaliy muammolaridan kelib chiqib, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajriba va ilmiy tadqiqotlar natijalarini inobatga olgan holda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari uchun oʻquv-dala amaliyoti va malakaviy amaliyot dasturlarini yaratish.

2024-yil mart

Amaliyotga biriktirilgan tashkilotlar mablagʻlari doirasida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Universitet, manfaatdor korxona va tashkilotlar

2. Tahsil olayotgan talabalar kontingentini tegishli korxonalar va tashkilotlarga biriktirish, shuningdek, taʼlim yoʻnalishi xususiyatidan kelib chiqqan holda ular bilan tegishli shartnomalar tuzish.

3. Shartnomalar va jadval asosida talabalarning amaliy mashgʻulotlari va malakaviy amaliyotini tashkil etish, mazkur jarayonni nazorat qilish uchun Universitetning masʼul vakillarini tayinlash.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab muntazam ravishda

8.

Universitet professor-oʻqituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarining yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarda stajirovka oʻtash va malaka oshirishini tashkil etish.

1. Xorijiy mamlakatlarning sohadagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tahliliy markazlari bilan xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish va chuqurlashtirish boʻyicha 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash.

2023-yil oktabr

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Universitet

2. Tegishli xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2023-yil dekabr

3. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda stajirovka va malaka oshirishni tashkil qilish jadvalini tuzish, kelishish va tasdiqlash.

2023-yil fevral

4. Stajirovka va malaka oshirish kurslarining samarali va oʻz vaqtida tashkil qilinishini taʼminlash.

belgilangan muddatlarda

IV. Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyani rivojlantirish

9.

Xalqaro (shu jumladan, hamkorlikdagi) ilmiy-tadqiqot grant loyihalarini amalga oshirish.

1. Xorijiy davlatlar oliy taʼlim va ilmiy muassasalari bilan aloqalar oʻrnatish, qoʻshma konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar tashkil etish boʻyicha kelishuvlarga erishish.

har yili 20-sentabrga qadar

Xalqaro grantlar va xorijiy hamkorlarning mablagʻlari,

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish, ilmiy ishlarni olib borish boʻyicha takliflar tayyorlash va dasturini tasdiqlash hamda oʻz faoliyat yoʻnalishida ishlarni tashkil etish.

har yili 30-sentabrga qadar

3. Sohaga ilgʻor ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini joriy etish maqsadida ixtisoslashgan kompaniyalar bilan hamkorlikni amalga oshirish hamda ushbu ishlarga nufuzli xalqaro universitetlarni jalb qilish.

2024-yil aprel

4. Barcha ilmiy-tadqiqot ishlari, loyihalar va grantlarning bajarilishini tizimli monitoring qilish.

har chorakda

10.

Ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy maktablarni shakllantirishga koʻmaklashish hamda “fan — taʼlim — ishlab chiqarish integratsiyasi” tamoyili asosida ilmiy faoliyatni yoʻlga qoʻyish.

1. Magistratura, stajyor-tadqiqotchilik va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutini rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni taʼminlash.

2. Ilmiy ishlar olib boruvchi kafedralar faoliyatini tashkil etish va ragʻbatlantirish.

3. Ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun moddiy-texnik bazani yaratish, tegishli ilmiy uskunalar bilan taʼminlash.

4. Ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatiga iqtidorli magistrantlarni jalb qilish.

5. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohasi tarmoq tashkilotlarining muammolari tematik bazasini shakllantirish.

6. Davlat grantlari va xoʻjalik shartnomalari, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarining tematik bazadan foydalangan holda bajarilishini tashkil etish.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab muntazam ravishda

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

11.

Universitetda yirik ishlab chiqarish tashkilotlarining dolzarb muammolari yechimiga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun doktorantlarni maqsadli tayyorlash.

1. Dolzarb muammolardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot institutlari va kafedralarning yoʻnalishlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2. Doktorantura ilmiy yoʻnalishlarini sohaga tegishli tashkilotlarning mutaxassislarini ilmiy-texnik kengashlarida ishtirokini taʼminlash orqali hamkorlikni amalga oshirish.

3. Doktorantura tadqiqotchilariga ilmiy rahbar sifatida mahalliy va xorijiy salohiyatli ilmiy kadrlarni jalb etish.

4. Har yili tanlov asosida iqtidorli yoshlarni doktoranturaga qabul qilish.

Doimiy

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Ek?logiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

12.

Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish.

1. Yosh oʻqituvchi va ilmiy xodimlarni xorijiy va respublika taʼlim tashkilotlari hamda ilmiy-tadqiqot institutlariga biriktirish.

2. Universitetning axborot-resurs markazini xorijiy ilmiy jurnallar, yetakchi davriy nashrlar bilan taʼminlash.

3. Universitet professor-oʻqituvchilarini xorijda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda ishtirok etishini tashkil etish va taʼminlash.

Doimiy

Universitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

13.

Davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar, oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlarida Universitetning dala tadqiqotlari (dala laboratoriyalari) maydonlarini tashkil qilish.

1. Dala tadqiqotlari oʻtkazish hududlarni aniqlash.

2. Dala tadqiqotlari maydonlarini tashkil qilish.

2023-yil avgust

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

3. Universitet talabalarining dala tadqiqotlari maydonlarida amaliyotlarini oʻtkazib borish.

doimiy

V. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish

14.

Yashash joylarini ijaraga oluvchi talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.

1. Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, fuqarolar yigʻinlari vakillarini jalb qilgan holda, talabalarning turmush kechirish, darslarga tayyorlanish, dam olish va boshqa hayotiy ahamiyatga molik shart-sharoitlarini va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish.

2. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

doimiy

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

15.

Universitet hududida amaliy ishlab chiqarish maydonlari (media markaz, buk-kafe, Wi-Fi zonalar, munozara klublari va boshqalar)ni tashkil qilish.

1. Universitetda amaliy ishlab chiqarish maydonlari loyihasini (dizaynini) yaratish.

2. Amaliy ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish maqsadida grantlar va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb qilish.

3. Obyektlarning toʻlaqonli ishlashini taʼminlash.

2023-2024-yillar davomida

Xorijiy tashkilotlarning grant mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

16.

“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi sohasini rivojlantirish boʻyicha eng yaxshi tashabbuslar” respublika tanlovini tashkil qilish.

1. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Tanlovni ommaviy axborot vositalarida keng yoritgan holda tashkil qilish va oʻtkazish.

har oʻquv yilida

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

VI. Universitet hududida qurilish-montaj ishlarini olib borish va uning hududini obodonlashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

17.

Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qoʻrgʻoni, Chimkent yoʻli koʻchasi 2-uy manzilida joylashgan Oʻrmon xoʻjaligi texnikumining bino va inshootlarini tutash hududi bilan birgalikda Universitetga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul oʻtkazib berish.

Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qoʻrgʻoni, Chimkent yoʻli koʻchasi 2-uy manzilida bino va inshootlarini tutash hududi bilan birgalikda bepul oʻtkazib berish boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini taʼminlash.

2023-yil iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Buxoro viloyati hokimligi

18.

Buxoro shahri, B. Naqshband koʻchasi yoqasida joylashgan 1-passaj binosini Etnoekologiya ilmiy-tadqiqot markaziga bepul oʻtkazib berish.

Buxoro shahri, B. Naqshband koʻchasi yoqasida joylashgan 1-passaj binosini bepul oʻtkazib berish boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini taʼminlash.

2023-yil iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Buxoro viloyati hokimligi

19.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi Boʻstonliq oʻrmon xoʻjaligi va servis kasb-hunar kolleji va uning bino va inshootlarini Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetiga tasarrufiga bepul oʻtkazib berish.

Boʻstonliq oʻrmon xoʻjaligi va servis kasb-hunar kolleji va uning bino va inshootlarini bepul oʻtkazib berish boʻyicha qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtirilishini taʼminlash.

2023-yil iyun

-

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Madaniyat va turizm vazirligi

20.

Zarur infratuzilmani yaratish va Universitet faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun birinchi bosqichda kerakli kompleks ishlarni amalga oshirish.

1. Universitet bino va inshootlarini taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish.

2. Universitetni kompyuter va boshqa orgtexnika, oʻqitishning texnik vositalari, shu jumladan masofaviy va onlayn taʼlimni tashkil qilish uchun zarur boʻlgan texnikalar, oʻquv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan taʼminlash.

3. Universitetni mebel (doskalar, partalar, stollar, stullar va boshqalar), inventar, zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, shuningdek, oʻquv adabiyotlari va kutubxona fondi bilan taʼminlash.

4. Universitet bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish ishlarini bajarish, unga tutash hududdagi yoʻllar sifatini yaxshilash, ?yegishli infratuzilma, kommunikatsiya tarmoqlari, yoʻl-axborot koʻrsatkichlari bilan taʼminlash.

5. Tegishli uskunalar bilan jihozlagan holda, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish boʻyicha barcha zarur ishlarni bajarish.

6. Universitetni optik tolali liniya orqali Internet tarmogʻiga va axborot-taʼlimiy portallarga ulash.

2023-yil avgust

Ekologiya jamgʻarmasi,

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Toshkent shahri hokimligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar

vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar

vazirligi

21.

Universitetning rasmiy veb-saytini yaratish.

1. Veb-saytni ishlab chiqish boʻyicha ijrochilarni aniqlash va ular bilan shartnoma tuzish.

2. Veb-saytning internet tarmogʻida toʻlaqonli ishlashini taʼminlash.

3. Veb-saytni dolzarb va zarur axborot bilan doimiy ravishda yangilab borish.

2023-yil sentabr

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar

vazirligi,

Universitet

VII. Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish

22.

Vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari hududiy boʻlinmalari, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi va hududiy boʻlinmalari mutaxassislarining malakasini oshirishni tashkil etish.

1. Tinglovchilar kontingentini shakllantirish.

2. Sohalar boʻyicha oʻquv reja va dasturlarni ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.

2023-yil iyun

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Universitet

3. Tasdiqlangan oʻquv reja va dasturlar asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2023-yil iyun

4. Davlat taʼlim talablari asosida har ikki yilda bir marta majburiy tartibda malaka oshirish kurslarida oʻqitish.

2023-yil iyun —dekabr

23.

Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va IV toifalariga mansub korxona va tashkilotlar ekolog mutaxassislarining atmosfera havosini tozalash, oqova suvlarni tozalash tizimi va tuproq zararlanishining oldini olish hamda foydalanishda bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalar boʻyicha malakasini oshirishni tashkil etish.

1. Oʻquv reja va dastur ishlab chiqish hamda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash, dastur asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2023-yil iyun

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Universitet

2. Davlat taʼlim talablari asosida har ikki yilda bir marta majburiy tartibda malaka oshirish kurslarida oʻqitish.

2023-yil iyun —dekabr

24.

Davlat taʼlim talablari asosida (360 hamda 576 soatlik) qayta tayyorlash kurslarini yoʻlga qoʻyish.

