Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2025 20.09.2022 yildagi 515-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urta tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-sonli “Aholiga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy ta’minotdan foydalanish huquqini ta’minlash, xalqaro standartlarga muvofiq ijtimoiy sug‘urta orqali homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lab berish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son Farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga muvofiq budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga Davlat budjeti hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) to‘lanishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son Farmoniga muvofiq Moliya vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilganligi hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa Jamg‘arma hisobidan to‘lanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning farzandi tug‘ilgunga qadar minimal iste’mol xarajatlarining 4 baravari miqdorida nafaqa to‘lanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi to‘g‘risida Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiyot” axborot tizimidan olingan elektron ma’lumotlar asosida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Yagona reyestr” AT) tomonidan fuqarolarning murojaatlarisiz “proaktiv shakl”da tayinlanishi va to‘lanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona reyestr” AT tomonidan AT “Xalq banki”ga taqdim etilgan nafaqa bo‘yicha to‘lov ro‘yxatlari asosida Jamg‘armadan zarur mablag‘larning mazkur bankka o‘tkazilishi hamda bank va uning bo‘limlari tomonidan nafaqa oluvchilarning bank plastik kartalariga yoki naqd pul ko‘rinishida to‘lab berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘lari Iqtisodiyot va moliya vazirligining respublika miqyosida alohida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yig‘ilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarajatlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti direktori tomonidan tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan daromadlar hamda xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘larining budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda va yakka tartibdagi tadbirkorlarda mehnat shartnomasi bo‘yicha oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash uchun yo‘naltirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob, hisobotlar va monitoring Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yuritilishi.
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2022-yil 20-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vazirligi — hududiy ambulator-poliklinikalar va tug‘ruqxona muassasalari tomonidan homiladorlik hamda tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali ayollarning bandligi va ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi — “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali tug‘ilgan bolalar, shu jumladan, o‘lik tug‘ilgan bolalar hamda farzandlikka olingan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qo‘mitasi — ayolning mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Yagona reyestr” ATga onlayn rejimda taqdim etib borilishini ta’minlasin.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
515-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 515-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda (keyingi o‘rinlarda — yuridik shaxslar) va yakka tartibdagi tadbirkorlarda mehnat shartnomasiga asosan oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining alohida moduli — idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik asosida homiladorlik va tug‘ish nafaqasini “proaktiv” shaklda tayinlash va to‘lashni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimining tarkibiy qismi (keyingi o‘rinlarda — “Yagona reyestr” AT);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi — Iqtisodiyot va moliya vazirligida (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Davlat budjeti hamda boshqa mablag‘lar hisobidan shakllantiriladigan Jamg‘arma (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma);
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa oluvchi — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayol (shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor ayol);
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari — nafaqa oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, pasport ma’lumotlari, bank plastik kartasi orqali to‘langanda tegishli tijorat banki hamda nafaqa oluvchining bank plastik kartasi rekvizitlari va to‘lanishi lozim bo‘lgan nafaqa summasiga doir ma’lumotlar aks ettirilgan, AT “Xalq banki”ga elektron ko‘rinishda taqdim etiladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi — hududiy ambulator-poliklinikaning akusher-ginekologi tomonidan beriladigan, nafaqani tayinlash va to‘lash uchun asos hisoblanadigan hujjat (keyingi o‘rinlarda — mehnatga layoqatsizlik varaqasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom budjet tashkilotlarida, shu jumladan, o‘rindoshlik asosida ishlaydigan ayollarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nafaqa xodimning farzandi tug‘ulguniga qadar minimal iste’mol xarajatlarining (keyingi o‘rinlarda — MIX) 4 baravari miqdorida to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIX miqdori o‘zgarganda, MIX miqdori e’lon qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab nafaqa miqdori e’lon qilingan MIXning yangi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlarga nafaqa tayinlashda tuman koeffitsiyenti qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nafaqani to‘lash, uni to‘lash va noto‘g‘ri tayinlangan nafaqani qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nafaqa oluvchining asosiy ish joyi hisoblangan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning nafaqa to‘lash bo‘yicha majburiyatlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘langan nafaqa miqdorida kamaytiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nafaqa “Yagona reyestr” AT tomonidan fuqarolarning murojaatlarisiz “proaktiv shakl”da Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tayinlanadi va