1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy taʼlimning harbiy taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qaroriga muvofiq, shuningdek, oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 304-bandiga muvofiq oliy harbiy taʼlim muassasasini bitirgandan keyin oʻqishni tugatgandan soʻng tuzilgan kontrakt boʻyicha koʻzda tutilgan muddat tugamasdan yoki besh kalendar yil mobaynida ofitserlar tarkibi lavozimlarida xizmatni oʻtamasdan harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtashdan bosh tortgan, shuningdek, kontrakt shartlarini bajarmaganligi, sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli boʻshatilayotgan yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortgan harbiy xizmatchi (xodim) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni oʻqitish uchun sarflangan budjet mablagʻlarini davlatga qoplab berishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchi yoki ofitserlar tarkibi harbiy unvoniga ega boʻlmagan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi, ularning ota-onalari yoki ota-onalarining oʻrnini bosuvchi shaxslarni moddiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirish miqdorlari, harbiy xizmatchini oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirib olish tartibi, oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari undirilmaydigan holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilarni oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini ixtiyoriy ravishda toʻlab berish hamda toʻlanmagan budjet mablagʻlarini undirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchini oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirish hisobini yuritish hamda undirilmagan budjet mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 22-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
398-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-iyuldagi 398-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalarida budjet mablagʻlari hisobidan oʻqigan va oʻqishni tamomlagandan soʻng tuzilgan kontrakt boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida, harbiy xizmatni oʻtash nazarda tutilgan vazirliklar va idoralarning markaziy apparatlari, harbiy okruglari (birlashmalari, boshqarmalari), qoʻshilmalari, harbiy qismlari, harbiy taʼlim muassasalari va boshqa harbiy boʻlinmalarida (keyingi oʻrinlarda — harbiy qismlar (muassasalar)) ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni utayotgan, shuningdek, harbiy xizmatda qoldirilgan holda davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga xizmat safariga yuborilgan harbiy xizmatchilarga hamda ofitserlar tarkibi lavozimlarida xizmatni oʻtayotgan xodimlarga nisbatan tatbiq etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Undiriladigan budjet mablagʻlarining miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Harbiy xizmatchini oliy harbiy taʼlim muassasasida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari, u rezervga boʻshatilgan vaqtdagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida toʻrt yillik oʻqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 300 baravari;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutida ikki yillik oʻqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 650 baravari;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutida ikki yillik oʻqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 650 baravari;
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qoʻshinlar institutida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrt yillik oʻqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 300 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh yillik oʻqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 600 baravari;
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya institutida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh yillik oʻqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 600 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh yillik oʻqish (uchuvchilar tarkibini tayyorlash) uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 baravari.
(3-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida besh yillik uqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 600 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida turt yillik UKISH uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 300 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrt yillik oʻqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 300 baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
besh yillik oʻqish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 600 baravari miqdorida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Harbiy xizmatchilarni xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida (oliy, oliy harbiy va boshqa taʼlim muassasalarida) oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirish miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda tuziladigan maxsus kontraktlarda belgilanadi va mazkur Nizomga muvofiq umumiy asoslarda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishdan oldin oʻqishga kirishga nomzodlar, ularning ota-onalari yoki ota-onalarining oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ota-onalar) Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universitetiga nomzodlarni saralab olish va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda moddiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy harbiy taʼlim muassasasida budjet mablagʻlari hisobidan oʻqigan va uni tamomlagandan soʻng harbiy xizmatni oʻtash toʻgʻrisida kontrakt tuzgan harbiy xizmatchilar yoki ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan xodimlar besh kalendar yil oʻtmasdan harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtashdan bosh tortganligi, kontrakt shartlarini