Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, oʻtkazilgan sud-ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholab borish belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Adliya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertlarini reyting tizimida baholash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash uchun asos boʻladigan mezonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertlarini baholash natijasida toʻplagan ballarini inobatga olgan holda tasniflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting natijalari boʻyicha sud ekspertlarini ragʻbatlantirish, mavjud ragʻbatlantirishni kamaytirish yoki bekor qilish yoxud intizomiy jazo qoʻllashgacha boʻlgan choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan sud ekspertining ish faoliyatini ommalashtirish, kelgusida uni boshqa ragʻbatlantirish va mukofotlar bilan taqdirlashda hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini tashkil etish, jumladan, Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish va Jamgʻarma faoliyatini boshqarish tartiblari, shuningdek, Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan nazoratni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertiza sohasidagi islohotlarni qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga subsidiyalar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertiza sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga koʻmaklashish, sud ekspertizaning yangi turlari va tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun grantlar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik faoliyatiga ilgʻor fan va texnika yutuqlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalariga ularning budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarining 50 foizgacha boʻlgan qismini sud-ekspertiza muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga sarflashga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimida davlat sud-ekspertiza muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga davlat sud-ekspertiza muassasalari tushumlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi tartibni Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlash huquqi beriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tizimida davlat sud-ekspertiza muassasalari boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom hamda faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, oʻzlarining nizomlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 13-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
705-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-dekabrdagi 705-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Namunaviy nizom davlat sud-ekspertiza muassasasi va nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti ekspertlarining (keyingi oʻrinlarda — sud ekspertlari) faoliyatini kasbiy layoqatliligi, oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimida baholash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Faoliyat koʻrsatib kelayotgan sud ekspertlarining ilmiy salohiyatini yanada oshirish, sud-ekspertlik sohasidagi innovatsion texnologiyalarni keng ommalashtirish, sud-ekspertiza faoliyatida sogʻlom raqobat muhitini yaratish reyting tizimida baholashning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertlari faoliyatini baholash qonuniylik, oshkoralik, xolislik, adolatlilik va shaffoflik prinsiplariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda berilgan sud-ekspertiza xulosalarining muddatida va sifatli bajarganligi, bajarilgan sud ekspertizalarining hajmi, sud ekspertining mehnat va ijro intizomiga rioya qilishi, ilmiy loyihalarda ishtirok etishi, ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishi (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun izlanishlari), yangi sud-ekspertiza turlarini joriy qilishi, yangi metodikalarni ishlab chiqishi, mavjud metodikalarni takomillashtirish, amalga oshirilgan targʻibot tadbirlari, faoliyatini takomillashtirish yuzasidan bergan asosli takliflari inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sud ekspertining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan baholash qoida tariqasida bir yilda bir marotaba amalga oshiriladi. Sud ekspertlarini reyting tizimida baholash ushbu Namunaviy nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Reytingni belgilangan tartibda yuritish davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, shuningdek, tizimida sud-ekspertiza muassasasi mavjud boʻlgan vazirlik yoki idora rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan Sud eksperti faoliyatini kasbiy layoqatliligi, oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlar asosida baholash boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiya 5 yoki 7 nafar aʼzodan iborat tarkibda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya tarkibi qoida tariqasida kuyidagi tartibda shakllantiriladi: davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rahbari yoxud uning oʻrinbosari — Komissiya raisi, davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining kadrlar ishi boʻyicha masʼul xodimi — Komissiya kotibi hisoblanadi, davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining tegishli tarkibiy boʻlimi masʼul xodimlari, tizimida sud-ekspertiza muassasasi mavjud boʻlgan vazirlik yoki idoraning vakili, shuningdek kelishuv asosida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar xodimlari ham uning tarkibiga kiritilishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya kotibi Komissiya majlislarini oʻtkazishni tashkil qiladi, hujjatlarni toʻplaydi, bayonnomalarni rasmiylashtiradi, tanishtiradi, eʼlon qiladi, saqlaydi, bayonnomalarda belgilangan tadbirlarni bajarilishini nazorat qiladi va boshqa tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya aʼzolari Komissiya majlisi oʻtkaziladigan sanadan kamida 5 kun oldin xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya majlislari uning aʼzolari umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Komissiya har bir aʼzosining sud ekspertiga mustaqil tarzda tegishli mezonlar asosida qoʻygan ballar Komissiya kotibi tomonidan umumlashtirilib, Komissiya aʼzolari soniga nisbatan yaxlitlash orqali oʻrtacha umumiy ball aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Faoliyatni baholash yuzasidan asoslantiruvchi hujjatlar tegishli tarkibiy boʻlim (laboratoriya va boʻlimlar) masʼul xodimlari tomonidan Komissiya kotibiga har yili 10-yanvarga qadar topshiriladi, 10-yanvardan kechiktirib topshirilgan hujjatlar Komissiya kotibi tomonidan qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiyaga asoslanmagan yoki soxta hujjatlarni taqdim qilish tegishli javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar har yili 20-yanvarga qadar tegishli tartibda koʻrib chiqilib va har bir faoliyatning dolzarbligi inobatga olinib, ushbu Namunaviy nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan mezonlar asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar belgilangan mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sud eksperti faoliyatini reyting tizimi asosida baholash koʻrsatkichlari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, quyidagicha tavsiflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86 — 100 ball — “aʼlo”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71 — 85 ball — “yaxshi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56 — 70 ball — “qoniqarli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0 — 55 ball — “qoniqarsiz”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiya majlisi bayonnoma orqali rasmiylashtiriladi, baholash jadvali bayonnomaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Reyting natijalari boʻyicha sud ekspertlarini ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Baholash natijasida toʻplangan reyting koʻrsatkichlariga asosan “qoniqarli”, “yaxshi” va “aʼlo” deb topilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud ekspertiga nisbatan davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki vazirlik, idora va tashkilotlarning budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmalari hisobidan ragʻbatlantirish, xususan, har oylik qoʻshimcha ustamalar miqdorini belgilashga doir choralar qoʻllanilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining ekspertlarini ragʻbatlantirish ushbu tashkilotlarning jamoa kelishuvlari yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Reyting natijasiga koʻra, faoliyati aʼlo deb topilgan sud ekspertiga nisbatan davlat sud-ekspertiza muassasalarining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmalari, shuningdek, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti hisobidan lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sud eksperti faoliyatini reyting tizimida baholashda faoliyati qoniqarsiz deb topilgan sud ekspertlarini lavozim maoshiga qoʻllanib kelingan ragʻbatlantirishlar kamaytirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyting tizimi asosida baholash faoliyati qoniqarsiz deb topilganligi sud ekspertiga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilishiga asos boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya reyting natijalarini har yili 25-yanvarga qadar eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari har yili 10-martga qadar reyting koʻrsatkichlariga asosan sud ekspertlariga nisbatan ragʻbatlantirish, mavjud ragʻbatlantirishni kamaytirish va bekor qilish yoki intizomiy jazo chorasi qoʻllashgacha boʻlgan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Reyting koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan sud ekspertining ish faoliyatini ommalashtirish kelgusida uni boshqa ragʻbatlantirish va mukofotlar bilan taqdirlashda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Reyting koʻrsatkichlari sud-ekspertiza muassasasining rasmiy axborot manbalarida, sud-ekspertiza faoliyatiga oid axborot portallarida va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Namunaviy nizom talablarining buzilishiga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertlarini reyting tizimida baholashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, shuningdek, tizimida sud-ekspertiza muassasasi mavjud boʻlgan vazirlik yoki idorarahbarining buyrugʻi bilan Namunaviy nizomda belgilangan tartibda Sud eksperti faoliyatini kasbiy layoqatliligi, oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlar asosida baholash boʻyicha komissiya tarkibini tasdiqlash.
Komissiya yigʻilishi boshlangunga qadar
2-bosqich
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining tegishli tarkibiy boʻlim (laboratoriya va boʻlimlar) masʼul xodimlari
Faoliyatni baholash yuzasidan asoslantiruvchi hujjatlarni Komissiya kotibiga topshirish.
har yili 10-yanvarga qadar
3-bosqich
Sud eksperti faoliyatini kasbiy layoqatliligi, oʻtkazilgan sud-ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlar asosida baholash boʻyicha komissiya
1. Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlarni tegishli tartibda koʻrib chiqib, har bir faoliyat dolzarbligini inobatga olib baholash.
har yili 20-yanvarga qadar
2. Komissiya majlisini bayonnoma orqali rasmiylashtirish, baholash jadvalini bayonnomaga ilova qilish.
har yili 20-yanvarda
4-bosqich
Sud eksperti faoliyatini kasbiy layoqatliligi, oʻtkazilgan sud-ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlar asosida baholash boʻyicha komissiya
Reyting natijalarini sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rasmiy axborot manbalarida, sud-ekspertiza faoliyatiga oid axborot portallarida va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish.
