28.09.2022 yildagi 546-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni jadal rivojlantirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash, kelgusi besh yilda viloyatda turizm xizmatlarining hajmini keskin oshirish hamda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini tashkil etishda turizmni yetakchi sohaga aylantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoniga asosan Xorazm viloyatida yangi ish oʻrinlarini yaratishda turizm asosiy drayver sohasi boʻlishi, hududda kelgusi besh yilda turizm xizmatlarini kamida besh baravarga oshirish va shu maqsadda turizm obyektlarining infratuzilmasini tubdan yaxshilash, yangi oilaviy mehmon uylari, “turizm koʻchalari”ni tashkil etish hamda ichki va chet ellik sayyohlarni viloyatning boy moddiy va nomoddiy madaniy merosi bilan yaqindan tanishtirish choralarini koʻrish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sayyohlik maskanlarining infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan ularni yoʻllar, ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan taʼminlash, viloyatda yangi turistik yoʻnalishlar va mahsulotlarni joriy qilish, sohadagi ilgʻor xorijiy tajribani tatbiq etish, turizmni rivojlantirish uchun hududdagi istiqbolli mahallalarni belgilash, Urganch va Xiva shaharlarini yetakchi sayyohlik nuqtalari sifatida rivojlantirish hamda qator madaniy-maʼrifiy va koʻngilochar tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasi va Xiva shahridagi “Alleya” maydoni hududlarida “turizm koʻchalari”ni tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida 2022 — 2026-yillarda turizm sohasida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida turizm salohiyati yuqori boʻlgan va turizm drayveri sifatida rivojlantirish rejalashtirilgan “turizm mahallalari” roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turizm va madaniy meros vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Xiva shahri hamda Bogʻot, Xiva, Shovot va Yangiariq tumanlarida tanlab olingan, turizm salohiyati yuqori boʻlgan 13 ta mahallani turizm drayveri sifatida rivojlantirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Turizm va madaniy meros vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Hazorasp tumani “Sulaymon qalʼa” turistik obyektini qayta tiklash va unga tutash hududlarda turizm xizmatlarini, xususan, oilaviy mehmon uylari, gastronomik turizm obyektlari, koʻngilochar va dam olish maskanlari, savdo va hunarmandchilik obyektlari hamda boshqa qoʻshimcha xizmatlarni tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport vazirligi Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2022-2023-yillar davomida xorijiy aviakompaniyalar ishtirokida Urganch-Baku-Urganch, Madrid-Urganch-Toshkent yoʻnalishlarida hamda Urganch shahriga Pokiston, Indoneziya, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlaridan yangi muntazam va charter reyslarni yoʻlga qoʻyish, istiqbolli reyslarni qayta tiklash va ularning sonini oshirish masalasini koʻrib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Turizm va madaniy meros vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda “Xorazmshohlar tarixi davlati muzeyi”ni tashkil qilish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-yanvarga qadar mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun har tomonlama jozibador boʻlgan “Xorazm” turistik brendini yaratish boʻyicha ommaviy tanlovni eʼlon qilsin va uning natijalari boʻyicha taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-aprelga qadar Xiva shahrining 2024-yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Islom hamkorlik tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik asosida uni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Transport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda 2024-yilda tez yurar poyezdni Xiva shahrigacha yetkazish va birinchi reys qoʻyilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda “Urganch” xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish ishlarini jadallashtirgan holda, uni yirik turistik-transport “xab”iga aylantirish konsepsiyasini ishlab chiqsin va taqdimot oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Turizm va madaniy meros vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov va Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 28-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
546-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 546-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

2021-y.

2022-y.

2023-y.

2024-y.

2025-y.

2026-y.

1.

Ichki turistlar tashrifi soni (ming kishi)

520

655

790

930

1 060

1 200

2.

Xorijiy turistlar soni (ming kishi)

240

400

560

720

880

1 040

3.

Xizmatlar eksporti (mln AQSH doll)

80

150

220

290

360

430

4.

Joylashtirish vositalaridagi xonalar soni (ming)

2,4

2,6

3,2

3,8

4,2

5,0

5.

Mehmonxonalardagi oʻrinlar fondining bandlik darajasi

40,0

44,0

50,0

60,0

70,0

80,0

6.

Joylashtirish vositalaridagi oʻrinlar soni (ming)

5,0

5,6

6,1

6,7

7,5

8,0

7

Mehmonxonalar soni (dona)

79

89

100

105

110

115

8.

Oilaviy mehmon uylari soni (dona)

85

114

135

155

185

215

9.

Xostellar soni (dona)

11

13

15

18

20

22

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Prognoz qilinayotgan maqsadli koʻrsatkichlarga turizmni rivojlantirish boʻyicha davlat va hududiy dasturlarni amalga oshirish natijalaridan kelib chiqqan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 546-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Turizm infratuzilmasini tashkil qilish

1.

Qadimiy Xorazmning boy tarixi va madaniyatini inobatga olgan holda, Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarida joylashgan qadimiy qalʼalar boʻylab yangi turizm marshrutlarini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan “CASTLE TOUR” loyihasini ishlab chiqish hamda uning amalga oshirilishini taʼminlash. Loyihadagi marshrutlarga kirgan hududlarda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash va yangi bekatlarni tashkil qilish.

1. Yangi turizm marshrutlariga kiritiladigan qadimiy qalʼalar roʻyxatini shakllantirish.

2. Yangi turizm marshrutlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil oktabr

-

Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Transport vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2.

Turizm obyektlariga olib boruvchi yoʻllarni xatlovdan oʻtkazish, keyingi yillarda taʼmirlanadigan yoʻllar roʻyxatini davlat dasturiga kiritib borish.

1. Turistik obyektlarga olib boruvchi yoʻllarning manzilli roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida tarmoq jadvalini ishlab chiqish va kelishish.

3. Belgilangan muddatlarda davlat dasturlariga takliflar kiritib borish.

Doimiy ravishda

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

3.