1. Tinglovchilar kontingentini shakllantirish.

2023-yil iyun

Tinglovchilar hisobidan

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Universitet

2. Oʻquv reja va dastur ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

2023-yil avgust

3. Reja-jadval asosida qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish.

Reja-jadval asosida

25.

Markaz moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Markaz moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bunda:

100 dona oʻquv-amaliyot plansheti;

4 dona elektron oʻquv doska;

20 dona kompyuter jamlanmasi;

mobil laboratoriya avtomobili;

Tuproq, suv, atmosfera tahlili uchun oʻquv laboratoriya jihozlari.

2023-yil dekabr

Xalqaro grantlar mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Universitet

26.

Malaka oshirish kurslari boʻyicha sertifikatga ega boʻlgan tinglovchilarga sertifikat muddati tugagunga qadar oylik ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish.

1. Markaz tomonidan berilgan sertifikatga asosan sertifikatning amal qilish davrigacha mutaxassislarning lavozim maoshiga har oyda 20 foizdan kam boʻlmagan miqdorda ish beruvchilar tomonidan qoʻshimcha toʻlovni amalga oshirish.

2. Davlat taʼlim talablari asosida har ikki yilda bir marta majburiy tartibda malaka oshirish kurslarida oʻqitish.

Sertifikat amal qilish muddati tugagunga qadar (2 yil)

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar

27.

“Ekotaʼlim” elektron platformasi loyihasini ishlab chiqish.

1. “Ekotaʼlim” elektron platformasi loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil sentabr

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Universitet

2. Platformani moliyalashtirishni amalga oshirish va uni ishga tushirish.

2023-yil oktabr

3. Tinglovchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini real vaqt boʻyicha inson omilisiz elektron baholab borish.

2023-yil noyabr doimiy

28.

Vazirlik xodimlarini ularning malakasini oshirish uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali rivojlangan davlatlar universitetlari va tadqiqot markazlariga yuborish:

ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish maqsadida 5 nafar magistr (2 yil);

ilmiy ish olib borish uchun 2 nafar PhD tadqiqotchisi (3 yil);

amaliy bilim va stajirovka oʻtash maqsadida sohada faoliyat olib borayotgan 43 nafar mutaxassis (6 oydan 1 yilgacha);

xodimlarining tajriba almashish maqsadida (1,2 oy) malaka oshirishini taʼminlash;

markaz xodimlarining oʻquv dasturlarni ishlab chiqish boʻyicha xorijda qisqa muddatli seminar-treninglarda ishtirokini taʼminlash.

1. Xorijiy davlatlarga yuboriladigan mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish va “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga taqdim etish.

2. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda xorijiy rivojlangan mamlakatlardagi korxonalar va taʼlim tashkilotlarini aniqlash.

3. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali rivojlangan xorijiy korxonalar va taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2023-yil davomida

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Universitet,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

VIII. Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy faoliyatini rivojlantirish

29.

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut)da yaratilgan ilmiy ishlanmalarni (patentlar, texnologiyalar, dasturiy mahsulotlar) tijoratlashtirishni yoʻlga qoʻyish.

1. Institut tuzilmasida ilmiy ishlanmalarni patentlashtirish va tijoratlashtirish boʻlimini tashkil etish.

2023-yil avgust

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Universitet

2. Yaratilgan ilmiy ishlanmalar (patentlar, texnologiyalar, dasturiy mahsulotlar)ni oʻrmon xoʻjaliklaridagi ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etish va undan tushgan pul mablagʻlarining bir qismini Institutga yoʻnaltirishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish.

2023-yil sentabr

3. Oʻrmon xoʻjaliklarida daraxt-buta koʻchatlarini yetishtirish va daraxtzorlarni barpo etish ishlarini Institut tomonidan ishlab chiqilgan tavsiya hamda texnologiyalar asosida amalga oshirish.

2023 — 2025-yillar

4. Oʻrmon xoʻjaliklarda ilmiy asosda yetishtirilgan koʻchatlarni sotishdan tushadigan umumiy daromadning 5 foizini ishlanma muallifi (institut)ga shartnoma asosida oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2023 — 2025-yillar

5. Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va marketingini tashkil etish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Jizzax viloyatlarida koʻrgazmali yarmarkalarni tashkil etish.

2023-yil sentabr, oktabr

30.

Qurgʻoqchil sharoitda daraxt-buta koʻchatlarini yetishtirish hamda madaniy oʻrmonlar barpo etishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish.

1. Xalqaro UEFRO va KOICA tashkilotlari bilan daraxt-buta koʻchatlarini zamonaviy “smart” issiqxona va kichik hajmli koʻchatxona sharoitida yetishtirish boʻyicha tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish yuzasidan hamkorlik kelishuvlarni tashkil etish.

2023-yil oktabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Institut qoshida daraxt-buta koʻchatlarini jadal yetishtirish boʻyicha 1 ta zamonaviy issiqxona tashkil etish.

2024-yil dekabr

Xalqaro tashkilotlar mablagʻlari

(500 mln soʻm)

3. Togʻ va togʻoldi maydonlarda archa oʻrmonlarini tiklash uchun koʻchatlarni zamonaviy konteynerlar (briket, kasseta, rulon)da yetishtirish.

2024-yil oktabr

4. Lalmi togʻ va choʻl sharoitlarida nam saqlovchi polimer mahsulotlar (gidrogellar, kompozitsion mahsulotlar, kapsulalar) hamda oʻstiruvchi biologik moddalar (stimulyator, gummat oziqalar) yordamida madaniy oʻrmon barpo etish va koʻchatlar koʻkaruvchanligini oshirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni bajarish.

