15.08.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3379
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3379]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor D. LI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 18-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-son

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022-yil 18-iyuldagi 33-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini tashkil etish va amalga oshirish qoidalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlar — kripto-birja bilan kripto-birjada kripto-aktivlar boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun shartnoma tuzadigan jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliriig — kripto-birja mijozlarining oʻzaro majburiyatlarini belgilash, aniqlashtirish va hisobga olishga doir operatsiyalar majmuasi, shuningdek ular oʻrtasida amalga oshiriladigan oʻzaro hisob-kitoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kotirovkalash varagʻi — kripto-birja tomonidan belgilangan mezonlarga mos keladigan hamda kripto-aktivlar savdolariga ruxsat etilgan kripto-aktivlar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob-kliring palatasi (bundan buyon matnda HKKP deb yuritiladi) — kliring elektron tizimi orqali kripto-birja bitimlari boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi kripto-birjaning tarkibiy boʻlinmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HKKP ikkilamchi hisobvaragʻi — kripto-birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda xaridorlar va sotuvchilarning mablagʻlarini saqlash hamda bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar oʻtkazish uchun ochilgan kripto-birjaning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisobvaraqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchining individual raqami (bundan buyon matnda FIR deb yuritiladi) — kliring ishtirokchisiga beriladigan maxsus xos raqam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
virtual hisobvaraq — kripto-birjaning HKKPda kliring boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun ochilgan maxsus hisobvaraq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan toʻgʻri savdolar maydonchasi — kripto-birjaning elektron platformasi tarkibidagi kripto-aktivlarni sotib olish va sotish boʻyicha bitimlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan elektron maydoncha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro oʻzgarmas tokenlar savdosi maydonchasi — kripto-birja elektron platformasi tarkibidagi oʻzaro oʻzgarmas tokenlarni chiqarish va muomalaga kiritish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun moʻljallangan elektron maydoncha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
token — kripto-aktivning bir turi boʻlgan, smart-kontrakt asosida boshqariladigan, maʼlum bir aktivga boʻlgan majburiyatni yoki mulk huquqini tasdiqlash uchun moʻljallangan maʼlumotlarning taqsimlangan reyestridagi hisob birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
smart-kontrakt — raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi elektron shakldagi shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminlangan token — biror-bir moddiy va (yoki) boshqa mulk bilan taʼminlangan token;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro oʻzgarmas token — moddiy va (yoki) boshqa mulk bilan taʼminlanmagan, mulkdorning raqamli shakldagi noyob kontentga (matn, audiovizual, musiqiy, fotografik asarlar, shuningdek tasviriy sanʼat asarlari va boshqalar) boʻlgan huquqini tasdiqlovchi kripto-aktivning alohida turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror token — qiymati xorijiy valyutaning nominal qiymatiga teng boʻlgan taʼminlangan tokenning turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tokenni chiqarish — tokenning paydo boʻlishiga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminlangan tokenni chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish — chiqarilgan taʼminlangan tokenlarni listing qilish maqsadida roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
listing — kripto-birja tomonidan kripto-aktivlarni kripto-birjaning elektron platformasida muomalaga chiqarish uchun ruxsat berish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
delisting — kripto-birja tomonidan listing qilingan kripto-aktivlarni kripto-birjaning elektron platformasida muomaladan chiqarish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminlangan tokenning dastlabki taklifini joylashtirish — faoliyatni moliyalashtirish va investitsiyalarni jalb qilish maqsadida kripto-birjaning elektron platformasida taʼminlangan tokenlarni sotish uchun muomalaga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-hamyon — kripto-aktivlarni saqlash va boshqarish uchun moʻljallangan dasturiy yoki dasturiy-texnik vosita;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-hamyon manzili — maʼlumotlarning taqsimlangan reyestridagi kripto-aktivlarni bir kripto-hamyondan boshqasiga yuborish va qabul qilish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladigan raqamlar, harflar va belgilardan tashkil topgan noyob kombinatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisi — aksept yoʻllagan va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda HKKPda roʻyxatdan oʻtgan kripto-birja mijozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdolar ishtirokchilari — kripto-birja tomonidan kripto-aktivlar savdolarida qatnashishga ruxsat etilgan mijozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar savdolari — kripto-birjaning elektron platformasida kripto-aktivlarni milliy va (yoki) xorijiy valyutada oldi-sotdi yoki bir turdagi kripto-aktivlarni boshqa turdagi kripto-aktivlarga ayirboshlash bitimlarini tuzish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birjaning elektron platformasi — kripto-birjaning quyidagilar amalga oshiriladigan axborot tizimi va (yoki) dasturiy-apparat majmuasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar savdolarida qatnashish uchun talabnomalarni qabul qilish, nazorat qilish va roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni sotish, sotib olish va (yoki) ayirboshlash uchun talabnomalarni qabul qilish, nazorat qilish va roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan toʻgʻri savdolar maydonchasida