30.11.2022 yildagi 688-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlarida kosmik texnologiyalardan samarali foydalanish, kosmik monitoring tizimini joriy etish va uni tizimli amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi asosiy ustuvor yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi 2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida qonunchilik bazasini shakllantirish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er usti kosmik infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va tijoriy kosmik faoliyatni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik faoliyatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy sunʼiy yoʻldoshlar guruhini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion startap loyihalar va akseleratorlarni, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish holatini monitoring qilish, shu jumladan yerlardan noqonuniy foydalanish va ularni oʻzboshimchalik bilan egallash holatlarini aniqlash darajasini 98 foizgacha yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishini aniqlash darajasini 95 foizgacha yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy oʻrmon kesilishi holatlari va maydonlarini aniqlash darajasini 95 foizgacha yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash darajasini 98 foizgacha yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish, yangi paydo boʻlgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash darajasini 95 foizgacha yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ëngʻin oʻchoqlari kelib chiqish nuqtalarini boshlangʻich bosqichlarda aniqlash darajasini 65 foizgacha yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyektlarining muhofaza zonalarida qonun buzilishi holatlarini aniqlash boʻyicha davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan suv omborlari qamrovini 60 tagacha kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarini kosmik suratlar bilan taʼminlash darajasini 9 baravarga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, tegishli sohalarda masʼul boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari tasdiqlangan yoʻnalishlar doirasida maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha shaxsan masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun va mohiyatini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarda seminar va telekoʻrsatuvlar orqali aholi orasida keng targʻib qilish hamda yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bosh direktori v.b. Sh.M. Kadirov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
688-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 688-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik tarmogʻini rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONSEPSIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) kosmik faoliyatni takomillashtirishning konseptual yondashuvini belgilash maqsadlarida ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini hisobga olgan holda kosmik faoliyatni rivojlantirishda yagona davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Dunyoda kosmik faoliyatni rivojlantirishning umumiy tendensiyasi va asosiy xulosalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda kosmik faoliyat jahon hamjamiyatining globallashuvi va axborotlashtirish jarayonida muhim oʻrin tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda dunyoning barcha yetakchi va koʻplab rivojlanayotgan davlatlari tomonidan u yoki bu darajada kosmik fazoni tadqiq etish va undan foydalanish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda, shuningdek, kosmik strategiyalar, konsepsiyalar, dasturlar va rejalar koʻlamini kengaytirib, ularni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish uchun katta miqdorda mablagʻlar ajratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetakchi davlatlar kosmik salohiyatdan iqtisodiy, mudofaa, texnik, ilmiy, ijtimoiy, madaniy va xalqaro manfaatlarni amalga oshirish uchun foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AQSh, Xitoy, Rossiya, Yaponiya va Hindiston mustaqil ravishda kosmik parvozlarni hamda keng koʻlamli kosmik dasturlarni amalga oshiradigan va eng katta orbital yoʻldoshlar turkumiga ega boʻlgan kosmik sohadagi yetakchi davlatlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kosmik tarmoq rivojlangan davlatlar qatorida Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Lyuksemburg, Italiya, Ispaniya va Fransiya oʻz texnologik salohiyatini oshirib, tijorat kosmik dasturlarini ishlab chiqmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Braziliya, Isroil, Koreya Respublikasi, KXDR va Eron kabi davlatlar oʻz raketalarini fazoga uchirdi, shuningdek, Argentina, Janubiy Afrika, Indoneziya, Qozogʻiston, Pokiston va Turkiya oʻzining raketalarini yaratishni rejalashtirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda dunyoning barcha davlatlarining kosmik faoliyat xarajatlari AQSh dollarida 82,5 milliardni, shundan fuqarolik maqsadlari uchun — 50,2 milliardni, harbiy maqsadlari uchun — 32,3 milliardni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda kosmik faoliyatga ajratilgan umumiy xarajatlar AQSh dollarida quyidagicha miqdorda baholanmoqda: AQSh — 47,7 milliard, Xitoy — 8,9 milliard, Fransiya — 4 milliard, Rossiya — 3,6 milliard, Yaponiya — 3,3 milliard, Yevropa Ittifoqi — 2,4 milliard, Germaniya — 2,2 milliard, Hindiston — 2 milliard, Italiya — 1,1 milliard, Buyuk Britaniya — 1,1 milliard, qolganlari — 8,4 milliard.