04.11.2022 yildagi 194-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 10-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 122]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. ShNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalartoifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 2010-yil 13-maydagi 32-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan ShNQ 2.01.19-09 “Xonalar, binolar va tashqi qurilmalarning portlash-yongʻin va yongʻin xavfliligi boʻyicha toifasini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir B. ZAKIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 4-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
194-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi B. GULYAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 23-sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 26-sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 2-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining 2022-yil 4-noyabrdagi 194-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, bino va inshootlar hamda tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda ShNQ deb yuritiladi) ishlab chiqarish va omborxona uchun moʻljallangan xonalar, bino va inshootlarning (bundan buyon matnda xonalar, bino va inshootlar deb yuritiladi) ularda saqlanayotgan (qoʻllanilayotgan) modda va materiallarning miqdori va portlab-yonish xavfi xususiyatlari hamda ushbu xona, bino va inshootlarda mavjud boʻlgan texnologik jarayonning xususiyatlarini inobatga olgan holda portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalarini, shuningdek ishlab chiqarish va omborxona uchun moʻljallangan tashqi qurilmalarning (bundan buyon matnda tashqi qurilmalar deb yuritiladi) yongʻin xavfi boʻyicha toifalarini aniqlash uslubini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Atamalar va taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu ShNQda quyidagi atama va taʼriflardan foydalanilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya — xavfli ishlab chiqarish obyektida inshootlarni va (yoki) texnik qurilmalarni vayron boʻlishi, nazoratsiz portlash va (yoki) xavfli moddalarni chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya ssenariysi — odamlarga, xonalar, bino va inshootlarga hamda texnologik uskunalarga xavfli yongʻin omillari taʼsir qiluvchi muayyan zonaga ega boʻlgan hodisalar ketma-ketligining modeli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apparatlar — kimyoviy, fizik yoki fizik-kimyoviy jarayonlarni amalga oshirish, shuningdek ulardagi turli moddalarni saqlash yoki koʻchirish uchun moʻljallangan texnik qurilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bugʻ-havo aralashmasining yonishi — hajmdagi bosimning oshishi bilan cheklangan hajmda hosil boʻlgan yonuvchi bugʻ havo aralashmasining yonish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinga qarshi boʻlma — binolarning yongʻinga qarshi devorlar oraligʻidagi qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi — jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulkining, shuningdek atrof tabiiy muhitning yongʻinlardan himoyalanganligi holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin yuklamasi — yongʻin sodir boʻlganda, xonada joylashgan yonuvchan va qiyin yonuvchan modda va materiallarning xona maydoniga nisbatan chiqishi mumkin boʻlgan issiqlik miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xavf — yongʻin va portlashning zararli taʼsiriga uchragan maʼlum miqdordagi odamlarning (ijtimoiy xavf kamida oʻn kishining jarohatlanishi bilan baholanadi) jarohatlanishidan iborat voqealar sodir boʻlish ehtimoli (chastotasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual xavf-xatar — fazoning muayyan nuqtasida avariya paytida sodir boʻlgan yongʻin va portlash omillari yuzaga kelishi ehtimoli (chastotasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“olovli shar” — bosim ostidagi yonuvchi gaz yoki suyuqlikli rezervuarning shikastlanishida (rezervuar ichidagi mahsulotning alangalanishi bilan) yuzaga keladigan keng qamrovli diffuziyali yonish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlash xavfi boʻlgan aralashma — havo yoki oksidlovchining yonuvchi gazlari, alangalanuvchi suyuqliklarning bugʻlari, yonuvchan chang yoki tolalar bilan aralashmasi, maʼlum bir konsentratsiyada portlash manbai paydo boʻlganda portlashga qodir boʻlgan portlovchi aralashma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi qurilma — bino va inshootlardan tashqarida joylashgan, yuk koʻtaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi konstruksiyalar joylashtirilgan apparatlar va texnologik uskunalar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik jarayon — modda va mahsulotlarning xususiyatini va (yoki) holatini