kripto-aktivlar savdolarida ishtirok etish uchun talabnomalarni qabul qilish, nazorat qilish va roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarning listingi va delistingini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminlangan tokenlarning dastlabki taklifini joylashtirish va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro oʻzgarmas tokenlarni muomalaga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni sotib olishga, sotishga va (yoki) ayirboshlashga qaratilgan bitimlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar narxlarni eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar bilan bitimlar tuzilishi natijasida savdolar ishtirokchilarining majburiyat va talablarini belgilash, shuningdek ushbu bitimlarning ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar bilan tuzilgan bitimlar boʻyicha hisobot hujjatlarini tayyorlash va shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar bilan bitimlarni tuzish va ijrosi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni saqlash, qayta ishlash va oshkor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish bilan bogʻlik boshqa vazifalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni sotish va sotib olishga qaratilgan yirik bitim (bundan buyon matnda yirik bitim deb yuritiladi) — kripto-birja elektron platformasining toʻgʻridan toʻgʻri savdolar maydonchasida kripto-aktivlarni milliy va (yoki) xorijiy valyutada sotish va sotib olishga qaratilgan, umumiy miqdori bitimni tuzish kunida bazaviy hisoblash miqdorining uch ming baravaridan ortiq boʻlgan operatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar haqida insayder axborot — kripto-aktivlar, ularni yaratgan va joylashtirgan shaxslar, kripto-aktivlar bilan tuzilgan bitimlar haqidagi ommaviy boʻlmagan hamda unga ega boʻlgan shaxslarni boshqa mijozlarga nisbatan afzal holatga qoʻyadigan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar narxlari bilan hiyla-nayrang ishlatish — kripto-aktivlarning narxlarini amaldagi bozor sharoitlariga nisbatan sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish maqsadida kripto-aktivlarga talab va (yoki) taklif, kripto-aktivlarning bozor narxlari yoki savdo hajmlariga jiddiy taʼsir koʻrsatadigan harakatlarning amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birjaning oxirgi benefitsiar mulkdori — kripto-birjani bevosita yoki bilvosita taʼsis etuvchi yoxud uning ustav jamgʻarmasidagi (kapitalidagi) ulushlariga (aksiyalariga) bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi yoxud ushbu shaxsga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan yoxud uni nazorat qiladigan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan yuridik shaxs mazkur faoliyatni mazkur Qoidalar va maxsus normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kripto-birja:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birja elektron platformasining zarur darajada ishlashini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birja va mijozlarning kripto-birjadagi pul mablagʻlari, kripto-aktivlarning alohida hisobi yuritilishi va saqlanishini taʼminlash, bunda ikki va undan ortiq mijozlarning pul mablagʻlarini kripto-aktivlarning qoʻshma hisobi yuritilishiga yoʻl qoʻymaslikka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har kuni kun yakuni boʻyicha mijozlar tomonidan amalga oshirilgan bitimlar (operatsiyalar) haqida barcha maʼlumotlarning zaxira nusxasini yaratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalar talablariga muvofiq mijozlarning kripto-aktivlar savdolariga buyurtmalarini ularni bajarish imkoni mavjud boʻlganda, shu jumladan kripto-birja elektron platformasida qarshi buyurtmalar mavjud boʻlganda ijrosini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birja elektron platformasining zarur darajada axborot xavfsizligini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birja ishchilari va ular tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida bevosita kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilingan shaxslarning kripto-birja faoliyatini tartibga soluvchi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari va kripto-birja tomonidan tasdiqlanadigan lokal hujjatlarini (bundan buyon matnda lokal hujjat deb yuritiladi) bilish darajasini doimiy oshirib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birja mijozlarining kripto-birjadagi pul mablagʻlari, kripto-aktivlarni qaytarish (oʻtkazish) haqidagi koʻrsatmalarini, shuningdek mijozlarning boshqa koʻrsatma va harakatlari amalga oshirilishini taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birja elektron platformasi orqali operatsiyalarni amalga oshirishda savdolar ishtirokchilariga ularni majburiy identifikatsiyadan oʻtkazish mexanizmini joriy etganidan va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlarga muvofiq boshqa choralarni qoʻllaganidan soʻng ruxsat berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni reklama qilishda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablarni bajarishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-birja quyidagi jarayonlarni tartibga solishni nazarda tutuvchi qoidalarni ishlab chiqib, tasdiqlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni listingi va delistingi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatni moliyalashtirishga va investitsiyalarni jalb qilish maqsadida taʼminlangan tokenlarni dastlabki taklifini joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro oʻzgarmas tokenlarni muomalaga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kripto-birja kripto-aktivlar savdolari bilan bogʻliq bitimlar ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-birja tomonidan qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalarning buzilganligi aniqlanganda, ularni toʻxtatish hamda kelgusida qaytarilmasligi boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-birja tomonidan aniqlangan qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar buzilishining har bir fakti haqidagi axborot ushbu fakt aniqlangan sanadan boshlab kamida besh yil davomida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organning soʻrovnomalari boʻyicha kripto-birja soʻrovnomani olgan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan vakolatli organga qonunchilik