2024-yil mart

Ilmiy loyihalarga ajratiladigan mablagʻlar

(3,0 mlrd soʻm)

5. Toʻqay hududlarida daryo qirgʻoqlarini yuvilishdan saqlash va mustahkamlash uchun turangʻil, qayragʻoch, shumtol, jiyda, chakanda daraxt-buta oʻsimliklaridan oʻrmon barpo etish usullarini ishlab chiqish.

2025-yil fevral

31.

Institut tashkiliy tuzilmasida Qoraqalpogʻiston sharoitida oʻrmon yoʻnalishlarida doimiy tadqiqotlarni olib borishga ixtisoslashgan Qoraqalpogʻiston ilmiy-tajriba stansiyasini tashkil etish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumanidan tajriba stansiyasi uchun bino qurish va tajriba oʻtkazish uchun 10 ga yer maydonini ajratish.

2023-yil sentabr

Mahalliy budjet (6 mlrd soʻm)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Qoraqalpogʻiston ilmiy-tajriba stansiyasining moddiy-texnika bazasini yaratish.

2024-yil mart

Mahalliy budjet

(2 mlrd soʻm)

3. Yangidan tashkil etilgan tajriba stansiyasida choʻl sharoitiga bardoshli daraxt-buta koʻchatlarini yetishtirish hamda daraxtzorlarni barpo etishning ilgʻor texnologiyalarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

2023-2024-yillar

Ilmiy loyihalarga ajratiladigan mablagʻlari hisobidan

(1,5 mlrd soʻm)

32.

Institut tashkiliy tuzilmasida Toshkent viloyatida Chotqol togʻ oʻrmon meliorativ tajriba stansiyasi va uning Jizzax viloyati Zomin tumanida Kulsay tayanch punktini qayta tiklashni tashkil etish.

1. Toshkent viloyati Saksonota davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasiga qarashli Suqoq boʻlimini tugatib, Institut negizida Chotqol togʻ oʻrmon meliorativ tajriba stansiyasini qayta tashkil etish.

2023-yil oktabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaz??ligi,

Universitet

2. Zomin qoʻriqxonasiga qarashli Kulsay tayanch punktini tugatib, Institut negizida qayta tashkil etish.

2023-yil oktabr

Mablagʻ talab etilmaydi

3. Togʻ hududlaridagi tuproq degradatsiyasiga qarshi oʻrmon koʻchatlarini ekish va sel oqimlarini toʻxtatish boʻyicha ilmiy loyihalar tanlovini oʻtkazish va tadqiqotlarni bajarish.

2024-yil noyabr

Ijrochilar mablagʻlari

4. Togʻ yaylovzorlarini tiklash, saqlash va unumdorligini oshirish boʻyicha ilmiy loyihalar tanlovini oʻtkazish va tadqiqotlarni bajarish.

2025-yil mart

Ilmiy loyihalar uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan

(2,0 mlrd soʻm)

33.

Oʻrmon xoʻjaliklarida musbat belgiga ega daraxt-buta turlarining birlamchi urugʻchilik plantatsiyalarini barpo etish.

1. Oʻrmon fondi yerlarida tarqalgan daraxt-buta oʻsimliklarning musbat belgili turlarini tanlash boʻyicha tadqiqot ishlarini olib borish.

2023-yil oktabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Universitet

2. Buxoro tajriba stansiyasida jami 1,0 ga maydonda saksovulning “Jondor” navining doimiy urugʻchilik plantatsiyasini tashkil etish.

2023-yil oktabr

Xoʻjalik mablagʻlari hisobidan

(100 mln. soʻm)

3. Navoiy viloyati choʻl oʻrmonchiligini rivojlantirish markazida jami 1,0 ga qayrogʻoch va shumtol daraxtlarining urugʻchilik plantatsiyalarini barpo etish.

2024-yil oktabr

4. Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlari davlat oʻrmon xoʻjaliklarida shumtol va oq akatsiya daraxtlarining urugʻchilik plantatsiyalarini tashkil etish.

2025-yil oktabr

Xoʻjalik mablagʻlari hisobidan

(100 mln. soʻm)

34.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtzorlarni xavfli zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishning zamonaviy biologik kurash choralarini qoʻllash.

1. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani va Jizzax viloyati Zomin tumani sharoitida ekilgan daraxt-buta oʻsimliklarida entomologik va fitopatologik kuzatuvlar olib borish.

2023-yil iyun

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Universitet

2. Laboratoriya sharoitida kasallik va zararkunandalarning tur tarkibini aniqlash.

2023-yil iyul

3. Aniqlangan kasallik va zararkunanda turlariga qarshi laboratoriya va dala sharoitida uygʻunlashgan kurash choralarini olib borish.

2023-yil iyul

Xoʻjalik va subyektlar mablagʻlari hisobidan

(300 mln soʻm)

4. Zararkunanda va kasalliklarga qarshi mikrobiologik preparatlar (prestij, prestij plyus, lipitatsid, fitolavin, sporangin)ni vegetatsiya davrida qoʻllash.

2023-yil avgust

5. Foydali entomofag hasharotlarni zararkunanda lichinkalarining birinchi, ikkinchi, uchinchi rivojlanishda qoʻllash.

2023-yil avgust

Xoʻjalik va subyektlar mablagʻlari hisobidan

(300 mln soʻm)

35.

Oʻrmon fondi yerlarida oʻrmondan qoʻshimcha foydalanish uchun dorivor oʻsimliklarni yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish.