oʻzgartirishga qaratilgan harakatlar bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish jarayonining bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻchirish vaqti (ishlab ketish vaqti) — quvur oʻtkazgichdan yonuvchi moddaning xonaga kelgan oqimi boshlanishidan (perforatsiya, uzilish, nominal bosimning oʻzgarishi va b.) gaz yoki suyuqlik oqimining toʻliq toʻxtashigacha boʻlgan vaqt davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni baholash — koʻrib chiqilayotgan korxona uchun individual va ijtimoiy xavf qiymatlarini hisoblash va uning normativ qiymatlari bilan taqqoslash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xonalar, bino va inshootlarni portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha tasniflash yongʻin sodir boʻlishining oldini olishga va yongʻin sodir boʻlganda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini yongʻindan himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan yongʻin xavfsizligi talablarini belgilash uchun ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfi boʻyicha tashqi qurilmalarni tasniflash yongʻin sodir boʻlishining oldini olishga va tashqi qurilmalarda yongʻin sodir boʻlganda jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini yongʻindan himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan yongʻin xavfsizligi talablarini belgilash uchun ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu ShNQ talablari portlovchi moddalarni ishlab chiqarish va saqlash uchun moʻljallangan xonalarga, bino va inshootlarga, shuningdek portlovchi modalarni ishga tushirish vositalariga hamda ularning toifalarini aniqlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xonalar, bino va inshootlarning portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalari mazkur ShNQga muvofiq loyihalashtirish bosqichida aniqlanadi, shuningdek mazkur toifalar loyiha-smeta va ekspluatatsion hujjatlarda nazarda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xonalar, bino va inshootlarning yongʻin (portlash) xavfi boʻyicha toifasi binoni (yongʻinga qarshi boʻlmani), inshootni, xonani hamda tashqi qurilmani yongʻin (portlash) xavfini tasniflash orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashqi qurilmalarga qoʻyiladigan talablar qurilish, kengaytirish, qayta taʼmirlash va texnik yangilash loyihalarida, texnologik jarayonlarni oʻzgartirishda va tashqi qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda inobatga olinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ShNQ orqali portlash xavfini baholash yoʻnalishida xonalar, bino va inshootlarning portlab-yonish xavfi toifalari ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu ShNQ talablari xonalar, bino va inshootlar hamda tashqi qurilmalarni loyihalashtirish uchun maxsus texnik shartlarni ishlab chiqishda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha xonalar “A”, “B”, “V1 — V4”, “G” va “D” toifalariga, binolar va inshootlar esa “A”, “B”, “V”, “G” va “D” toifalariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi qurilmalar yongʻin xavfi boʻyicha “AT”, “BT”, “VT”, “GT” va “DT” toifalariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xonalar, bino va inshootlarni portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalari xona va apparatlarda boʻlgan modda va materiallarning turi, ularning miqdori va yongʻin xavfi xususiyatlari, shuningdek texnologik jarayonning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib yongʻin yoki portlashdagi eng noqulay davri uchun aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashqi qurilmalarning yongʻin xavfi boʻyicha toifalari tashqi qurilmalarda boʻlgan yonuvchi modda va materiallarning turi, ularning miqdori va yongʻin xavfi xususiyatlari, shuningdek texnologik jarayonning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Modda va materiallarning yongʻin xavfi xususiyatlarini aniqlash tajriba natijalari yoki ularning holatlaridagi omillarini (bosim, harorat va h.z.) inobatga oluvchi standart uslublar asosidagi hisobi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfi koʻrsatkichlarini eng xavfli komponenti boʻyicha modda va materiallar aralashmasi uchun qoʻllash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xonalarning portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xonalarning portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalari quyidagi 1-jadval asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, xonalarning portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalarini aniqlash 1-jadvalda koʻrsatilganidek eng xavfli toifadan (A) eng kam xavfli (D) toifalarga tegishliligi ketma-ketligida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xonalarning portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xona toifasi

