Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 06.10.1997 yildagi PF-1869-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TA’LIM-TARBIYA VA KADRLAR TAYYORLASh TIZIMINI TUBDAN ISLOH QILISh, BARKAMOL AVLODNI VOYAGA YETKAZISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturni hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish va bu borada qabul qilingan hujjatlar mohiyatini keng jamoatchilik tomonidan chuqur anglab olinishiga har tomonlama sharoit yaratish — davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish idoralari, ta’lim-tarbiya muassasalari xodimlarining eng dolzarb vazifalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish Respublika komissiyasi ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash sohasida davlat siyosati tamoyillarini hayotga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika vazirliklari, idoralari va muassasalari hamda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarning ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh etish bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash tizimi huquqiy-me’yoriy asosini Milliy dastur talablariga mos ravishda qayta ko‘rib chiqishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga tatbiq etishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzluksiz ta’lim tizimining Milliy modelini amalga oshirishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish asosida ta’lim tizimining istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch yillik akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari tizimini Milliy dastur talablari asosida tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro donorlar, xorijiy investorlar, jamg‘arma va jamoat tashkilotlarining mablag‘larini jalb etish va ulardan unumli foydalanishga sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy dasturning bajarilishi haqida ommaviy axborot vositalari orqali muntazam ma’lumot berib borishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining ustuvor vazifalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari va ular uchun mas’ul ishchi guruhlari tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhlar faoliyatiga yuqori malakali mutaxassislar va olimlar hamda xorijiy ekspertlarni keng jalb etish nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-iyuldagi PF-3272-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonda belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 6-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1869-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 275-modda; 2000-y., 4-son, 115-modda)