Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2017 01.03.1993 yildagi 110-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika “Qo‘riqlash” birlashmasini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muassasadan tashqari qo‘riqlash bosh boshqarmasi etib qayta tashkil qilish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-iyundagi 421-sonli “Ichki ishlar organlari qo‘riqlash xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, tashkilotlari, muassasalari va korxonalarining, respublika hududida joylashgan xorijiy va qo‘shma korxonalarning mulklarini, moddiy va pul boyliklarini qonunga zid tajovuzlardan muhofaza qilish, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika “Qo‘riqlash” birlashmasi mavjud shaxsiy tarkibiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muassasadan tashqari qo‘riqlash Bosh boshqarmasi etib qayta tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muassasadan tashqari qo‘riqlash Bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashining “O‘zbekiston SSR Jamoat tartibini saqlash vazirligining militsiya organlari huzuridagi muassasadan tashqari qo‘riqlash haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1966-yil 19-apreldagi 184-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 1-martdagi 110-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muassasadan tashqari qo‘riqlash Bosh boshqarmasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muassasadan tashqari qo‘riqlash Bosh boshqarmasi* O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, tashkilotlari, muassasalari, korxonalari hamda uning hududidagi chet el firmalari, qo‘shma korxonalarining mulklarini, moddiy va pul boyliklarini qonunga zid tajovuzlardan muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Bundan keyin —Boshqarma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshqarma o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilikka, Prezident farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyruqlari va yo‘riqnomalariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqarma tarkibida qo‘riqlashni, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni, xizmatni tashkil etuvchi va ularga rahbarlik qiluvchi boshqarmalar, bo‘limlar hamda bo‘linmalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va boshqarma nomi yozilgan muhrga, O‘zbekiston Respublikasining bank muassasalarida o‘zining joriy va valyuta hisoblariga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Boshqarmada ish yuritish va maxfiylik tartibi bo‘yicha ko‘zda tutilgan tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining amaldagi aktlarida belgilangan tartibda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Boshqarma va uning bo‘linmalari o‘zlarining faoliyatini o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash asosida tashkil qiladilar, mulkdorlar bilan shartnoma munosabatlari asosida ishlaydilar va qo‘riqlash xizmatlari ko‘rsatganlik uchun shartnomalar bo‘yicha tushadigan mablag‘lar hisobiga ta’minlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma va uning bo‘linmalari shtatlari, smetalari moliya organlarida qayd etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Boshqarmaning va uning bo‘linmalari boshqaruv apparatlarining shtatlari xizmatdagilar soniga kirmaydi, biroq ular xizmatdagilar sonining to‘rt foizidan oshmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari shaharlarda, tuman markazlarida, shahar posyolkalarida, boshqa yirik aholi yashash joylarida tashkil etiladi va militsiya, harbiylashtirilgan hamda soqchilik bo‘linmalaridan, shuningdek, muhandis-texnik boshqarmasi va xizmat ko‘rsatuvchilardan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalarining mulk egalari bilan o‘zaro munosabatlari va tomonlarning mas’uliyati obyektlarni qo‘riqlash to‘g‘risidagi namunaviy shartnoma asosida tuzilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan shartnomaga binoan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Obyektlarni qo‘riqlash hamda qo‘riqlash xizmatining boshqa turlari uchun haq to‘lash shartnomaviy narxlar asosida amalga oshiriladi. Narxlarning hisob-kitobi O‘zbekiston Respublikasi hududida amalda bo‘lgan narxlarni indeksatsiya qilish tartiblarini hisobga olgan holda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarni boshqa davlat organlari, jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari hamda mulklarni qonunga zid tajovuzlardan himoya