1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.03.00 Pasport-viza tizimi. Doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.04.00 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekistondan chiqishi va kirishi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati ko‘rsatish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishga doir davlat xizmati ko‘rsatish tartibini yanada soddalashtirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6269-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatlari (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) 2022-yil 1-yanvardan boshlab ichki ishlar organlari, Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ko‘rsatilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yig‘imlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatdagi konsullik muassasasida konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirishga oid davlat xizmatlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 49-son qarori bilan tasdiqlangan Konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi to‘g‘risida nizomga asosan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.01.00 Axborotlashtirishni boshqarish organlari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.04.00 Personallashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun Davlat personallashtirish markazi bir oy muddatda biometrik pasportni rasmiylashtirish va berish tizimini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali quyidagi axborot tizimlariga integratsiya qilinishini ta’minlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Adliya vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga — nikoh va oila a’zolari, vafot etganlik, yolg‘iz ona yoki yolg‘iz ota haqidagi ma’lumotlarni olish uchun;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.04.00 Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Notarius” axborot tizimiga — vasiylar va ota-onalarning roziligini, hamrohlik qiluvchi shaxsning majburiyatini tekshirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.14.00 Shartli hukm qilingan shaxslar ustidan nazorat. Ma’muriy nazorat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tezkor ma’lumotlar” axborot tizimiga — sudlanganlik, ma’muriy nazoratda turganlik, shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo va shartli hukm qo‘llanilganlik, shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganlik holatlarini tekshirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Manzil” axborot tizimiga — ota-onadan birining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganligini tekshirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimiga — oxirgi besh yilda ishlagan joyi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.02.00 Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (shuningdek, 07.07.02.02 ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga — ushbu axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar toifasiga aniqlik kiritish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda “TIEK” axborot tizimiga — 1 va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar toifasiga aniqlik kiritish uchun.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.04.00 Personallashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-avgustga qadar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.06.00.00 Davlat xizmati (shuningdek, 05.10.05.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatining ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda YIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilishini amaliyotga to‘liq joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini to‘lash tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat boji summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron tarzda to‘lanishi imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2023-yil 1-yanvarga qadar Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar kiritilsin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang);
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.04.00 Personallashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Moliya vazirligi bilan birgalikda — Markazning hamda biometrik pasport tizimi ishtirokchilarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini qo‘llagan holda, xorijga chiqish biometrik pasportining biografik va biometrik ma’lumotlari kiritilgan ikkinchi betini polikarbonat varag‘i asosida personallashtirishni yo‘lga qo‘yishni, zaruratga ko‘ra, respublikaning ayrim ma’muriy-hududiy birliklarida xorijga chiqish biometrik pasportlarini chop etishga ixtisoslashgan filiallar tashkil etishni;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda — “Jinoyatlarni va ularni sodir etgan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona axborot tizimi”ning dasturiy ta’minotini to‘liq modernizatsiya va integratsiya qilish orqali so‘rovlarga javobni avtomatik tarzda olish imkoniyatini yaratishni, tuman va shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo‘linmalarning “Xorijga chiqish biometrik pasporti” tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy-texnika bazasini takomillashtirishni;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Moliya vazirligi bilan birgalikda — xorijga chiqish biometrik pasportlari belgilangan muddatda yetkazib berilishini ta’minlash uchun Davlat feldyegerlik xizmatining moddiy-texnika bazasini takomillashtirishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Adliya vazirligi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha, jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.03.00 Ma’muriy jazolar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi buzilgan hollarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomgailovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 16-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-282-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi PQ-282-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ma’lumotlarni yig‘ish punkti — xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning biografik ma’lumotlarini va biometrik parametrlarini jamlash, ushbu ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga (keyingi o‘rinlarda — DPM) yuborish hamda fuqarolarga yangi rasmiylashtirilgan biometrik parametrli pasportlarni berish vazifalarini bajaruvchi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari hamda tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xizmatdan foydalanuvchi — xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va olish uchun murojaat etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxati bekor qilinib, xorijga doimiy yashashga chiqib ketgan va doimiy konsullik ro‘yxatida turadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bundan mustasno)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 4-band quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirishga oid davlat xizmatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga asosan amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41. Fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari xorijga chiqish biometrik pasporti bilan hujjatlashtirilmagan, konsullik ro‘yxatiga olingan fuqarolar xorijda bo‘lganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzand xorijda tug‘ilganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotlar yoki vizalar uchun mo‘ljallangan betlar ishlatilib bo‘linganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga chiqish biometrik pasporti blankasi yaroqsiz holga kelganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qotib qo‘yilganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud ajrimi bilan xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi to‘xtatib turilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasportini muddatidan oldin almashtirish bo‘yicha murojaat etilganda”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Amal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz holatga kelgan, ammo ichiga qo‘yilgan xorijiy davlatlarga kirish vizalarining amal qilish muddati tugamagan xorijga chiqish biometrik pasportlari qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, xizmatdan foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimi tomonidan ushbu pasportga bekor qilinganligini ifodalovchi maxsus belgi qo‘yilgan holda, yangi xorijga chiqish biometrik pasporti bilan birga eski xorijga chiqish biometrik pasporti ham qaytarib beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2-bob. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xizmatdan foydalanuvchilarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxemaga asosan ma’lumotlarni yig‘ish punktida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmati faqat migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro doimiy yashash uchun chet elga chiqib ketayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga muvofiq, xorijga chiqish biometrik pasportlari vazirliklar va idoralarning yozma iltimosnomalari asosida rasmiylashtirilishi shart bo‘lgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi sud ajrimi bilan to‘xtatib turilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xizmatdan foydalanuvchilar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan manzilidan qat’i nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga o‘zi kelib yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)dan ro‘yxatdan o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Keksa, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yoki nogironligi bo‘lgan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishga oid xizmatlar tegishli murojaatga asosan, bevosita doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xizmatdan foydalanuvchilar xorijga chiqish biometrik pasportini olish yuzasidan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimlari tomonidan fuqaro nomidan elektron tarzda, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa mustaqil ravishda ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 16 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun so‘rovnoma ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish yuzasidan so‘rovnomani YIDXP orqali elektron tarzda yuborganda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi, ushbu Nizomning 22-bandi beshinchi va yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatdan foydalanuvchi so‘rovnomani YIDXP orqali yuborish chog‘ida o‘ziga qulay bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish punktini (xizmatdan foydalanuvchining yuzini raqamli formatda rasmga olish va qo‘l barmoqlarining elektron izlarini to‘plash ishlarini amalga oshirish uchun) tanlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatdan foydalanuvchi so‘rovnoma YIDXP orqali yuborilgan kundan boshlab, bir oy muddat ichida ma’lumotlarni yig‘ish punktiga tashrif buyurmagan taqdirda, ushbu so‘rovnoma ko‘rib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha so‘rovnoma ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimi tomonidan to‘ldirilgach, undagi ma’lumotlarning to‘g‘ri ekanligi xizmatdan foydalanuvchi tomonidan elektron raqamli imzo, u bo‘lmaganda esa, imzoni identifikatsiya qilishning boshqa zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat xizmatini ko‘rsatishda so‘rovnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardan (biometrik pasport yoki ID-karta) boshqa hujjatlar talab etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasportini muddatidan avval almashtirish bo‘yicha murojaat etgan taqdirda — ilgari berilgan xorijga chiqish biometrik pasportining asl nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan hollarda — vakolatli organning qarori nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi sud ajrimi bilan to‘xtatib turilganida — protsessual majburlov chorasi bekor qilinganligi haqida vakolatli organning qarori nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan shaxslar uchun-ota-onalari yoki vasiylar (homiylar)ning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi, ota-onalarning har ikkisi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga bevosita murojaat qilgan hollar bundan mustasno. So‘rovnoma YIDXP orqali yuborilganda, ota-onalar yoki vasiylar (homiylar)ning notarial tasdiqlangan roziligi talab etilmaydi. Bunda, ota-onalar yoki vasiylar (homiylar)ning roziligi faqat elektron raqamli imzoni qo‘llash orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan shaxslar uchun — fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati (hamrohlik qiluvchi shaxs voyaga yetmaganning otasi va (yoki) onasi yoxud vasiy yoki homiysi bo‘lgan hollar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning voyaga yetmagan shaxsning mustaqil ravishda xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda, xorijga kuzatuvchisiz chiqishi mumkin. Ota-onalar, vasiylar (homiylar)ning voyaga yetmagan shaxsning mustaqil ravishda xorijga chiqishiga roziligi, ular bevosita ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yoki YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda, notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi. So‘rovnoma YIDXP orqali yuborilganda ota-onalar yoki vasiylar (homiylar)ning roziligi faqat elektron raqamli imzoni qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. O‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan elektron tizim orqali tegishli mudofaa organlari real vaqt rejimida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. So‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi axborot tizimlari yordamida avtomatik ravishda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Avtomatlashtirilgan tizim orqali so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi tasdiqlangach, ma’lumotlarni yig‘ish punkti mas’ul xodimi xizmatdan foydalanuvchiga qonunchilikda belgilangan davlat bojini to‘lash bo‘yicha invoys taqdim etadi. YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa, to‘lov invoysi avtomatik tarzda xizmatdan foydalanuvchining shaxsiy sahifasiga kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xizmatdan foydalanuvchi tomonidan davlat xizmati uchun to‘lovlar invoys raqami kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 oy muddat ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lov belgilangan muddatda amalga oshirilmagan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda davlat boji summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilganda, davlat boji summasining 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boji to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari, shu jumladan Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Fuqarolar “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasporti berilganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarga (bitimlarga) binoan ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar va ekspertlar sifatida chaqirilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan shaxs ilm-fan, ta’lim, sport yoki madaniyat sohalaridan biridagi xalqaro tadbirda yoki musobaqada ishtirok etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan shaxsga, shuningdek, unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biometrik pasport O‘zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yonishi, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar tomonidan yo‘qotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu holatlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar (yaqin qarindoshi ekanligini tasdiqlovchi hujjat, yaqin qarindoshi xorijiy davlatda dafn etilganligini tasdiqlovchi vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat, xorijiy davlatlar sudining tegishli hujjati, Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan yo‘llanma, fuqaroning xalqaro tadbir yoki musobaqaga yuborilayotganligi to‘g‘risida mas’ul vakolatli davlat organining ma’lumotnomasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan, gerbli muhr bilan tasdiqlangan yong‘in sodir bo‘lganligi haqidagi dalolatnoma va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar) so‘rovnomaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xorijga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlar uchun davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xizmatdan foydalanuvchi Markazga o‘zi kelib murojaat qilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foizi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — Davlat budjetiga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foizi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — YIDXP orqali shakllantirilgan so‘rovnoma bo‘yicha xizmatdan foydalanuvchi tanlagan ma’lumotlarni yig‘ish punkti turidan kelib chiqib, tegishlicha Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga yoki Ichki ishlar vazirligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — Davlat budjetiga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari orqali murojaat qilinganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40 foizi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. To‘lov muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng, xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo‘yicha