05.08.2022 yildagi PQ-347-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-iyun — O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional shaxmatga jalb qilish, nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallash, jahon standartlariga mos keladigan shaxmat infratuzilmasini kengaytirish, shuningdek, Shaxmatni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturini izchil amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, “To‘dako‘l” dam olish bazasi hududida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan maktabdan tashqari davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblangan Xalqaro shaxmat maktabi tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Xalqaro shaxmat maktabining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur shaxmat anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnik hamda o‘quv-mashg‘ulot bazalarini yaratish va turli darajadagi xalqaro va mintaqaviy musobaqalar — Shaxmat olimpiadasi va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqa musobaqalarda O‘zbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan xalqaro darajadagi shaxmatchilarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro darajadagi shaxmatchilarni tayyorlash uchun shaxmat bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis-trenerlar, psixologlar va uslubchilarni, shu jumladan jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlarini keng jalb etish orqali trenerlar tarkibini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxmatchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, o‘quv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan shaxmatchilarni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxmat bo‘yicha terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish hamda muntazam ravishda o‘tkazib borish, trenerlar hamda shaxmatchilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish bo‘yicha xorijiy shaxmat maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonda shaxmatni rivojlantirishni xalqaro talablar va standartlarga moslashtirish, o‘g‘il bolalar va qizlarni shaxmatga jalb qilish va ularning ushbu sport turiga qiziqishini kuchaytirish, shaxmatchilarning professional mahoratini doimiy ravishda oshirib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Xalqaro shaxmat maktabi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan va maktabning ustavidagi vazifalarga muvofiq bo‘lgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Sportni rivojlantirish vazirligining har yili o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro shaxmat turnirining final bosqichini 2023-yildan boshlab Xalqaro shaxmat maktabida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-son qarorida belgilangan turnirlar va musobaqalar bilan bir qatorda qo‘shimcha ravishda quyidagi musobaqalar 2023-yildan boshlab har yili tizimli ravishda o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yoshlar o‘rtasida barcha hududlarda “Rokirovka” turniri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda keksa avlod vakillari o‘rtasida “Nuroniylar” kubogi uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida “Cheksiz imkon” turniri;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan 50 000 AQSH dollari miqdorida mukofot fondiga ega “Women’s Chess Championship” xalqaro turniri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar shaxmatchilari o‘rtasida an’anaviy “Uzbekistan Chess Open” xalqaro turniri.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi (A. Sa’dullayev), O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M.Tashxodjayev), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) bilan birgalikda mazkur bandda ko‘rsatilgan:
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli musobaqalar 2023-yil 1-yanvardan boshlab sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga kiritilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musobaqalarni o‘tkazish jarayonini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kommunikatsiya manbalarida keng yoritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va madaniy meros vazirligi (B. Ibragimov) mazkur bandda ko‘rsatilgan musobaqalarni turistik marshrutlar obyektlari ro‘yxatiga kiritsin, ularga xorijiy va mahalliy turistlarni jalb etish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Prezident ta’lim muassasalari agentligi (X. Umarova), O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida shaxmat to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Navoiy viloyat hokimligi (N. Tursunov), “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (Q. Sanaqulov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Xalqaro shaxmat maktabida jahonning mashhur xalqaro grossmeysterlari ishtirokida yosh shaxmatchilar uchun trening va mahorat darslarini o‘z ichiga olgan mavsumiy oromgohlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“To‘dako‘l” brendini ishlab chiqish va targ‘ib qilish orqali Xalqaro shaxmat maktabi faoliyatini ommalashtirish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan kreativ ko‘rgazmali uslublardan foydalangan holda jamoat joylari va istirohat bog‘larida shaxmat maydonchalarini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu ilovada nazarda tutilgan rag‘batlantirish xarajatlari Davlat budjetidan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga mazkur maqsadlar uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Xalqaro shaxmat maktabi faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq zarur mablag‘larni 2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi (A. Sa’dullayev):
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro shaxmat maktabini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar, trenerlar va boshqa mutaxassislar bilan bosqichma-bosqich to‘ldirish choralarini ko‘rsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Xalqaro shaxmat maktabining hamda Xalqaro shaxmat akademiyasining boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Yoshlar” telekanali hamda tegishli hududiy telekanallarda shaxmat musobaqalarini keng yoritish va targ‘ib qilish ishlarini muntazam tashkil etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Yoshlar ishlari agentligi direktori, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi A.Z. Sa’dullayev va sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 5-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-347-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-avgustdagi PQ-347-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi shaxmatchilari va ularning trenerlariga beriladigan bir martalik pul mukofotlarining miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Musobaqalar

(unvon)

Medal

Shaxmatchiga beriladigan pul mukofoti miqdori*

Trenerga beriladigan pul mukofoti miqdori*

1.

Butunjahon shaxmat olimpiadasi (kattalar o‘rtasida)

Oltin

2 000

1 000

Kumush

1 000

500

Bronza

500

250

2.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tasnifiga ko‘ra jahon miqyosidagi musobaqalar

Oltin

300

150

Kumush

150

75

Bronza

75

37,5

3.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tasnifiga ko‘ra Osiyo miqyosidagi musobaqalar

Oltin

70

35

Kumush

35

17,5

Bronza

17,5

8,75

4.

Xalqaro grossmeyster sport unvonini olgan taqdirda

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bazaviy hisoblash miqdorining baravari.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2022-y., 07/22/347/0714-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son)