19.04.1999 yildagi 180-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar, “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari huzuridagi jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan va maxsus komendatura hisobidan chiqarilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi markazlari jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Maxsus komissiyalarning ishchi organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 47-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 549-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 19-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
19-apreldagi 180-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar* toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* — keyingi oʻrinlarda matn boʻyicha “maxsus komissiyalar”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. MAXSUS KOMISSIYALARNI TUZISH TARTIBI, ULARNING VAZIFALARI VA VAKOLATLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tegishli davlat organlari va jamoat tuzilmalarining jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni ishga joylashtirishda va ularning ijtimoiy-maishiy taʼminotida yordam koʻrsatish jarayonida qatnashishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, shahar, tuman hokimliklari huzurida jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus komissiyalar tashkil etiladi. Maxsus komissiyalar mazkur Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilikka muvofiq ish koʻradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Istisno tariqasida Maxsus komissiyalar tuman markazidan ancha olisda joylashgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzurida ham tuzilishi mumkin. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzurida Maxsus komissiyalar tuzishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masala tegishli viloyatlar, Toshkent shahar hokimligi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxsus komissiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun ijtimoiy moslashuv markazlari, huquqni muhofaza qilish organlari, mehnat birjalari, ijtimoiy taʼminot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari, kasaba uyushmalari, yoshlar va boshqa jamoat birlashmalari hamda mehnat jamoalari vakillaridan rais (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, tegishli hokimliklar hokimi oʻrinbosari), rais oʻrinbosari, masʼul kotib (Ichki ishlar vazirligining joylardagi jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslar bilan ishlash boʻlinmalarining boshligʻi) va komissiya aʼzolaridan kamida olti kishidan iborat tarkibda tuziladi. Maxsus komissiya tarkibiga nomzodlar tegishli davlat organlari rahbarlari va jamoat birlashmalari tomonidan tajribali tarbiyachilar, pedagoglar, huquqshunoslar, jamoatchilikning boshqa vakillaridan koʻrsatiladi hamda ularning taqdimnomasi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat, Toshkent shahar, shahar, tuman hokimligi majlisida 2 yil muddatga tasdiqlanadi. Maxsus komissiyalar tarkibiga ichki ishlar organlari, prokuratura, sud, shuningdek advokatura xodimlari ham kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Zaruriyatga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar, shahar, tuman hokimliklari tegishli Maxsus komissiyalar tarkibiga oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maxsus komissiyalar oʻzlarining butun faoliyatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimliklar oldida masʼuldirlar va ularga hisobot beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar, Toshkent shahar, shahar, tuman hokimliklari vaqti-vaqti bilan, biroq yilning har choragida kamida bir marta oʻz majlislarida Maxsus komissiyalar hisobotlarini eshitadi. Maxsus komissiyalar aʼzolari ularning nomzodini koʻrsatgan organlar, jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalariga oʻz ishi toʻgʻrisida muntazam ravishda axborot beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maxsus komissiyalar oʻz vakolatlariga tegishli barcha masalalar boʻyicha mehnat, ijtimoiy taʼminot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, turli jamoat birlashmalari, jazoni ijro etish muassasalari maʼmuriyati, hokimliklar huzuridagi voyaga yetmaganlar ishi boʻyicha komissiyalar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maxsus komissiyalar aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida, ushbu Nizomga asoslanib, asosiy ish vaqtidan boʻsh paytda bajaradilar, oʻz asosiy ishidan chalgʻish bilan bogʻliq topshiriqlarni bajarish xollarida oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi va ularning sarf-xarajatlari qonunda belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maxsus komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga joylashtirish, ijtimoiy taʼminot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish va huquqni muhofaza qilish organlari, jazoni ijro etish muassasalari, jamoat birlashmalarining, jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarni ishga joylashtirish va ularga ijtimoiy-maishiy jihatdan zarur yordam koʻrsatish boʻyicha korxonalar maʼmuriyati bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish va taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun ijtimoiy moslashuv markazlari ishini bevosita tashkil etish va ularning faoliyati ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu shaxslarni ishga qabul qilishni rad etishning qonuniyligi va asosliligini tekshirish; ularning qonuniy huquq va manfaatlari kamsitilishining oldini olish; tegishli davlat organlari tomonidan ilgari sudlangan shaxslarning shikoyatlari, arizalari va xatlari oʻz vaqtida va toʻgʻri koʻrib chiqilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda axloq tuzatish ishlariga