qilishga yordam ko‘rsatish maqsadida tuzilgan jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Boshqarmaning xizmat faoliyatiga tegishli masalalarni hal qilish yakkaboshchilik bilan, ularni muhofaza etishda kollegiallikni qo‘shib olib borish asosida tashkil etiladi, bunda har bir xodimning o‘ziga topshirilgan faoliyat sohasidagi ishlarning ahvoli uchun shaxsiy javobgarligi belgilab qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (IIV)ning boshqa tarkibiy bo‘linmalari, respublikaning hamda boshqa mustaqil davlatlarning vazirliklari, idoralari, korxonalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Boshqarma boshlig‘i huzurida moliya hamda xizmat-xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish istiqbolining muhim masalalari, signalizatsiyaning arzon va ishonchli vositalarini rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha qarorlar ishlab chiqish uchun Kengash tuziladi, uning tarkibiga Boshqarma va respublika qo‘riqlash bo‘linmalarining eng tajribali xodimlari kiradi. Kengash qarorlari tavsiya xarakterida bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mulkdorlarning mulklarini qo‘riqlashni ta’minlash hamda qo‘riqlash bo‘yicha shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa xizmatlar ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qo‘riqlashning eng yangi texnika vositalarini ishlab chiqish signalizatsiya vositalarining texnik foydalanishini tashkil etish va joriy qilish bo‘yicha yagona texnika siyosatini yuritish, shu asosda qo‘riqlashning shakl va usullarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) respublika hududidagi soqchilik bo‘linmalarini, ularning qaysi muassasaga bo‘ysunishlaridan qat’i nazar, belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat mulkining va fuqarolar shaxsiy mulklarining daxlsizligini ta’minlashda jamoatchilik va mehnat jamoalari bilan, qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyatini targ‘ib etish va qonunbuzarlikning oldini olishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilishning shakl va usullarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, ularni o‘qitish va tarbiyalash, qo‘riqlash bo‘linmalarining shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qo‘riqlashning daromad va xarajatlarini, moddiy-texnika ta’minotini rejalashtirish, Rentabellikni oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, qo‘riqlash bo‘linmalari shaxsiy tarkibini ijtimoiy sug‘urta qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qo‘riqlashning texnik vositalarini ishlab chiqishda, chiqarishda, montaj qilishda, xizmat ko‘rsatishda va ularni standartlashda chet el firmalari bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qo‘riqlash texnik vositalarining xorijiy namunalarini sinovdan o‘tkazish va O‘zbekiston Respublikasida priborlardan foydalanishga sertifikatlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) qo‘riqlash naryadlari xizmat qilayotgan joylarda qonunbuzarlikning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Boshqarma o‘zining asosiy vazifalariga muvofiq ravishda quyidagi xizmatlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xalq xo‘jaligi obyektlarini, kooperativ hamda boshqa korxona va tashkilotlarni, fuqarolarning shaxsiy mulklarini qo‘riqlashni tashkil etish, qo‘riqlash postlari va hududida huquq-tartibotini ta’minlash bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan qo‘riqlash punktlari, militsiya, harbiylashtirilgan va soqchilik bo‘linmalarining faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma bo‘yicha (haq to‘lash evaziga) turli xalq xo‘jaligi obyektlarini, ijara korxonalarini, boshqa tashkilot va korxonalarni, fuqarolarning mulklari saqlanayotgan joylarni tekshirish va qo‘riqlash uchun qabul qilib olish, mulkni qo‘riqlash, moddiy boyliklarni kuzatib borish, texnik hujjatlarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish, himoya vositalarini tayyorlash, o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan pulli xizmatlar ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda qurilish, montaj qilish, ta’mirlash tashkilotlarini hamda ijara, kichik korxonalarini, aksionerlik jamiyatlarini tuzadi, obyektlarni, fuqarolar shaxsiy mulklarini qo‘riqlashning ishonchliligini oshirishga hamda shu sohada qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish hisobiga soqchilik bo‘linmalarining barqaror moliyaviy ahvolini ta’minlashga doir boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus bank, chet el konsulxonalari, elchixonalari, firma va vakolatxonalari muassasalaridagi mulklar va pul boyliklarining qo‘riqlanishini shartnoma shartlari bo‘yicha ta’minlash va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xo‘jaligining jinoyat ko‘p uchrab turadigan obyektlarida, shu jumladan, xorijiy va qo‘shma firmalar va korxonalarda, ichki va kirish-chiqish tartibiga rioya etish ishlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy boyliklarning xo‘jalikda ishlatilishi, umumiy qiymati va ahamiyatidan kelib chiqqan holda obyektlar klassifikatsiyasini ishlab chiqish va ularni qo‘riqlash turini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim o‘ta muhim obyektlarning, hayotiy zarur inshootlarning ro‘yxatini tuzish va ularni idoralar va tashkilotlar mablag‘lari hisobiga faoliyat ko‘rsatuvchi militsiya bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Boshqarmaning texnika xizmatini tashkil etish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalarini ishlab chiqish va ularni xalq xo‘jaligi obyektlari va fuqarolarning uylarini qo‘riqlashga joriy etish ishlarini tashkil etadi, nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi. Shu maqsadda soqchilik bo‘linmalarida, belgilangan shtatlardan tashqari, o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash prinsiplari asosida montaj brigadalari (guruhlari) tuziladi, ularning soni montaj ishlarining hajmiga qarab belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlash bo‘linmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari ehtiyoji uchun ishlab chiqariladigan qo‘riqlash-yong‘indan saqlash vositalarining bosh buyurtmachisi va jamg‘arma egasi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Zarurat tug‘ilgan hollarda zarur bo‘lgan texnika vositalarining eksporti (importi) borasida ham xorijiy tashkilotlar (firmalar)ning vakillarini jalb etgan holda faoliyat ko‘rsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ta muhim va boshqa obyektlarning qo‘riqlanishini signalizatsiyaning texnika vositalari va ularni markazlashgan kuzatuv pultiga ulash yordamida kuchaytiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida xorijiy va qo‘shma korxonalar mulklarini qo‘riqlashda texnika vositalarini joriy etish, ulardan foydalanishda texnika xizmati ko‘rsatish tadbirlarini amalga oshiradi, bu obyektlarda o‘rnatilgan signalizatsiyani ta’mirlashni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘linmalarning muhandis-texnik tarkibining qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalarini ta’mirlash va ishlatish, ularga texnika xizmati ko‘rsatish ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan qo‘riqlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy-amaliy tadbirlar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlashni ta’minlash uchun zarur miqdorda mehnatga haq to‘lash fondini belgilaydi, uni qo‘riqlash bo‘linmalari o‘rtasida taqsimlaydi va qayta taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyat, shahar hokimliklari IIB qo‘riqlash bo‘linmalarini ta’minlash uchun daromadlar va xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, zarurat bo‘lganda smeta mablag‘larini qayta taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlovchilar aybi bilan yo‘l qo‘yilgan yirik o‘g‘irliklar, yong‘in va boshqa shunga o‘xshash hodisalar uchun moddiy-texnika va moliyaviy zaxira jamg‘armasini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlash bo‘linmalarining buxgalteriya hisobotlarini ko‘rib chiqadi, moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha yig‘ma statistik va buxgalteriya hisobotlarini tuzadi va ularni belgilangan muddatlarda tegishli idoralarga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlash bo‘linmalari uchun ajratilgan moddiy, mehnat va moliya resurslaridan yanada oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq to‘lash, mukofotlash shartlari, imtiyozlar, oylik pul maoshlari, qo‘shimcha maoshlar, tarif stavkalari, oddiy va boshliqlar tarkibiga hamda qo‘riqlash bo‘linmalari ishchi-xizmatchilariga haq to‘lashning boshqa shartlari to‘g‘risida idoralarga takliflar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlash bo‘linmalarining moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilishni tashkil etadi va o‘tkazadi. Hisob-kitob va hisobotlarning holatini pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning sarflanishi va saqlanishini, qo‘riqlash