hujjatlarining buzilish fakti haqidagi axborotni taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, kripto-birja darhol vakolatli organ va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma ravishda xabar berishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari kripto-birjaning elektron platformasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar bilan kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarining barcha turlarini milliy valyutada, jumladan kripto-aktivlarni toʻgʻridan toʻgʻri savdolar maydonchasida sotish va sotib olishga qaratilgan bitimlarni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari bilan faqatgina kripto-aktivlarni sotishga doir operatsiyalarni xorijiy valyutada amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib olish obyekti sifatida kripto-aktivlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining oʻz tavakkalchiligidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari oʻzaro oʻzgarmas tokenlarni xorijiy kripto-birjalar va platformalarda boshqa turdagi kripto-aktivlarga ayirboshlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan oʻzaro oʻzgarmas tokenlarni xorijiy kripto-birjalar va platformalarda ayirboshlanganligi natijasida qabul qilingan kripto-aktivlar oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlarining (bundan buyon matnda xizmatlar provayderlari deb yuritiladi) elektron platformalarida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kripto-birja kripto-depozitariy faoliyatini mazkur faoliyat turi uchun alohida litsenziya olgan holda amalga oshirish huquqiga ega. Bunda, kripto-birja mazkur faoliyat doirasida taʼminlangan tokenlarni chiqarish va (yoki) chiqarilgan tokenlarni roʻyxatga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish jarayonida kripto-birja tomonidan taʼminlangan tokenlarni chiqarish, chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish, taʼminlangan tokenlarni dastlabki taklifini joylashtirish va muomalaga kiritish, jumladan quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birjada taʼminlangan tokenlarni dastlabki taklifini joylashtirgan shaxs tomonidan shartnoma majburiyatlarida nazarda tutilgan hollarda va miqdorda qaytib sotib olinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqarilgan tokenlarning nomlanishi yoki ramzlarida “davlat”, “davlat tomonidan taʼminlangan”, “davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan”, “Oʻzbekiston”, “oʻzbek”, “milliy”, “soʻm (UZS)” hamda Oʻzbekiston Respublikasi shaharlarining nomlarini toʻliq yoki qisqartirilgan shaklda, shuningdek ularning birliklaridan foydalangan holda, istalgan tilda va har qanday shaklda ishlatishni taqiqlashni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kripto-birja kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminlangan tokenlarni chiqarishni roʻyxatga olish va joylashtirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslarning rahbarlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda ularning vakillarini mazkur Qoidalarning 14-bandida nazarda tutilgan shaxslar toifasiga kirish yoki kirmasligini aniqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminlangan tokenlarni dastlabki taklifini joylashtirish maqsadida ularni taʼminlash uchun kiritilgan moddiy va (yoki) boshqa mulkning haqiqatda mavjudligini tekshiruvdan oʻtkazishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kripto-birjalarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror tokenlarni chiqarish va chiqarishni roʻyxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tokenlarni dastlabki taklifini joylashtirish maqsadida taʼminlanmagan tokenlarni chiqarish, chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalaga kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlarni milliy va (yoki) xorijiy valyutaga sotish va sotib olish hamda kripto-aktivlarni boshqa kripto-aktivlarga ayirboshlash boʻyicha operatsiyalarini xizmatlar provayderlaridan tashqarida amalga oshirish taqiqlanadi, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kripto-birjada tuzilgan bitimlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga kripto-birja elektron platformasida amalga oshirilgan kripto-aktivlar savdolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mijozlar bilan munosabatlarni oʻrnatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kripto-birja mijozlar bilan munosabatlarni shartnoma asosida oʻrnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada kuyidagilar nazarda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalarning 4-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni vakolatli organga yuborilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlar bilan muzokaralarning audio- yoki videoyozuvi ularning roziligi bilan olib borilishi, shu jumladan yozishmalarning yozib borilishi hamda ushbu maʼlumotlarning kamida besh yil davomida saqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalar va qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mijoz bilan munosabatlarni oʻrnatish uchun kripto-birja quyidagi maʼlumotlarni soʻrab oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsdan — shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkordan — shaxsini tasdiqlovchi va davlat roʻyxatidan oʻtganligi haqidagi hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsdan — davlat roʻyxatidan oʻtganligi haqidagi hujjat nusxasi, joylashgan joyi, rahbariyati haqidagi hamda taʼsis hujjatlaridagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz bilan aloqa oʻrnatish uchun kontakt maʼlumotlar (elektron pochta manzili va boshqa kontakt maʼlumotlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar bilan kripto-birja munosabat oʻrnatishga haqli emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga asosan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning roʻyxatiga kiritilgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kripto-birja va uning mijozi oʻrtasida munosabat oʻrnatilganda. mijozga kripto-birja elektron platformasida mijoz, uning kripto-birjada saqlanayotgan pul mablagʻlari hamda kripto-aktivlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan hisobga olish yozuvi (akkaunt) yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir mijozga ikki va undan ortiq hisobga olish yozuv (akkaunt)larni