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaqin kelajakda dunyo mamlakatlarining kosmik faoliyat uchun sarflanadigan xarajatlari oshishi kutilmoqda. Mudofaa xarajatlari ushbu oʻsishning asosiy omili boʻlishi, fuqarolik dasturlarini moliyalashtirish esa oʻrtacha tezlikda oʻsishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kutilayotgan natijalar va dasturlarning taʼsiri, texnologik rivojlanish uchun imkoniyatlar yaratilishi va boshqa mamlakatlarga qaramlikni kamaytirish kabi omillar kosmik dasturlar uchun budjet mablagʻlarini maqsadli yoʻnaltirishga asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda dunyodagi kosmik xizmatlar bozorining umumiy hajmi 400 milliard AQSh dollariga yaqinlashgan va 2040-yilga kelib u 1 trilliondan oshishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy bozor hajmining 20 foizi kosmik faoliyatni moliyalashtirish, 80 foizi esa kosmik tijorat daromadlariga toʻgʻri kelmoqda. Sanoat daromadlarining katta qismi sunʼiy yoʻldosh aloqasi (34 foiz) va navigatsiya hisobidan mos ravishda taʼminlanmoqda (58 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda sunʼiy yoʻldosh xizmatlaridan umumiy daromad 117,8 milliard AQSh dollarini tashkil etdi, shu jumladan, televideniye — 88,4 milliard, radio — 6,3 milliard, internet tarmogʻi — 2,8 milliard, statsionar aloqa — 15,7 milliard, mobil aloqa — 2 milliard, erni masofadan zondlash xizmatlari — 2,6 milliardga teng boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda kosmik bozorning asosiy tayanchlarini erni masofadan zondlash, navigatsiya xizmatlari, aloqa yoʻldoshlari va maʼlumotlar yetkazish tashkil etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaqin kelajakda fuqarolik hamda harbiy maqsadlar uchun masofadan zondlash va sunʼiy yoʻldosh aloqalaridan foydalanish sohalarida jadal rivojlanish kutilmoqda. Yerni masofadan zondlash bozori 2026-yilga kelib 8,5 milliard, 2029-yilga kelib sunʼiy yoʻldosh aloqasi bozori 18,7 milliard AQSh dollariga yetishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil boshida Yer orbitasi atrofida 6,5 mingta sunʼiy yoʻldosh mavjud boʻlib, ulardan 3,4 mingtasi faol sunʼiy yoʻldoshlardir. Faol sunʼiy yoʻldoshlarning umumiy sonidan 1,9 mingtasi AQShga, 412 tasi Xitoyga, 176 tasi Rossiyaga, 887 tasi boshqa mamlakatlarga tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi oʻn yil ichida sunʼiy yoʻldoshlarga boʻlgan talab qariyb besh barobar oshishi kutilmoqda. Bu esa, oʻz navbatida har yili oʻrtacha hisobda taxminan 1,25 mingta sunʼiy yoʻldosh ishga tushiriladi degani (oʻtgan 10 yilda — yiliga 260 tadan ishga tushirilgan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kosmik faoliyatni rivojlantirishning asosiy omillari quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyoning yetakchi va rivojlanayotgan mamlakatlari iqtisodiy, mudofaa, texnik, ilmiy, ijtimoiy, madaniy va xalqaro manfaatlarni amalga oshirish maqsadida kosmik faoliyatni faol rivojlantirmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dunyoning barcha mamlakatlarida kosmik dasturlar davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi va kosmik sohani rivojlantirishga qodir boʻlgan davlatlar yuqori natija olish uchun katta moliyaviy mablagʻlar sarflaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik xizmatlar bozori tijorat daromadlari hisobidan kengaymoqda, ulardan asosiylari sunʼiy yoʻldosh orqali erni masofadan zondlash, sunʼiy yoʻldosh aloqasi va navigatsiya hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sektori kosmik xizmatlarning asosiy mijozi boʻlib qolishda davom etmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik faoliyatning ayrim yoʻnalishlari tijoratlashtirilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy yoʻldoshlarga boʻlgan talab ortib bormoqda, shu boisdan kelgusi 10 yil ichida ularning ishga tushirilishi koʻpayishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mamlakatimizda kosmik faoliyatni rivojlantirishning joriy holati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil dekabr oyida respublika parlamenti — Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomasida aerokosmik texnologiyalarni iqtisodiyotimizning yetakchi soha va tarmoqlariga joriy etish maqsadida milliy kosmik infratuzilmalarni yaratish, shuningdek, aerokosmik faoliyat boʻyicha alohida davlat organini tashkil etish hamda bu sohani rivojlantirish bilan bogʻliq vazifalarni kompleks ravishda hal etish zarurligi taʼkidlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-avgustdagi PF-5806-son Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzbekkosmos” agentligi) tashkil etildi. Farmon bilan “Oʻzbekkosmos” agentligi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosatini va strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi organi etib belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-sentabrdagi 781-son qarori bilan “Oʻzbekkosmos” agentligining nizomi tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifa va funksiyalari belgilab berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 274-son qarori bilan “Oʻzbekkosmos” agentligi tizimida “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinda — Markaz) tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning asosiy vazifalari etib kosmik monitoringni amalga oshirish, erni