har yili 25-yanvarga qadar
5-bosqich
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti
Baholash natijasida toʻplangan reyting koʻrsatkichlariga asosan sud ekspertlariga nisbatan ragʻbatlantirish, mavjud ragʻbatlantirishni kamaytirish va bekor qilish yoki intizomiy jazo chorasi qoʻllashgacha boʻlgan choralarni koʻrish.
har yili 10-martga qadar
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, oʻtkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga muvofiqligi darajasini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ekspertining sud-ekspertlik faoliyatining asosiy prinsiplariga rioya etganligi
0 — 15
2.
Sud-ekspertiza tadqiqotlarini belgilangan ish hajmi meʼyoridan ortiq bajarilganligi (meʼyordan oshgan har bir baravar uchun 2 ball, biroq eng yuqori ball 15 balldan oshmasligi kerak)
0 — 15
3.
Sud ekspertizalarining muddatida bajarilishi. Sud ekspertizasini tayinlash haqidagi qarorda koʻrsatilgan savollarga toʻliq va asoslantiruvchi dalillar bilan ekspert tomonidan xulosa berilganligi, uning tergov va sud jarayonlarida jinoyatlarni fosh etishga koʻmaklashishi.
0 — 10
4.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan 20 tadan ortiq tadqiqotlar oʻtkazishi
0 — 8
5.
Yangi sud-ekspertiza turlari yoki yangi metodikalarni amaliyotga joriy qilishi
0 — 5
6.
Mavjud foydalanib kelinayotgan 1 ta uslubiy qoʻllanmani tanqidiy tahlil qilgan holda uni takomillashtirishga doir asoslangan takliflar ishlab chiqishi va ularni X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutiga kiritishi
0 — 5
7.
Ilmiy (grant) loyihalarida ijrochi, ilmiy ishlarni tayyorlashga rahbar hamda dissertatsiya tadqiqotlarini amalga oshirishga moʻljallangan Ilmiy kengashlarda aʼzo sifatidagi ishtiroki
0 — 5
8.
Ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishi (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun izlanishlari
0 — 5
9.
Xorijiy tillarni bilish darajasi (B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi)
5
10.
Quyidagi tadbirlardagi ishtiroki uchun:
0 — 18
Ilmiy nashrlar va qoʻllanmalar tayyorlanishi
Xorijiy
Mahalliy
har bir nashr uchun 10 ball
har bir nashr uchun 3 ball
OAV orqali hamda ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlari, shuningdek, ilmiy anjumanlar va seminarlarda ishtiroki uchun
Respublika
Viloyat
har bir tadbir uchun 2 ball
har bir tadbir uchun 1 ball
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda hamda taʼlim muassasalarida uchrashuvlar oʻtkazganligi uchun
Har bir tadbir uchun 1 ball
Mehnat jamoalarida uchrashuvlar oʻtkazganligi, shuningdek faoliyat yuritadigan muassasasining rasmiy axborot manbalarida chiqishlari hamda boshqalar uchun
Har bir tadbir uchun 0,5 ball
11.
Mehnat intizomiga rioya etishi
0 — 5
12.
Jamoat ishlaridagi ishtiroki yoki yosh sud-ekspertlarga ustozlik qilishi
0 — 4
Salbiy koʻrsatkichlar:
1.
Tadqiqot oʻtkazish muddati asossiz oʻtkazib yuborilgan ishlar (har bir holat uchun)
-2
2.
Sud tomonidan asossiz deb topilgan yoki bekor qilingan sud-ekspertiza xulosalari (har bir xulosa uchun)
-10
3.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qonunchilik buzilishi holati boʻyicha kiritilgan taqdimnomalar (har bir kiritilgan taqdimnoma uchun)*
-10
4.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida koʻrsatilgan vajlarning toʻliq oʻz tasdigʻini topishi (har bir tasdigʻini topgan murojaat uchun)
-10
5.