ochish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qonunchilik hujjatlari yoki mazkur Qoidalarga zid boʻlmaganda, kripto-birja oʻz nomi va hisobidan kripto-aktivlar savdolarni amalga oshirish uchun har qanday mijozga kripto-aktivlar savdosi ishtirokchisi maqomini taqdim etishga (kripto-aktivlar savdosiga ruxsat etishga) haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kripto-birja jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan mijozlarga quyidagi maʼlumotlarni yetkazishga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz bilan munosabat oʻrnatish shartlari, shu jumladan tegishli shartnoma matni (bunda kripto-birja mijozga kripto-birjaga toʻlanayotgan mukofotning undirish shakli, miqdori va tartibini tushuntirishi lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birja tomonidan kripto-aktivlarni listing qilishga qaratilgan bitimlarni amalga oshirish (tashkil etish) jarayonida “White paper” deklaratsiyasining mazmuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Qoidalarning 16-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar jismoniy va yuridik shaxslarga ular bilan munosabatlar oʻrnatish jarayonida yoki undan oldin ogʻzaki yoki yozma shaklda yetkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-birja veb-saytining bosh sahifasida mazkur Qoidalarning ilovasida koʻrsatilgan maʼlumotlar joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kripto-aktivlar savdolarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kripto-birja mijozlarga oʻzining elektron platformasiga kripto-aktivlarni sotish, sotib olish va (yoki) ayirboshlashga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish uchun kirishga ruxsat berish orqali kripto-aktivlar savdosini tashkillashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-birjaning elektron platformasiga kirishga ruxsat faqatgina shartnoma asosida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar va lokal hujjatlarga muvofiq kripto-aktivlar savdolari qoidalarini buzganligi uchun savdolar ishtirokchisi safidan chiqarilgan mijoz uch oy davomida savdolar ishtirokchisi boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlarning kripto-aktivlar savdolariga, jumladan kripto-birjaning boshqa xizmatlari (“spot”, “marjinal” savdolari va boshqalar) va mahsulotlariga kirishiga ruxsat berish, shuningdek kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari safidan chiqarish lokal hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kripto-birja:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish jarayoni shaffofligi, shuningdek ularning natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar ijrosini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birjaning elektron platformasida taʼminlangan tokenlarni dastlabki taklifini joylashtirish maqsadida taʼminlangan tokenlarni taʼminlash uchun kiritilgan moddiy va (yoki) boshqa mulkning haqiqatda mavjudligini tekshiruvdan oʻtkazishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kripto-birja mazkur Qoidalar va lokal hujjatlarga muvofiq kripto-aktivlar haqida insayder axborotlarni ishlatish, ularning narxlari bilan hiyla-nayranglarni aniqlash, oldini olish, toʻxtatishga, shuningdek ularning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan choralarni koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar haqidagi insayder axborotdan foydalanish deganda mazkur axborotdan shaxsiy maqsadlarda, shu jumladan oʻz nomi va hisobidan kripto-aktivlar savdolarida ishtirok etish maqsadida foydalanish, shuningdek uchinchi shaxslarga taqdim etish tushuniladi, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar haqidagi insayder axborotga ega boʻlgan shaxslarga kuyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni yaratgan va joylashtirgan tashkilotning boshqaruv organlari aʼzolari va boshqa ishchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni yaratgan va listingni amalga oshirgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni yaratgan va joylashtirgan shaxsga yoki savdo ishtirokchisiga auditorlik xizmatini koʻrsatadigan auditorlik tashkilotining xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining xizmat mavqeyi, mehnat majburiyatlari yoki kripto-aktivlarni yaratgan va joylashtirgan shaxslar bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida mazkur maʼlumotga ega boʻlgan boshqa shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kripto-birja lokal hujjatlariga muvofiq faqatgina oʻzining kripto-aktivlar savdolarida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oshkor qilganidan, uning ishtiroki tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha choralar koʻrilganidan va oshkor qilinganidan soʻng kripto-aktivlar savdolarida ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bitimlarni tuzish uchun savdo ishtirokchisi yoki kripto-birja kripto-birjaning elektron platformasida kripto-aktivlarni sotish, sotib olish va (yoki) ayirboshlash haqidagi talabnomani joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivni sotish, sotib olish va (yoki) ayirboshlash haqidagi talabnomani berish tartibi lokal hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mijozlarning kripto-aktivlarni sotish, sotib olish va (yoki) ayirboshlash haqidagi talabnomasi kripto-birja tomonidan ularning talablariga javob beradigan qarshi talabnoma mavjud boʻlganida ijro etilishi shart. Talabnomalarning bajarilishini qarshi talabnoma mavjud boʻlganidan keyin kechiktirish, ularning shartlarini oʻzgartirish yoki bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kripto-aktivlar bilan savdoni (hisob-kitoblarni) amalga oshirish uchun savdolar ishtirokchisi HKKPga tegishlicha pul mablagʻlari va (yoki) kripto-aktivlarni oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdolar ishtirokchisining pul mablagʻlari va kripto-aktivlari kripto-birja hamda boshqa savdolar ishtirokchilarining pul mablagʻlari va kripto-aktivlaridan alohida hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kripto-birja har kuni kripto-aktivlar savdolarida qatnashgan har bir mijoz boʻyicha kripto-aktivlarni sotish, sotib olish va (yoki) ayirboshlash yuzasidan tuzilgan bitimlar va ularning summasi, shuningdek kripto-aktivlarni sotish, sotib olish va (yoki) ayirboshlash haqidagi talabnomalar ijro etilganligi va ijro etilmaganligi