1. Andijon filialining 2,0 ga maydonida dorivor lavanda va kovul oʻsimligining koʻchatlarini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish.

2023-yil oktabr

Ijrochilar mablagʻlari hisobidan

(3,0 mlrd soʻm)

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Universitet

2. Toshkent viloyati Saksonota davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonasida dorivor valeriana va diaskareya oʻsimliklarini yetishtirish usullarini ishlab chiqish.

2024-yil noyabr

3. Toshkent va Navoiy viloyati tajriba stansiyalarida dorivor godji koʻchatlarini yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish.

2024-yil noyabr

4. Toshkent viloyati Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligida manzarali hamda dorivor evodiya daniela va meliya daraxt koʻchatlarini yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

36.

Vegetativ va generativ usullarda qiyin koʻpayadigan daraxt-buta oʻsimliklarini yetishtirishni yoʻlga qoʻyish.

1. Institut in-vitro laboratoriyasida iqlimlashtirish xonasini jihozlash va 0,01 ga maydonda issiqxona tashkil etish.

2023-yil noyabr

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

(300 mln soʻm)

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Universitet

2. Xorijdan keltirilgan manzarali va dorivor evodiya daniela, meliya hamda yogʻochbop pavlovniyaning “Shank-Tong” navi, golubika daraxt va buta turlarini mikroklonal usulda koʻpaytirish uchun donor oʻsimliklarni tanlab olish.

2024-yil aprel, may

Mablagʻ talab etilmaydi

3. Tanlab olingan donor daraxt-buta oʻsimlik hujayralaridan koʻpaytirish uchun laboratoriya sharoitida eksplantlar (urugʻlik material) tayyorlash.

2024-yil may — avgust

Mablagʻ talab etilmaydi

4. Viruslardan sterillangan laboratoriya sharoitida maxsus sunʼiy ozuqa muhitida nihollarini koʻpaytirish tadqiqotlarini olib borish.

2024-yil avgust

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar jamgʻarmalari

(1,0 mlrd soʻm)

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

(100 mln soʻm)

5. Koʻpaytirilgan nihollarni konteynerlarga ekib, moslashtiruvchi (adaptatsiya) xonalarida yetishtirish va parvarishlash.

2024-yil sentabr, oktabr

6. Yetishtirilgan koʻchatlardan Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida 1,0 ga maydonda namunaviy koʻchatxonalarni tashkil etish.

2025-yil aprel

37.

Hududlarning tuproq tarkibini ilmiy asosda oʻrganish orqali koʻchatlarni yetishtirish va oʻrmonlar barpo etishni yoʻlga qoʻyish.

1. Oʻrmon fondi yer maydonlari va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekiladigan hududlarda tuproq tarkibini oʻrganish, xaritalarini xoʻjalik shartnomalari asosida ishlab chiqish.

2023 — 2025-yillar, iyul

Xoʻjalik va subyektlar mablagʻlari hisobidan

(ish hajmiga qarab shartnoma asosida)

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Universitet

2. Tuproq namunalarini olish va tahlildan oʻtkazish uslublarini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

3. Ishlab chiqilgan uslublarga asosan tuproq namunalarini olish va tahlildan oʻtkazish.

2023 — 2025-yillar, mart, noyabr

4. Olingan maʼlumotlarga asosan, tuproqlarning tarqalishi boʻyicha xarita ishlab chiqish.

5. Natijalarga asosan tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt-buta turlari tavsiya etish.

2023 — 2025-yillar, dekabr

IX. Oʻrmon xoʻjaligi texnikumining faoliyatini takomillashtirish

38.

Oʻrmonchilik sohalariga oid yangi zamonaviy yoʻnalishlarni ochish.

1. Oʻrmonchilik sohalariga oid yangi zamonaviy yoʻnalishlarni ochish boʻyicha jahon tajribasini oʻrganish.

2. Sohaga doir Oʻzbekistonda mavjud ish oʻrinlari va talab darajasini aniqlash.

3. Quyidagi Yangi yoʻnalishlar ochish va ularga qabul kvotalarini belgilash.

Yoʻnalishlar:

Ekoturizm obyektlarini tashkil etish;

Oʻrmon inspektori;

Oʻrmon ekologi;

Oʻrmon kadastri;

Oʻrmonchilik iqtisodiyoti;

Sogʻlomlashtirish maskanlarini tashkil etish;

Manzarali bogʻdorchilik va gulchilik;

Landshaftli loyihalash.

2023-yil iyun — avgust

Oʻrmon xoʻjaligi texnikumi oʻquv shartnomalaridan tushadigan mablagʻlar hisobidan

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Universitet

39.

Texnikumni sohaga mos zamonaviy laboratoriya, innovatsion oʻquv moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlash.

1. Texnikum binosini kapital taʼmirlash.

2. Oʻquvchilar zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirishlari uchun zamonaviy laboratoriya (in vitro, zamonaviy issiqxona) zamonaviy kompyuter xo?asini (GIS, MAXENT) tashkil etish.

3. Dars jarayonlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish va interfaol usullarni qoʻllash maqsadida moddiy-texnik baza bilan taʼminlash.

4. Qabul kvotalariga mos ravishda yotoqxona qurish.

2023-2024-yillar

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari,

Toshkent viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Universitet

40.

Oʻquv amaliyotlarini zamonaviy laboratoriyalar, ilmiy-tadqiqot muassasalarida oʻtkazishni tashkil etish.