Oʻtkazilgan taqrizlar boʻyicha sud-ekspertiza xulosalarida tasdiqlangan sud-ekspertizalarni oʻtkazish metodikasi qoidalari buzilganligi aniqlanishi (har bir kamchilik aniqlangan sud-ekspertizasi xulosasi uchun)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Davlat sud-ekspertiza muassasalari, shuningdek tizimida sud-ekspertiza muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, ushbu baholash mezonlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
(2-ilovaning izohi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-dekabrdagi 705-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoniga asosan tashkil qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma oʻz mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga va mazkur Nizomga asosan tasarruf qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi, uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Adliya vazirligi) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi shaxsiy hisobvaragʻiga jamlanadi hamda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi yuritiladi va amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarmani boshqarish va uning mablagʻlarini maqsadli taqsimlash Jamgʻarma faoliyatini boshqarish kengashi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma kengashi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligining Moliya-iqtisod boshqarmasi Jamgʻarma kengashining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-son Farmoniga muvofiq Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va ular tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan tushumning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq oʻtkaziladigan sud-ekspertiza tadqiqotlari uchun olingan toʻlovlarning 5 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak vositalari va grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma mablagʻlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-ekspertiza” elektron axborot tizimini joriy etish, texnik qoʻllab-quvvatlash va undan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan davlat-xususiy sheriklik asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertiza sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga koʻmaklashish, sud ekspertizasining yangi turlari va tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun grantlar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ekspertlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik faoliyatiga ilgʻor fan va texnika yutuqlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sud-ekspertiza muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat sud-ekspertiza muassasalarining soʻrovlariga asosan “E-ekspertiza” elektron axborot tizimini joriy etish, texnik qoʻllab-quvvatlash va undan foydalanish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun Jamgʻarma hisobidan mablagʻlar ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ajratilgan mablagʻlar, birinchi navbatda, “E-ekspertiza” elektron axborot tizimini texnik qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarma mablagʻlaridan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga subsidiyalar quyidagi maqsadlarda ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijaraga olingan binolar dastlabki olti oylik ijarasining 50 foizgacha boʻlgan miqdorini toʻlab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlar oʻtkazishda foydalaniladigan zamonaviy uskunalarni xorijiy davlatlardan import qilishda sarflangan transport xarajatlarini bir qismi boʻlgan, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Jamgʻarma mablagʻlaridan samarali va toʻgʻri foydalanishni tashkil etish uchun nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga yil davomida bir marotaba subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sud-ekspertiza sohasidagi ilmiy tadqiqotlarga koʻmaklashish, sud ekspertizasining yangi turlari va tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun zarur bilim va tajribaga ega boʻlgan ilmiy-tadqiqot muassasalariga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan grantlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sud ekspertlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirishda Jamgʻarma mablagʻlari davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ehtiyojlaridan kelib chiqib, biroq yil davomida oʻn nafardan koʻp boʻlmagan nomzodlarni xorijiy davlatlarda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlariga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamgʻarmaga tushadigan xorijiy valyutadagi mablagʻlar Adliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi shaxsiy hisobvaragʻiga jamlanadi va mazkur mablagʻlardan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarmadan mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan yoʻnalishlarga mablagʻlar tasdiqlangan xarajatlar smetasi boʻyicha ajratiladi hamda ulardan ushbu taqsimot doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi moliya yillarida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga Jamgʻarmadan mablagʻ mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratishda, mablagʻlar birinchi navbatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarida Jamgʻarmaga yuklatilgan vazifalarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha Jamgʻarma kengashiga zaruratga koʻra har yili dekabr oyining 15-sanasiga qadar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etuvchi yuridik shaxs nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank boʻlinmasining nomi va bankdagi hisobvaragʻi, elektron pochta manzili hamda STIR koʻrsatilgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish zarurligini asoslovchi tegishli hujjatlar (mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishiga qarab).