toʻgʻrisida hisobot tuzishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot tuzilganidan keyin har bir mijoz tomonidan amalga oshirilgan bitim va operatsiyalarga ularni qayd qilish uchun noyob kod beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot tayyorlangan kundan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanishi shart. Hisobotlarni saqlash tartibi lokal hujjatlar bilan belgilanadi. Hisobotlarga tuzatish va oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-birja hisobotni quyidagilarga begʻaraz shartlar asosida taqdim etishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarga — tegishli soʻrovni olgan sanadan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmagan holda, ularga tegishli hajmda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organga — uning soʻrovida koʻrsatilgan hajmda va muddat davomida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kripto-birja kripto-aktivlarni sotish, sotib olish va (yoki) ayirboshlash boʻyicha tuzilgan bitimlarning bajarilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdolar ishtirokchisi tomonidan kripto-aktivlar savdolarida kripto-aktivlarni sotish, sotib olish va (yoki) ayirboshlash boʻyicha bitim tuzilganda, kripto-birja ushbu bitimning ijro summasini (soni) ushbu savdolar ishtirokchisining HKKP ikkilamchi hisobvaragʻida yoki kripto-hamyoni manzilida saqlanayotgan pul mablagʻlari, kripto-aktivlaridan ayirib tashlashi hamda savdolar ishtirokchisining kontragentiga biriktirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-birja mijozdan olinadigan mukofotni undirishni kripto-aktivlar savdolarida qatnashish shartnomasida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kripto-birja mijozning roziligi asosida uning pul mablagʻlari va kripto-aktivlari bilan mijozning topshiriqlari (koʻrsatmalari) mavjud boʻlmaganda, oʻz nomidan va oʻz manfaatlarini koʻzlab quyidagi hollarda bitimlar tuzishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birjaning likvidlilikka taʼminlashga, yaʼni mijozlari oldidagi qabul qilingan (yoki qabul qilinishi rejalashtirilgan) majburiyatlarini bajarishi uchun uning mijozi boʻlmagan kontragentlaridan pul mablagʻlari va kripto-aktivlarni olganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bitimlarning tuzilishi natijasida kripto-birjaning mijozlaridan olingan pul mablagʻlari va kripto-aktivlarni toʻliq hajmda qaytarib berishga yetarli ishonch hosil qilganida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar kelishgan muddatda pul mablagʻlari va kripto-aktivlar kripto-birja tomonidan qaytarilishi lozim. Mijozning mablagʻlarini ishlatganlik uchun shartnomada foiz undirish nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kripto-birja oʻzining elektron platformasida tegishli miqdordagi kripto-aktivlarni (yoki shunga teng miqdordagi boshqa kripto-aktivlarni) tomonlar kelishgan muddatda qaytarib berish sharti bilan oʻzining kripto-aktivlarini mijozlariga bitimlarni tuzish va majburiyatlarini bajarish uchun ishlatishga ruxsat berish huquqiga ega. Kripto-birja oʻzining kripto-aktivlaridan mijozlar tomonidan foydalanganlik uchun foiz undirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Toʻgʻridan-toʻgʻri savdolarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kripto-birja mijozlarga toʻgʻridan toʻgʻri savdolar maydonchasiga kirishga ruxsat berish orqali kripto-aktivlarni sotish va sotib olishga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshirishni tashkillashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻgʻridan-toʻgʻri savdolar maydonchasiga kirishga ruxsat mazkur Qoidalar va lokal hujjatlar bilan belgilangan talablarga muvofiq alohida shartnoma asosida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kripto-birja kripto-aktivlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri savdolarning amalga oshirish jarayoni shaffofligi, shuningdek ularning natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar ijrosini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mijozning yirik bitimlari faqatgina toʻgʻridan toʻgʻri savdolar maydonchasida kripto-aktivlarni sotish natijasida olingan mablagʻlarni mijozning unga xizmat koʻrsatadigan tijorat bankidagi hisobvaragʻiga oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Toʻgʻridan-toʻgʻri savdolar maydonchasida bitimlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-aktivlarni sotuvchi oʻzining shaxsiy kabinetida kripto-aktivlarning narxiga boʻlgan talablari va xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankidagi hisobvaraq rekvizitlarini koʻrsatgan holda kripto-aktivlarni sotish uchun buyurtma tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birja sotuvchining kripto-aktivlarini bitim amalga oshirilguniga yoki sotuvchining mazkur kripto-aktivlarni qaytarish haqidagi soʻrovnomasi qabul qilinguniga qadar toʻgʻridan toʻgʻri savdolar maydonchasida saqlab turadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor buyurtmani qabul qilib, mablagʻlarni sotuvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraqqa milliy yoki xorijiy valyutada oʻrnatilgan tartibda oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor oʻzining shaxsiy kabineti orqali mablagʻlarning oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasini oʻtkazmaning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida taqdim etadi (ilova qiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi oʻzining hisobini tekshirib, mablagʻlarning toʻliq qabul qilinganiga ishonch hosil qiladi hamda shaxsiy kabinetida kripto-birjaga kripto-aktivlarni xaridorga joʻnatilishiga ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-birja toʻgʻridan toʻgʻri savdolar maydonchasida mablagʻlarni kripto-birjaning HKKP orqali oʻtkazgan holda oʻzining va (yoki) topshiriq shartnomasi asosida mijozlarning nomidan hamda hisobidan kripto-aktivlar bilan savdo-sotiq bitimlarini amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bitimni bekor qilish, mablagʻlarni qaytarish yoki boshqa nizolar tomonlar oʻrtasida muzokaralar yoʻli bilan oʻrnatilgan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Toʻgʻridan-toʻgʻri savdolar maydonchasida kripto-aktivlarni sotish va sotib olish boʻyicha bitimlarni tuzish sotuvchi va xaridorning oʻzaro kelishuviga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kripto-birja