Ishlab chiqarish amaliyotlarini ishlab chiqarish tashkilotlari, xoʻjaliklar, xususiy sektorlarda tashkil etishni yoʻlga qoʻyish.

1. Texnikum va ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasida shartnoma tuzish.

2. Texnikum oʻquvchilarining ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish maqsadida sohaga oid ishlab chiqarish tashkilotlari, xoʻjaliklar, xususiy sektorlar (Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Darxon ilmiy-tajriba xoʻjaligi, Bahor gullari, Flowers Garden, Toshkent botanika bogʻi, R.R. Shreder nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy tajriba uchastkasi) oʻrtasida shartnoma tuzish.

bogʻdorchilik va uzumchilik ilmiy-tadqiqot instituti

3. Ishlab chiqarish amaliyotlarini sohaga oid ishlab chiqarish tashkilotlari, xoʻjaliklar, xususiy sektorlarda oʻtkazish.

2023-yil sentabr

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari,

Oʻrmon xoʻjaligi texnikumi oʻquv shartnomalaridan tushadigan mablagʻlari hisobidan

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Universitet

41.

Texnikumning bino va inshootlarini rekonstruksiya va taʼmirlash uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlarini jalb qilish.

Grant mablagʻlari hamda kreditlarni jalb qilish uchun choralarini koʻrish.

2023-2024-yillar

Xalqaro grantlar mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

X. Gidrometeorologiya texnikumining faoliyatini takomillashtirish

42.

Respublikada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar talabiga javob bera oladigan avtomat meteorologik stansiya mutaxassislari va meteorologik radiolokator operatorlarini tayyorlash.

1. Texnikum moddiy-texnika bazasini raqamli meteorologik asboblar bilan boyitish.

2023-yil aprel

Jahon meteorologiya tashkiloti,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari,

Xalqaro tashkilotlar mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Universitet

2. Mazkur qurilmalar boʻyicha oʻquv adabiyotlarini yaratish.

2023-yil sentabr

3. Oʻquv kurslariga xodimlarni tizimli jalb etish.

2023-yil dekabr

4. Xorijiy ilgʻor korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.

2024-yil iyun

5. Meteorologik parametrlar monitoringi va kadastri boʻyicha yagona axborot bazasini yaratish.

2024-yil dekabr

43.

Avtomat meteorologik stansiyalarga texnik xizmat koʻrsatish uchun texnik ustalar tayyorlash.

1. Texnikum moddiy-texnika bazasini raqamli meteorologik asboblar bilan boyitish.

2023-yil iyun — avgust

Jahon meteorologiya tashkiloti,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Universitet

2. Mazkur qurilmalar boʻyicha oʻquv adabiyotlarini yaratish.

2023-yil sentabr

3. Oʻquv kurslariga oʻquvchi-yoshlarni tizimli jalb etish.

2023-yil dekabr

4. Xorijiy ilgʻor korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.

2024-yil dekabr

44.

Zamonaviy avtomat agrometeorologik stansiyalar ishlab chiqish va ularga texnik xodimlar tayyorlash.

1. Agrometeorologik uskunalar ishlab chiqaruvchi xorijiy korxonalar bilan hamkorlik oʻrnatish.

2023-yil iyun — avgust

Jahon meteorologiya tashkiloti,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Universitet

2. Salohiyatli kadrlarni jalb etish.

2023-yil sentabr

3. Ishlab chiqarish va yigʻish ishlarini yoʻlga qoʻyish.

2023-yil dekabr

4. Qishloq xoʻjaligi tashkilotlari bilan shartnomalar imzolash.

2024-yil iyun

5. Oʻquv uslubiy va metodik adabiyotlar tayyorlash.

2024-yil dekabr

45.

Gidrologik stansiya va postlar xodimlariga zamonaviy raqamli gidrologik asbob-uskunalar boʻyicha dual (Toshkent shahri GMB va Toshkent viloyati GMB uchun) va sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

1. Texnikum moddiy-texnika bazasini raqamli gidrologik asboblar bilan boyitish.

2023-yil iyul

Jahon meteorologiya tashkiloti,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Universitet

2. Mazkur qurilmalar boʻyicha oʻquv adabiyotlarini yaratish.

2023-yil sentabr

3. Oʻquv kurslariga xodimlarni tizimli jalb etish.

2023-yil dekabr

4. Oʻzgidromet va Suv xoʻjaligi vazirligi bilan ikki tomonlama hamkorlikni taʼminlash.

2024-yil iyun

5. Xorijiy ilgʻor korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.

2024-yil dekabr

46.

Aerogeodezik va masofadan zondlash boʻyicha kunduzgi hamda ishlovchi xodimlar uchun dual va sirtqi taʼlim shakllarini joriy etish.

1. Texnikum moddiy-texnika bazasini boyitish.

2023-yil iyul

Jahon meteorologiya tashkiloti,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Universitet

2. Oʻquv adabiyotlarini yaratish.

2023-yil sentabr

3. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2023-yil dekabr

4. Oʻquvchi-yoshlar va mavjud xodimlar uchun uzluksiz taʼlim olish imkoniyatini yaratish.

2024-yil iyun

5. Xalqaro tashkilotlar va korxonalar bilan hamkorlik qilish.

2024-yil dekabr

47.

Talabalar uchun texnikumda sinoptik analiz va prognozlashtirish markazini tashkil etish.

1. Markazni bino va jihozlar bilan taʼminlash.

2023-yil avgust

Jahon meteorologiya tashkiloti,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Universitet

2. Salohiyatli kadrlarni jalb etish.

2023-yil sentabr

3. Oʻquv adabiyotlarini yaratish va xorijiy darsliklar bilan taʼminlash.

2023-yil dekabr

4. Sohaga ilgʻor texnologiyalarni olib kirish.

2024-yil iyun

5. Prognozlar ishlab chiqish va shartnomalar tuzish.

2024-yil dekabr

48.