masofadan zondlash, jismoniy va yuridik shaxslarga konsalting xizmatlari koʻrsatish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga koʻmaklashish belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkosmos” agentligi tomonidan respublikaning turli iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish va sohalarda shaffoflikni oshirishda ilgʻor kosmik texnologiyalarni qoʻllash orqali quyidagi amaliy ishlar olib borilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) geologiya va kon-metallurgiya sohasida Samarqand viloyatidagi 16,8 ming km2 maydonda oʻtkazilgan kosmik monitoring tahlili orqali jami 279 ta noruda qazilma konlaridan 119 tasida qonun buzilishi holatlari aniqlandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xoʻjaligi sohasida kosmik monitoringning joriy etilishi haqiqatda ekin ekilgan maydonni aniqlash, vegetatsiya davrini kunlik kuzatish, ekinlar boʻyicha tezkor maʼlumotlarni olish imkonini berdi. Jumladan, Buxoro viloyatida tumanlar boʻyicha olingan 2021-yildagi kosmik suratlar orqali 30 ming gektarga yaqin yer maydoni tahlil qilindi, “Raqamli Samarqand” loyihasi (Fransiyaning Airbus kompaniyasi bilan hamkorlikda, qiymati 1 million yevro) doirasida Jomboy, Oqdaryo va Payariq tumanlarida ekilgan ekinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar raqamlashtirildi va ekin turlari tasniflandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) transport va yoʻl xoʻjaligi sohasida Samarqand shahrida kosmik texnologiyalar yordamida 2,5 ming km yoʻl toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yŭllarning uzunligi, eni, qatnov boʻlaklari va qoplamasi) raqamlashtirildi va sunʼiy intellekt texnologiyasiga asoslangan raqamli platforma ishlab chiqildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yer munosabatlari sohasida Boʻstonliq tumanidagi 870 km2 yer maydonining kosmik suratlari tahlil qilindi va 13 mingta obyektdan 11 mingtasi turar va 907 tasi noturar joy ekanligi, 408 taga yaqini oʻzboshimchalik bilan egallab olingani, 227 ta yer uchastkasidan 2 yil davomida foydalanilmayotgani hamda 413 ta maʼlumoti toʻliq boʻlmagan obyektlar aniqlandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻrmon xoʻjaligi sohasida Boʻstonliq tumanida joylashgan oʻrmon hamda zaxira fondiga kiruvchi oʻrmonlar raqamlashtirilib, 1960 — 2020-yillarda ekilgan daraxtlar tasniflandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) gidrometeorologiya sohasida Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan hamkorlikda besh yillik (2017 — 2022-yillar) yuqori aniqlikdagi kosmik suratlarni qayta ishlash natijasida sel-suv toshqinlari yuvib ketishi xavfi oʻta yuqori boʻlgan hududlarda joylashgan binolarni aniqlash boʻyicha GAT monitoring platformasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) favqulodda vaziyatlar sohasida 2021-yilning avgust oyida Zomin tumanidagi oʻrmonlar boʻyicha kunlik kosmik suratlar tahlili orqali sodir boʻlgan yongʻin oqibatida oʻrmon hududining 38 gektari zarar koʻrgani aniqlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) mudofaa va xavfsizlik sohasida Afgʻoniston-Oʻzbekiston chegara hududi boʻyicha 3 ming km2 dan ortiq maydonning kosmik suratlari tahlili mavjud vaziyatni toʻgʻri baholash imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, “Oʻzbekkosmos” agentligining xalqaro tashkilotlar doirasidagi faoliyati, kosmik tarmoq rivojlangan xorijiy davlat kosmik agentliklari hamda yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkosmos” agentligi Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining Hukumatlararo maslahat qoʻmitasi Barqaror rivojlanish uchun kosmik texnologiyalarni qoʻllash mintaqaviy dasturining 35-aʼzo davlati sifatida qabul qilindi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 20-sentabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi uchun Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga (MDH) aʼzo davlatlarning Kosmik fazoni tinch maqsadlarda tadqiq etish va undan foydalanish sohasidagi qoʻshma faoliyatini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan “Oʻzbekkosmos” agentligi MDH Davlatlararo Kosmik Kengashida ishtirok etish boʻyicha vakolatli organ deb belgilandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hindiston (ISRO) va Qozogʻiston (Aerokosmik qoʻmita) bilan Hukumatlararo Bitim, Fransiya milliy kosmik tadqiqotlar markazi (CNES) bilan Hadli bitim, Koreya aerokosmik tadqiqotlar instituti (KARI) va Ozarbayjon kosmik agentligi (Azerkosmos) bilan Anglashuv memorandumlari imzolangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AQSh Milliy aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq etish administratsiyasi (NASA), Turkiya kosmik agentligi (TUA), Buyuk Britaniya kosmik agentligi, BAA kosmik agentligi, Portugaliya kosmik agentligi, Malayziya kosmik agentligi (MYSA), Pokiston Kosmik va yuqori atmosferani oʻrganish boʻyicha komissiyasi (SUPARCO) bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerni masofadan zondlash boʻyicha sunʼiy yoʻldosh operatorlari “Maxar Technologies” (AQSh), “Airbus Defence & Space” (Fransiya), “Planet Labs” (AQSh), “ICEYE” (Finlyandiya), “BlackSky” (AQSh) “NEAD Aerospace” (Xitoy) kompaniyalari, aloqa sunʼiy yoʻldosh operatorlari “SpaceX” (AQSh), “OneWeb” (Buyuk Britaniya), “SES” (Lyuksemburg), “Eutelsat” (Fransiya), “Viasat” (AQSh), “Inmarsat” (Buyuk Britaniya) kompaniyalari, kosmik