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar, grantlar, rejalar hamda ularni moliyalashtirish bilan bogʻliq hisob-kitoblar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq va haqqoniyligi uchun ariza beruvchilar javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotidan ushbu Nizom talablariga muvofiq kelib tushgan arizalar Jamgʻarma kengashining navbatdagi yigʻilishi kun tartibiga qoʻyiladi va koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Ishchi organ tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma kengashi Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish zarurligiga aniqlik kiritish maqsadida qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamgʻarma mablagʻlarini olish uchun davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida, agar buyurtmanoma Jamgʻarmaning maqsad va vazifalariga mos kelmasa, mablagʻlardan maqsadsiz foydalanish tavakkalchiligi mavjud boʻlsa va loyihaning maqsadga muvofiqligi hamda iqtisodiy samaradorligi yetarlicha asoslanmagan boʻlsa, mablagʻlarni ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan taqdirda, Jamgʻarma kengashi tomonidan qaror qabul qilingandan keyin 3 ish kuni ichida ariza beruvchi xabardor qilinadi va belgilangan mablagʻ ariza beruvchining arizasida koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga 15 ish kuni ichida oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza beruvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan tadbirlar amalga oshirilgandan soʻng tasdiqlovchi hujjatlarni 15 ish kuni ichida Jamgʻarma kengashiga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida oʻzlashtirilmasdan qolgan mablagʻ hamda ajratilgan yoʻnalishdan boshqa maqsadlarga sarflangan mablagʻ toʻliq hajmda davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan Jamgʻarmaga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarmani boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jamgʻarmani boshqarish va uning mablagʻlarini maqsadli taqsimlash Jamgʻarma kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Unga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari rahbarlik qiladi va Jamgʻarma kengashining raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma kengashi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan kamida yetti nafar aʼzodan iborat tarkibda tasdiqlanadi va vazir oʻrinbosarlari, vazirlikning tegishli tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari, manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillari hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari rahbarlaridan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma kengashi oʻz faoliyatini mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi. Jamgʻarma kengashi aʼzolari Jamgʻarma boshqaruvidagi oʻz majburiyatlarini jamoatchilik asosida bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma kengashi majlisi aʼzolarning yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va Jamgʻarma kengashining raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamgʻarma kengashi majlisi har yarim yillikda oʻtkaziladi, shuningdek, zarur boʻlganda navbatdan tashqari majlislar ham oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlardan foydalanilishini nazorat qiladi va uning monitoringini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yil yakunida bir marotaba Jamgʻarma kengashiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi boʻyicha hisobot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma kengashining qarorlariga asosan Jamgʻarma faoliyati bilan bogʻliq boshqa ishlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisob va hisobot hamda nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob-kitoblar alohida gʻazna hisobvaraqlari orqali yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetalarini budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari uchun belgilangan tartibda tuziladi va Jamgʻarma kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetalarining bajarilishi boʻyicha yillik hisobot Jamgʻarma kengashi majlisida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi hamda Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jamgʻarma ishchi organi tomonidan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish, shu jumladan, Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda Adliya vazirligining umumiy hisobotlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jamgʻarma kengashi aʼzolari Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli va samarali taqsimlanishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan mablagʻ ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Masʼul ijrochilar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti
Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻ olish uchun Nizom talablariga muvofiq Jamgʻarma kengashiga ariza bilan murojaat qilish. Jamgʻarmadan mablagʻlar olish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish.
Zaruratga koʻra har yili dekabr oyining 15-sanasiga qadar
2-bosqich
Jamgʻarma kengashi
1. Jamgʻarmadan mablagʻ olish uchun Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish, tahlil etish va koʻrib chiqish.
2. Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida yoki mablagʻlar ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Jamgʻarma kengashining navbatdagi yigʻilishida
3-bosqich
Jamgʻarma kengashi
Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabarnoma yuborish.
Jamgʻarma kengashining tegishli qarori qabul qilingandan soʻng 3 ish kuni ichida
4-bosqich
Jamgʻarma kengashi
Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan taqdirda, davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti arizasida koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga Jamgʻarmadan mablagʻlar oʻtkazish.
Jamgʻarma kengashining tegishli qarori qabul qilingandan soʻng 15 ish kuni ichida
5-bosqich
Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti
Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan tadbirlar amalga oshirilganini tasdiqlovchi hujjatlarni Jamgʻarma kengashi (Ishchi organ)ga taqdim etish.
