21.06.2022 yildagi 341-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarorining 5-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili 500 nafargacha nogironligi bo‘lgan yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qish, yashash va transport xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdorlari va ularni hisoblash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya olish uchun topshiriladigan hujjatlar, ularni taqdim etish va ko‘rib chiqish qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarga qo‘yiladigan talablar va subsidiya ajratish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiyani tayinlash va to‘lash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya olish uchun topshiriladigan hujjatlar, ularni taqdim etish va ko‘rib chiqish qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarga qo‘yiladigan talablar va subsidiya ajratish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiyani tayinlash va to‘lash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir talabgorga ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan (o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun yoki asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun) subsidiyaning faqat bir turi bir marta ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya olish uchun arizalar joriy yil uchun — 2022-yil 1-avgustdan, 2023-yildan boshlab har yili — 10-yanvardan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda elektron davlat xizmatini joriy qilish bo‘yicha texnik hujjatni ishlab chiqsin hamda kelishish va tasdiqlash uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya olish uchun arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali yuborish bo‘yicha elektron davlat xizmatini ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralarning, shu jumladan, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining YIDXPga ulanishini hamda ularning axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2022-yil 1-avgustga qadar o‘z mablag‘lari hisobidan xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilarning elektron reyestri axborot tizimi negizida “Yoshlar xizmatlari reyestri” axborot tizimini yaratish hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini YIDXP bilan o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi elektron bazalarni integratsiya qilish ta’minlanguniga qadar kasb-hunar, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish uchun litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlari bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlari reyestrini shakllantirsin va uni o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qilish hamda doimiy ravishda yangilab borish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi nogironligi bo‘lgan yoshlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan doimiy ravishda ushbu yoshlar uchun mamlakatimizdagi madaniy meros obyektlariga sayohatlar tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 21-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — ushbu Reglamentga muvofiq subsidiya ajratishni so‘rab murojaat qilgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) nogironligi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili);
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunarga o‘rgatish — nogironligi bo‘lgan yoshlarni tegishli yo‘nalish bo‘yicha zarur bilim, malaka va kasbiy ko‘nikmaga ega bo‘lishi uchun o‘quv dasturlari asosida kasbiy faoliyatga yo‘naltirishga qaratilgan o‘qitish shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat ta’lim tashkiloti — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan, nogironligi bo‘lgan yoshlarga kasb-hunar o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish faoliyatini amalga oshiruvchi nodavlat ta’lim tashkiloti;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma — kasb-hunarga o‘rgatish, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish to‘g‘risida nodavlat ta’lim tashkiloti va ariza beruvchi o‘rtasida tuziladigan bitim. Bunda shartnomada o‘quv kursi muddati va kurs uchun har oylik va umumiy to‘lov miqdori, kursning jami davomiylik muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qish xarajati uchun subsidiya — nogironligi bo‘lgan yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti hamda ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish uchun ajratiladigan subsidiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash va transport xarajati uchun subsidiya — nogironligi bo‘lgan yoshlarga ularning nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar o‘rganishi, ularda kasbiy ko‘nikmalarning shakllantirilishi, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rganishi davrida yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun ajratiladigan subsidiya.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Reglamentga muvofiq Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan har bir yoshga uning talabiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘qish xarajatlari uchun har oyda ajratiladigan subsidiya miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunarga o‘rgatish, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti uchun BHMning besh baravaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim fanlari uchun BHMning uch baravaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillarni o‘rgatish uchun BHMning uch baravaridan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchiga faqat bir turdagi o‘quv kursida 12 oydan oshmagan muddatda o‘qish uchun subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdori, shu jumladan yo‘l hujjatlari mavjud bo‘lmaganda, har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,2 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kilometr miqdori 500 metr va undan ortiq bo‘lgan hollarda — ko‘p tomonga, kilometr miqdori 500 metrdan kam bo‘lgan hollarda — kam tomonga yaxlitlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashash xarajatlari uchun ajratiladigan subsidiya miqdori bir sutkada ijarada yashash uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizidan oshmasligi lozim.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Reglament qoidalari Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qarorida belgilangan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Subsidiya har yili arizalar topshirish ketma-ketligi bo‘yicha ushbu Qaror talablariga to‘liq mos kelgan 500 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilda 500 nafar talabgorga subsidiya ajratilgandan so‘ng subsidiya berish uchun ariza qabul qilish to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi bo‘yicha subsidiya ajratilgan talabgorlardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun ro‘yxatga qo‘yilmaydi hamda subsidiya olish uchun kelgusi yilda yangidan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan subsidiyalar soni haqidagi ma’lumotlar Agentlik tomonidan yoshlarportali.uz elektron platformasiga doimiy ravishda kiritib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddam hududiy yoki tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlari uchun subsidiya ajratilgan ariza beruvchilarga ushbu Reglamentga muvofiq o‘qish, yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya ajratilmaydi, oliy ta’lim tashkilotidagi o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt summasi to‘lab berilgan talabalar bundan mustasno.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat xizmatlari markazlari va Agentlik o‘rtasidagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiya ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘qish xarajati uchun subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan o‘qish xarajati uchun subsidiya tayinlangan ariza beruvchilarga yashash va transport xarajati uchun subsidiya mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq sxema asosida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bir nafar ariza beruvchiga ajratiladigan ushbu subsidiyaning miqdori o‘qitish xarajati uchun ajratiladigan subsidiyaning jami miqdorini qo‘shgan holda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda — esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 4 va 4a-ilovalarga muvofiq so‘rovnomalarni elektron tarzda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ariza o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR)va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport xarajatlarini qoplash so‘ralganda — yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash xarajatlarini qoplash so‘ralganda — ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda). Bunda ijara shartnomasida ko‘rsatilgan uy manzili nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan tuman (shahar) hududida joylashgan bo‘lishi kerak (Toshkent shahri hududi bundan mustasno).