suratlarni qayta ishlash dasturiy mahsulotlarini ishlab chiquvchilar “ESRI” (AQSh), “Nexagon” (Shvetsiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda loyihalar amalga oshirilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fransiya Oliy aeronavtika va kosmonavtika instituti, Osiyo va Tinch okeanida kosmik fan va texnologiya taʼlimi markazi, Moskva Aviatsiya instituti bilan kosmik soha uchun kadrlar tayyorlash hamda xodimlarning malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli trening, seminarlar hamda bakalavr, magistratura bosqichlarida taʼlim dasturlarini tashkil etish boʻyicha hamkorlik amalga oshirilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 23-iyunda Toshkent shahrida AQShning “Maxar Technologies”, “Esri” va “SpaceX” kompaniyalari bilan hamkorlikda “Discovery Day Uzbekistan” konferensiyasi tashkil etildi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 10-11-may kunlari Toshkent shahrida “Dialogue Events” kompaniyasi (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda “Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasi oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kosmik texnologiyalarni joriy etishdagi tizimli muammolar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kosmik texnologiyalarni joriy etish borasida hozirgi kunda quyidagi tizimli muammolar kuzatilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik faoliyat, tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida normativ-huquqiy baza yetarli darajada shakllantirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik sohada vakolatli organ hisoblanmaydigan boshqa vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarida ziddiyat, noaniqliklar va tafovutlar mavjud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik faoliyat va texnologiyalar sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ilm-fan yutuqlari natijalariga erishilmagan, shuningdek oliy taʼlim muassasalarida ushbu sohadagi kadrlarni tayyorlashga qaratilgan ilmiy-bazaviy asoslar yetarli darajada shakllanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohadagi mavjud muammolarni hal qilishda kosmik texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari va samaradorligi toʻgʻrisida vazirliklar va idoralar yetarli darajada maʼlumotga va bilimga ega emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarida iqtisodiyotning yetakchi sohalari vazifalarini samarali hal etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa va xavfsizlik manfaatlari yoʻlida kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish uchun imkoniyat va zamonaviy vositalar mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er usti kosmik infratuzilmasini qurish va rivojlantirish masalalarini moliyalashtirish manbalari muvofiqlashtirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik texnologiyalarni rivojlantirish va ulardan samarali foydalanish sohasida yuqori malakali mutaxassislar yetishmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sunʼiy yoʻldosh orqali ishlaydigan mobil qurilma va terminallarni roʻyxatga olish, nazorat qilish, sotish, shaxsiy foydalanish uchun olib kirish yoki ishlab chiqarish uchun aniq talab va mexanizmlar mavjud emas hamda ushbu yoʻnalish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni litsenziyalash turlarini noaniq talqin qilish tegishli talabning yetishmasligiga olib keldi, bu esa oʻz navbatida mamlakatdagi kosmik faoliyatni nazorat qilishga sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kosmik faoliyatni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiya quyidagi ustuvor yoʻnalishlarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida qonunchilik bazasini shakllantirish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er usti kosmik infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va tijoriy kosmik faoliyatni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik faoliyatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy sunʼiy yoʻldoshlar guruhini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion startap loyihalar va akseleratorlarni, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida qonunchilik bazasini shakllantirish va takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida qonunchilik bazasini shakllantirish va takomillashtirish doirasida quyidagilar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik monitoring, shu jumladan, davlat kosmik monitoringini yuritish va uning natijalarini taqdim etish haqidagi nizomni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Kosmik faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunini qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining kosmik faoliyatni tartibga soluvchi erni masofadan zondlash tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan sunʼiy yoʻldosh orqali ishlovchi mobil qurilmalar va terminallarni roʻyxatga olish reglamentini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Yer usti kosmik infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer usti kosmik infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish doirasida quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik tarmoqni rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy faoliyatni amalga oshirish uchun “Oʻzbekkosmos” agentligi tizimida “Amaliy kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar ilmiy-ishlab chiqarish Milliy markazi”ni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik apparatlarni loyihalash va ularning ayrim qismlarini ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik monitoring ishlarini amalga oshirish va davlat boshqaruvi organlarini kosmik suratlar va kosmik suratlarni qayta ishlash natijalari bilan taʼminlab borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va tijoriy kosmik faoliyatni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kosmik tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va tijoriy kosmik faoliyatni rivojlantirish doirasida quyidagilar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
