Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.08.1999 yildagi 398-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999 — 2005 YILLAR DAVRIDA YIRIK VA ALOHIDA MUHIM SUV XO‘JALIGI OBYEKTLARI XAVFSIZ IShLAShINI VA ULARDAN FOYDALANIShNING IShONChLILIGINI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari xavfsiz ishlashini ta’minlash va ulardan foydalanishning ishonchliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasining 2000 — 2005-yillarda yirik nasos stansiyalari, suv omborlari, kanallar, gidrouzellar, suv tashlagich traktlar va boshqa gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiya qilish, qurish va texnika bilan qayta jihozlash bo‘yicha 1 — 4-ilovalar*ga muvofiq hajmlardagi ishlarni bajarish yuzasidan takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1, 2, 3, 4-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan ilovalarda nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha, ularni belgilangan tartibda 2000 — 2005-yillar investitsiya dasturlariga kiritish uchun, loyiha-smeta hujjatlari bosqichma-bosqich tayyorlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 2000 — 2005-yillar uchun har yilgi investitsiya dasturlarini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Orolbo‘yi” respublika birlashgan direksiyasiga, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklarining “Orolbo‘yi” birlashgan direksiyalariga ilovalarda ko‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mazkur qarorda belgilangan topshiriqlarning bajarilishini va suv xo‘jaligi obyektlarini rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari xavfsiz ishlashini va ulardan foydalanishning ishonchliligini oshirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha respublika komissiyasi 5-ilova*ga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Toshkent suv ombori to‘g‘oni va Yuqori Chirchiq gidrouzeli orqali o‘tuvchi avtomobil yo‘llarini ko‘chirishga doir loyiha-smeta hujjatlarini 2000-yilda ishlab chiqsinlar va 2003-yilgacha ular qurilishini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yilda Janubiy Mirzacho‘l kanali Markaziy tarmog‘ining tez oqadigan uchastkasini rekonstruksiya qilish ishlariga kirishsin, bajarilgan ishlar uchun alohida loyihalar va smetalar bo‘yicha joriy yil uchun kapital qo‘yilmalarning umumiy limitlari hisobiga haq to‘lasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarida materiallar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlarning zarur avariya zaxiralarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yilgacha suv omborlari tubiga cho‘kkan loyqa hajmlarini aniqlasin va natijalar bo‘yicha ularning ish rejimiga tuzatishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlaridan, shuningdek barcha suv omborlaridan foydalanish xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlashni vazirlik orqali markazlashtirilgan tartibda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar (yirik nasos agregatlari hamda yer snaryadlari uchun uzellar, detallar va ehtiyot qismlar) ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida ularni “O‘zbekkimyomash” ochiq aksiyadorlik jamiyati va vazirlik zavodlarida ishlab chiqarishni tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi bir oy muddatda kategoriyali alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarini qo‘riqlashni kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2000-yildan boshlab kategoriyali obyektlarni qo‘riqlashga kelishilgan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida satrda mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasiga yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarini natura kuzatishlarni va texnik holati diagnostikasini amalga oshirish uchun har yili kelishilgan hisob-kitoblarga muvofiq mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat mulki qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita, “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi, “O‘zsuvqurilish” davlat konserni, “O‘zbekinvest” kompaniyasi bilan birgalikda qo‘shni davlatlar hududida joylashgan obyektlar maqomi, harbiylashtirilgan soqchilikning ushbu obyektlarda bo‘lishi, bojxona yig‘imlari va boshqa yig‘imlarni yig‘ish tartibi masalalarini ikki oy muddatda ko‘rib chiqsin va qo‘shni davlatlarning tegishli idoralari bilan belgilangan tartibda hal qilsin, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qo‘shni davlatlar hududidagi alohida muhim obyektlari uzluksiz ishlashini ta’minlashga ko‘maklashish masalasida qo‘shni davlatlarning vakolatli organlari majburiyatlarini aniqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Energetika va elektrlashtirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda yirik nasos stansiyalarining kichik stansiyalari va elektr uzatish liniyalarini tekshirib chiqsin va ular ro‘yxatini tuzsin, ularni bosqichma-bosqich Energetika va elektrlashtirish vazirligi balansiga berish muddatlarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, berilgan asosiy fondlar qiymati Energetika va elektrlashtirish vazirligining ustav fondidagi davlat ulushi ko‘payishi sifatida qaralishi kerak va foyda (daromad)ga soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
398-son