(9-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim qilishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nogironligi bo‘lgan yoshlarning nogironligini tasdiqlovchi hujjatlar Agentlik tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimlari orqali elektron shaklda olinadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. So‘rovnoma ERI yoki tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi to‘ldirilib tasdiqlangandan so‘ng o‘n daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda Agentlikka elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza Agentlik tomonidan o‘n besh ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda, ariza beruvchi subsidiya ajratishning keyingi bosqichiga o‘tadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) o‘qish xarajatlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza bilan ushbu Reglamentning 9-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlar ro‘yxatida, shuningdek, narkologiya dispanseri hisobida turmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchida nogironlik mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi o‘qish istagida bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotida tegishli yo‘nalish bo‘yicha o‘qitish vakolati mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning bir oylik to‘lov miqdori va o‘qish davomiyligi ushbu Reglamentning 3-bandida belgilangan summalardan va muddatdan oshmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi muqaddam ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan subsidiyalardan birini olmagan bo‘lsa;
(16-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yashash va transport xarajatlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza bilan ushbu Reglamentning 9-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchiga Agentlik tomonidan o‘qish xarajatlari uchun subsidiya ajratish haqida SMS-xabarnoma yuborilgan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qish, yashash va transport xarajatlari uchun so‘ralgan subsidiyaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmasa;
(16-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi muqaddam ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan subsidiyalardan birini olmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi ushbu bandda belgilangan talablarga mos kelmaganda Agentlik tomonidan unga tegishli kamchiliklar ko‘rsatilgan holda SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilgan holda ushbu Reglamentda belgilangan tartibda subsidiya ajratishni so‘rab qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ariza beruvchi ushbu Reglamentning 16-bandida ko‘rsatilgan talablarga mos kelganda Agentlik uch ish kunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchiga subsidiya ajratish haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchining nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qishini (ijara shartnomasida ko‘rsatilgan manzilda yashashi, o‘qish joyiga tegishli transportda qatnashini) joyiga chiqqan holda monitoring qilish vazifasini yuklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya olishga hujjat topshirgan ariza beruvchiga yuborilgan SMS-xabarnoma uni nodavlat ta’lim tashkilotiga o‘qishga qabul qilish va o‘qishni boshlashi uchun kafolat hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza beruvchi ushbu SMS-xabarnomani olgan paytdan boshlab 90 kun ichida o‘qitish haqidagi shartnomani tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga taqdim etmasa va ushbu muddat ichida o‘qishni boshlamasa, unga subsidiya ajratish rad etiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Monitoring natijasida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan besh ish kunida ariza beruvchiga subsidiya ajratish haqida tavsiya yoki ajratishni rad etish haqida xabarnoma tayyorlanadi hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga elektron shaklda yuboriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nodavlat ta’lim tashkiloti ariza beruvchini o‘qitish bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatilganligi to‘g‘risida har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-kuniga qadar hisob-fakturani o‘zi joylashgan hududdagi tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga elektron shaklda yuboradi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi ikki ish kunida yoshlar yetakchisining tavsiyasi va nodavlat ta’lim tashkilotining hisob-fakturasini ilova qilgan holda ariza beruvchiga tegishli subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida Agentlikka so‘rov yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan ariza beruvchiga subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma berilgan bo‘lsa, tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi bu haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi va ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchiga subsidiya ajratishni rad etish haqida asossiz ravishda xabarnoma bersa, ariza beruvchi nodavlat ta’lim tashkilotida ta’lim olgan (yashash va (yoki) transport xarajati uchun subsidiya ajratishni so‘rab murojaat qilgan ariza beruvchi yashash va (yoki) transport uchun xarajat qilgan) bo‘lsa, tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi uning murojaatini qanoatlantirish to‘g‘risida tavsiya berish huquqiga ega bo‘ladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. So‘rov asosida Agentlik ariza beruvchiga subsidiyani to‘lash yoki to‘lashni rad etish to‘g‘risida besh ish kunida qaror qabul qiladi, bu haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi hamda ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiyani to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilinganda Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qish xarajatlari uchun subsidiyani tuman (shahar) bo‘limi hisobvarag‘iga, tuman (shahar) bo‘limi esa — nodavlat ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash va transport xarajatlari uchun subsidiyani tuman (shahar) bo‘limi hisobvarag‘iga, tuman (shahar) bo‘limi esa ariza beruvchining bank kartasiga o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Reglamentda belgilangan davlat xizmatini ko‘rsatishda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlar o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida ariza beruvchilar haqida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy monitoring qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ariza beruvchi ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘qish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladigan xorijiy tillar va umumta’lim fanlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xorijiy tillar