Boʻsh turgan yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazgan holda salohiyatli hududlardan mehmonxona va xostellar qurish uchun belgilangan tartibda yer maydonlarini “E-AUKSION” kim oshdi savdolariga qoʻyish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2. Yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazib topotasvirlarni tayyorlash

3. E-AUKSION” kim oshdi savdolari orqali realizatsiya qilish choralarini koʻrish. qoʻyish.

Tasdiqlangan reja-grafik asosida har chorakda

Tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari

Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

4.

Kommunikatsiya tarmoqlariga ulanmagan yoki taʼmirtalab holatdagi turizm obyektlarini xatlovdan oʻtkazish, ularni keyingi yillarda kommunikatsiya tarmoqlari taʼmirlanadigan hududlar roʻyxatiga kiritish.

1. Kommunikatsiya tarmoqlariga ulanmagan yoki taʼmirtalab holatdagi turizm obyektlarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida tarmoq jadvalini ishlab chiqish va kelishish.

3. Belgilangan muddatlarda davlat dasturlariga takliflar kiritib borish.

Doimiy ravishda

-

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

5.

Xiva shahridagi “Yangi turmush” MFYda tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulayliklar yaratish orqali tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini koʻpaytirish.

1. “Yangi turmush” MFYda 10 km ichki yoʻllarni taʼmirlash hamda 6 km piyodalar yoʻlakchalarini tashkil etish.

2. 1,5 km ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash uchun 2 ta transformator oʻrnatish va 6 km kabel liniyasini oʻtkazish.

3. 10 km koʻcha chiroqlarini oʻrnatish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshi?ish.

2023-2024-yillar davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

6.

Xiva shahridagi “Ichon-qalʼa” MFYda tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulayliklar yaratish orqali tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini koʻpaytirish.

1. “Ichon-qalʼa” MFYda 7,5 km koʻcha chiroqlarini oʻrnatish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

2. “Ichon-qalʼa” MFY hududida obodonlashtirish ishlarini doimiy yoʻlga qoʻyish.

2023-2024-yillar davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi

7.

Xiva tumanidagi “Gʻovuq” MFYda turizm infratuzilmasini yaxshilash orqali turizm sohasida 85 ta yangi ish oʻrnini tashkil etish.

1. “Gʻovuq” MFYda 5 km kabel liniyasini oʻtkazish hamda 312 ta simyogʻoch va tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish.

2. 1,2 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmogʻini oʻtkazish hamda 6 km uzunlikdagi yoʻlga asfalt yotqizish ishlarini amalga oshirish.

3. Gʻovuq kanalining 2,5 km uzunlikdagi qismini betonlashtirish, 3 ta koʻprikni taʼmirlash hamda 2 ta transformator kichik stansiyasini (TP) yangidan oʻrnatish.

4. 10 km optik tolali internet tarmogʻini oʻtkazish.

2023-2024-yillar davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

8.

Xiva shahridagi “Qumyaska” MFYda tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulayliklar yaratish orqali tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini koʻpaytirish.

1. “Qumyaska” MFYdagi 11 km ichki yoʻllarni taʼmirlash, 6 km piyodalar yoʻlakchalarini tashkil etish.

2. 1 km ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash, elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash uchun 2 ta transformator oʻrnatish va 5 km kabel liniyasini oʻtkazish.

3. 12 km koʻcha chiroqlarini oʻrnatish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

2023-2024-yillar davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

9.

Shovot tumanidagi “Beshmergan” MFYda “Turizm mahallasi” (qishlogʻi)ni tashkil qilish.

1. Mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, shu jumladan, ichki yoʻllarni taʼmirlash, tungi yoritish ustunlarini oʻrnatish, ichimlik suvi bilan taʼminlash.

2. Turizm mahallasiga olib boruvchi kamida 2 ta katta hajmdagi yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish.

3. Tashrif buyuruvchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmonining 10-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarni inobatga olgan holda Wi-Fi hududlarni tashkil etish choralarini koʻrish.

4. Turizm mahallasida turoperatorlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

5. Zaruratga koʻra, bankomatlar oʻrnatish va tadbirkorlik subyektlarining talabiga muvofiq terminallar bilan taʼminlash.

6. Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil qilish.

7. 20 ta oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish.

8. Milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdosini tashkil qilish.

9. Milliy urf-odatlar, kelin salom, lachak toʻy va boshqa anʼanalar bilan tanishtirishni yoʻlga qoʻyish.

10. Turizm qishlogʻi boʻyicha doimiy ravishda targʻibot ishlarini olib borish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, tadbirkorlik subyektlari

10.

Shovot tumanidagi “Yusuf Hamadoniy” majmuasida ziyoratchilar uchun sharoitlar yaratish, shu jumladan, hunarmandlar doʻkonlari, savdo, umumiy ovqatlanish tarmoqlari va boshqa zarur infratuzilmalarni yaratish.

1. Hududda ziyoratchilar uchun sharoit yaratish maqsadida xatlov oʻtkazish.

2. Xatlov natijasiga koʻra, “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash.

3. Hududda sayyohlar uchun zarur sharoitlarni yaratish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

11.

Yangiariq tumanidagi “Shayx Muxtor Valiy” madrasasida infratuzilmani rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan ziyorat uchun zarur sharoitlar yaratish, majmuani obodonlashtirish, savdo burchaklari va ovqatlanish punktlarini tashkil qilish.

1. Sayyohlar uchun sharoit yaratish maqsadida hudud salohiyatini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijasiga koʻra, “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash.

3. Hududda sayyohlar uchun zarur sharoitlarni yaratish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

12.

Yangiariq tumani markazidan “Shayx Muxtor Valiy” ziyoratgohi hamda “Nemis mennonitlari” obyekti joylashgan hududga olib boruvchi yoʻlning 8 km uzunlikdagi ichki yoʻllarini taʼmirlash va obodonlashtirish.

1. Yangiariq tumani markazidan “Shayx Muxtor Valiy” ziyoratgohi hamda “Nemis mennonitlari” obyekti joylashgan hududga olib boruvchi yoʻlning 8 km uzunlikdagi ichki yoʻllarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2. Yoʻl boʻylarida turistik yoʻl belgilarini oʻrnatish.