Xonadagi modda va materiallarning tavsifi

A

(portlab-yonish yuqori xavfi)

Yonuvchi gazlar (YoG) va chaqnash harorati 28°S gacha boʻlgan yengil alangalanuvchi suyuqliklar (EAS) shunday miqdorda boʻladiki, xonadagi havo bilan portlash xavfi boʻlgan aralashma hosil qilib, shu hosil boʻlgan aralashma alangalanganda sodir boʻladigan portlashning hisobiy ortiqcha bosimi 5 kPa dan oshadi.

Suv va havodagi kislorod bilan yoki oʻzaro taʼsir qilib yonishi va portlashi natijasida ortiqcha bosim 5 kPa dan yuqori boʻladigan material va moddalar ishlatiladigan xonalar.

B

(portlab-yonish xavfi)

Yonuvchan chang, tolalar va chaqnash harorati 28°S dan yuqori boʻlgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar (YoS) shunday miqdorda boʻladiki, xonadagi havo bilan portlash xavfi boʻlgan aralashma hosil qilib, shu hosil boʻlgan aralashma alangalanganda sodir boʻladigan portlashning hisobiy ortiqcha bosimi 5 kPa dan oshadi.

V1 V4

(yongʻin xavfi)

Yonuvchi va qiyin yonuvchi suyuqliklar, qattiq yonuvchi va qiyin yonuvchi modda va materiallar (shu jumladan chang va tolalar), suv, havodagi kislorod bilan yoki oʻzaro taʼsir qilishi natijasida faqat yonishi mumkin boʻlgan modda va materiallar ishlatiladigan xonalar (shu modda va materiallar mavjud boʻlgan yoki ishlatiladigan xonalar A va B toifasiga kirmasligi sharti bilan).

G

(oʻrtacha yonuvchan)

Yonmaydigan modda va materiallar issiq, qizigan yoki erigan holatda boʻlishi va ularga ishlov berish jarayonida nur issiqligi, uchqun va alanga ajralib chiqishi kuzatiladigan, shuningdek yonuvchi gaz, suyuqlik va qattiq moddalar faqat yoqilgʻi sifatida ishlatiladigan xonalar.

D

(kam yonuvchan)

Yonmaydigan modda va materiallar sovuq holatda boʻladigan xonalar.

Izoh: xonalarning “A” va “B” toifalarini aniqlash usullari mazkur ShNQ ning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi. Xonalarning “V1”, “V2”, “V3” yoki “V4” toifalarga ajratilishi ushbu xonadagi yongʻin yuklamasi miqdori va ularning joylashuvi hamda hajmiy-rejaviy, shuningdek yongʻin yuklamasini tashkil etuvchi moddalar va materiallarning yongʻinga xavfli xususiyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Xonalarning “V1 — V4” toifalarga ajratilishi mazkur ShNQ ning 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Bino va/yoki inshootlarning portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bino va/yoki inshootlarning portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalarini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli toifalardagi xonalar maydonining foizini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli toifalardagi xonalarning maksimal maydonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonalar avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlanganligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar “A” toifaga kiruvchi xonalar maydoni bino va/yoki inshootlardagi barcha xonalar maydoni yigʻindisining 5% idan yoki 200 m2 dan ortiq boʻlsa, bino “A” toifaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar “A” toifaga kiruvchi xonalarning maydoni barcha xonalar maydoni yigʻindisining 25% dan ortiq boʻlmasa (lekin 1000 m2 dan ortiq emas) va bu xonalar avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlsa, bino va/yoki inshootlarni “A” toifaga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar bir vaqtning oʻzida quyidagi ikkita shart bajarilgan boʻlsa, bino va/yoki inshootlar “B” toifaga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va/yoki inshootlar “A” toifaga kiritilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar “A” va “B” toifali xonalar maydoni, barcha xonalar maydoni yigʻindisining 5% dan ortiq yoki 200 m2 dan ortiq boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar “A” va “B” toifaga kiruvchi xonalar maydoni bino va/yoki inshootlardagi barcha xonalar maydoni yigʻindisining 25% idan ortiq boʻlmasa (lekin 1000 m2 dan ortiq emas) va bu xonalar avtomatik yongʻinni oʻchirish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlsa, bino va/yoki inshootlarni “B” toifaga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agar bir vaqtning oʻzida quyidagi ikkita talab bajarilgan boʻlsa, bino va/yoki inshootlar “V” toifaga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va/yoki inshootlarlar “A” va “B” toifalariga kiritilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar “A”, “B” hamda “V1”, “V2” va “V3” toifaga kiruvchi xonalar maydoni, barcha xonalar maydoni yigʻindisining 5% idan ortiq boʻlsa (agar binoda “A” va “B” toifali xonalar joylashmagan boʻlsa, 10% idan ortiq boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar “A”, “B” va “V1”, “V2”, “V3” toifaga kiruvchi xonalar maydoni yigʻindisi, bino va/yoki inshootlardagi barcha xonalar maydoni yigʻindisining 25% idan ortiq boʻlmasa (lekin 3500 m2 dan ortiq emas) va bu xonalar avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlsa, bino va/yoki inshootlarni “V” toifaga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agar bir vaqtning oʻzida quyidagi ikkita talab bajarilgan boʻlsa, bino va/yoki inshootlar “G” toifasiga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va/yoki inshootlar “A”, “B” va “V” toifalariga kiritilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar “A”, “B”, “V1”, “V2”, “V3” va “G” toifaga kiruvchi xonalar maydoni, bino va/yoki inshootlardagi barcha xonalar maydoni yigʻindisining 5% idan ortiq boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar “A”, “B”, “V1”, “V2”, “V3” va “G” toifaga kiruvchi xonalar maydoni yigʻindisi, bino va/yoki inshootlardagi barcha xonalar maydoni yigʻindisining 25% idan ortiq boʻlmasa (lekin 5000 m2 dan ortiq emas) hamda “A”, “B” va “V1”, “V2”, “V3” xonalar avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlsa, bino va/yoki inshootlar “G” toifaga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar “A”, “B”, “V” va “G” toifalariga kiritilgan xonalar joylashmagan boʻlsa, bino va/yoki inshootlar “D” toifasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tashqi qurilmalarning yongʻin xavfi boʻyicha toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tashqi qurilmalarning yongʻin xavfi boʻyicha toifalari quyidagi 2-jadvalga asosan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi qurilmalarning yongʻin xavfi boʻyicha toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tashqi qurilmaning toifasi