global sunʼiy yoʻldoshli navigatsiya (GNSS) tizimlari operatorlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro astronavtika federatsiyasiga hamda “Tabiiy ofatlar va kosmos” Xartiyasiga (“Disaster & Space” Charter) aʼzo boʻlish va hamkorlikda faoliyat yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda sunʼiy yoʻldosh apparatlari orqali erni masofadan zondlash maʼlumotlarini tezkor qabul qilish maqsadida xorijiy erni masofadan zondlash sunʼiy yoʻldosh operatorlari bilan kelishuv, memorandum, bitim va shartnomalar imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar, kompaniyalar va banklar bilan kosmik sohaga xorijiy sarmoya va ilgʻor texnologiyalarni jalb etish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1966-yil 19-dekabrdagi 22 (XXII) rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan “Kosmosni, shu jumladan Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish va ulardan foydalanish boʻyicha davlatlarning faoliyati tamoyillari toʻgʻrisidagi shartnoma”ni ratifikatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkosmos” agentligi xodimlarining xalqaro miqyosdagi kosmik sohaga oid konferensiya va koʻrgazmalarda doimiy ishtirok etishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida kosmik sohadagi xorijiy ekspertlar, kompaniyalar, kosmik agentliklar hamda tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari ishtirokida har yili kosmik texnologiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga taʼsiriga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Kosmik faoliyatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kosmik faoliyatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash doirasida quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkosmos” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarini ilgʻor xorijiy mamlakatlardagi taʼlim muassasalari, oʻquv markazlari hamda ishlab chiqarish korxonalarida kosmik tarmoqning turli yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish boʻyicha stajirovkalar va seminarlar tashkil etish hamda oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Milliy sunʼiy yoʻldoshlar guruhini yaratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy sunʼiy yoʻldoshlar guruhini yaratish doirasida quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida erni masofadan zondlash sunʼiy yoʻldoshlari milliy guruhini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya yoʻldoshlarining milliy guruhlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy-texnologik sunʼiy yoʻldoshlarining milliy guruhini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Innovatsion startap loyihalar va akseleratorlarni, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion startap loyihalar va akseleratorlarni, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash doirasida quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq va suv xoʻjaligi, ekologiya, telekommunikatsiya, geologiya-qidiruv, kartografiya, meteorologiya, seysmologiya va shaharsozlik sohalarining samaradorligini oshirishda erni masofadan turib zondlash, yoʻldosh aloqa, navigatsiya tizimlarini qoʻllash masalalarining ilmiy va innovatsion yechimiga qaratilgan tadqiqotlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aerokosmik startap inkubatorlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“NASA Space Camp” kosmik lageri misolida interaktiv oʻquv majmuasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning turli sohalarida kosmik texnologiyalarni joriy etish orqali geoaxborot maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga erishish, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va mamlakat xavfsizligini taʼminlash uchun kosmik texnologiyalar va davlat kosmik monitoring tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy kosmik tashkilotlar va kompaniyalar bilan kosmik fazoni tinch maqsadlarda tadqiq etish va ulardan foydalanish, mamlakat iqtisodiyotining muhim sohalarini rivojlantirish yoʻlida kosmik texnologiyalarni samarali qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik, aero va yer usti kuzatuvlari natijalari asosida geografik, kartografik, tabiiy resurslar, ijtimoiy-iqtisodiy, er, transport, meteorologik, ekologik va boshqa maʼlumotlarni tizimlashtirish, ulardan amaliy foydalanish maqsadida yagona davlat geoaxborot tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasiga asoslangan zamonaviy bazaviy kosmik infratuzilmani yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyani amalga oshirish doirasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni qoʻllash orqali respublika iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida quyidagi natijalarga erishish rejalashtirilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qishloq