3. “Shayx Muxtor Valiy” ziyoratgohi hududida zamonaviy tipdagi sanitariya-gigiyena shoxobchalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

13.

Bogʻot tumanidagi “Qalajiq qalʼa” MFYda tashrif buyuruvchi sayyohlarga qulayliklar yaratish orqali tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirish.

1. Qalʼajiq koʻliga olib boruvchi 4k 953A avtomobil yoʻli 0 — 9 kilometr qismining 3,2 km uzunlikdagi qismini 2,8 mlrd soʻmga joriy taʼmirlash hamda 1 ta koʻprikni joriy taʼmirlash.

2. “Qalajiq qalʼa” mahallasida 25 ta zamonaviy yoʻl belgilarini hamda har ikki kilometrda zamonaviy bekatlar oʻrnatish.

3. Yoʻlning ikki tomoniga piyodalar uchun svetoforlar oʻrnatish hamda yoʻlning bir tomoniga piyodalar yoʻlagi qurish.

4. 1 ta 160 kilovattlik transformator, xl-0,4 kilovattlik 1 km elektr liniyasini qurish, 400 kilovattlik dizel elektr stansiyasi, 200 ta tungi yoritgich chiroqlarini ustunlari bilan oʻrnatish.

5. 5 km uzunlikdagi ichimlik suvi tarmogʻini qurish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

14.

Hazorasp tumanidagi “Sulaymon qalʼa” turistik obyektiga olib boruvchi yoʻlning 3 kilometr uzunlikdagi ichki yoʻllarini taʼmirlash.

1. Tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mazkur obyektlarga olib boruvchi yoʻllar holatini oʻrganish.

2. Yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Mazkur yoʻllarni taʼmirlash va foydalanishga topshirish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

15.

Yangibozor tumanidagi “Choʻbolonchi” qishlogʻida joylashgan “Milliy tabiat bogʻi”ga olib boruvchi 3 kilometr uzunlikdagi ichki yoʻllarni taʼmirlash.

1. Tegishli tashkilotlar bilan birgalikda mazkur obyektlarga olib boruvchi yoʻllar holatini oʻrganish.

2. Yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Mazkur yoʻllarni taʼmirlash va foydalanishga topshirish.

2023 — 2026-yillar davomida

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

16.

Xorazm viloyatidagi barcha turistik manzillarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini xatlovdan oʻtkazib aniqlangan kamchiliklarni muntazam bartaraf qilib borish.

1. Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini xatlovdan oʻtkazish boʻyicha viloyat ishchi guruhlari tarkibini tasdiqlash.

2. Har chorakda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini xatlovdan oʻtkazib borish.

3. Xatlov natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha Respublika ishchi guruhiga takliflar kiritish.

2023 — 2026-yillar davomida

-

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati

17.

Shovot tumanidagi “Katqalʼa” qalʼasi atrofida piyoda marshrutlarni tashkil qilish, ochiq drenaj tizimlari holatini yaxshilash, obodonlashtirish hamda savdo burchaklari va ovqatlanish punktlarini tashkil qilish.

1. Sayyohlar uchun sharoit yaratish maqsadida hudud salohiyatini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijasiga koʻra, “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash.

3. Hududda sayyohlar uchun zarur sharoitlarni yaratish.

2023 — 2026-yillar davomida

-

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi

II. Turizm sohasida yangi xizmat turlarini kengaytirish va xizmat sifatini yaxshilash

18.

Xorazm viloyatidagi mavjud tabiiy va sunʼiy koʻllarni qamrab olgan “Khorezm ecoring” ekoturizm halqasini tashkil qilish.

1. Viloyatdagi mavjud tabiiy va sunʼiy koʻllarni xatlovdan oʻtkazib, manzilli roʻyxatini shakllantirish.

2. “Khorezm ecoring” ekoturizm halqasi konsepsiyasini ishlab chiqish.

3. “Khorezm ecoring” ekoturizm halqasiga kiradigan koʻllarni yangi turistik marshrutlar tarkibiga kiritish.

2022-yil dekabr

-

Turizm va madaniy meros vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

19.

Xorazm viloyatida agroturizm yoʻnalishini rivojlantirish maqsadida uzumchilik, anor yetishtirish, olma yetishtirish yoʻnalishlarini inobatga olib, viloyatning salohiyatli hududlarida vinochilik degustatsiya markazlarini tashkil qilish.

1. Viloyatning salohiyatli hududlarini aniqlash.

2. Mazkur hududlarda tashkil qilinadigan degustatsiya markazlarining manzilli roʻyxatini shakllantirish.

3. Belgilangan muddatlarda degustatsiya markazlarini ishga tushirish.

2022-2023-yillarda

Ijrochilar mablagʻlari va mahalliy budjet mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Xorazm viloyati hokimligi

20.

Xiva shahrida joylashgan “Ollaqulixon Karvonsaroyi”da quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi hunarmandchilik markazini tashkil qilish:

har xil turdagi sopol, keramika buyumlari va hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayoni yuzasidan mahorat saboqlari oʻtkazish va ularni sotish savdo nuqtalarini;

viloyatning barcha namunadagi gilamlar va Xorazm choʻgirmasi milliy bosh kiyimini tayyorlash jarayoni yuzasidan mahorat saboqlari tashkil etish boʻyicha shou-rumlar (showroom) yaratish va ularni sotish savdo nuqtalarini;

quruq va turli mevalar, ziravorlar va koʻplab poliz ekinlarini sotish uchun qadimiy koʻrinishdagi “Sharq bozori”ni.

1. Hunarmandchilik markazining konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan konsepsiyasini tegishli vazirlik va idoralar bilan oʻzaro kelishish va tasdiqlash.

3. Tasdiqlangan konsepsiyaga asosan hunarmandchilik markazini tashkil qilish.

2022-2023-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Hunarmand uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

21.

Madaniy meros obyektlari hududida sayyohlarga namoyish qilish uchun qoʻl mehnati asosida Xiva gilamlarini tayyorlash boʻyicha kasanachilik ustaxonalarini tashkil qilish.