1.

Ingliz tili

2.

Nemis tili

3.

Fransuz tili

4.

Ispan tili

5.

Italyan tili

6.

Turk tili

7.

Koreys tili

8.

Yapon tili

9.

Xitoy tili

10.

Arab tili

11.

Fors tili

12.

Hind tili

13.

Pushtu tili

14.

Dariy tili

Umumta’lim fanlari

1.

Ona tili va adabiyot

(o‘zbek tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti)

2.

Rus tili va adabiyoti

3.

Tarix

4.

Kimyo

5.

Biologiya

6.

Geografiya

7.

Matematika

8.

Fizika

9.

Informatika

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish xarajatini qoplash uchun subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddati

1-bosqich

Nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro

Nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarni o‘rganish, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rganish xarajati uchun subsidiya ajratishni so‘rab tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tib murojaat qoldiradi.

O‘qishni boshlashdan oldin

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.

1. 10 daqiqa ichida

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

Taqdim etilgan hujjatlar va ulardagi ma’lumotlar to‘liq va asosli ekanligi tasdiqlanganda ariza beruvchiga subsidiya ajratilishi haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi, bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi hamda nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisining zimmasiga ariza beruvchining nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qishini monitoring qilish vazifasini yuklaydi.

Taqdim etilgan hujjatlar yoki ulardagi ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaganda, bu haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi va ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etilganligi haqida SMS-xabarnoma yuboradi.

Hujjatlar kelib tushganidan so‘ng 15 ish kunida

Nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limining so‘rov xatiga (ariza beruvchi va nodavlat ta’lim tashkiloti va tuman (shahar) yoshlari ishlari bo‘limi o‘rtasida tuzilgan ariza beruvchini o‘qitish to‘g‘risidagi shartnoma ilova qilingan) asosan o‘qitishning to‘liq davri uchun subsidiya mablag‘larini tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limining hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

Ariza beruvchiga subsidiya ajratilishi tasdiqlan gandan so‘ng 5 ish kunida

4-bosqich

Tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi

Har oylik o‘qitish xizmati ko‘rsatilgandan so‘ng nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ariza beruvchiga o‘qitish xizmati ko‘rsatilganligi to‘g‘risida hisob-faktura hamda mahalladagi yoshlar yetakchisining ariza beruvchining o‘qishini monitoring qilish natijalari bo‘yicha ijobiy tavsiyasiga asosan subsidiyani nodavlat ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkazib boradi.

Hisob-faktura va ijobiy xulosa kelib tushgandan so‘ng 3 ish kunida

Ariza beruvchi o‘qishni davom ettirmagan hollarda (o‘qish oraligida davolanish uchun vaqtincha o‘qishga bormagan hollar bundan mustasno) ushbu ariza beruvchining o‘qish xarajati uchun ajratilgan subsidiya mablag‘larini Agentlik markaziy apparatining tegishli g‘azna hisobvarag‘iga qaytaradi.

