09.09.1996 yildagi PF-1559-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT” JAMOATChILIK MARKAZI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh VA SAMARADORLIGINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamlarning o‘zliklarini chuqur anglashini, mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishini, milliy tafakkurning kengayishi va takomillashuvini, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg‘onishini ta’minlash ma’naviyat sohasidagi siyosatimizning asosiy maqsadiga aylanishi lozim. Ammo hanuz joylarda ma’naviyatning mohiyatini, uning olg‘a siljishimiz, farovon jamiyatga tezroq yetishimizdagi qimmatini chuqur idrok etmaslik hollari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim katta-kichik rahbarlar eski mustabidlik, zo‘ravonlik mafkurasining sarqitlaridan haligacha qutula olmay, bu borada kechirib bo‘lmaydigan oqsoqlik qilib ma’naviyatning asl mohiyatini tushunib yetmaslik tufayli unga ikkinchi darajali ish sifatida qaramoqdalar. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bo‘lgan bunday e’tiborsizlik kelajagi buyuk demokratik, ozod davlat qurishdek ezgu maqsadimiz ro‘yobi uchun mutlaqo ziddir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’naviyat sohasida olib borayotgan ishlarimizni yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo‘nalishi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylarda ma’naviyat bilan bog‘liq ishlarning amalga oshirilishi uchun butun mas’uliyat shaxsan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tuman hokimlari, respublikamizdagi barcha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar birinchi rahbarlarining zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazining joylardagi bo‘limlari ishini yanada yaxshilash maqsadida hokimliklar ularni ikki oy muddat ichida tegishli bino, zamonaviy jihozlar, transport va texnika vositalari bilan ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoshlarimiz ongiga ona — Vatanga, buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi misli ko‘rilmagan bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg‘ularini singdirish maqsadida ularni dunyoni hayratga solgan qadimiy yodgorliklar va mustaqillik davrida bunyod etilgan ulkan inshootlar, ma’rifat maskanlari, yurtimizning go‘zal tabiati bilan muntazam tanishtirib borish uchun maxsus tanishtiruv sayohatlar tashkil etish barcha hokimlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu maqsadda hokimliklar va “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, “Kamolot” yoshlar jamg‘armasi tegishli tavsiyalarni 2 oy muddat ichida ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlarini istiqlol g‘oyalarini, milliy qadriyatlarni teran anglaydigan, fidoyi, tashkilotchi, tashabbuskor xodimlar bilan mustahkamlash uchun ularning rahbarlari shu yilning oxiriga qadar qayta sinovdan o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki, hududiy bo‘limlar rahbarlari tegishli hokimliklar tavsiyasiga binoan respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yosh avlodni buyuk an’analarimizga, yuksak ma’naviy qadriyatlarimizga sodiqlik va porloq kelajak egalari ekanliklariga qat’iy ishonch ruhida tarbiyalash maqsadida 1997-yildan boshlab 1-oktabr “O‘qituvchilar va murabbiylar” kuni deb e’lon qilinsin hamda dam olish kuni hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu bayramda o‘tkaziladigan barcha tadbirlar o‘qituvchilar, murabbiylar, tarbiyachilar, umuman bolalar bilan ishlashga, ularning sog‘lig‘ini himoyalashga, jismonan va ruhan sog‘lom kamol toptirishga o‘z hayotini baxshida etgan insonlarni ulug‘lashga bag‘ishlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bu borada tegishli taklifni Oliy Majlisga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi nashri “Tafakkur” jurnalini joylarda keng yoyish uchun mahalliy hokimiyatlar uning obunasiga har tomonlama yordam ko‘rsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Matbuot qo‘mitasi Markazning “Ma’naviyat” nashriyotini tashkil etish, bu nashriyotning va “Tafakkur” jurnalining mualliflik qalam haqi miqdorlarini amaldagidan oshirish masalasini ko‘rib chiqsin va hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, uning joylardagi bo‘limlari, xo‘jalik hisobidagi korxonalari hamda “Tafakkur” jurnali Nizomida ko‘rsatilgan maqsadlar va vazifalarga qat’iy mos keladigan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha barcha turdagi soliqlardan besh yil muddatga ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar hokimi zimmasiga ikki oy muddatda Markazning asosiy binosini milliy uslubda ta’mirlash va zamonaviy jihozlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moliya vazirligi Markazga maxsus audio, video, foto va boshqa zarur texnik uskunalar xarid qilish uchun kerakli miqdorda mablag‘ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi qoshida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzilganligi e’tiborga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Farmonda Markazga berilayotgan imtiyozlar uning “Oltin meros” jamg‘armasiga ham taalluqli ekanligi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi jamg‘armani qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zarur o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ommaviy axborot vositalariga “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, uning “Oltin meros” jamg‘armasi faoliyatini keng yoritish, doimiy maxsus ruknlar ochish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston teleradiokompaniyasi Markaz bilan hamkorlikda maxsus “Ma’naviyat va ma’rifat” ijodiy guruhini tashkil qilsin, muntazam ko‘rsatuvlar va eshittirishlarni yo‘lga qo‘ysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur masalalarni amalga oshirish uchun tegishli idoralar vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhi tashkil etilganligi e’tiborga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 9-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1559-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1996-yil 9-sentabrdagi
PF-1559-sonli Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhi ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadval keltirilmaydi.