toʻgʻridan toʻgʻri savdolar maydonchasida bitimlarni amalga oshirganlik uchun foiz belgilashi va undirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kripto-birja mazkur Qoidalarga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻgʻridan toʻgʻri savdolar maydonchasida tomonlar oʻrtasida bitimlarning zarur tarzda tashkil etilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Mijozlar bilan vositachilik munosabatlari asosida bitimlar tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kripto-birja quyidagi tartibda mijozlarning manfaatlarini koʻzlab, birja bitimlari orqali vositachilik munosabatlarini oʻrnatib, kripto-aktivlarni sotish, sotib olish va (yoki) ayirboshlash boʻyicha bitimlarni tuzish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriq shartnomasi asosida mijozlarning nomi va hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya shartnomasi asosida oʻzining nomidan va mijozlarning hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa usulda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kripto-birja mazkur Qoidalarning 37-bandida nazarda tutilgan bitimlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining elektron platformasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa chet el kripto-birjalarining elektron platformalarida va savdo tizimlarida tuzishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-birja mazkur bitimlarni tuzishda mijozlarning manfaatlarini koʻzlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga va mijozlar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga rioya qilgan holda vijdonan, oqilona va malakali tarzda harakat qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarni bitimlar bilan bogʻliq tavakkalchiliklar, ularni har birining mohiyati va darajasi toʻgʻrisida xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlar uchun eng maqbul shartlar asosida va eng yaxshi narxda bitimlar tuzishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli kripto-aktivlar uchun narxlar bozor narxidan sezilarli darajada farq qilgan (10 foizdan ortiq) taqdirda, agar har bir alohida holat boʻyicha mijoz bilan kelishilgan boʻlmasa, bitimlar tuzmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kripto-birja kripto-aktivlar uchun bozor narxini aniqlash tartibini mijoz bilan tuzilgan shartnomada koʻrsatib oʻtishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Kripto-birjada hisob-kitob-kliriig operatsiyalarini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. HKKPiiig maqomi, funksiyalari, huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. HKKP kripto-birjaning tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, yuridik shaxs maqomiga ega emas hamda kripto-birja nomidan mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan har qanday mustaqil operatsiya va harakatlarni sodir etish huquqisiz ish olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. HKKP quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilarini roʻyxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilariga hisobvaraqlarning ochilishi va yuritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro majburiyatlarini belgilaydi, aniqlashtiradi va hisobga oladi, shuningdek kliring ishtirokchilarining tuzilgan bitimlar boʻyicha majburiyatlari hisobini alohida-alohida yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring yakunlariga koʻra, zarur axborotni shakllantiradi va kliring ishtirokchilariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring amalga oshirilayotgan bitimlar, kliring natijalari toʻgʻrisidagi axborotning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan bitimlar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birja hisob raqamiga pul tushumlari kirimini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. HKKP quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring oʻtkazish usulini mustaqil tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisi bitim boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, shuningdek kripto-birjaning arbitraj va/yoki intizom komissiyalarining kliring ishtirokchisiga kripto-aktivlar savdosi qoidalari yoki shartnomaviy majburiyatlarni buzganlik uchun jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlganda aybdor kliring ishtirokchisining virtual hisobvaragʻidan jarima summasini akseptsiz tartibda hisobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlar qayd etilishi bilan kripto-birjaning vositachilik yigʻimlarini hisobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilaridan hisob-kitob-kliring operatsiyalari uchun zarur axborot olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. HKKP quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat kripto-birjada roʻyxatga olingan bitimlar va ular bilan bogʻliq operatsiyalar (vositachilik yigʻimlari va qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlar) boʻyicha hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kliring ishtirokchisi majburiyatlarining hisobi alohida-alohida yuritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim mazmuni toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼminlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, ushbu axborotni kliring ishtirokchilarining roziligisiz uchinchi shaxslarga taqdim etmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. HKKP tomonidan kripto-birja elektron platformasida amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha barcha harakatlar, shu jumladan kripto-birja elektron platformasi ishtirokchilarning virtual hisobvaragʻidagi mablagʻlar hisobi boʻyicha vazifalar olib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. HKKP va kliring ishtirokchilariga HKKP hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalangan holda, pulli talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Kliring ishtirokchilarini roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. HKKP lokal hujjatlarda koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlarni olganidan keyin bir ish kuni davomida kripto-birja mijoziga bitimlar boʻyicha majburiyatlarni va talab huquqlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan FIRni beradi hamda tegishli virtual hisobvaraqni ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. HKKP mazkur