Ariza beruvchi o‘qishni davom ettirmasligi aniqlangan paytdan boshlab 10 ish kunida

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qish davrida yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro

Nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qish davrida yashash va transport xarajati uchun subsidiya ajratishni so‘rab Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (YIDXP) Yoshlar ishlari agentligiga bevosita ariza yuboradi.

O‘qishni boshlagandan so‘ng har oy yakuni bo‘yicha

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

So‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.

1. 10 daqiqa ichida

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

1. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar asosli ekanligi tasdiqlanganda, ariza beruvchiga subsidiya ajratilishi haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi va unga SMS-xabarnoma yuboradi.

2. Nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi mahallaning yoshlar yetakchisi zimmasiga ariza beruvchining tegishli joyda ijarada yashashi va transport qatnovini monitoring qilish vazifasini yuklaydi.

Hujjatlar kelib tushgandan so‘ng uch ish kunida

3. Ariza beruvchiga o‘qitish xarajatlari uchun subsidiya ajratilishi tasdiqlanganda nodavlat ta’lim tashkiloti joylashgan hududdagi tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limining so‘rov xatiga yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya mablag‘larini to‘liq miqdorda tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limining hisobraqamiga o‘tkazadi.

4-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining ijara shartnomasida ko‘rsatilgan manzilda yashashi, o‘qish joyiga tegishli transportda qatNashini joyiga chiqqan holda o‘rganadi.

Har oylik o‘qish davri yakunida ariza beruvchiga subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish haqida tavsiya tayyorlaydi hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga elektron shaklda yuboradi.

Besh ish kunida

5-bosqich

Tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi

Mahalladagi yoshlar yetakchisining subsidiya ajratish haqidagi tavsiyasiga asosan subsidiya to‘lovi mablag‘larini ariza beruvchining bank kartasiga o‘tkazib boradi.

Har oylik o‘qish davri yakunida

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘qish xarajati uchun subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ariza t/r

Qabul qilish sanasi

Qabul qilgan shaxs

-

-

-

I. Ariza beruvchi (jismoniy shaxs) haqida ma’lumot:

1.1. F.I.O.:

-

1.2. Tug‘ilgan sanasi:

kun/oy/yil

1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

-

1.4. Telefon raqami:

-

1.5. Yashash joyi:

Tuman (shahar), viloyat, respublika

1.6. Ta’limni tashkil etuvchi nodavlat ta’lim tashkiloti STIR:

(ma’lumot kiritiladi)

1.7. O‘quv kursining turi:

-

1.8. O‘quv kursining umumiy muddati:

-

1.9. O‘quv kursining bir oylik to‘lov miqdori:

(ma’lumot kiritiladi)

II. Nogironligi bo‘lgan o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs va uning qonuniy vakili haqidagi ma’lumot:

2.1. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning F.I.O.:

-

2.2. Tug‘ilgan sanasi:

kun/oy/yil

2.3. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma raqami:

-

2.4. Bolaning qonuniy vakili F.I.O.:

-

2.5. Shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

-

2.6. Nogironligi bo‘lgan bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat:

(ilova qilinadi)

2.7. Telefon raqami:

-

2.8. Yashash joyi:

Tuman (shahar), viloyat, respublika

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamentiga
4a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘qish davrida yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ariza t/r

Qabul qilish sanasi

Qabul qilgan shaxs

-

-

-

I. Ariza beruvchi (jismoniy shaxs) haqida ma’lumot:

1.1. F.I.O.:

-

1.2. Tug‘ilgan sanasi:

kun/oy/yil

1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

-

1.4. Telefon raqami:

-

1.5. Yashash joyi:

Tuman (shahar), viloyat, respublika

1.6. Ariza beruvchi ta’lim olayotgan nodavlat ta’lim tashkiloti STIR

-

1.7. O‘quv kursi turi

-

1.8. Yo‘l xarajatlari to‘lovlarini tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa)

(ilova qilinadi)

1.9. Yo‘l xarajatlari miqdori

(ma’lumot kiritiladi)

1.10. Ijara shartnomasi nusxasi

(ilova qilinadi)