Issiqxona effekti gazlari miqdori ortishi jarayonida gidrometeorologiya va ekologiya hamkorligini kompleks yoʻlga qoʻyish hamda zamonaviy ekoiqlimshunos kadrlar tayyorlash.

1. Gidrometeorologik omillar taʼsirida yuzaga keluvchi ekologik jarayonlarni oʻrganish.

2023-yil avgust

Jahon meteorologiya tashkiloti,

manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Universitet

2. Atmosfera ifloslanishi jarayonini ekologik va gidrometeorologik nuqtai nazardan tahlil qilish hamda mazkur jarayonlar raqamli bazasini tuzish.

2023-yil sentabr

3. Sohaga ilgʻor, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.

2023-yil dekabr

4. Zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay oladigan ekolog kadrlar tayyorlash.

2024-yil dekabr

5. Xavfli ekologik jarayonlarning ritmik atlasini yaratish.

2025-yil dekabr

XI. Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish

49.

Global iqlim oʻzgarishining salbiy taʼsirini kamaytirish va uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan dolzarb muammolar yechimiga bagʻishlangan ilmiy loyihalarni bajarish hamda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish.

1. Xorijiy tajribalarni oʻrganish va ulardan olingan natijalar asosida loyihalarni shakllantirish orqali ilmiy-tadqiqot ishlanmalarni ishlab chiqish.

2023-2024-yillar

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

2. Har bir loyihaning tanqidiy tahlil qilinishi natijasida loyihalarni qayta koʻrib chiqish, ularning sifatini oshirish va olingan ilmiy natijalar doirasida sohada tatbiq etish.

3. Gidrometereologiya sohasiga tegishli boʻlgan global iqlim oʻzgarishini inobatga olgan ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

Doimiy ravishda

50.

Zamonaviy geoaxborot tizimlarini qoʻllagan ho?da Oʻzbekiston tabiiy koʻllarining gidrologik rejimini modellashtirish.

1. Loyiha pasportini shakllantirish;

2023-yil iyun

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

2. Loyiha konsepsiyasi va texnik yechimlarini yechish orqali loyihani shakllantirish.

2023-yil iyul

3. Oʻzbekiston hududida joylashgan barcha koʻllar boʻyicha tegishli koordinatalar, tavsiflar, xarakterli belgilar bilan maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2023-yil sentabr

4. Elektron katalog yaratish, unda koʻllar boʻyicha barcha mavjud maʼlumotlarni toʻplashni tizimlashtirish va turli shakllarda (batigrafiya, gidrokimyo, rejim va boshqalar) taqdim etish.

2024-yil yanvar

5. Oʻzbekiston koʻllari boʻyicha milliy axborot platformasini ishlab chiqish.

2025-yil dekabr

51.

Oʻzbekistonda atmosfera havosi ifloslanishi darajasi va aholi salomatligiga aerogen xavfni kompleks baholash asosida atmosfera havosi sifati monitoringi milliy axborot platformasini va uning mobil ilovasini yaratish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ob-havoga sezgirligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yaratish.

2023-yil avgust

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

2. Aholi salomatligi uchun meteorologik parametrlardan kelib chiqadigan xavfni baholash metodikasini ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

3. Oʻzbekistonning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena meʼyorlarini ishlab chiqish.

2024-yil yanvar

4. Oʻzbekiston Respublikasi aholisining ob-havo sharoitiga bogʻliq qatlamlarini erta ogohlantirish tizimi milliy axborot platformasini yaratish.

2025-yil yanvar

52.

Agrometeorologik kuzatuvlar va agrometeo prognozlarni avtomatik monitoring qilishning kompleks tizimini yaratish va uni rivojlantirish.

1. Loyiha pasportini shakllantirish.

2023-yil oktabr

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

2. Loyiha konsepsiyasi va texnik yechimlarini yechish orqali loyihani shakllantirish.

2024-yil dekabr

3. Agrometeorologik kuzatishlar, shu jumladan modellar natijalarini monitoring qilishning kompleks tizimini yaratish.

2025-yil noyabr

53.

Zamonaviy meteorologik monitoring, ob-havo prognozi tizimlarida matematik algoritmlarni qoʻllagan holda prognozlash tizimlarini rivojlantirib borish.

1. Ob-havo prognozining COSMO-CA sonli modeli maʼlumotlari asosida xavfli gidrometeorologik hodisalar (kuchli shamol, jala yomgʻirlari, sel toshqinlari) monitoring tizimi va uning mobil ilovasini yaratish.

2. “CARFFGS” tizimi asosida Oʻzbekiston hududlar kesimida sel toshqinlari haqida oldindan ogohlantirish interaktiv onlayn tizimini ishlab chiqish va tatbiq etish.

3. “MODSNOW” tizimi asosida Oʻzbekistonning togʻli hududlaridagi muzliklarning massa balansi oʻzgarishini va kelgusidagi bashorat qilib borish monitoring tizimini ishlab chiqish va tatbiq etish.

4. Ob-havo prognozi tarmoqlarida joriy etilayotgan ogohlantirish tizimidan foydalanish boʻyicha ustuvorlik va koʻnikmalarni oshirish boʻyicha treninglar oʻtkazish.

2023-2024-yillar davomida

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

54.