bo‘linmalarida tejamkorlik qoidasiga rioya etishni nazorat qiladi, foydalanilayotgan tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda qayta taqsimlash choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga, respublika IIV moddiy-texnika va harbiy ta’minot boshqarmasiga hamda boshqa idoralarga zarur bo‘lgan moddiy-texnika resurslari bo‘yicha yig‘ma talabnomalarni ehtiyojni hisobga olgan holda ishlab chiqadi va taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabelda belgilab qo‘yilganiga muvofiq ravishda qo‘riqlash bo‘linmalarini avtomototransport, yoqilg‘i-moylash materiallari, buyumlar, tashkiliy-texnika, qo‘riqlash-yong‘indan saqlash apparatlari, kabel mahsuloti, aloqa vositalari va shaxsiy tarkibning shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlash bo‘linmalarining operativ xizmat avtotransportlaridan foydalanishini hisobga olib boradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Boshqarmaning kadrlar va tashkiliy-shtat ishlari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlash bo‘linmalarining tuzilmalari va shtatlarini ishlab chiqadi, xalq xo‘jaligi obyektlarini qo‘riqlash uchun shtatlar sonini kiritish to‘g‘risida buyruqlar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlash bo‘linmalarining kadrlarga va rahbarlar tarkibiga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi va aniqlaydi, O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘quv yurtlarida va boshqa mintaqalarda kadrlarni tayyorlashni va qayta tayyorlashni tashkil etadi, shaxsiy tarkibning boshlang‘ich, maxsus, xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etishni nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shtat intizomiga rioya qilish, namunaviy shtatlarni qo‘llanish ustidan nazoratni amalga oshiradi, qo‘riqlash bo‘linmalari sonini hisobga olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro oliy o‘quv yurtlari bilan shartnoma asosida qo‘riqlash bo‘linmalarida ishlash uchun mutaxassislar tayyorlash va tanlashni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi IIV tegishli xizmatlari bilan birgalikda qo‘riqlash bo‘linmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil qiladi va o‘tkazishni ta’minlaydi. Xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, qo‘riqlash xodimlarining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, harbiylashgan va soqchilik bo‘linmalari uchun muhandis-texnik kadrlari tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish masalalarini hal etishda demokratik asoslarni rivojlantirish, obyektlarni qo‘riqlash brigada kengashlarining, brigadirlarining, boshliqlarining, o‘rtoqlik sudlarining rolini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlari, shuningdek, qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish istagini bildirgan korxona va kooperativlarning xizmatchilari, xususiy shaxslar tomonidan malaka imtihonlari topshirish tartibini va ularga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Boshqarma boshlig‘i o‘z lavozimiga ko‘ra yuqori boshliqlar tarkibiga mansub bo‘lib (militsiya general-mayori):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma apparati ishini tashkil etadi va Boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar va xizmatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha idoralar, muassasalar, tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi IIV nomidan vakillik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda, o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi va tasarrufidagi bo‘linmalarga tashkiliy-uslubiy ko‘rsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy va bevosita o‘ziga bo‘ysunuvchi bo‘linmalarning vazifalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning o‘ziga topshirilgan ish sohasi uchun mas’uliyatini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan smeta doirasida pul mablag‘larini sarflashni boshqaradi, bank muassasalarida joriy va boshqa hisoblar ochadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamomaddan, rastratadan, o‘g‘irlikdan qo‘rilgan va sud tomonidan undirib olish rad etilgan zararlarni, qaytarib olishning iloji yo‘q deb hisoblangan boshqa qarzlarni, konkret aybdorlarni aniqlash mumkin bo‘lmagan hollarda boyliklarning normadan ortiqcha miqdorda tabiiy buzilishi tufayli ko‘rilgan zarar va yo‘qotishlar tufayli yetishmagan boyliklarni, shuningdek, asosiy jamg‘armalar tarkibida bo‘lgan ma’naviy eskirgan va bundan keyin foydalanishga yaroqsiz asbob-uskunalarni amaldagi qonunchilikka muvofiq hisobdan chiqarishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlash signalizatsiyasining ishlab chiqilayotgan apparatlariga texnik vazifalarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi va texnik reglamentlar yoki standartlarni muvofiqlashtiradi, markazlashtirilgan qo‘riqlash punktlari qurilishining namunaviy loyihalarini tasdiqlaydi;