1.11. Ijara shartnomasining soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqida bildirishnoma nusxasi

(ilova qilinadi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, maxsus sertifikat olgan hamda tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan nogironligi bo‘lgan yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — ushbu Reglamentga muvofiq subsidiya ajratishni so‘rab murojaat qilgan o‘n olti yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan nogironligi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya — kamida bir oy davomida kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, maxsus sertifikat yoki diplom olgan hamda tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini (motokultivatorlar, o‘t o‘rish o‘roq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, o‘simliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik, qurilish uskunalari, kompyuter jamlanmasi va boshqalar) xarid qilish uchun ajratiladigan subsidiya.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Reglamentga muvofiq Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan har bir yoshga uning talabiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Subsidiya har yili arizalar topshirish ketma-ketligi bo‘yicha ushbu Qaror talablariga to‘liq mos kelgan 500 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsga ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilda 500 nafar talabgorga subsidiya ajratilgandan so‘ng subsidiya berish uchun ariza qabul qilish to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subsidiya ajratilgunga qadar, biroq ketma-ketligi bo‘yicha subsidiya ajratilgan talabgorlardan keyin ariza topshirgan shaxslar keyingi yil uchun ro‘yxatga qo‘yilmaydi hamda subsidiya olish uchun kelgusi yilda yangidan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan subsidiyalar soni haqidagi ma’lumotlar Agentlik tomonidan yoshlarportali.uz elektron platformasiga doimiy ravishda kiritib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddam hududiy yoki tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratilgan ariza beruvchilarga ushbu reglamentga muvofiq asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratilmaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat xizmatlari markazlari va Agentlik o‘rtasidagi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiya ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bir nafar ariza beruvchiga ajratiladigan subsidiyaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi subsidiya olish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday murojaat ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan boshlab bir yuz sakson kun davomida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligini tasdiqlovchi maxsus sertifikat (“pdf” yoki “jpg” formatda).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda o‘qish davri bir oydan kam bo‘lmasligi, shuningdek, maxsus sertifikat uni bergan tashkilot tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim qilishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nogironligi bo‘lgan yoshlarning nogironligini tasdiqlovchi hujjatlar Agentlik tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimlari orqali elektron shaklda olinadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan so‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. So‘rovnoma ERI yoki tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya va boshqalar) bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi to‘ldirilib tasdiqlangandan so‘ng o‘n daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda Agentlikka elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmatini ko‘rsatish bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza Agentlik tomonidan o‘n besh ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda, ariza beruvchi subsidiya ajratishning keyingi bosqichiga o‘tadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza bilan ushbu Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlar ro‘yxatida, shuningdek, narkologiya dispanseri hisobida turmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchida nogironlik mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, maxsus sertifikat olgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganiga bir yuz sakson kundan oshmagan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus sertifikatni tasdiqlovchi hujjatda qayd etilgan mutaxassislik hamda tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan faoliyat turi bilan murojaatda so‘ralgan asbob-uskunalar va mehnat qurollari mos bo‘lsa;
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi muqaddam ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan subsidiyalardan birini olmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi ushbu bandda belgilangan talablarga mos kelmaganda, Agentlik tomonidan unga tegishli kamchiliklar ko‘rsatilgan holda SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilgan holda ushbu Reglamentda belgilangan tartibda subsidiya ajratishni so‘rab qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ariza beruvchi ushbu Reglamentning 15-bandida ko‘rsatilgan talablarga mos kelganda Agentlik ikki ish kunida murojaatdagi ma’lumotlarning to‘liq va asosli ekanligini tekshirish uchun ariza beruvchining yashash joyidagi mahalladagi yoshlar yetakchisiga yo‘naltiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan besh ish kunida ariza beruvchining murojaati ushbu Reglamentning 15-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi yana bir marta o‘rganilib, unga subsidiya ajratish haqida tavsiya yoki ajratishni rad etish haqida xabarnoma tayyorlanadi hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchiga subsidiya ajratishni rad etish haqida asossiz ravishda xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lsa, tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi uning murojaatini qanoatlantirish to‘g‘risida tavsiya berish huquqiga ega bo‘ladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. So‘rov asosida Agentlik ariza beruvchiga subsidiyani to‘lashi yoki uni rad etish to‘g‘risida uch ish kunida qaror qabul qiladi, subsidiyani to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilinganda Agentlik asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiyani tuman (shahar) bo‘limi hisobvarag‘iga o‘tkazadi va bu haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi hamda ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi kelib tushgan subsidiyani besh ish kunida ariza beruvchining murojaatida ko‘rsatilgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurolini xarid qilish uchun savdo tashkilotning hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo tashkilotidan asbob-uskunalar yoki mehnat qurolini ariza beruvchi mahalladagi yoshlar yetakchisi ishtirokida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda dalolatnoma mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan tuzilib, unda ariza beruvchiga taqdim etilayotgan asbob-uskuna yoki mehnat qurolining nomi, turi, markasi, kafolat muddati, xarid qilingan narxi va vaqti ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchi, xaridor va mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan imzolangan dalolatnoma Agentlikka topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Reglamentda belgilangan davlat xizmatini ko‘rsatishda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlar o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy monitoring qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ariza beruvchi ushbu Reglament talablari ijrosiga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro

Asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishni so‘rab davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Yoshlar ishlari agentligiga bevosita ariza yuboradi.

Tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgandan boshlab bir yuz sakson kun davomida

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

2. YIDXP

Ariza beruvchi nomidan so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.

1. 10 daqiqa ichida

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar asosli ekanligi tasdiqlanganda, murojaatni ariza beruvchining yashash joyidagi mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboradi.

Hujjatlar kelib tushgandan so‘ng ikki ish kunida

4-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining murojaatidagi ma’lumotlar to‘g‘riligini o‘rganib, unga subsidiya ajratish haqida tavsiya yoki ajratishni rad etish haqida xabarnoma tayyorlaydi hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga elektron shaklda yuboradi.

Murojaat kelib tushgandan so‘ng besh ish kunida

5-bosqich

Tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi

Agentlikning tuman (shahar) bo‘limi yoshlar yetakchisining tavsiyasini ilova qilgan holda ariza beruvchiga tegishli subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida Agentlikka so‘rov yuboradi.

Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchiga subsidiya ajratishni rad etish haqida asossiz ravishda xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lsa, tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi uning murojaatini qanoatlantirish to‘g‘risida tavsiya berish huquqiga ega bo‘ladi.

Murojaat kelib tushgandan so‘ng ikki ish kunida

6-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

1. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan ariza beruvchiga subsidiyani to‘lash yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

2. Asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiyani tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi, bu haqida elektron tizimga ma’lumot kiritadi hamda ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboradi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi kelib tushgandan so‘ng uch ish kunida

7-bosqich

Tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limi

Subsidiyani asbob-uskunalar yoki mehnat qurolini xarid qilish uchun realizatsiya qiluvchi tashkilotning hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

Subsidiya kelib tushgandan so‘ng besh ish kunida

8-bosqich

Ariza beruvchi

Realizatsiya qilingan tashkilotdan asbob-uskuna yoki mehnat qurolini mahalladagi yoshlar yetakchisi ishtirokida qabul qiladi.

Subsidiya kelib tushgandan so‘ng

9-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

1. Asbob-uskuna yoki mehnat qurolini qabul qilish va topshirish bo‘yicha dalolatnomani tuzadi.

2. Dalolatnomani Yoshlar ishlari agentligiga topshiradi.

Subsidiya realizatsiya qiluvchi tashkilotga o‘tkazilgandan so‘ng

(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ariza t/r

Qabul qilish sanasi

Qabul qilgan shaxs

-

-

-

I. Ariza beruvchi (jismoniy shaxs) haqida ma’lumot:

1.1. F.I.O.:

-

1.2. Tug‘ilgan sanasi:

kun/oy/yil

1.3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

-

1.4. Telefon raqami:

-

1.5. Yashash joyi:

Tuman (shahar), viloyat, respublika

1.6. Ariza beruvchiga maxsus sertifikat bergan ta’lim tashkiloti STIR:

-

1.7. Ariza beruvchi tugatgan o‘quv kursi nomi:

-

1.8. Ariza beruvchi xarid qilmoqchi bo‘lgan asbob-uskunalar yoki mehnat quroli nomi:

-

1.9. Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligini tasdiqlovchi maxsus sertifikat nusxasi:

(ilova qilinadi)

II. Nogironligi bo‘lgan o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs va uning qonuniy vakili haqidagi ma’lumot:

2.1. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning F.I.O.:

-

2.2. Tug‘ilgan sanasi:

kun/oy/yil

2.3. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma raqami:

-

2.4. Bolaning qonuniy vakili F.I.O.:

-

2.5. Shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

-

2.6. Nogironligi bo‘lgan bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat:

(ilova qilinadi)

2.7. Telefon raqami:

-

2.8. Yashash joyi:

Tuman (shahar), viloyat, respublika

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 09/22/341/0545-son; 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)