O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1993—1995 YILLARDA “O‘ZBEKREZINOTEXNIKA” IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASIDA YuK AVTOMOBILLARI UChUN ShINALAR ChIQARISh BO‘YIChA IShLAB ChIQARISh QUVVATLARI BARPO ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Kimyo sanoati korxonalarini rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining KamAZ, ZIL, GAZ markali yuk avtomobillari, avtobus va trolleybuslar uchun shinalarga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘laroq ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zdavkimyokonsern”ning 5000 mln. so‘m miqdoridagi davlat kredit resurslari va 13,3 mln. AQSh dollari miqdoridagi markazlashgan valyuta mablag‘lari hisobiga har yili yuk avtomobillari uchun 200 ming shina chiqaradigan “O‘zbekrezinotexnika” IBni tashkil etish va 1995-yilda ishga tushirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki 1993—1995-yillarda investitsiya dasturida yuk avtomobillari uchun shinalar ishlab chiqaradigan obyektlar qurish uchun zarur bo‘lgan uzoq muddatli imtiyozli resurslar ajratishni 1-ilovaga* muvofiq ko‘zda tutsinlar.
* 1-ilova matni rus tilida berilgan.
Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 1994-1995-yillarda “O‘zbekrezinotexnika” IB uchun Respublika jamg‘armasidan 2-ilovaga* muvofiq import bo‘yicha texnologik asbob-uskunalar xarid qilish uchun zarur bo‘lgan valyuta mablag‘lari ajratsinlar.
* 2-ilova matni rus tilida berilgan.
“O‘zbekrezinotexnika” IBga ayni vaqtda obyektlarni loyihalash va qurishga hamda qurilish-montaj ishlari uchun haqiqiy bajarilgan ish hajmlari bo‘yicha haq to‘lashni amalga oshirishga ruxsat etilsin.
2. “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi yuk avtomobillari uchun shinalar chiqaradigan korxona qurilishi bo‘yicha bosh pudratchi etib belgilansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi yuk avtomobillari uchun shinalar chiqaradigan korxona loyihalarini tezkorlik bilan va o‘z vaqtida ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlasin.
4. 1994-yildan boshlab “O‘zshartnomasavdo” va respublikaning boshqa ta’minot-sotish tashkilotlari qurilishda qatnashuvchi tashkilotlarga birkitilgan nomenklatura bo‘yicha kvotalangan mahsulotlar ajratishni nazarda tutsinlar.
5. “O‘zdavkimyokonsern” va “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi 1995-yilda yuk avtomobillari uchun shinalar chiqarish korxonasini qurish va ishga tushirishni ta’minlasinlar.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli majmuilariga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 30-sentabr,
478-son