bajarmaganligi yoki sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli rezervga boʻshatilsa, ulardan oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari undirib olinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan holatlar boʻyicha harbiy xizmatdan (xizmatdan) boʻshatish huquqiga ega mansabdor shaxsning harbiy xizmatchini (xodimni) rezervga boʻshatish toʻgʻrisidagi buyrugʻida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirish belgilanadi, tegishli komandirning (boshliqning) harbiy xizmatchini (xodimni) harbiy qism (muassasa) shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarish haqidagi buyrugʻida esa harbiy xizmatchidan (xodimdan) undiriladigan mablagʻlarning aniq miqdori koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchini (xodimni) harbiy qism (muassasa) shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruq shu kunning oʻzida ushbu harbiy xizmatchiga (xodimga) yetkaziladi va unga ushbu buyruqning mablagʻlarni undirishga oid qismidan koʻchirma topshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Harbiy xizmatchidan (xodimdan) undiriladigan budjet mablagʻlarining miqdori ushbu Nizomning 3-bandiga muvofiq harbiy xizmatchi oliy harbiy taʼlim muassasasini tamomlagandan soʻng u bilan tuzilgan kontraktda koʻrsatilgan muddatga yoki besh yillik muddatga mutanosib miqdorlarda boʻlinadi hamda xizmat muddatining oʻtalmagan qismidan kalendar oylarning sonidan kelib chiqib belgilanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar harbiy xizmatchi (xodim) ushbu buyruqlardan norozi boʻlsa, belgilangan tartibda yuqori turuvchi komandirga (boshliqqa) yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yuqori turuvchi komandirlar (boshliqlar) undirilishi lozim boʻlgan pul mablagʻlarining toʻgʻri belgilanganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatdan (xizmatdan) boʻshatish huquqiga ega mansabdor shaxsning harbiy xizmatchini rezervga boʻshatish toʻgʻrisidagi buyrugʻining oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirish lozimligi toʻgʻrisidagi va tegishli komandirning (boshliqning) harbiy xizmatchini (xodimni) harbiy qism (muassasa) shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻining oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirishga oid qismi belgilangan tartibda bekor qilingan taqdirda, harbiy xizmatchilardan (xodimlardan) undirilgan mablagʻlar toʻlovni toʻlagan shaxslarga budjet mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda qaytariladi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari harbiy xizmatchi (xodim) yoki ota-onalar tomonidan harbiy xizmatchini (xodimni) harbiy qism (muassasa) shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruq harbiy xizmatchiga (xodimga) yetkazilgan va ushbu buyruqning mablagʻlarni undirishga oid qismidan koʻchirma berilgan yoxud pochta, aloqaning boshqa vositalari orqali yozma yoki elektron shaklda yuborilgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida budjetga bank yoki gʻaznachilik boʻlinmalariga boshqa toʻlov tizimlari orqali pul toʻlangan holda qaytariladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Harbiy xizmatchilarni oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari jismoniy va/yoki yuridik shaxslar (davlat organlari va tashkilotlari bundan mustasno) tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻlab berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan muddatda toʻlanmagan taqdirda, tegishli komandirlar (boshliqlar) ushbu budjet mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan belgilangan tartibda sudga murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari budjetga toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatlari toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab uch ish kunida, mazkur Nizomning 11 va 12-bandlarida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan harbiy xizmatchining (xodimning) oxirgi xizmat joyi boʻlgan harbiy qismga (muassasaga) yoki yashash joyidagi mudofaa ishlari organlariga shaxsan yoki pochta yoxud aloqaning boshqa vositalari orqali taqdim etilishi lozim.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mudofaa ishlari organlari tomonidan toʻlov hujjatlari, ushbu hujjatlar qabul qilib olingan kunning oʻzida harbiy xizmatchining (xodimning) oxirgi xizmat joyiga belgilangan tartibda yetkaziladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari quyidagi hollarda undirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi (xodim) kontraktda koʻrsatilgan (xodimlar uchun besh yillik) muddat tugaganligi, sogʻligʻining holatiga koʻra tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan undan xizmatda foydalanishning imkoni yoʻqligi yoki davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaning bekor qilinganligi sababli harbiy xizmatdan (xizmatdan) rezervga (isteʼfoga) boʻshatilsa (chiqarilsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchining (xodimning) ota-onasidan biri harbiy xizmatchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi boʻlib, harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat vazifalarini) bajarayotgan vaqtda halok boʻlgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi (xodim) oliy harbiy taʼlim muassasalarida bakalavriat dasturi boʻyicha maxsus sirtqi taʼlim shaklida va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha tahsil olgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi (xodim) halok boʻlganligi (vafot etganligi) munosabati bilan harbiy qism (muassasa) shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarilgan boʻlsa.