1. Turistlar koʻp tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlarini aniqlash.

2. Aniqlangan obyektlarda Xiva gilamlari tayyorlash boʻyicha kasanachilik ustaxonalarini tashkil qilish.

2022 — 2024-yillar davomida

Tashabbuskorlar mablagʻlari, tijorat banklari kredit mablagʻlari

“Hunarmand” uyushmasi, Madaniy meros agentligi, Xorazm viloyati hokimligi

22.

Xiva shahrida “Gʻovuq-koʻl” koʻli boʻyida turistik majmua tashkil qilish boʻyicha ishlarni amalga oshirish uchun “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

1. Turistik majmua tashkil qilish bilan bogʻliq boʻlgan dastlabki huquqiy hujjatlarni tayyorlash.

2. Turistik majmuada muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi, koʻl boʻyini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish, akvapark, koʻngilochar bogʻ, mehmonxona, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, savdo maydonchasi va boshqalarni tashkil qilish, zamonaviy attraksionlar va koʻngilochar obyektlar oʻrnatish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-2024-yillar davomida

-

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

23.

Xiva tumanidagi “Bibi Xojar” maqbarasida ziyoratchilar uchun sharoit yaratish (maqbara hududini obodonlashtirish, unda savdo va ovqatlanish punktlarini yaratish).

1. Ziyoratchilar uchun sharoit yaratish maqsadida hududning salohiyatini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijasiga koʻra, “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash.

2023-2024-yillar davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

24.

Yangibozor tumanidagi tabiat yodgorliklarining sayyohlarga namoyishini tashkil qilish imkoniyatlarini oʻrganish.

1. Sayyohlar uchun sharoit yaratish maqsadida hududning salohiyatini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijasiga koʻra, “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash.

2023-2024-yillar davomida

-

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

24.

Hazorasp tumanidagi “Hazorasp qalʼa”si negizida turistik majmua tashkil qilish ishlarini amalga oshirish.

1. Sayyohlar uchun sharoit yaratish maqsadida hududning salohiyatini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijasiga koʻra, “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlash.

2023-2024-yillar davomida

Tashabbuskorlar mablagʻlari, tijorat banklari kredit mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

25.

Viloyat va tuman markazlarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda savdo va koʻngilochar koʻchalarni tashkil etish choralarini koʻrish.

1. Savdo va koʻngilochar koʻchalar tashkil etish boʻyicha salohiyatli hududlarni aniqlash.

2. Savdo va koʻngilochar koʻchalar loyihalarini ishlab chiqish va tashkil etish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, tadbirkorlik subyektlari

26.

Turizm salohiyati yuqori boʻlgan shahar (tuman)lar koʻchalarida milliy va xorijiy taomlarga ixtisoslashgan gastronomik koʻngilochar koʻchalar tashkil etish. Bunda, ushbu koʻchalarda koʻchma savdo obyektlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Gastronomik koʻngilochar koʻchalar tashkil etish boʻyicha salohiyatli hududlarni aniqlash.

2. Gastronomik koʻngilochar koʻchalar loyihalarini ishlab chiqish va tashkil etish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, tadbirkorlik subyektlari

27.

Viloyatda Yaponiya davlatining ilgʻor tajribasi asosida mahalliy va xorijiy turistlarni hordiq chiqarishlari uchun qoʻshimcha turistik obyekt tashkil etish maqsadida “Tematik parklar”ni tashkil qilish.

1. Viloyatda “Tematik parklar” tashkil qilish imkoniyati mavjud hududlarni aniqlash.

2. “Tematik parklar” tashkil qilish boʻyicha yagona konsepsiya ishlab chiqish. Bunda Yaponiya davlatining ilgʻor tajribasidan foydalanish.

3. Viloyatda 1-2 ta “Tematik park” tashkil qilish.

2023 — 2026-yillar davomida

Tashabbuskorlar mablagʻlari, tijorat banklari kredit mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

28.

Xorazmning qadimiy hunarmandchiligi, xususan, kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, pichoqchilik, ganjkorlik, gilamchilik, yogʻoch oʻymakorligi, sangtaroshlik, misgarlik, rixtagarchilik yoʻnalishlarida hunarmandlik markazlari sonini oshirish boʻyicha hududlarni belgilash va loyiha takliflarini ishlab chiqish.

1. Loyihalarning manzilli roʻyxatini tasdiqlash.

2. Loyihalarning tarmoq jadvalini ishlab chiqish va kelishish.

3. Belgilangan muddatlarda loyihalarni ishga tushirish.

2023 — 2026-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

“Hunarmand” uyushmasi, Xorazm viloyati hokimligi

29.

Quyidagi yangi sayyohlik yoʻnalishlarini yaratish:

tarixiy-ilmiy;

tarixiy-etnik;

madaniy-koʻngilochar;

ekologik, tabiat qoʻynida dam olish.

1. Yangi yaratiladigan sayyohlik yoʻnalishlariga mos salohiyatli hududlarni aniqlash.

2. Yangi sayyohlik yoʻnalishlarini targʻib qiluvchi reklama materiallarini tayyorlash.

3. Yangi sayyohlik yoʻnalishlarini turizm marshrutlariga kiritish choralarini koʻrish.

2023 — 2026-yillar davomida

-

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

30.

Arxeologik qazilmalar topilmalari va badiiy suratlar namunalaridan qadimiy “Hazorasp qalʼa”si muzeyini tashkil qilish.

1. Muzeyni tashkil qilish boʻyicha dastlabki hujjatlarni tayyorlash.

2. Muzeyni tashkil qilish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Muzey faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

III. Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash

31.

Xorazm viloyatida gid-tarjimon sifatida faoliyat olib borish maqsadida boʻlgan talabgorlarni oʻqitish va ularga faoliyat olib borishi uchun sertifikat berish.

1. Talabgorlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Maxsus oʻquv kurslarini tashkil qilish va sertifikat taqdim qilish.

2022-yil noyabr

Ijrochilar va grant mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros obyektlari muammolarini oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti

32.