to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nafaqa ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Nafaqani tayinlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va to‘lash uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida undagi ma’lumotlar hududiy ambulator-poliklinikaning yoki tug‘ruqxona muassasasining mas’ul xodimi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiyot” axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — “Tibbiyot” AT) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Tibbiyot” ATga mehnatga layoqatsizlik varaqasining seriyasi, raqami, sanasi hamda nafaqa oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JSHSHIR), telefon raqami va mehnatga layoqatsizlik davri kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Tibbiyot” AT tomonidan ushbu Nizomning 10-bandidagi ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Tibbiyot” AT tomonidan tekshirilgan ma’lumotlar avtomatik ravishda “Yagona reyestr” ATga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Yagona reyestr” AT tomonidan nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolani parvarishlash ta’tilida ekanligi, uzluksiz ish stajiga ega ekanligi va yuridik shaxsda bandligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (keyingi o‘rinlarda — “YAMMT” IDAK), yakka tartibdagi tadbirkorlarda bandligi Soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasi (keyingi o‘rinlarda — SQ bazasi) orqali;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari mavjudligi — SQ bazasi orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarida ishlashi yoki ishlamasligi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “UzASBO” dasturiy majmuasi (keyingi o‘rinlarda — “UzASBO” DM) orqali avtomatik ravishda tekshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nafaqa oluvchining oxirgi 6 oy davomidagi uzluksiz ish stajini hisoblashda, yuridik shaxslarda “YAMMT” IDAKdagi va yakka tartibdagi tadbirkorlarda SQ bazasidagi mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kunga qadar 6 oy uzluksiz ish staji inobatga olinadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu davrda o‘ttiz bir kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffuslar bo‘lganda, mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan kundan oldingi o‘n ikki oy davomidagi ketma-ket davrlar ish stajini hisoblashda qo‘llaniladi. Agar oxirgi 6 oy davomidagi uzluksiz ish staji davrida xodimning mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari mavjud bo‘lmasa, ushbu davr ish stajini hisoblashda inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolani parvarishlash uchun ta’tilda bo‘lgan ayolning ish stajini SQ bazasi orqali tekshirishda uning ta’tilga chiqishidan oldingi davri hisobga olinadi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Nafaqa xodim yillik (asosiy va qo‘shimcha) mehnat ta’tilida, bolani parvarishlash uchun ta’tilda yoki ish haqi saqlanmaydigan ta’tillarda ham to‘lab beriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji davridagi mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari mavjud bo‘lsa va “YAMMT” IDAKda ish staji to‘g‘risidagi ma’lumot bo‘lmagan taqdirda, bu haqda “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatik tarzda nafaqa oluvchining “Tibbiyot” ATda qayd etilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar, shuningdek, ish beruvchining SQ bazasidagi va “YAMMT” IDAKdagi shaxsiy kabinetlariga xabarnoma yuboriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oluvchining ish staji nomutanosibligi (noto‘g‘ri kiritilganligi yoki kiritilmaganligi) xabarnoma olingan oydan keyingi oyning oxirgi ish kuniga qadar “YAMMT” IDAKda ish beruvchi tomonidan to‘g‘rilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xabarnoma yuborilgan nafaqa oluvchilarning oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji xabarnoma yuborilgan oydan keyingi oyning oxirgi ish kunida qayta tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomutanosiblik to‘g‘rilanmagan hollarda, nafaqa tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Yagona reyestr” AT tomonidan nafaqa oluvchining oxirgi olti oy davomidagi uzluksiz ish staji, mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari va uning ishlashi tasdiqlanganda, nafaqani tayinlash to‘g‘risidagi qaror avtomatik tarzda shakllantiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Yagona reyestr” AT tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, nafaqaning to‘lov shakli va muddati bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, rad etish sabablari bo‘yicha nafaqa oluvchining “Tibbiyot” ATda qayd etilgan mobil telefon raqamiga SMS-xabar, shuningdek, ish beruvchining SQ bazasidagi va “YAMMT” IDAKdagi shaxsiy kabinetlariga avtomatik tarzda xabarnoma yuboriladi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nafaqani to‘lash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Yagona reyestr” AT tomonidan har oyning 10-sanasiga qadar nafaqa bo‘yicha to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari AT “Xalq banki”ga taqdim etiladi hamda Jamg‘armaning g‘azna hisobvarag‘idan zarur mablag‘lar belgilangan tartibda AT “Xalq banki”ga o‘tkazib beriladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatning oxirgi kuni bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri kelganda, to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari va zarur mablag‘lar keyingi 2 ish kuni mobaynida AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) bo‘limiga taqdim etilishi va moliyalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nafaqani to‘lash uchun AT “Xalq banki” va uning bo‘limlarida alohida maxsus bank hisobvaraqlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Yagona reyestr” AT tomonidan to‘lov ro‘yxat (vedomost)lari bank plastik kartasi bo‘yicha shakllantiriladi. Bunda tegishli banklararo reprotsessing markazlaridan nafaqa oluvchining nomiga ochilgan, aktiv holatda bo‘lgan, oxirgi 60 kun davomida oxirgi tranzaksiya amalga oshirilgan bank plastik kartasi tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oluvchining bank plastik kartasi bo‘lmaganda, to‘lov naqd pul ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. AT “Xalq banki” va uning bo‘limlari tomonidan nafaqa