Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023 20.07.2022 yildagi 391-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 700-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-apreldagi PF-122-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlari uchun ijtimoiy kafolatlarni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga muvofiq 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xizmat majburiyatini bajarish chogida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda — bojxona organlari) xodimlarining farzandlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining tavsiyanomasi asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — davlat oliy taʼlim muassasalari) bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga (ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) tanlovsiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimidagi oliy (magistratura, ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda — oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari) qabul parametrlaridan tashqari dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalariga muvofiq qabul qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga oʻqishga kirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga ajratilgan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kunduzgi taʼlim shakliga alohida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga belgilangan umumiy qabul parametrlari doirasida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma berish tartibi, tavsiyanomaning amal qilish doirasi va muddati, tavsiyanoma berishni rad etish uchun asoslarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror qoidalari xizmat majburiyatini bajarish chogida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining hamda bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga nisbatan tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari xodimlarining farzandlariga tavsiyanoma bir davlat oliy taʼlim muassasasi hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasasiga bir marta kirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan uch yildan oshmaydigan muddatga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari xodimlarini xizmat majburiyatini bajarish chogida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topishning tartibi hamda aniq mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma berish tadbirlari ushbu qaror talablariga muvofiq xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Y. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 391-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari (keyingi oʻrinlarda — bojxona organlari) xodimlarining farzandlariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — davlat oliy taʼlim muassasalari) bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kunduzgi taʼlim shakliga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimidagi oliy (magistratura, ikkinchi oliy taʼlimdan tashqari) taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda — oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari) oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom qoidalari xizmat majburiyatini bajarish chogida halok boʻlgan, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining, shuningdek, bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bojxona organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha bojxona organlari xodimlarining farzandlariga bir davlat oliy taʼlim muassasasi hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasasiga bir marta kirish uchun uch yildan oshmaydigan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bojxona organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi (keyingi oʻrinlarda — Rais) tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlari uchun ajratiladigan alohida ikki foizli davlat granti asosidagi kvota boʻyicha mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat majburiyatini bajarish chogida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlariga belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bojxona organlari xodimlarining farzandlariga oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda Rais tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlari uchun ajratiladigan umumiy qabul parametrlari doirasida ikki foizli davlat granti asosidagi kvota boʻyicha mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat majburiyatini bajarish chogida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan bojxona organlari xodimlarining farzandlariga belgilangan qabul parametrlaridan tashqari davlat granti asosida mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bojxona organlari xodimlarini xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan deb topishning tartibi hamda aniq mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bojxona organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma (keyingi oʻrinlarda — tavsiyanoma) blanklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida har yili Davlat bojxona qoʻmitasi uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar hisobidan Qoʻmita buyurtmanomasi asosida “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tavsiyanomani berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi, Markaziy bojxona laboratoriyasi, Bojxona instituti hamda Milliy kinologiya markazi (keyingi oʻrinlarda — tarkibiy tuzilmalar va tizim tashkilotlari) boshliqlari (direktori) Davlat bojxona qoʻmitasi Kadrlar boshqarmasiga har yili 10-martga qadar quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi taqdimnomani kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anketa-maʼlumotnoma va avtobiografik maʼlumotlar;