Hududda turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida 2022-2023-yillar davomida Urganch davlat universitetiga dunyoning turizm sohasida ilgʻor taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilarini jalb etish choralarini koʻrish.

1. Turizmning Xorazm viloyatiga xos yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha dunyoning ilgʻor taʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirish.

2. Ushbu muassasalar tajribasini chuqur oʻrganish.

3. Mazkur muassasalarning professor-oʻqituvchilarini qisqa muddatlarga tajriba almashish uchun Urganch davlat universitetiga jalb qilish.

2022-2023-yillar

Turizmni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

33.

Turizm sohasida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni chet davlatlarda malakasini oshirish tizimini yoʻlga quyish.

1. Hamkor vazirlik va idoralar oʻrtasida qoʻshma qaror va chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Mazkur tizim orqali “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali iqtidorli va isteʼdodli yoshlarni xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuborish.

2022 — 2026-yillarda

Ijrochilar mablagʻlari

Tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar

34.

Turizm sohasida xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish maqsadida belgilangan tartibda Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) va Germaniya xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tashkiloti (GIZ) hamda Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA) bilan hamkorlikda viloyat turizm sohasiga 2023 — 2026-yillarda xalqaro grantlarni ajratish strategiyasini ishlab chiqish.

1. Belgilangan tartibda Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) va Germaniya xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tashkiloti (GIZ) hamda Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA) bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

2. Xorazm viloyatida turizm sohasiga 2023 — 2026-yillarda xalqaro grantlarni ajratish strategik loyihasini ishlab chiqish.

3. Xalqaro grantlarni ajratish choralarini koʻrish.

2023 — 2026-yillarda

-

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

IV. Xorazm viloyatining turizm salohiyatini targʻib qilish

35.

Turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlarda oilaviy mehmon uylari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot tadbirlarini tashkil qilish.

1. Oilaviy mehmon uylari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot tadbirlarini tashkil qilish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Grafikka asosan targʻibot olib borish.

2022-yil sentabr oyidan boshlab doimiy ravishda

Turizmni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

36.

Xorijiy mamlakatlarda Xorazm viloyatining turizmi salohiyatini manzilli targʻib qilish choralarini koʻrish.

1. Viloyatdagi turizm salohiyati yuqori boʻlgan turizm turlarini aniqlash va roʻyxatini shakllantirish.

2. Aniqlangan turizm turlari boʻyicha xorijiy turistlar tashrif buyuradigan, salohiyati yuqori boʻlgan mamlakatlar roʻyxatini shakllantirish.

3. Roʻyxatga asosan manzilli targʻibot dasturlarini ishlab chiqish.

4. Xorijiy mamlakatlarga Xorazm viloyatining turizm salohiyatini targʻib qilish boʻyicha 5 — 10 kishilik delegatsiyalarni joʻnatish.

2022-yil sentabr oyidan boshlab doimiy ravishda

Turizmni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

37.

Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi yoki Xiva shahridagi “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi qoshida “Young creators tourism” klubini tashkil qilish orqali turizm sohasiga qiziquvchi yoshlarni jalb qilgan holda, yoshlar oʻrtasida ichki turizmni rivojlantirishda amaliy yordamlar koʻrsatish.

1. “Young creators tourism” klubi nizomini ishlab chiqish.

2. Klub faoliyati boʻyicha chora-tadbirlar belgilash.

3. Klubni tashkil qilish.

2022-yil oktabr

Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Xorazm viloyati hokimligi

38.

Xorazm viloyatining turistik salohiyatini targʻib qilish maqsadida turizm tashrif obyektlari boʻylab infoturlar tashkil etish.

1. Infoturlarda ishtirok etuvchi turoperatorlar, OAV vakillari va blogerlar roʻyxatni shakllantirish.

2. Infoturlarni yuqori saviyada tashkil etish, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda #khorezm xeshtegi bilan targʻib qilish.

3. Turoperatorlar oʻrtasida “V2V” uchrashuvlar tashkil qilish.

2022-2023-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

39.

Xorazm viloyatining turizm salohiyatini targʻib qilish maqsadida targʻibot materiallarini tayyorlash, xorijiy davlatlar va respublikada oʻtkaziladigan nufuzli turistik koʻrgazmalarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini targʻib qilish.

1. Xorazm viloyatining turistik salohiyatini targʻib qilish maqsadida targʻibot materiallarini tayyorlash.

2. Xorijiy va mahalliy turistik koʻrgazmalarda hududning turizm salohiyatini targʻib qilish.

2022-2023-yillar davomida

Ijrochilar va grant mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

40.

Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yorituvchi turkum koʻrsatuvlar tayyorlash.

Hududning turistik salohiyati, sayyohlarga yaratilgan imkoniyatlar, tarixiy va madaniy meros obyektlari toʻgʻrisida turkum (targʻibot) koʻrsatuvlarni tayyorlash hamda efir va internet tarmoqlarida joylashtirish.

2022-2023-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, ommaviy axborot vositalari

41.

Respublika yoshlarini Xiva shahridagi “Ichon-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi, “Nurullaboy” saroyi, Urganch tumanidagi “Ulli Hovli” majmuasi va Bogʻot tumanidagi “Qalʼajiq qalʼa” majmualariga sayohat aksiyasini tashkil etish.

1. Aksiyani oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh shtabini tuzish.

2. Aksiyani oʻtkazish boʻyicha reja-dastur ishlab chiqib, tasdiqlash va aksiya ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish.

3. Dasturga asosan aksiya oʻtkazish hududlarini (mehmonxona, transport, muzeylar va umumiy ovqatlanish shoxobchalarini) tayyorlash.

4. Taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalarining yozgi taʼtil kunlarda sayohat aksiyalarini oʻtkazish.

Har yili

Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

42.

Aholi va yoshlar orasida turizm sohasida yangi ishlanmalar yaratish va hududning sayyohlik salohiyatini targʻib etish.