(16-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlash faoliyatining barcha masalalari bo‘yicha fuqarolarining takliflari, ariza va shikoyatlarini qurib chiqadi, kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko‘radi, kiritilgan takliflarni amalga oshiradi, respublika qo‘riqlash bo‘linmalarida ishlarning tashkil etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ichki ishlar organlarining qo‘riqlash Boshqarmalari va bo‘linmalaridan Boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish, yuqori tashkilotlarga umumlashtirilgan hujjatlar va hisobotlar topshirish, vazirlik rahbariyatiga axborotlar tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi IIV rahbariyati va xay’atiga ma’lum qilish, kengashlar o‘tkazish va hujjatlarning loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda talab qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkibni tanlash, joy-joyiga quyish, o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha ishlarni tashkil etish, Boshqarmada va uning joylardagi bo‘linmalarida shtat-moliya intizomiga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, viloyat, shahar hokimliklari IIB qo‘riqlash Boshqarmalari, bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi shahar, tuman qo‘riqlash organlarining bo‘limlari, bo‘linmalari hamda ularning safdagi bo‘linmalari tuzilmasi va shtatlarini o‘zgartirish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash va boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma va uning bo‘linmalarining katta va o‘rta boshliqlar tarkibidagilarni ichki ishlar organlari oddiy va boshliqlar tarkibi tomonidan xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizomga asosan ishdan bo‘shatish vaqtida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarmaning Toshkent shahridagi Hukumat muassasalarini qo‘riqlovchi alohida militsiya batalonining oddiy va kichik boshliqlar tarkibini, ishchilar va xizmatchilarni ishga qabul qiladi, tayinlaydi, boshqa ishga o‘tkazadi va ishdan bo‘shatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarmaning Toshkent shahridagi Hukumat muassasalarini Qo‘riqlovchi alohida militsiya bataloni xodimlariga oddiy va kichik boshliqlar tarkibi maxsus unvonlarini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari Intizomiy ustavi doirasida Boshqarmaning va unga bo‘ysunuvchi bo‘linmalarning oddiy va boshliqlar tarkibini rag‘batlantiradi yoki ularga intizomiy jazo beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari quyidagilarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkni jinoyatkorona tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlash tartibini belgilovchi qoidalar, me’yorlar va standartlar loyihalarini tayyorlash va hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlashning texnik vositalarini yaratishga va ko‘plab ishlab chiqarishga, obyektlarni signalizatsiya vositalari bilan jihozlash bo‘yicha montaj qilish-sozlash ishlariga va mulkdorlarga qo‘riqlash bo‘yicha boshqa xizmatlarni ko‘rsatishga moslashgan korxonalarni, shu jumladan, qo‘shma korxonalarni belgilangan tartibda ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi apparatlarini, boshqa texnika vositalari va materiallarni o‘zga tashkilotlarga shartnomaviy narxlar bo‘yicha sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy aloqalarda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika banklarida, shu jumladan, chet el valyutasida o‘z hisoblarini ochish va o‘z kafolatlari bilan qarzlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ortib qolgan bo‘sh mablag‘larni moddiy rag‘batlantirish va uy-joy qurish jamg‘armalariga o‘tkazish hamda ijtimoiy-madaniy tadbirlar uchun sarflash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlarining burchi quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkni tajovuzlardan himoya qilish va shartnomaga muvofiq qo‘riqlash tartibiga rioya qilishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatni o‘tash joylarida jinoyatchilikning, qonunbuzarlikning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar idoralari, ma’muriyat va jamoat birlashmalarining o‘g‘irlikning oldini olish, qonunbuzarlarni qo‘lga olish va moddiy boyliklarni saqlash holatini tekshirish tadbirlarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yong‘in yoki o‘t chiqish sodir bo‘lganda yong‘indan saqlash bo‘linmalariga xabar berish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat sirini saqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalarining xodimlari xizmat vazifalarini bajarish vaqtida quyidagi huquqlarga egadirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlanayotgan obyektlar xizmatchilaridan obyektning kirish-chiqish va ichki tartibiga rioya qilishni hamda xizmat burchini o‘tayotgan joylarda boshqa fuqarolardan jamoat tartibini saqlashni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqlanayotgan obyektlarga kirganlarni yoki qonunbuzarlik qilganlarni shaxsini aniqlash va protokol tuzish maqsadida ushlash va qo‘riqlash xizmat xonalariga olib kelish, zarur hollarda esa ularni ichki ishlar organlariga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talon-torojlarning oldini olish, o‘g‘irlangan buyumlarni olib qo‘yish maqsadida qo‘riqlanayotgan obyektlar hududida yoki binosida bo‘lgan fuqarolarni shaxsiy tekshiruvdan o‘tkazish va ularning buyumlarini tekshirib ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini ko‘zdan kechirish va qo‘riqlanayotgan obyektdan olib ketilayotgan yoki olib kelinayotgan mulklarning tovar-transport hujjatlariga muvofiq ekanligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘g‘irlangan mol-mulkni topib olish va olib qo‘yishda texnika vositalarini qo‘llanish, qonunga zid xatti-harakatlarni qayd etish uchun sug‘urta olish, ovoz yozish, kino va videotasvirga tushirishdan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibga muvofiq qurol ishlatish, shaxsiy himoya va faol mudofaa vositalaridan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Boshqaruv apparatini va markazlashgan qo‘riqlash punktlarini joylashtirish, moddiy-texnika vositalarini, qurollar va avtotransportni saqlash uchun xizmat binolari muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalariga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan kapital mablag‘lar hisobiga xizmat binolarini loyihalashtirishlari va qurishlari, xizmat binolarini qurishda ulush qo‘shish yo‘li bilan qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlariga uy-joy quyidagilar hisobidan beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimiyatning mahalliy ijroiya organlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlari qo‘riqlanayotgan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan, shartnomalarga muvofiq, ishchi va xizmatchilar bilan umumiy asosda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV, viloyat, shahar hokimliklari ichki ishlar bo‘limlari hisobidan uy-joy qiymatini qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan to‘lagan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z xususiy mablag‘lariga qurilgan uy-joy fondi hisobidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yotoqxonaga ega bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ulardan muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlariga shartnoma asosida turar joy beradilar. Yotoqxonalardan turar joy berish, kommunal va maishiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalarini sim, kabel mahsulotlari, transport vositalari, yoqilg‘i-moylash materiallari, qurollar, o‘q-dorilar, maxsus vositalar bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan me’yorlar va jamg‘armalar bo‘yicha mavjud baholarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari moddiy-texnika vositalarini, yoqilg‘i-moylash materiallarini bozor fondidan chakana narxlarda sotib olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlariga va ularning oila a’zolariga ichki ishlar organlarining tibbiy muassasalari tomonidan hamda qo‘riqlanayotgan obyektlarning ishchi-xizmatchilari bilan umumiy asoslarda poliklinikalar, kasalxonalar, sanatoriylar, dam olish uylari, bolalar yaslilari, ovqatlanish punktlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mehnat sharoitlari sog‘liq uchun zararli bo‘lgan obyektlarda xizmat qiluvchi muassasadan tashqari qo‘riqlash bo‘linmalari xodimlari shu obyektlarning ishchi va xizmatchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyoz va qulayliklardan foydalanadilar.