xizmat faoliyati natijalari boʻyicha batafsil hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim farzandining tugilganlik haqidagi guvohnomasi, biometrik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) va maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anketa-maʼlumotnoma va avtobiografik maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim farzandining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi, biometrik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) va maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan berilgan xodimning nogironligi haqidagi maʼlumotnoma (xizmat majburiyatini bajarish chogʻida olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlar uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tavsiyanoma berish masalasi Rais oʻrinbosari rahbarligida tuziladigan, kamida besh nafar rahbar xodimlar va mutaxassislardan iborat tarkibdagi komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning tarkibi Rais tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Kadrlar boshqarmasi tomonidan kiritilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy tuzilmalar va tizim tashkilotlari boshliqlarining tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlari roʻyxatlarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya tarkibiy tuzilmalar va tizim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni har yili 1-aprelga qadar Komissiya yigʻilishida koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishi yakunlari boʻyicha tavsiyanoma berish yoki bermaslik haqida qaror qabul qilinib, bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va Komissiya raisining imzosi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya yigʻilishining bayoni asosida tavsiyanoma berish toʻgʻrisida Rais buyrugʻini qabul qilish boʻyicha Raisga taklif kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tavsiyanoma berish toʻgʻrisida Rais buyrugʻi har yili 1-mayga qadar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan Rais buyrugʻi qabul qilingandan soʻng bojxona organlari xodimlari xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan taqdirda, ularning farzandlariga joriy qabul yilining 1-iyuliga qadar tavsiyanoma berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun berilgan tavsiyanomalarning yagona hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Kadrlar boshqarmasi tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan xodimlarning farzandlari roʻyxatini har yili 1-mayga qadar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya xodimning bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgani va xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishganligini tarkibiy tuzilmalar tomonidan taqdim etilgan taqdimnoma asosida uning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash, bojxona maʼmurchiligini takomillashtirish, tartib-taomillarni soddalashtirish, amaliyotga ilgʻor axborot texnologiyalarini joriy etish, kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashishda hamda bojxona organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qoʻshgan hissasi, xizmat, ilmiy yoki pedagogik faoliyatda erishgan natijalaridan kelib chiqib baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tavsiyanoma asosida oliy taʼlim muassasasiga talabalikka qabul qilinganlik toʻgʻrisida rasmiy buyruq chiqarilgandan soʻng imtiyozdan takroran foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya hujjatlarni oʻrganish mobaynida xodimning halok boʻlganligi yoki olgan tan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolganligi, xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan deb topilgan hamda bojxona xizmatiga salmoqli hissa qoʻshgan, xizmat jarayonida maʼlum bir natijalarga erishgan deb topilmagan taqdirda, tavsiyanoma berishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tavsiyanomaga asosan oʻqishga qabul qilingan talabalar (kursantlar) oʻqishdan chetlashtirilgan taqdirda (shu jumladan oʻz xohishiga koʻra), ularga tavsiyanoma qayta berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiyaning harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tarkibiy tuzilmalar rahbari

a) xizmatdagi ofitserlar va serjantlar tarkibi xodimlari farzandlarining taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni Nizomda belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda;

b) xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlari roʻyxatlarini Nizomda belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda Davlat bojxona qoʻmitasi Kadrlar boshqarmasiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

Har yili 10-martga qadar

2-bosqich

Davlat bojxona qoʻmitasi Kadrlar boshqarmasi

Taqdim etilgan taqdimnomalar hamda xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlari roʻyxatlarini koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi.

Har yili 15-martga qadar

3-bosqich

Komissiya

1. Quyidagi hujjatlarni koʻrib chiqadi:

a) Tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni;

b) xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlari roʻyxatlarini.

2. Hujjatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha bayonnoma tuzib, imzolaydi va qoʻmitaning gerbli muhri bilan tasdiqlaydi.

Har yili 1-aprelga qadar

4-bosqich

Davlat bojxona qoʻmitasi Kadrlar boshqarmasi

1. Komissiya yigʻilishi bayonnomasi asosida tavsiyanoma berish toʻgʻrisida Rais buyrugʻini chiqaradi.

2. Xodimlarga farzandlarining taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma beradi.

3. Tavsiyanoma berilgan xodimlarning farzandlari roʻyxatini Davlat komissiyasiga yuboradi.

Har yili 1-mayga qadar

5-bosqich

Davlat komissiyasi (taʼlim muassasalari boʻyicha kotibiyat) ishchi organi

Tavsiyanoma berilgan xodimlarning farzandlari roʻyxatini koʻrib chiqadi.

Har yili 15-iyunga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYANOMA BLANKASINING ShAKLI

TAVSIYANOMA DBQ 000000

TAVSIYANOMA DBQ 000000

Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmat qilayotgan

_____________________________________________

___________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________ ning

(maxsus unvoni, F.I.O)

(maxsus unvoni, F.I.O)

ning farzandi __________________________________

farzandi ____________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________ ga

(tavsiyanoma berilgan shaxsning F.I.O., imzosi)

(F.I.O, pasport (guvohnoma) seriyasi, raqami)

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining 20___-yil “___” ___________ dagi ___-son buyrugʻiga asosan berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha bakalavrlar tayyorlashda (ikkinchi taʼlimdan tashqari) respublikaning barcha davlat oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida kirishda ajratilgan qoʻshimcha ikki foizli qabul kvotasi doirasida tanlovda ishtirok etish imtiyozi beriladi.

M.Oʻ.

Tavsiyanoma Davlat bojxona qoʻmitasi raisining 20___-yil “___” __________ dagi ___-son buyrugʻiga asosan berildi.

_____________________________________________

M.Oʻ.