1. Xorazm viloyatida “Yoshlar va turizm” konferensiyasini tashkil etish.

2. Xorazm viloyatida “Yosh hunarmandlar” festivalini oʻtkazish.

3. “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturiga asosan tanlovlarni tashkil etish va #tourismchallange, #tourismexchange kabi maxsus xeshteglar joriy etish.

4. Tashkil etilgan tadbirlarga respublikaning barcha hududlaridan yoshlar jamoalarini taklif qilish va ularning ishtirokini taʼminlash.

Har yili iyun oyida

Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

43.

Turizm sohasi rahbarlari va yoshlar oʻrtasida uchrashuvlarni tashkil etish.

1. Uchrashuvlar grafigini tasdiqlash.

2. Turizm sohasiga qiziqadigan yoshlar roʻyxatini shakllantirish.

3. Uchrashuvlarni oʻtkazish va yoshlar takliflarini amaliyotga tatbiq etish.

Har yili kamida ikki marotaba

-

Turizm va madaniy meros vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi

44.

Turizm sohasida tashkil etiladigan tadbirlar, konferensiyalar va turli xil aksiyalarni ijtimoiy reklama sifatida ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, tashqi reklama vositalarini (bannerlar va tashqi ekranlar uchun videoroliklar) tayyorlash va oʻrnatish orqali targʻibot ishlarini tashkil etish.

1. Turizm salohiyati yuqori boʻlgan hududlardagi tashqi reklama obyektlarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Mazkur hududlarda qoʻshimcha yangi tashqi reklama obyektlarini oʻrnatish.

3. Ushbu hududlardagi tashqi reklama obyektlarida turizm sohasida tashkil etiladigan tadbirlar, konferensiyalar va turli xil aksiyalarni ijtimoiy reklama sifatida doimiy yoritib borish.

2023 — 2026-yillar davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Turizm va madaniy meros vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Xorazm viloyati hokimligi

V. Madaniy koʻngilochar tadbir va festivallar oʻtkazish

45.

Xiva shahrida “Qoʻgʻirchoqlar” festivalini oʻtkazish.

1. Festival oʻtkazish joyini aniqlash.

2. Festival bilan bogʻliq sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqish.

3. Festivalni yuqori saviyada oʻtkazish.

2022-yildan boshlab doimiy ravishda

Mahalliy budjet mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

46.

“Ichon-qalʼa” davlat muzeyi qoʻriqxonasi majmuasini ommalashtirish hamda dunyo hamjamiyatidagi tutgan nufuzini mustahkamlash maqsadida ushbu obyektga tutash hududlarda xorijiy mamlakatlarning milliy bayramlari, madaniy tadbirlari, festivallari va shu kabi boshqa yirik tadbirlarini oʻtkazish maqsadida kelgusi yil uchun yillik reja-grafikini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Xorijiy mamlakatlarning milliy bayramlari, madaniy tadbirlari, festivallari va shu kabi boshqa yirik tadbirlarini oʻtkazish maqsadida kelgusi yil uchun yillik reja-grafikini ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan reja-grafikni tegishli vazirlik va idoralar bilan oʻzaro kelishish va tasdiqlash.

2022-yildan boshlab doimiy ravishda

-

Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 546-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasi va Xiva shahridagi “Alleya” maydoni hududlarida “turizm koʻchalari”ni tashkil etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Talab etiladigan mablagʻ

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Ijtimoiy va xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish

1.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasining ikki yon tomonida hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida mahalliy aholi va sayyohlar gavjum boʻladigan joylarda 4 ta “Workout” sport maydonchalarini tashkil qilish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, koʻchaning ikki yon tomonida tashkil qilinishi moʻljallangan “Workout” sport maydonchalarining manzilli roʻyxatini shakllantirish.

2. Obyektlarning foydalanishga topshirilishini taʼminlash.

2022-yil davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Moliya vazirligi

2.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasining ikki yon tomonida hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida sayyohlarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan oziq-ovqat doʻkonlarini, shopping turizm obyektlari, hunarmandchilik mahsulotlari savdo rastasini tashkil qilish.

1. Tashabbuskorlarni aniqlash.

2. Obyektlarning foydalanishga topshirilishini taʼminlash.

2022-2023-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Tashabbuskor mablagʻlari

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

3.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasining ikki yon tomonida hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida sayyohlar va mahalliy aholi gavjum joylarda kamida 2 ta dorixona tashkil qilish.

1. Tashabbuskorlarni aniqlash.

2. Dorixonalarni foydalanishga topshirish.

2022-2023-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Tashabbuskor mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

4.

Sayyohlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida chet el valyuta ayirboshlash shoxobchalarini tashkil qilish.

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari joylashtiriladigan hududlarni belgilash hamda ularni foydalanishga topshirish.

2022-2023-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Tijorat banklari kreditlari mablagʻlari

Markaziy bank, Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

5.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasida transport vositalari qatnovi uchun 2 ta aqlli bekat, namunaviy loyiha asosida 2 ta turizm axborot markazi va sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil qilish. Xiva shahri Alleya maydoni hududida namunaviy loyiha asosida 2 ta turizm axborot markazi va sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, koʻchaning ikki yon tomonida tashkil qilinishi moʻljallangan aqlli bekatlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish.

2. Obyektlarning foydalanishga topshirilishini taʼminlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Transport vazirligi

II. Turizm va yondosh infratuzilmani rivojlantirish

6.

Tashrif buyuruvchilar uchun ikkita hududda 40 ta turistik yoʻl koʻrsatkich belgilarini oʻzbek, rus va ingliz tillarda oʻrnatish (Oʻz DSt 3331 ga binoan turizm sohasida navigatsiya tizimining axborot belgilari bilan jihozlash).

1. Turistik yoʻl koʻrsatkichlar oʻrnatiladigan hududlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish.

2. Turistik yoʻl koʻrsatkichlarning belgilangan hududlarda oʻrnatilishini taʼminlash.

2023-2024-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, tadbirkorlik subyektlari

7.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasining ikki yon tomonida 2,8 kilometr piyodalar va velosiped yoʻlaklarini tashkil qilish.

1. Loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Pudrat tashkilotlari oʻrtasida tanlov (tender) oʻtkazilishini taʼminlash.