to‘lov amalga oshiriladigan oyning 27-sanasiga qadar to‘lab beriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. AT “Xalq banki” va uning bo‘limlari tomonidan nafaqani naqd pul ko‘rinishida nafaqa oluvchining murojaatiga asosan, biroq nafaqa tayinlanganligi to‘g‘risida SMS-xabar yuborilgan kundan boshlab to‘qson kun davomida belgilangan tartibda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Joriy oy mobaynida nafaqa oluvchilar tomonidan talab qilinmagan mablag‘larni AT “Xalq banki” maxsus hisobvaraqlardan kelgusida to‘lash uchun Jamg‘armaning g‘azna hisobvarag‘iga qaytarishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. AT “Xalq banki” va uning bo‘limlari har oyning oxirgi ish kuniga qadar ushbu oy uchun va yil boshidan amalga oshirilgan to‘lovlar hamda to‘lanmagan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlarni “Yagona reyestr” ATga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nafaqa to‘lovlari va noto‘g‘ri to‘langan nafaqalarni nafaqa oluvchi tomonidan qaytarilishi bo‘yicha AT “Xalq banki” ko‘rsatadigan xizmatlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan AT “Xalq banki” o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan haq to‘lanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Nafaqa tayinlanganligini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Nafaqa tayinlanganligini monitoring qilish tegishli hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “Yagona reyestr” AT tomonidan nafaqa tayinlangandan keyin to‘qson kunda “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda bola tug‘ilganligi, shu jumladan, o‘lik tug‘ilganligi yoki tug‘ilgan bolani farzandlikka olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijasida bola tug‘ilganligi, shu jumladan, o‘lik tug‘ilganligi yoki tug‘ilgan bolani farzandlikka olish qayd etilmagan holatlar bo‘yicha nafaqa oluvchilarning ro‘yxati hududlar kesimida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Shakllantirilgan ro‘yxat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari mas’ul xodimlari va (yoki) tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan har chorakda FHDY organlari va (yoki) tibbiyot muassasasiga borgan holda tanlov asosida o‘rganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, shakllantirilgan ro‘yxat Sog‘liqni saqlash vazirligiga homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ma’lumotlar “Tibbiyot” ATga to‘g‘ri kiritilganligini tekshirish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rganish natijalari bo‘yicha FHDY organlari va (yoki) tibbiyot muassasasining mas’ul xodimlari ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi, yig‘ma ma’lumotlar esa Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomalar tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlarida saqlanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Nafaqa xodimga noqonuniy to‘langanligi aniqlangan taqdirda, xatolikka yo‘l qo‘ygan tashkilotning bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi tashkilotiga mas’ul xodimlarning xatti-harakatiga baho berish uchun yozma xabar beriladi hamda tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlarining mas’ul xodimlari tomonidan noto‘g‘ri to‘langan mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1030-moddasiga muvofiq qaytarish choralari ko‘riladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oluvchining vijdonsizligi yoki hisob-kitoblardagi xatoliklar tufayli noto‘g‘ri to‘langan nafaqa nafaqa oluvchi tomonidan Jamg‘armaga bir oy ichida qaytarilishi lozim. Bunda ixtiyoriy ravishda Jamg‘armaga qaytarilmagan yoki to‘liq qaytarilmagan mablag‘ sud tartibida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asoslardan boshqa sabablar bilan noto‘g‘ri to‘langan nafaqa xatolikka yo‘l qo‘ygan tashkilot xodimidan belgilangan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noto‘g‘ri to‘langan nafaqa AT “Xalq banki” filiali orqali nafaqa oluvchidan xizmat haqi undirilmagan holda qaytariladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan nafaqa oluvchi to‘g‘risida elektron shaklda avtomatlashtirilgan tarzda olingan ma’lumotlar “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq himoyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli davlat organlari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida nafaqa oluvchi to‘g‘risida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Nafaqa bola tirik yoki o‘lik tug‘ilishi, tug‘ilgan bolani farzandlikka olish yoxud homila tushishidan qat’i nazar to‘lab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. “Yagona reyestr” ATda hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlarida texnik nosozliklar hamda ma’lumotlar almashinuvi jarayonida uzilishlar yuzaga kelganda, ushbu holatlar to‘liq bartaraf etilgunga qadar mehnatga layoqatsizlik varaqasidagi elektron ma’lumotlarni kiritish, nafaqani tayinlash va to‘lash muddatlari uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Jamg‘arma hisobidan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga layoqatsizlik varaqasining sanasi, seriyasi va raqami, fuqaroning telefon raqami va mehnatga layoqatsizlik davri to‘g‘risidagi ma’lumotlarning belgilangan tartibda, to‘liq, to‘g‘ri va o‘z vaqtida kiritilishi uchun — hududiy ambulator-poliklinikalar yoki tug‘ruqxona muassasasining ma’lumotlarni kirituvchi mas’ul xodimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa tayinlanishi lozim bo‘lgan ayolning “YAMMT” IDAKda mehnat shartnomasi va bandligi haqidagi, SQ bazasiga ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning kiritilishi hamda ish staji bo‘yicha nomutanosibliklarning o‘z vaqtida to‘g‘rilanishi uchun — ish beruvchi;
(36-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Xalq banki”ning maxsus hisobvaraqlariga zarur mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishi uchun — Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul xodimi;
(36-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus hisobvaraqlardagi mablag‘lar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun — tuman (shahar) AT “Xalq banki” bo‘limi rahbarlari mas’ul etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Hududiy ambulator-poliklinika, tug‘ruqxona muassasasi mas’ul xodimi