Qoidalarning 69-bandida nazarda tutilgan holatlarda kliring ishtirokchisiga xizmat koʻrsatishni toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. HKKPda hisobvaraqlarni yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Kripto-birja xizmat koʻrsatuvchi bankda kliring ishtirokchilarining pul mablagʻlari hisobi uchun moʻljallangan HKKP ikkilamchi hisobvaragʻini ochadi, ularning hisobi HKKPda alohida virtual hisobvaraqlarda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. HKKP kliring ishtirokchilarining virtual hisobvaraqlari hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Kliring ishtirokchisining virtual hisobvaragʻini yopish HKKP tomonidan hisobvaraq egasi (yoki uning huquqiy vorisi) topshirigʻi boʻyicha amalga oshiriladi, mazkur Qoidalarning 69-bandidagi hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Virtual hisobvaraqni yopishdan oldin undagi qoldiq pul mablagʻlari bankdagi hisobvaraq egasining hisob raqamlariga uning topshirigʻiga koʻra oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Virtual hisobvaraqni yopish faqat hisobvaraqda qoldiq pul mablagʻlari boʻlmaganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Virtual hisobvaraq rekvizitlarini oʻzgartirish kliring ishtirokchisining nomi yoki boshqa rekvizitlari oʻzgarganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Virtual hisobvaraq egasi HKKPda quyidagilar boʻyicha koʻrsatmalar berishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlarini (pul mablagʻlarining bir qismini) virtual hisobvaraqdan xizmat koʻrsatuvchi bankdagi oʻzining hisobvaragʻiga qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bitim kripto-birja lokal hujjatlari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa bitim boʻyicha kliringni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. HKKP faqat bitimlar tuzilishi va bajarilishi bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha virtual hisobvaraqlar orqali pul mablagʻlari oʻtkazmalarini amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Kliring ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Kliring ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birja tomonidan roʻyxatga olingan bitimlar boʻyicha kliringda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
virtual hisobvaraqning holati, majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisida zarur axborotni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birja va kontragentlar oldidagi pul majburiyatlarini muddatidan oldin bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz virtual hisobvaragʻidagi boʻsh pul mablagʻlarini oʻzining xizmat koʻrsatuvchi bankdagi hisobvaragʻiga chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Kliring ishtirokchisining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HKKPga mazkur Qoidalarga muvofiq ishonchli axborotni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma bekor qilingan taqdirda, shartnoma bekor boʻlgunga qadar yuzaga kelgan majburiyatlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot maxfiyligi tartibiga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. HKKPning kliring ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorligi kliring xizmati koʻrsatish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Kripto-birja va kliring ishtirokchilari oʻrtasidagi kliring va hisob-kitob boʻyicha, shuningdek kliring ishtirokchilarining shartnomaviy majburiyatlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashinuvi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Kliringni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Kliring ishtirokchilari roʻyxatdan oʻtganlaridan keyin HKKPning kripto-birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda ochilgan ikkilamchi hisobvaragʻiga kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarida ishtirok etish hamda oʻz majburiyatlarini bajarish uchun pul mablagʻlarini oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Kliring ishtirokchisi zakalat sifatida va/yoki bitimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish uchun pul mablagʻlarini kripto-birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi hisobvaragʻiga ishtirokchining virtual hisobvaragʻiga kirim qilish uchun oʻtkazadilar. Zakalat miqdori lokal hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. HKKP har bir kliring ishtirokchisining pul mablagʻlari va majburiyatlarini ularning virtual hisobvaraqlarida alohida hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Kliring ishtirokchilarining HKKP virtual hisobvaraqlaridagi mablagʻlari quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlar boʻyicha majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitob uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo sessiyalarida ishtirok etish uchun zakalat sifatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozning topshirigʻiga koʻra — kliring ishtirokchisining mablagʻlarini unga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimlarning tuzilishi va bajarilishi bilan bogʻliq boshqa holatlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar faqat kliring elektron tizimi orqali amalga oshiriladi, bundan mazkur Qoidalarning 4-bobida belgilangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Elektron kliring tizimi har bir savdo sessiyasidan oldin buyurtmalarning taʼminlanganligi boʻyicha nazoratni amalga oshiradi. Buyurtmalarning taʼminlanganligini nazorat qilish savdo sessiyalari doirasida tuziladigan bitimlarga buyurtmalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Kliring elektron tizimi tuzilgan bitimlar reyestriga asosan kliring ishtirokchilarining majburiyatlarini belgilaydi va zakalatlarga taqiq qoʻyadi. Kripto-birjaning vositachilik yigʻimlari kripto-birja tomonidan belgilangan tariflarga asosan ushlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Bitim roʻyxatga olingandan soʻng xaridor shartnomada belgilangan muddatlarda bitim boʻyicha majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun HKKPning ikkilamchi hisobvaragʻiga qoʻshimcha mablagʻlar oʻtkazishi shart. Ushbu summaga HKKP tomonidan majburiyatlarning sotuvchi tomonidan toʻliq bajarilguniga qadar taqiq qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Toʻlovlar amalga oshirilgan bitimlar roʻyxati sotuvchiga kripto-aktivlarni oʻtkazib