xoʻjaligi sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlari inventarizatsiya qilinadi va ularning konturlari boʻyicha raqamlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlaridan noqonuniy foydalanish va oʻzboshimchalik bilan egallash holatlarini monitoring qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarining rivojlanishini doimiy kuzatish, baholash va hosildorlikni prognozlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurgʻoqchilik xavfi darajasini baholash, yerlarning joriy holati hamda shudgorlash va ekish tadbirlari monitoringi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer munosabatlari sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6,6 milliondan ortiq koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha foydalanilmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan, foydalanishga yaroqsiz boʻlgan va boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yerlar monitoring qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er kadastri maʼlumotlari yangilanadi va dolzarb holatga keltiriladi, yer uchastkalari chegaralari monitoring qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻrmon xoʻjaligi sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon xoʻjaligi obyektlarini inventarizatsiya qilish orqali noqonuniy oʻrmon kesilishi holatlari va maydonlari aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlarida noqonuniy qurilish va chiqindi zonalarini tashkil etish holatlari aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlarida yongʻin oʻchoqlarini barvaqt aniqlash orqali yongʻinlar natijasida yetkazilishi mumkin boʻlgan moddiy va ekologik zararlarning oldi olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) geologiya va kon-metallurgiya sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalarida kosmik monitoring ishlari amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼridan foydalanish uchun ajratilgan yer uchastkalari doirasida kon ishlarini olib borish holatlari monitoring qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) transport va yoʻl xoʻjaligi sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport infratuzilmasi (avtomobil yoʻllar, temir yoʻl tarmoqlari, quvurlar, suv kanallari, havo va daryo portlari, bojxona punktlari, telekommunikatsiya tarmoqlari) xatlovdan oʻtkaziladi va raqamlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil yoʻllar, temir yoʻllar, transport quvurlari va transport infratuzilmasi boshqa obyektlarining (koʻpriklar, toʻxtash joylari, yoqilgʻi quyish shoxobchalari, kompleks xizmat koʻrsatish punktlari) joriy holati, qurilish va rekonstruksiya qilish jarayonlari monitoring qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud chiqindilarni saqlash joylari, suvning ifloslanishi, ekologik xavfli obyektlar va yer degradatsiyasi jarayonlari monitoring qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi paydo boʻlgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda noqonuniy faoliyat va qonun buzilishi holatlari monitoringi amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni aniqlash, ularning oqibatlarini tahlil qilish hamda prognoz qilish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha qutqaruv, avariya ishlari va boshqa ishlarni tashkil etish vaqt, inson va moddiy resurslar tejalishiga erishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinlarning kelib chiqish xavfi sifatida termal hududlarni aniqlash, favqulodda vaziyatlar oqibatlarida yetkazilgan zarar maydonlarini aniqlash va yetkazilgan zarar darajasini baholash imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
togʻ oldi hududlarda joylashgan aholi yashash punktlarida sel xavfi va yer koʻchishi yuqori boʻlgan jarayonlar monitoring qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) suv xoʻjaligi sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv omborlarining suv va sedimentatsiya balansi, muzlash hodisalari monitoringi amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qor qoplamlari va muzliklarning erishi hisobiga shakllanadigan daryolar oqimini prognoz qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv obyektlarining muhofaza zonalari doimiy monitoring qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlari hamda masofaviy zondlash orqali olingan maʼlumotlar asosida xavfli gidrometeorologik hodisalar toʻgʻrisida barvaqt ogohlantirish tizimi takomillashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy iqlimning ehtimoliy oʻzgarishlari, ularning oqibatlarini prognoz qilish, asosiy eʼtiborni qishloq xoʻjaligi va suv resurslariga qaratgan holda iqtisodiyot tarmoqlarining zaifligini baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsepsiyani amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap va texnologiyalar transferini taʼminlash orqali kosmik sohaning istiqbolli ishlanmalari tijoratlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi rivojlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er usti kosmik infratuzilmasi yaratiladi va rivojlantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda sunʼiy yoʻldosh apparatlari orqali erni masofadan zondlash maʼlumotlarini tezkor qabul qilish va vakolatli davlat organlariga yetkazib berishga erishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-noyabrdagi 688-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Joriy holati