_____________________________________________

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

___________________________________________________________________________________

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

20___-yil “___” ________________

20___-yil “___” ________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYANOMA BLANKASINING ShAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TAVSIYANOMA DBQ 000000

TAVSIYANOMA DBQ 000000

Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlaridagi xizmati davrida xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan__________________________________

Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlaridagi xizmati davrida xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan

___________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________ ning

(maxsus unvoni, F.I.O)

_____________________________________________

farzandi ____________________________________________________________________________

(maxsus unvoni, F.I.O)

________________________________________________________________________________ ga

___________________________________ning farzandi

(F.I.O, pasport (guvohnoma) seriyasi, raqami)

_____________________________________________

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qaroriga muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha bakalavrlar tayyorlashda (ikkinchi taʼlimdan tashqari) respublikaning barcha davlat oliy taʼlim muassasalariga kirishda tanlovsiz, belgilangan qabul kvotasidan tashqari davlat grantiga asosan oʻqishga kirish imtiyozi beriladi.

Tavsiyanoma Davlat bojxona qoʻmitasi raisining 20___-yil “___” ____________dagi ____-son buyrugʻiga asosan berildi.

(tavsiyanoma berilgan shaxsning F.I.O., imzosi)

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining 20___-yil “___” ____________dagi ____-son buyrugʻiga asosan berildi.

M.Oʻ.

_____________________________________________

M.Oʻ.

_____________________________________________

___________________________________________________________________________________

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

20___-yil “___” ________________

20___-yil “___” ________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYANOMA BLANKASINING ShAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TAVSIYANOMA DBQ 000000

TAVSIYANOMA DBQ 000000

Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmat qilayotgan

Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmat qilayotgan

___________________________________________________________________________________

_____________________________________________

_______________________________________________________________________________ ning

_____________________________________________

(maxsus unvoni, F.I.O)

(maxsus unvoni, F.I.O)

farzandi ____________________________________________________________________________

ning farzandi __________________________________

________________________________________________________________________________ ga

_____________________________________________

(F.I.O, pasport (guvohnoma) seriyasi, raqami)

(tavsiyanoma berilgan shaxsning F.I.O., imzosi)

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining 20___-yil “___”_____________dagi ___-son buyrugʻiga asosan berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimidagi oliy (magistratura, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimdan tashqari) taʼlim muassasalariga (dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalariga asosan) kirishda umumiy qabul parametrlari doirasida ajratilgan ikki foizli qabul kvotasi doirasida tanlovda ishtirok etish imtiyozi beriladi.

M.Oʻ.

_____________________________________________

Tavsiyanoma Davlat bojxona qoʻmitasi raisining 20___-yil “___” ____________dagi ___-son buyrugʻiga asosan berildi.

_____________________________________________

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

M.Oʻ.

___________________________________________________________________________________

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

20___-yil “___” __________________

20___-yil “___” __________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T AVSIYANOM A BLANKASINING ShAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

TAVSIYANOMA DBQ 000000

TAVSIYANOMA DBQ 000000

Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlaridagi xizmati davrida xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan

Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlaridagi xizmati davrida xizmat majburiyatini bajarish chogʻida halok boʻlgan, shuningdek, xizmat majburiyatini bajarishda olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan

___________________________________________________________________________________

_______________________________________________________________________________ ning

_____________________________________________

(maxsus unvoni, F.I.O)

_____________________________________________

farzandi ____________________________________________________________________________

(maxsus unvoni, F.I.O)

_______________________________________________________________________________ ga

ning farzandi __________________________________

(F.I.O, pasport (guvohnoma) seriyasi, raqami)

_____________________________________________

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimidagi oliy (magistratura, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimdan tashqari) taʼlim muassasalariga (dastlabki va kasbiy (harbiy-professional) tanlov natijalariga asosan) kirishda tanlovsiz, belgilangan qabul kvotasidan tashqari oʻqishga kirish imtiyozi beriladi.

(tavsiyanoma berilgan shaxsning F.I.O., imzosi)

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining 20___-yil “___” ___________dagi ___-son buyrugʻiga asosan berildi.

M.Oʻ.

_____________________________________________

Tavsiyanoma Davlat bojxona qoʻmitasi raisining 20___-yil “___” ___________dagi ___-son buyrugʻiga asosan berildi.

_____________________________________________

M.Oʻ.

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

___________________________________________________________________________________

(mansabdor shaxsning maxsus unvoni, F.I.O., imzosi)

20___-yil “___” _____________

20___-yil “___” _____________

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/391/0652-son)