Tashqi qurilmani maʼlum bir yongʻin xavfi toifasiga kiritish mezonlari

AT

(portlash va yongʻindan xavfliligi yuqori)

Agar tashqi qurilma ichida yonuvchi gazlar; chaqnash harorati 28°S gacha boʻlgan yengil alangalanuvchi suyuqliklar; suv, havodagi kislorod va/yoki oʻzaro taʼsir qilib yonish xususiyatiga ega modda va/yoki materiallar boʻlsa (saqlansa, qayta ishlov berilsa, transportirovka qilinsa), shuningdek yuqorida qayd etilgan moddalarning bosim toʻlqinlarini hosil qilib yonish ehtimoli boʻlgandagi yongʻin xavf-xatar kattaligi tashqi qurilmadan 30 m masofada yiliga bir milliondan ortiq boʻlishi sharti bajarilsa, tashqi qurilma “AT” toifasiga tegishli boʻladi.

BT

(portlash va yongʻindan xavfli)

Agar tashqi qurilma ichida yonuvchi chang va/yoki tolalar; chaqnash harorati 28°S dan yuqori boʻlgan yengil alangalanuvchi suyuqliklar yonuvchi suyuqliklar boʻlsa (saqlansa, qayta ish�ov berilsa, transportirovka qilinsa), shuningdek, chang va/yoki bugʻ-havo aralashmasining bosim toʻlqinlarini hosil qilib yonish ehtimoli boʻlgandagi yongʻin xavf-xatar kattaligi tashqi qurilmadan 30 m masofada yiliga bir milliondan ortiq boʻlishi sharti bajarilsa, tashqi qurilma “BT” toifasiga tegishli boʻladi.

VT

(yongʻindan xavfli)

Agar tashqi qurilma ichida yonuvchi va/yoki qiyin yonuvchi suyuqliklar, qattiq yonuvchi va/yoki qiyin yonuvchi modda va/yoki materiallar (shu jumladan chang va/yoki tolalar), suv va havodagi kislorod va/yoki oʻzaro taʼsir qilib yonish xususiyatiga ega modda va/yoki materiallar boʻlsa (saqlansa, qayta ishlov berilsa, transportirovka qilinsa), shuningdek qurilma “AT” yoki “BT” toifalariga kirmasa, shu bilan birga yuqorida qayd etilgan moddalarning yonish ehtimoli boʻlgandagi yongʻin xavf-xatar kattaligi tashqi qurilmadan 30 m masofada yiliga bir milliondan ortiq boʻlishi sharti bajarilsa, qurilma “VT” toifasiga tegishli boʻladi.

GT

(oʻrtacha yongʻindan xavfli)

Agar tashqi qurilma ichida yonmaydigan modda va/yoki materiallar issiq, qizigan yoki erigan holda boʻlsa (saqlanadigan, qayta ishlov beriladigan, transportirovka qilinadigan), ularga ishlov berish jarayoni nur issiqligi, uchqun va/yoki alanga ajralib chiqishi bilan kuzatiladigan hamda yonuvchi gazlar, suyuqliklar va/yoki qattiq moddalar yondiriladigan yoki yoqilgʻi sifatida ishlatiladigan qurilmalar “GT” toifasiga tegishli boʻladi.