Yillar boʻyicha

Masʼul ijrochi tashkilotlar

2023

2024

2025

2026

1.

Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan hududlar qamrovi

son

4

8

10

13

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2.

Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish holatini monitoring qilish, shu jumladan yerlardan noqonuniy foydalanish va ularni oʻzboshimchalik bilan egallash holatlarini aniqlash darajasi

foiz

80

90

95

98

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

3.

Ekinlarning turlari va haqiqatda ekin ekilgan maydonlarni aniqlash darajasi

foiz

80

85

95

95

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

4.

Yer munosabatlari sohasida davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan hududlar qamrovi

son

6

14

14

14

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Kadastr agentligi

5.

Yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishini aniqlash darajasi

foiz

80

85

95

95

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Kadastr agentligi

6.

Oʻrmon xoʻjaligi sohasida davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan hududlar qamrovi

son

4

8

10

13

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

7.

Noqonuniy oʻrmon kesilishi holatlari va maydonlarini aniqlash darajasi

foiz

80

85

90

95

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

8.

Oʻrmon fondi yerlarida yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilish holatlarini aniqlash darajasi

foiz

80

85

95

95

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi

9.

Geologiya va kon-metallurgiya sohasida davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan hududlar qamrovi

son

4

13

13

13

13

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

10.

Yer qaʼridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash darajasi

foiz

85

90

95

98

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

11.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan hududlar qamrovi

son

1

6

12

14

14

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

12.

Mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish, yangi paydo boʻlgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash darajasi

foiz

80

85

90

95

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

13.

Favqulodda vaziyatlar sohasida davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan hududlar qamrovi

son

14

14

14

14

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

14.

Tabiiy muhofaza etiladigan hududlarda yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy bino va inshootlar qurilish holatlarini aniqlash darajasi

foiz

80

85

90

95

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

15.

Ëngʻin oʻchoqlari kelib chiqish nuqtalarini boshlangʻich b�sqichlarda aniqlash darajasi

foiz

35

40

50

65

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

16.

Favqulodda vaziyatlar oqibatlarida yetkazilgan zarar maydonlarini aniqlash darajasi

foiz

80

85

90

90

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

17.

Suv obyektlarining muhofaza zonalarida qonun buzilishi holatlarini aniqlash boʻyicha davlat kosmik monitoringi amalga oshiriladigan suv omborlari qamrovi

son

2

25

35

45

60

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi

18.

Suv obyektlarining muhofaza zonalarida qonunbuzilish holatlarini aniqlash darajasi

foiz

80

85

90

90

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi

19.

Suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan toʻlib borish dinamikasini hamda suv sathi rejimi monitoring qilinadigan suv omborlari qamrovi

son

2

25

35

45

60

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi

20.

Davlat boshqaruvi organlarini kosmik suratlar bilan taʼminlash darajasi

ming km2

110

135

270

405

990

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

21.

Davlat boshqaruvi organlarida kosmik texnologiyalarni qoʻllash va kosmik suratlarni qayta ishlash yoʻnalishida kadrlar malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli trening va seminarlar

son

3

8

10

12

15

“Oʻzbekkosmos” agentligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2022-y., 09/22/688/1065-son; 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)