Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.09.1993 yildagi 450-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUG‘ORILADIGAN YERLARDA BOShOQLI EKINLAR YaLPI DON HOSILINI KO‘PAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, sug‘oriladigan yerlarda boshoqli ekinlar ekishni ko‘paytirish va yalpi don hosilini oshirish yuzasidan respublikada maqsadga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. 1992-yilda sug‘oriladigan yerlardagi bug‘doy va arpa ekinlari maydoni 90 ming gektarga ko‘paytirilib, 1991-yildagiga qaraganda 240 ming tonna ko‘p don olindi. 1993-yilda sug‘oriladigan yerlardagi boshoqli don ekinlari maydoni yana 55 ming gektarga kengaytirilib, jami 390 ming gektarga yetdi. Don hosili olish va tayyorlash ham shunga muvofiq darajada kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga sug‘oriladigan yerlarda har gektardan 20 sentnerdan kam hosil olish hollari ham ko‘plab yuz bermoqda. Hosilni yig‘ib olishda, tashishda va saqlashda nobudgarchilikka yo‘l qo‘yilmoqda, to‘plangan hosil xo‘jasizlarcha isrof qilinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” va ularning joylardagi idoralari, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi, jamoa va davlat xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, paxta, g‘alla, bedani almashlab ekishni o‘zlashtirish, tuproqni unumdor qilish, urug‘chilikni to‘g‘ri tashkil etish masalalari bilan o‘ta qoniqarsiz darajada shug‘ullanyaptilar. Boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yerlarga takroriy ekin sifatida silosbop makkajo‘xori va boshqa ozuqa ekinlari ekish tajribasi keng qo‘llanilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sabablarga ko‘ra sug‘oriladigan yerlarda don yetishtirish samaradorligi past bo‘lib qolyapti, xo‘jaliklar zarur miqdordagi hosildan mahrum bo‘lyapti. Respublika esa ko‘plab miqdordagi g‘allani chetdan keltirib, uning uchun valyuta va boshqa qimmatbaho resurslarni sarflashga majbur bo‘lyapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘oriladigan yerlardan olinadigan yalpi don hosilini ko‘paytirish imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, respublikani uning o‘zida yetishtirilgan g‘alla va don mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 1994-yil hosili uchun cyg‘opiladigan yerlarda kuzgi boshoqli don ekinlari ekish, Qopaqalpog‘icton Respublikasi va viloyatlarda don mahsulotlari yetishtirish va xarid qilish hajmlari (1-ilova),* urug‘lik jamg‘arish (2-ilova)* hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha 1994-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish tartibi (3-ilova)* to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yilda respublika bo‘yicha paxta yetishtirish uchun 1500 ming gektar atrofida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha 4-ilovaga* muvofiq yer maydoni ajratish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilovalar matni rus tilida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni, “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” sentyabr oyida jamoa va davlat xo‘jaliklarining rahbarlari, mutaxassislari va mexanizatorlari bilan sug‘oriladigan yerlarda boshoqli don ekinlari o‘stirishning samarali texnologiyalariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazsinlar. Agrotexnik tadbirlar majmuining to‘la amalga oshirilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatilsin, har bir xo‘jalik va tuman sug‘oriladigan yerlarning gektaridan kamida 40—45 sentnerdan don hosili olishga erishish uchun talab qilinadigan miqdorda mineral va tabiiy o‘g‘itlar solinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan, hosildan bo‘shagan yerlardan silosbop makkajo‘xori, kechki meva va kartoshka, dukkakli va boshqa tezpishar ekinlarni ekish hamda shu asosda har gektar yerdan kafolatli ravishda 2-marta hosil olish yo‘li bilan boshoqli don ekinlari ekishga ajratilgan sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari, qishloq xo‘jaligi idoralari, xo‘jaliklar rahbarlari va mutaxassislarining muhim vazifasi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yilda respublikaning don mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish lozimligini hisobga olib, boshoqli don ekinlari maydonlarini bundan keyin ham kengaytirib borish va yalpi don hosilini ko‘paytirishning tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlari amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi boshlang‘ich urug‘chilik sohasida olib borilayotgan ishlarni kuchaytirsin, sara urug‘ yetishtirishni hamda sug‘oriladigan yerlarda ekiladigan don ekinlari navlarini yangilash va ko‘paytirish uchun bug‘doy va arpaning eng yaxshi, mahalliylashtirilgan boshlang‘ich navlarini yangilab borishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” 1994-yil hosilini yig‘ib olish uchun kamida 3 mingta don o‘rib-yig‘ish kombayni yetkazib bersin. Xo‘jaliklarni tuproqqa ishlov beradigan, g‘alla ekadigan va tozalaydigan hamda boshqa g‘alla texnikasi bilan zarur miqdorda ta’minlasin, ularni tuzatish va ishlatish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki g‘allani ekib, o‘stirib va yig‘ib oladigan kombayn va boshqa texnika vositalarini respublikaga olib kelish uchun “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish”ga imtiyozli qarz bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi idoralarining talabnomalariga binoan kuzgi g‘allani kuzda (sentyabr-oktyabr) va ko‘klamda (mart-aprel) sug‘orish paytlarida zarur bo‘lgan suv bilan ta’minlasin, zarurat tug‘ilganda suv iste’mol qilish limitlariga o‘zgarishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoa va davlat xo‘jaliklarining shu yilning o‘zidayoq kuzgi g‘alla ekishda foydalanishlari uchun yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlarini tezlashtirish, 1993-yildayoq yangi sug‘oriladigan maydonlarni o‘zlashtirib, ishga tushirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zdehqonchiliksanoatbanki” bilan birgalikda g‘allakor xo‘jaliklarni mablag‘ bilan ta’minlash, 1993-1994-yillarda g‘allachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli qarzlar berish tartibi masalasini ishlab chiqsin va shu yilning 15-sentabriga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
450-son