Tadbirlar amalga oshirilgandan soʻng 15 ish kuni ichida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-dekabrdagi 705-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 31-oktabrdagi 312-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 78-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) muqaddima “PF-5147-son” soʻzlaridan keyin ““Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Mazkur Nizom “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son, “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son, “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son farmonlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son, “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarorlariga muvofiq tijorat banklari tomonidan sudyalarga, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar apparatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda sud organlari deb ataladi) xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda prokuratura organlari deb ataladi) va davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka krediti berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning amal qilishi sudyalarga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalariga (keyingi oʻrinlarda sudyalar deb ataladi), sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar tijorat bankida sudyaning, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimining nomiga milliy valyutada ochilgan jamgʻarma hisob raqamida boʻlishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi prokuratura” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sudyani lavozimga tayinlash (saylash), Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi xodimlarini lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi tegishli qarorning, sud organlari, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning nusxalari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi prokuratura” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi “ipoteka toʻgʻrisida shartnoma, shuningdek kredit shartnomasi” soʻzlari “ipoteka toʻgʻrisida shartnomani, shuningdek kredit shartnomasini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-banddagi “sudya, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari,” soʻzlari “sudya, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi,” soʻzlari bilan, “sudyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, sud organlari,” soʻzlari “sudyaning, sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-bandning birinchi xatboshisidagi “sud organlari Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi,” soʻzlari “sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-banddagi “organlari xodimlari” soʻzlari “xodimlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-son, “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son, “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PF-5482-son farmonlariga, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 13-noyabrdagi PQ-2065-son, “Sudlar va adliya organlari faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-son qarorlariga muvofiq sudyalarga, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, quyi sudlar apparatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda sud organlari deb ataladi) xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda prokuratura organlari xodimlari deb ataladi), davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning amal qilishi sudyalarga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyalariga (keyingi oʻrinlarda sudyalar deb ataladi), sud organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi (keyingi oʻrinlarda pul kompensatsiyasi deb ataladi) uy-joylar bilan taʼminlanmagan sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlariga, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga amaldagi sarf-xarajatlar doirasida (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno), lekin:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oila aʼzolari uch kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda (sudyaning, sud organlari xodimining, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlarining, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining oʻzini hisoblamagan holda) ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda sudyani tayinlash (saylash), sud organlari xodimini, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlarini, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini tayinlash joyiga kelgan oila aʼzolari: xotini (eri), ularning bolalari va ota-onalari, shuningdek qonunchilikka muvofiq ijaraga oluvchining oila aʼzolari deb eʼtirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Sudyaga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlariga, davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi toʻlash sudya tayinlangan (saylangan) joyga kelgandan, sud organlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlari, davlat soliq xizmati organlari va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari tayinlangan joyga kelgandan keyin uy-joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joyni ijaraga olish (ijarada turish) shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Sudyaga tayinlangan (saylangan) joyida, sud organlari xodimiga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura xodimlariga, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga tayinlangan joyida xizmat uy-joy maydoni berilgan taqdirda yoki u uy-joy sotib olganda, uning vakolatlari toʻxtatilganda va tugaganda pul kompensatsiyasi toʻlash toʻxtatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Tayinlangan (saylangan) joyida ota-onalari yoki eri (xotini)ning ota-onalari uy-joylarida birga yashayotgan sudyalarga, tayinlangan joyida ota-onalari yoki eri (xotini)ning ota-onalari uy-joylarida birga yashayotgan sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlariga, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi toʻlanmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Sudya, sud organlari xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlari, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari pul kompensatsiyasini olish uchun vaqtincha yashash joyini va uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kommunal xizmatlar qiymatisiz amaldagi xarajatlar summasini koʻrsatgan holda tegishli organ rahbariga ariza beradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “prokuratura,” soʻzi “prokuratura organlari xodimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Pul kompensatsiyasi miqdorini aniqlashda hisobga olinadigan oila tarkibi oʻzgargan taqdirda, sudyaning, sud organlari xodimining, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlarining, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining oila tarkibi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilingan pul kompensatsiyasi miqdorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizasi asosida yangi miqdorlardagi pul kompensatsiyasi belgilangan tartibda ushbu oʻzgarishlar boshlangan kundan boshlab toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudya, sud organlari xodimi, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlari, davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari xodimlari tomonidan ortiqcha olingan pul kompensatsiyasi summasi qonunchilikda belgilangan tartibda ish haqidan ushlab qolish yoʻli bilan toʻliq miqdorda undan undirib olinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Ushbu Nizomga muvofiq sudyalarga, sud organlari xodimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, prokuratura organlari xodimlariga pul kompensatsiyasi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertlarining malakasini oshirish tizimini tashkil qilish toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi 206-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 45-modda) 2-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlarining soʻroviga asosan boshqa sud ekspertlarining huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil qilish”.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/171/0258-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-fevraldagi 73-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026-y., 09/26/73/0164-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son qarorining 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2021-y., 11-son, 235-modda) beshinchi xatboshisida “xarajatlarni qoplash” soʻzlaridan keyin “, faoliyatini tashkil etish va doimiy ravishda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash” soʻzlari bilan toʻldirilsin.