Homilador xodimning mehnatga layoqatsizlik varaqasidagi elektron ma’lumotlarni “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritadi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida


2-bosqich

“Tibbiyot” axborot tizimi

1. Kiritilgan ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi orqali tekshiradi.

2. Tekshirilgan ma’lumotlarni “Yagona reyestr” ATga yo‘naltiradi.

Avtomatik tarzda


3-bosqich

“Yagona reyestr” axborot tizimi

1. Nafaqa oluvchining oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish staji, mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari, budjet tashkilotlarida ishlashi yoki ishlamasligini tekshiradi.

2. Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi qarorni avtomatik tarzda shakllantiradi.

3. To‘lov ro‘yxatlarini shakllantiradi.

4. Nafaqaning to‘lov shakli va muddati bo‘yicha nafaqa oluvchiga SMS-xabar yuboradi.

5. To‘lov ro‘yxatlarini AT “Xalq banki”ga taqdim etadi

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi tizimga kiritilgan oydan keyingi oyning 4-sanasiga kadar


4-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Nafaqa to‘lash uchun mablag‘larni AT “Xalq banki”ga o‘tkazib beradi.

To‘lov amalga oshiriladigan oyning 10-sanasiga kadar


5-bosqich

A'G “Xalq banki”

1. Nafaqa oluvchilarning bank plastik kartalariga to‘lovni amalga oshiradi.

2. Nafaqa oluvchining bank plastik kartasi bo‘lmaganda, nafaqani naqd pul ko‘rilishida to‘laydi.

To‘lov amalga oshiriladigan oyning 27-sanasiga kadar


3. Amalga oshirilgan to‘lovlar hamda to‘lanmagan mablag‘lar haqidagi elektron ma’lumotlarni “Yagona reyestr” ATga taqdim etadi.

To‘lov amalga oshiriladigan oyning oxiriga qadar

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 515-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) maqomi, mablag‘larini shakllantirish, ulardan foydalanish, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamg‘arma mablag‘lari Iqtisodiyot va moliya vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) respublika miqyosida alohida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yig‘iladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasi kelgusi yilda kelib tushishi kutilayotgan mablag‘lar prognozi hamda joriy yilda homiladorlik va tug‘ish nafaqalari bo‘yicha xarajatlarning kutilayotgan ijrosidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kelgusi yilga manbalar va xarajat yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining prognozlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida shakllantirilgan to‘lov ro‘yxat (vedomost)lariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lovlarini amalga oshirishga oid AT “Xalq banki” tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan Iqtisodiyot va moliya vazirligi va AT “Xalq banki” o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Jamg‘armaga ajratish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar Davlat budjeti parametrlarida Iqtisodiyot va moliya vazirligi uchun ajratilgan mablag‘lar tarkibida alohida satrda rejalashtiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni to‘lash va noto‘g‘ri to‘langan mablag‘larni qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari budjetga olib qo‘yilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobot taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. AT “Xalq banki” Jamg‘armadan moliyalashtirilgan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi uchun ajratilgan mablag‘larning ishlatilishi to‘g‘risida har chorakda tegishli hisobotlarni belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etib boradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan keyingi yil uchun xarajatlar smetalarini tasdiqlashda, Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari inobatga olinadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar o‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha ma’lumot berib boradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. AT “Xalq banki” Jamg‘armadan moliyalashtirilgan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi uchun ajratilgan mablag‘larning ishlatilishi, xususan hududlar bo‘yicha to‘langan va to‘lanmagan homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘g‘risida har oyda tegishli hisobotlarni belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etib boradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-oktabrdagi 640-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2022-y., 09/22/515/0836-son; 24.06.2024-y., 09/24/314/0439-son; 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son)