Parij bitimiga muvofiq Oʻzbekistonning belgilangan milliy hissasini amalga oshirish va monitoring qilish shaffofligini oshirish uchun “Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi va yerdan foydalanish sektorlarida salohiyatni mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish.

1. BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hadli konvensiyasiga muvofiq, mamlakat hisobotlarining sifati va muddatiga qoʻyiladigan talablarning sezilarli darajada sifatini oshirish.

2. Parij bitimi va BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hadli konvensiyasi doirasidagi soʻnggi qarorlarga muvofiq shaffoflikni oshirish tizimini yaratish.

3. Mamlakatlar tomonidan yangi hisobot shakliga bezarar va xatosiz oʻtishni tashkil etish.

4. Issiqxona gazlari ajratmalari, iqlimni moliyalashtirish va issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar natijalarini kuzatish orqali mamlakatning iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha saʼy-harakatlarining shaffofligini taʼminlash.

2023-2024-yillar davomida

BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) / Global ekologik fond (GEF) bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

55.

Xorijiy hamkor va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

1. Yer tadqiqotlari instituti (GFZ-Potsdam, Germaniya) bilan muzliklarni monitoring qilish yuzasidan amaliy tadqiqot ishlarini olib borish boʻyicha anglashuv memorandumini imzolash.

2023-yil iyul

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

2. Iqlim tadqiqotlari instituti (PIK-Potsdam, Germaniya) bilan Oʻzbekistondan iqlim oʻzgarishi, qayta tiklanuvchi energiya resurslari va aholi salomatligi yoʻnalishida hamkorlik kelishuvini imzolash.

2023-yil sentabr

3. Tadqiqot va ishlanmalar tashabbusi (CHUO universiteti, Yaponiya) bilan atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona gazlarini GOSAT sunʼiy yoʻldosh orqali monitoring va hisob-kitoblar yuritish tizimini Oʻzbekistonda joriy etish boʻyicha anglashuv memorandumini imzolash.

2023-yil noyabr

4. AQSHning geologiya xizmati (USGS, AQSH) bilan Geoinformatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda suv resurslarini boshqarish, tabiiy ofatlarni prognozlash borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish b?yicha anglashuv memorandumini imzolash.

2023-yil dekabr

56.

“Markaziy Osiyoda iqlim oʻzgarishi sharoitida chang boʻronlari muammolari va ularning taʼsirini bartaraf etishda zamonaviy tadqiqotlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.

1. Tadbir dasturi va konsepsiyasini ishlab chiqish.

2023-yil sentabr

Budjet mablagʻlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari, ijrochilar mablagʻlari

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Universitet

2. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish.

2023-yil noyabr

3. MDH, Yevropa, Osiyo va boshqa mamlakatlar olimlari va mutaxassislarining taklifi bilan xalqaro konferensiya tashkil etish.

2024-yil aprel

XII. Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirish rejalashtirilayotgan maqsadli ilmiy loyihalar

57.

Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida Orol dengizining qurigan tubi florasi inventarizatsiyasini oʻtkazish va muntazam yangilanib boruvchi raqamli maʼlumotlar bazasini yaratish.

1. Orol dengizining qurigan tubida belgilangan tadqiqot hududlarida shoʻrlanish darajasi va florasi inventarizatsiyasini oʻtkazish.

2. Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida hududlarning shoʻrlanish darajasi va florasini raqamlashtirish.

3. Orol dengizining qurigan tubi florasi boʻyicha raqamli maʼlumotlar bazasini yaratish.

4. Orol dengizi qurigan tubi florasining muntazam monitoringini olib borish.

2023 — 2025-yillar

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi, Universitet

58.

Orolboʻyi mintaqasi uchun chang boʻronlarining shakllanish sharoitlari va tarqalish mintaqalarini prognozlashtirish modelini ishlab chiqish.

1. Statsionar boʻlmagan modellashtirish tizimini ishlab chiqish va prognozlashtirish mexanizmlarini tadqiq qilish.

2. Tadqiqot natijalari asosida yangi mezonlarni belgilash uchun xulosalar taqdim qilish.

3. Hududdagi ekologik holatning xavflilik darajasiga qarab ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

4. Chang boʻronlarining shakllanish sharoitlari va tarqalish mintaqalarini prognozlashtirishning dasturiy taʼminotini yaratish.

2023 — 2025-yillar

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi, Universitet

59.

Sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarni tozalashning bioinjenerlik qurilmasini yaratish (amaliy).

1. Ishlab chiqarish korxonalarining asosiy texnologik jarayonlari hamda tashkilotlarda yoʻlga qoʻyilgan oqova suvlarni tozalash jarayonlari haqida maʼlumotlar toʻplash.

2. Sanoat va ishlab chiqarish korxonalaridan chiqadigan chiqindi oqova s?vlarni tozalash uchun taklif etilayotgan bioinjenerlik qurilm?si orqali tozalangan chiqindi oqova suvlarni turli xil kimyoviy moddalardan tozalash.

3. Tozalash qurilmasining gidravlik hisobini hisoblash, optimal gidravlik parametrlarini aniqlash, suvni tindirish inshooti oʻlchamlarini hisoblash.

4. Turli xil korxonalardan chiqadigan oqova suvlarni tozalashning mexanik konstruksiyasi qurilmasidan foydalanish boʻyicha maxsus qoʻllanmalar ishlab chiqish.

2023 — 2025-yillar

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish agentligi, Universitet

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2023-y., 07/23/174/0348-son; 27.07.2023-y., 06/23/114/0527-son; 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son; 30.03.2026-y., 07/26/110/0287-son)