3. Qurilish ishlarini amalga oshirish, obyektning belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishini taʼminlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

8.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasida 50 ta oʻrindiq, 40 ta chiqindi qutisi, 60 ta chiqindi yigʻadigan punkt (konteyner)ni oʻrnatish.

1. Koʻchaning ikki yon tomonida oʻrnatilishi moʻljallangan chiqindi qutilarining manzilli roʻyxatini shakllantirish.

2. Loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat tashkilotlari oʻrtasida tanlov (tender) oʻtkazilishini taʼminlash.

3. Obyektlarning foydalanishga topshirilishini taʼminlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

9.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasida musiqali favvora tashkil qilish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Pudrat tashkilotlari oʻrtasida tanlov (tender) oʻtkazish.

3. Obyektni foydalanishga topshirish.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

10.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasining ikki yon tomonida hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida tematik 10 ta selfi zonasi, 25 ta kichik arxitektura shakllarini tashkil qilish, 2 ta kompozitsion stella oʻrnatish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, obyektlarning manzilli roʻyxatni shakllantirish.

2. Tashabbuskorlarni aniqlash.

3. Obyektlarni foydalanishga topshirish.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

11.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasining ikki yon tomonida hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida 4 ta veloturargoh tashkil etish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Pudrat tashkilotlari oʻrtasida tanlov (tender) oʻtkazish.

3. Obyektlarni foydalanishga topshirish.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari

Sportni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

III. Yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tizimini yaxshilash

12.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasida 112 ta hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida 160 ta tungi gul bezaklarini oʻrnatish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Pudrat tashkilotlari oʻrtasida tanlov (tender) oʻtkazish.

3. Obyektlarni foydalanishga topshirish.

2023-2024-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

13.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasi hududida va Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini yoʻlga qoʻyish.

1. Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasida 2,8 kilometr optik tolali aloqa liniyalarini qurish va Internetga simsiz keng polosali kirish qurilmalarini oʻrnatish.

2. Xiva shahridagi Alleya maydonida 2,0 kilometr optik tolali aloqa liniyalarini qurish va Internetga simsiz keng polosali kirish qurilmalarini oʻrnatish.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

14.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasining 1,4 kilometr yoʻl infratuzilmasini joriy taʼmirlash.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat tashkilotlari oʻrtasida tanlov (tender) oʻtkazilishini taʼminlash.

2. Loyihani belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishini taʼminlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Turizm obyektlari atrofidagi yer maydonlari, suv va yoʻl infratuzilmalarini yaxshilash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-son qaroriga 1-ilovada)

Xorazm viloyati hokimligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi

15.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasida 2,8 kilometr ikki yon tomonida hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni 2,0 kilometr hududlarida elektr energiyasi tarmogʻini yaxshilash, 4 ta transformator oʻrnatish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat tashkilotlari oʻrtasida tanlov (tender) oʻtkazilishini taʼminlash.

2. Obyektlarning belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishini taʼminlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

16.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasida 112 ta hamda Xiva shahridagi Alleya maydonida 160 ta tungi yoritgich (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, quyosh batareykalari) chiroqlarini oʻrnatish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat tashkilotlari oʻrtasida tanlov (tender) oʻtkazilishini taʼminlash.

2. Obyektlarning belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishini taʼminlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

17.

Urganch shahridagi Pahlavon Mahmud koʻchasida hamda Xiva shahridagi Alleya maydoni hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har xil turdagi koʻchatlar ekish (2 000 ta tut, 1 600 ta gujum, 15 000 ta har xil turdagi gul koʻchatlari).

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Pudrat tashkilotlari oʻrtasida tanlov (tender) oʻtkazilishini taʼminlash.

3. Obyektlarning belgilangan muddatda foydalanishga topshirilishini taʼminlash.

2023 — 2026-yillar davomida

Loyiha-smeta hujjatlariga asosan

Mahalliy budjet mablagʻlari

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 546-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida 2022 — 2026-yillarda turizm sohasida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MANZILLI DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman (shahar) nomi

Loyiha tashabbuskori

Loyihaning maqsadi

Loyiha quvvati

Loyihaning umumiy qiymati

(mln soʻm)

shu jumladan, moliyalashtirish manbalari

Yaratiladigan yangi ish oʻrinlari

Loyihani amalga oshirish muddati

Xizmat koʻrsatuvchi bank

oʻlchov birligi

natura

mln soʻm

oʻz mablagʻi

(mln soʻm)

Kredit mablagʻi

(mln soʻm)

Jami 30 ta loyiha

x

x

39 670

96 692

44 950

51 742

362

1.

Urganch shahri

“Samira Xotel” OK

oilaviy mehmon uyi tashkil etish

oʻrin

8

150

162

50

112

5

2022-yil sentabr

“Qishloq qurilish bank” ATB

2.

Urganch tumani

“Jannat-Nur-Jannat” XK

motel va umumiy ovqatlanish shoxobchasi tashkil etish

oʻrin

20

800

4 200

2 200

2 000

20

2022-yil sentabr

“Agrobank” ATB

3.

Yangiariq tumani

“Sulaymon Xadicha market” OK

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

30

1 500

4 800

2 800

2 000

13

2022-yil sentabr

“Agro bank” ATB

4.

Xonqa tumani

“Asil Javohur Bek” MCHJ

turistik sinfga mansub mikroavtobus sotib olish

dona

2 ta

(20 oʻrinli)

250

1 140

300

840

9

2022-yil sentabr

“Qishloq qurilish bank” ATB

5.

Urganch shahri

“Xorazm zilol” XK

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

20

1 000

2 480

1 500

980

13

2022-yil sentabr

AT “Aloqa bank”

6.

Urganch shahri

“Fariza-Farangiz” oilaviy korxonasi

mehmonxona va umumiy ovqatlanish shoxobchasi tashkil etish

oʻrin

22

1 200

2 000

500

1 500

11

2022-yil sentabr

“Qishloq qurilish bank” ATB

7.