berish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Kliring ishtirokchisi — sotuvchi tomonidan kripto-aktivlar oʻtkazib berilganligi haqida HKKPga darhol axborot beriladi. Ushbu bitim boʻyicha sotuvchi va xaridorlarning pul mablagʻlari kliring ishtirokchisi — xaridorning kripto-hamyon manziliga kripto-aktivlar oʻtkazib berilganligi tasdiqlanmagunga qadar taqiqda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Tuzilgan kripto-birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Tuzilgan bitimlarni yopish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilari — sotuvchi va xaridor tomonidan bitim boʻyicha majburiyatlar lozim darajada bajarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisi — sotuvchi va xaridor tomonidan bitim boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda va ular tomonidan jarima toʻlangandan soʻng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilari — sotuvchi va xaridor jarima toʻlab yoki toʻlamasdan bitimni yopishga oʻzaro rozi boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arbitraj komissiyasining qaroriga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchilari — sotuvchi va xaridorning shartnomada koʻrsatilgan muddat davomida eʼtirozlari boʻlmaganda, jarimalarsiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Agar shartnoma shartlarida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin kliring ishtirokchisi bitim boʻyicha majburiyatlarini bajarmasa, HKKP:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor tomonidan shartnomada belgilangan toʻlov toʻlanmaganligi uchun shartnomani bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arbitraj komissiyasining qaroriga koʻra kripto-aktivlarning oʻtkazib berilmaganligi uchun shartnomani bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisi — sotuvchi yoki xaridorning hisobvaragʻiga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmaganligi uchun zakalat miqdoridagi jarimani oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Kliring xizmati koʻrsatishni toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Quyidagi holatlarda HKKP kliring ishtirokchisiga kliring xizmati koʻrsatishni toʻxtatadi va uning virtual hisobvaragʻini yopadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kliring ishtirokchisi tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud va boshqa vakolatli organlarning qaroriga koʻra.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Kripto-birja pul mablagʻlarini HKKP orqali oʻtkazish, savdolar ishtirokchisi nomiga hisobga olingan kripto-aktivlarni uning bank hisobvaragʻiga yoki kripto-hamyon manziliga ushbu ishtirokchi talabiga binoan kripto-aktivlar savdosida ishtirok etish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan tartib va muddatga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-aktivlar bilan bogʻliq operatsiya shubhali deb topilgan taqdirda, pul oʻtkazmalari hamda kripto-aktivlarni oʻtkazib berish kripto-birja tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning oldini olish choralari koʻrilganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Mazkur Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish qoidalariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kripto-birja veb-saytiga joylashtiriladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AXBOROT

1. Kripto-birja toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumot (boshqaruvchilar, yaratilish tarixi va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatli organ tomonidan belgilangan talablarga javob beradigan kripto-aktivlarni sotishning umumiy shartlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kripto-birja faoliyatida vujudga keladigan manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish tartibi haqidagi lokal hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kripto-birja harakati (harakatsizligi)dan norozi boʻlganda, mijoz qaysi harakatlarni amalga oshirishga haqli ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot (shu jumladan, mijozning sudga murojaat qilish va mediatsiya orqali nizoni hal qilish imkoniyati haqidagi huquqi koʻrsatilishi lozim).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va hajmda kripto-birja faoliyatining reklamasida koʻrsatilishi talab qilinadigan maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kripto-aktivlar savdolari boʻyicha quyidagi maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kripto-aktivlarni sotish vaqti, kotirovkalash varagʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kripto-aktivlar bilan kripto-birja elektron platformasida ilgari amalga oshirilgan bitimlardagi narxlar haqida (tarixiy kotirovkalar). Ushbu narxlar joylashtirish (oshkor qilish) sanasidan oldingi uch yildan kam boʻlmagan davr boʻyicha, agar kripto birja faoliyatini boshlaganiga uch yildan koʻp oʻtmagan boʻlsa, uning butun faoliyat davri boʻyicha koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kripto-birjaning kripto-aktivlar savdolarida ishtirok etganligi va kripto-birja tomonidan qabul qilingan ushbu ishtirok natijasida kelib chiqadigan manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha choralar haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kripto-birja, uning xodimlari, taʼsischisi (ishtirokchisi) yoki oxirgi benefetsiar mulkdorining egaligida boʻlgan, kripto-aktivlar savdolariga ruxsat etilgan kripto-aktivlar toʻgʻrisidagi maʼlumot quyidagi holatlarda eʼlon qilinishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar kripto-birja, uning xodimi, taʼsischisi (ishtirokchisi) yoki oxirgi benefetsiar mulkdorining egaligidagi kripto-aktivlarning soni kripto-birjadagi kripto-aktivlarning umumiy sonining besh va undan koʻp foizini tashkil qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kripto-birja, uning xodimi, taʼsischisi (ishtirokchisi) yoki oxirgi benefetsiar mulkdori kripto-aktivlarni oʻz manfaatiga koʻra chiqarish uchun buyurtmachi boʻlganda va (yoki) kripto-aktivlarni chiqarganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish qoidalariga muvofiq hisobotlarni saqlash (deponentlash) boʻyicha xizmat koʻrsatadigan tashkilotning nomi, joylashgan joyi, elektron pochta manzili va telefon raqami haqidagi maʼlumot.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 10/22/3379/0743-son)