DT

(kam yongʻindan xavfli)

Agar tashqi qurilma ichida asosan sovuq holdagi yonmaydigan modda va/yoki materiallar boʻlsa (saqlansa, qayta ishlov berilsa, transportirovka qilinsa) va yuqorida keltirilgan mezonlar boʻyicha “AT”, “BT”, “VT” “GT” toifalariga taalluqli boʻlmasa, tashqi qurilma “DT” toifasiga tegishli boʻladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tashqi qurilmalarning toifasini aniqlashda, ularning yuqoridagi 2-jadvalda keltirilgan toifalarga tegishliligi eng xavfli (AT) dan eng kam xavfli (DT) gacha qarab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar maʼlumotlar yoʻq boʻlganligi sababli individual xavf kattaligini baholash imkoniyati boʻlmasa, uning oʻrniga quyidagi mezonlarni qoʻllash mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“AT” va “BT” toifalar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyi alanga tarqalish konsentratsion chegarasidan yuqori boʻlgan gaz-bugʻ-havo aralashmalarini chegaralovchi zonaning gorizontal oʻlchami 30 m dan ortiq boʻlsa va/yoki gaz, bugʻ yoki chang havoli aralashmalarning yonishidagi hisobiy ortiqcha bosim tashqi qurilmadan 30 m masofada 5 kPa dan ortiqni tashkil etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VT” toifasi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VT” toifasida koʻrsatilgan modda va/yoki materiallar tashqi qurilmadan 30 m masofada yongʻin oʻchogʻidan issiqlik tarqalish jadalligi 4 kW•m-2 dan oshiqni tashkil qilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi qurilmalarni oʻrnatish uchun yongʻin xavfi mezonlarini hisoblash usullari mazkur ShNQ ning 3-ilovasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoqilgʻi konsentratsiyasi alanga tarqalishining quyi konsentratsion chegarasidan (ATQKCh) yuqori boʻlgan gaz-bugʻ havo aralashmalarini cheklovchi zonalarning gorizontal oʻlchamlari hamda yongʻin oʻchogʻidan issiqlik nurlanishining jadalligi mazkur ShNQ ning 3-ilovasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yongʻin xavfini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashqi qurilmadan 30 m masofa uzoqligida hududning muayyan (a) nuqtasida yongʻin xavfining R(a) (yil-1) koʻrsatkichi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
J — tashqi qurilmalarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar ssenariylarining soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qdj(a) — avariya rivojlanishining muayyan tashabbuskor hodisaga javob beradigan j-ssenariyni amalga oshirish natijasida hududning muayyan nuqtasida insonga zarar etishining shartli holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qj- — avariya rivojlanishining j-ssenariyni bir yil davomida amalga oshirish jadalligi (yil-1).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yongʻin xavfli vaziyatlar va avariyalarni rivojlantirish ssenariylari hodisalarning logik daraxtini barpo etish asosida koʻrib chiqiladi. Baxtsiz hodisalar rivojlanishining mumkin boʻlgan ssenariylari soni tashqi qurilmalarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar va baxtsiz hodisalarni tahlil qilish natijalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Inson jarohatlanishining shartli ehtimoli Qdj(a) probit funksiyalarining qiymatlari va mazkur ShNQ ning 4-ilovasiga muvofiq nisbatlar asosida aniqlanadi. j-avariya ssenariysini amalga oshirish natijasida bir nechta xavfli omillar bilan birgalikda mustaqil taʼsir qilishdan Qdj(a) inson jarohatlanishining shartli ehtimoli nisbati quyidagi formula bilan belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h — koʻrib chiqilayotgan xavfli yongʻin faktorlarning soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qk-k — xavfli yongʻin omilini amalga oshirish ehtimoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qdjk(a)-k — xavfli yongʻin omili bilan zarar koʻrishning shartli ehtimoli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Avariyalarni rivojlantirish ssenariylarini amalga oshirish davriyligi statistik maʼlumotlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yonuvchan gazlar va qizdirilmagan yengil alangalanuvchi suyuqliklar bugʻlarining yonishdagi ishtiroki bilan Z-koeffitsiyentining qiymati mazkur ShNQ ning 5-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.