Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2022 02.06.2005 yildagi PQ-92-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005/2006 OʻQUV YILIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA QABUL TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli “Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish, oliy taʼlim muassasalariga iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni tanlab olish, respublikamiz iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalari uchun zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari uchun oliy maʼlumotli pedagog kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish va ularning sifatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2005/2006 oʻquv yilida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavrlar tayyorlash boʻyicha umumiy qabul kvotasi 51175, shu jumladan 19975 davlat grantlari va 31200 toʻlov-kontrakt asosida belgilanib, ular oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq taqsimlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistrlar tayyorlash boʻyicha umumiy qabul kvotasi 6200, shu jumladan 1500 davlat grantlari va 4700 toʻlov-kontrakt asosida belgilanib, ular oliy taʼlim muassasalari va mutaxassisliklar boʻyicha 2-ilovaga* muvofiq taqsimlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi boʻlimlarga oʻrta maxsus maʼlumot va tegishli taʼlim turi boʻyicha kamida uch yil amaliy ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlardan, jumladan bolalar sporti murabbiylaridan bakalavrlar tayyorlash uchun umumiy qabul kvotasi 5065, shu jumladan 1265 davlat grantlari va 3800 toʻlov-kontrakt asosida belgilanib, ular oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 3-ilovaga* muvofiq taqsimlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Davlat test markazi bilan birgalikda bir hafta muddatda oʻzlariga qarashli oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosidagi bakalavriat va magistratura boʻyicha qabul kvotasini taʼlim tillari boʻyicha taqsimlash toʻgʻrisidagi takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2005/2006 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida umumiy qabul kvotasi 60 kishidan iborat ikki yillik maxsus Oliy jurnalistika kurslarini ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy jurnalistika kurslariga boshqa yoʻnalishlar boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlgan va jurnalistika sohasida oʻz ijodiy qobiliyatini koʻrsatgan mutaxassislar tanlov asosida qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy jurnalistika kurslarida oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy jurnalistika kurslari bitiruvchilariga oʻqish yakunida “jurnalistika” mutaxassisligi boʻyicha magistr darajasi va belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2005/2006 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining yangilangan tarkibi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat komissiyasiga (R.S. Qosimov), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga qabul qilish test sinovlari natijalaridan kelib chiqqan holda, belgilangan umumiy qabul kvotalari doirasida, qabul koʻrsatkichlariga zarur oʻzgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005/2006 oʻquv yilidan boshlab barcha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida uch yil ishlab berish sharti bilan taʼlim muassasalariga, korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlash amaliyotini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2005/2006 oʻquv yilida davlat grantlari asosida bakalavriat va magistraturaga hamda maxsus sirtqi boʻlimlarga belgilangan qabul kvotasini hisobga olgan holda budjetdan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 4-noyabrdagi 519-son qaroriga 9-ilova;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Jurnalist kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 26-fevraldagi 88-son qarori 2-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 2-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-92-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 22-son, 158-modda)