hukm etilgan, shuningdek, jazoni oʻtash joylaridan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilingan shaxslar bilan tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi va olib borilishi ustidan nazorat oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maxsus komissiyalar oʻz zimmalariga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari maʼmuriyatidan, jamoat birlashmalaridan oʻz zimmalariga yuklangan vazifalarni hal etishda koʻmaklashishni, komissiyaning ishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarni qabul qilish, ularning shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyat boʻlganda ichki ishlar, prokuratura va sud organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar maʼmuriyatidan jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarni tavsiflovchi maʼlumotlar taqdim etilishini soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz majlislarida mehnat, ijtimoiy taʼminot organlari, korxonalar, ijtimoiy moslashuv markazlari rahbarlarining jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish, ularning axloqini tuzatish va qayta tarbiyalash boʻyicha ishlar toʻgʻrisidagi axborotlarini eshitish, ushbu faoliyatdagi kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslar Maxsus komissiyalar qarorlarini bajarmagan taqdirda tegishli davlat organlari oldiga ularga nisbatan intizomiy jazo berish toʻgʻrisidagi, jamoat birlashmalari oldiga esa jamoat taʼsiri koʻrsatish chora-tadbirlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarni, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini kamsitgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikka muvofiq chora-tadbirlarni qoʻllash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga taqdimnomalar bilan kirish. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar maʼmuriyatlari Maxsus komissiyalarning taqdimnomasi boʻyicha ishga joylashtirilgan shaxslar ishdan boʻshaganlari toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. MAXSUS KOMISSIYALAR ISHINI TASHKIL ETISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maxsus komissiya oʻz ishini komissiya majlisida tasdiqlangan reja asosida tashkil etadi. Maxsus komissiya majlislari rais tomonidan, u boʻlmaganda rais oʻrinbosari tomonidan zaruriyatga koʻra, biroq har oyda kamida bir marta chaqiriladi. Komissiya aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlgan taqdirda majlis huquqiy vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisida barcha masalalar oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi, ovozlar teng boʻlganda esa raisning ovozi hal qiluvchi kuchga ega boʻladi. Komissiyaning qarori majlis bayonnomasiga kiritiladi. Bayonnoma komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maxsus komissiya raisi, u boʻlmaganda rais oʻrinbosari komissiya ishini tashkil etadi, komissiya majlislari muntazam chaqirilishini taʼminlaydi, koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan masalalar doirasini aniqlaydi, komissiya faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi, komissiya aʼzolariga topshiriqlar beradi va ularning bajarilishini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maxsus komissiya aʼzolari oʻrtasidagi vazifalar uning majlisida taqsimlanadi. Maxsus komissiya aʼzolariga ularning ish ixtisosiga muvofiq quyidagi aniq funksional vazifalar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy va ishga joylashishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari sudlangan shaxslar tomonidan qayta va takroran huquqbuzarliklar sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ish usullarini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlari, jamoat birlashmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining ushbu masalaga taalluqli qonunchilik bajarilishini nazorat qilish va ular oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun ijtimoiy moslashuv markazlariga ajratiladigan pul mablagʻlarining sarflanishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maxsus komissiya majlisiga koʻrib chiqiladigan masalalar xususiyatiga bogʻliq ravishda huquqni muhofaza qilish, mehnat, ijtimoiy taʼminot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, davlat muassasalari, mehnat jamoalari rahbarlari, shuningdek jamoat birlashmalari vakillari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiyaning mehnat, ijtimoiy taʼminot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, korxonalar va muassasalar, jamoat birlashmalari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, takliflari va tavsiyalari bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ularning rahbarlari komissiyaning qarorlari, takliflari va tavsiyalariga rozi boʻlmaganlari taqdirda masala koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklarga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan muassasalar, shuningdek korxonalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari rahbarlari va boshqalar ikki hafta muddatda Maxsus komissiyaga uning qarorlari, takliflari va tavsiyalari bajarishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maxsus komissiyalar qarorlari ustidan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklarga shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MAXSUS KOMISSIYALAR ISHIGA RAHBARLIK QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maxsus komissiyalar faoliyatiga rahbarlik qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maxsus komissiyalarga texnik xizmat koʻrsatish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar apparatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 47-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-oktabrdagi 274-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 549-modda)