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oliy harbiy taʼlim muassasasini tamomlagandan soʻng tuzilgan birinchi yangi kontraktda koʻrsatilgan muddat (5 kalendar yil) davomida harbiy qismda (muassasada) hamda harbiy xizmatda (xizmatda) qoldirilgan holda xizmat safariga yuborilgan davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda harbiy xizmatni oʻtagan va ishlagan harbiy xizmatchi (xodim) uni oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini toʻlashdan ozod etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oliy harbiy taʼlim muassasasini tamomlagan, shuningdek, ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha harbiy xizmatdan (xizmatdan) rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oliy harbiy taʼlim muassasasini tugatganligi haqidagi davlat namunasidagi diplomi va unga ilova besh yil davomida tegishlicha harbiy xizmatchining (xodimning) shaxsiy hujjatlari yigʻmajildida hamda rezervga boʻshatilgan harbiy xizmatchining (xodimning) oxirgi xizmat joyi boʻlgan harbiy qismning (muassasaning) kadrlar boʻlinmasida saqlanadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy harbiy taʼlim muassasasini tamomlagandan soʻng tuzilgan kontraktda koʻrsatilgan muddat yoki besh kalendar yil davomida harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtagan, shuningdek, oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini toʻliq toʻlagan harbiy xizmatchiga (harbiy xizmatga majburga) oliy harbiy taʼlim muassasasini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi diplom va unga ilova uning yozma murojaatiga asosan oʻn besh kun ichida beriladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarining haqiqatda toʻlanganligi bank muassasasi yoki boshqa toʻlov tizimlari orqali harbiy qismning (muassasaning) moliya boʻlinmasi tomonidan belgilangan tartibda tekshirilib, tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini toʻlamagan yoki qisman toʻlagan harbiy xizmatga majburga, uning yozma murojaatiga asosan keyinchalik ishga joylashishi uchun oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (diplomning vaqtinchalik berilmaslik sabablari koʻrsatilgan holda) va oʻqish davomida oʻzlashtirgan oʻquv fanlari roʻyxati, hajmi hamda baholari qayd qilingan diplom ilovasidan koʻchirma oxirgi xizmat joyi boʻlgan harbiy qismning (muassasaning) kadrlar boʻlinmasi tomonidan oʻn besh kun ichida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari yoki uning undirilmagan qismi harbiy xizmatga majbur va ota-onalardan toʻliq undirib olingunga qadar harbiy xizmatga majburning oxirgi xizmat joyi boʻlgan harbiy qismda (muassasada) hisobda turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga majbur va ota-onalar vafot etgan, qonuniy kuchga kirgan sud qaroriga koʻra bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan boʻlsa, oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari yoki uning undirilmagan qismi harbiy qism (muassasa) tomonidan belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Nizom talablarining bajarilishi (oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarining undirilishi) ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi hamda harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtash nazarda tutilgan vazirliklar va idoralarning nazorat-taftish (ichki nazorat) boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Mudofaa ishlari boʻlimlari, vazirlik va idoralarning hududiy organlari, harbiy qismlar (muassasa)lar
Nomzod, ularning ota-onalari yoki ota-onalarining oʻrnini bosuvchi shaxslarni belgilangan tartibda moddiy javobgarlik toʻgʻrisida yozma ravishda ogohlantirish.
Oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishdan oldin
1. Harbiy xizmatchilarni (xodimlarni) rezervga boʻshatish va pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisida buyruq qabul qilish.
1. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda
2. Komandir (boshliq)
2. Shaxsiy tarkib roʻyxatidan chiqarish (undiriladigan pul mablagʻlarining aniq miqdorini koʻrsatgan holda) toʻgʻrisida buyruq qabul qilish. Buyruqni harbiy xizmatchiga (xodimga) yetkazish va koʻchirma berish yoki tegishli aloqa kanallari orqali yuborish.
2. Buyruq qabul qilingan kun
3-bosqich
1. Harbiy xizmatchi (harbiy xizmatga majbur), uning ota-onasi yoki ota-onalarining oʻrnini bosuvchi shaxslar, yuridik va jismoniy shaxslar
1. Oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini ixtiyoriy toʻlash.
1. Buyruq qabul qilingan kundan boshlab 30 kun mobaynida
2. Komandir (boshliq)
2. Oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari ixtiyoriy toʻlanmaganda uni sud tartibida undirish choralarini koʻrish.
2. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda
4-bosqich
1. Harbiy xizmatchi (harbiy xizmatga majbur), uning ota-onasi yoki ota-onalarining oʻrnini bosuvchi shaxslar, yuridik va jismoniy shaxslar
1. Oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlari budjetga toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatlarini oxirgi xizmat joyi boʻlgan harbiy qismga (muassasaga) yoki yashash joyidagi mudofaa ishlari organlariga shaxsan yoki pochta yoxud aloqaning boshqa vositalari orqali taqdim etish.
1. Toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab uch ish kunida
2. Harbiy qismning (muassasaning) kadrlar boʻlinmasi
2. Kontraktda koʻrsatilgan muddat (besh kalendar yili ) davomida harbiy xizmatni oʻtagan, shuningdek, oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini toʻliq toʻlagan harbiy xizmatchiga (harbiy xizmatga majburga) oliy harbiy taʼlim muassasasini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi diplom va uning ilovasini berish.
2. Harbiy xizmatchining (harbiy xizmatga majburning) yozma murojaatiga asosan oʻn besh kun ichida
5-bosqich
Harbiy qism (muassasa) komandiri (boshligʻi)
Undirilmagan oʻqitishga sarflangan pul mablagʻlari boʻyicha hisobot yuritish.
Yetkazilgan zarar qoplangunga yoki ixtiyoriy toʻlab berilgunga qadar
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/398/0660-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)