Urganch tumani

“Jasmin Urganch travel” OK

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

35

1 000

2 500

1 000

1 500

13

2022-yil sentabr

“Agro bank” ATB

8.

Xiva shahri

“Everest Beton” MCHJ

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

30

1 500

5500

3500

2000

40

2022-yil sentabr

“Milliy bank” AJ

9.

Gurlan tumani

“Xudaybergan Bobo Suxrob” FX

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

20

600

4 500

3 000

1 500

11

2022-yil sentabr

“Agro bank” ATB

10.

Urganch shahri

“Urganch qurilish elektro montaj” XK

mehmonxona va restoran tashkil etish

oʻrin

15

750

2 900

1 500

1 400

13

2022-yil oktabr

AT “Aloqa bank”

11.

Urganch shahri

“Xorazm oltin zamin” MCHJ

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

10

450

3 500

1 500

2 000

10

2022-yil oktabr

“Qishloq qurilish bank” ATB

12.

Urganch shahri

“Urganch Palas” MCHJ

mehmonxona faoliyatini kengaytirish

oʻrin

60

3 000

6 500

1 500

5 000

10

2022-yil oktabr

“Qishloq qurilish bank” ATB

13.

Xiva shahri

“Pearl Khiva” UK

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

50

2 500

3 400

2 000

1 400

10

2022-yil oktabr

“Qishloq qurilish bank” ATB

14.

Xiva shahri

“Cafe Terrassa Khiva” OK

xostel tashkil etish

oʻrin

40

2 000

2 300

800

1 500

11

2022-yil oktabr

“Qishloq qurilish bank” ATB

15.

Xiva shahri

“Xorazm darvoza gʻuncha” MCHJ

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

120

6 000

4 000

2 000

2 000

9

2022-yil oktabr

“Milliy bank” AJ

16.

Bogʻot tumani

“Bogʻot Mega Star Kemping” MCHJ

mehmonxona va avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish

oʻrin

20

600

3 500

2 000

1 500

11

2022-yil oktabr

AT “Xalq bank”

17.

Bogʻot tumani

“Qalajiqqalʼa oazis ekoturizm” FX

turistik majmua (mehmonxona, milliy uslubdagi oʻtov uylar, restoran, suzish havzasi, sogʻlomlashtirish markazi, hunarmandchilik rastalari va boshqalar) tashkil etish

oʻrin

80

3 200

9 000

5 000

4 000

18

2022-yil oktabr

“Ipoteka-bank” ATIB

18.

Urganch shahri

“Fayz” FX

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

10

450

2 800

800

2 000

10

2022-yil noyabr

AT “Xalq bank”

19.

Gurlan tumani

“Gurlan Bexruz” XK

mehmonxona faoliyatini kengaytirish

oʻrin

20

600

3 200

1 200

2 000

16

2022-yil noyabr

AT “Aloqa bank”

20.

Xiva shahri

“Khiva Khan” oilaviy korxonasi

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

20

1 000

570

500

70

4

2022-yil noyabr

“Mikrokredit bank” ATB

21.

Xiva shahri

“Dilrabo-Tekstil” MCHJ

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

20

1 000

1 500

700

800

7

2022-yil noyabr

“Mikrokredit bank” ATB

22.

Urganch shahri

“Solar NRG Group” MCHJ

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

8

320

2 000

800

1 200

10

2022-yil noyabr

AT “Aloqa bank”

23.

Xiva shahri

“Amina Zaynab” oilaviy korxonasi

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

25

1 300

1 840

1 000

840

9

2022-yil noyabr

“Mikrokredit bank” ATB

24.

Xiva shahri

“Xiva Sitarabonu” oilaviy korxonasi

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

20

1 000

1 400

700

700

9

2022-yil dekabr

“Mikrokredit bank” ATB

25.

Xiva tumani

“Parchanhos city” MCHJ

Turizm va dam olish kompleksini tashkil qilish

oʻrin

50

300

1 800

400

1 400

10

2023-yil yanvar

“Qishloq qurilish bank” ATB

26.

Urganch shahri

“Urganch real hotel” MCHJ

mehmonxona faoliyatini kengaytirish

oʻrin

50

2 500

5 000

2 000

3 000

13

2023-yil yanvar

“Ipoteka-bank” ATIB

27.

Urganch shahri

“Amir exim trading” XK

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

22

1 200

6 000

2 000

4 000

11

2023-yil fevral

“Ipoteka-bank” ATIB

28.

Xiva shahri

“Minor” oilaviy korxonasi

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

30

1 500

3 000

1 000

2 000

11

2023-yil mart

“Mikrokredit bank” ATB

29.

Xiva shahri

“Erkinov and go” MCHJ

mehmonxona tashkil etish

oʻrin

20

1 000

2 200

1 500

700

10

2023-yil iyun

“Mikrokredit bank” ATB

30.

Urganch tumani

“Xiva Bilol servis” XK

aholi va turistlar uchun dam olish maskani tashkil qilish

oʻrin

100

1 000

3 000

1 200

1 800

15

2023-yil avgust

AT “Aloqa bank”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 546-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyatida turizm salohiyati yuqori boʻlgan va turizm drayveri sifatida rivojlantirish rejalashtirilgan “turizm mahallalari”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman (shahar) nomi

“Turizm mahallasi” nomi

1.

Bogʻot tumani

“Qalʼajiqqalʼa” MFY

2.

Xiva tumani

“Gʻovuk” MFY

3.

Xiva shahri

“Yangi turmush” MFY

4.

Xiva shahri

“Qumyasqa” MFY

5.

Xiva shahri

“Kaptarxona” MFY

6.

Xiva shahri

“Ichon-qalʼa” MFY

7.

Xiva shahri

“Mevaston” MFY

8.

Xiva shahri

“Kalta minor” MFY

9.

Xiva shahri

“Yangi hayot” MFY

10.

Xiva shahri

“Sangar” MFY

11.

Shovot tumani

“Beshmargan” MFY

12.

Yangiariq tumani

“Ostona” MFY

13.

Yangiariq tumani

“Ulugʻbek” MFY

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/546/0868-son)