shakllantirilgan so‘rovnoma quyidagi harakatlarni amalga oshirish uchun axborot tizimi orqali Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati organlari va DPMga yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlariga — sudlanganlik, ma’muriy nazoratda turganlik, shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo va shartli hukm qo‘llanilganlik, shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganlik holatlarini, hujjat va shaxs tekshiruvi hamda shaxsni identifikatsiya qilish bo‘yicha tekshiruvlardan o‘tkazish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xavfsizlik xizmati organlariga — murojaat etuvchining xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir xizmat ko‘rsatishni rad etuvchi, ushbu nizomda nazarda tutilgan asoslar mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DPMga — xorijga chiqish biometrik pasportini chop etish va ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuborish uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan xorijga chiqish biometrik pasporti xizmatdan foydalanuvchi murojaat etib, tegishli to‘lovlarni amalga oshirgan kundan boshlab, YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa, ma’lumotlarni yig‘ish punktida xizmatdan foydalanuvchining biografik ma’lumotlarini, qo‘l barmoqlarining elektron izlarini (16 yoshdan katta shaxslar uchun) to‘plash, yuzni to‘g‘ridan raqamli formatda rasmga olish ishlari amalga oshirilgan paytdan boshlab, o‘n ish kuni (16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qo‘shimcha o‘rganishlar talab etiladigan alohida hollarda — bir oy) ichida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Fuqaro davlat xizmatini ko‘rsatishning har qanday bosqichida ushbu xizmatdan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Xizmatdan foydalanuvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rilmasdan qoldiriladi hamda amalga oshirilgan to‘lov summasi xizmatdan foydalanuvchiga qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosiga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chog‘ida quyidagi holatlarda ota-onadan birining roziligi talab qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onaning biri vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisi yolg‘iz ona bo‘lgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning ota-onasidan biri xorij fuqarosi bo‘lganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onadan biri sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud muomalaga layoqatsiz deb topilganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onadan birining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimlari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali, oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar esa Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimi orqali mustaqil ravishda tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlash uchun tegishli sud qarorining nusxasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish xizmati yuzasidan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasida chiqqan har qanday nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ota-onaning biri o‘z bolasining xorijga chiqishiga rozi bo‘lmagan taqdirda, uning xorijga chiqish huquqini cheklash uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. 16 yoshga to‘lmagan shaxslar nomidan ularning ota-onalari, vasiylari (homiylari), ushbu shaxslarni xorijga yuborayotgan tashkilotlarning vakillari murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Taqdim etilgan hujjatlar asosida ma’lumotlarni yig‘ish punkti xizmatdan foydalanuvchining biografik ma’lumotlarini, qo‘l barmoqlarining elektron izlarini (16 yoshdan katta shaxslar uchun) to‘playdi, yuzni to‘g‘ridan raqamli formatda rasmga oladi va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha elektron talabnomani shakllantiradi. Talabnoma elektron shaklda avtomatik tarzda DPMga jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Xizmatdan foydalanuvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra davlat xizmatini ko‘rsatishning tegishli bosqichlari (murojaat qabul qilinib, to‘lov uchun invoys hamda tayyor bo‘lgan xorijga chiqish biometrik pasportning ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yetkazilganligi) haqida avtomatik ravishda sms-xabar yo‘llash orqali xabardor qilib borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini ko‘rsatishning tegishli bosqichlari YIDXP yoki DPMning rasmiy veb-sayti orqali tekshirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. DPM tayyor bo‘lgan xorijga chiqish biometrik pasportini uni rasmiylashtirish uchun DFX orqali talabnoma yuborgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumotlarni yig‘ish punkti xorijga chiqish biometrik pasportini qabul qilib olgan kunning o‘zida xizmatdan foydalanuvchini pasportni olib ketish mumkinligi haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tayyor bo‘lgan xorijga chiqish biometrik pasporti faqatgina xizmatdan foydalanuvchining o‘ziga taqdim etiladi hamda taqdim etilganligi qo‘l barmoqlarining elektron izlarini (16 yoshdan katta shaxslar uchun) solishtirish orqali verifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
401. 16 yoshga to‘lmagan shaxsning xorijga chiqish biometrik pasporti uning ota-onalariga, vasiylari (homiylari)ga, xorijga chiqish biometrik pasporti berish haqida iltimosnoma bilan murojaat qilgan tashkilotlarning vakillariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402. Fuqaro va qonuniy vakillar xorijga chiqish biometrik pasportini avaylab saqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
403. Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganligi yoxud yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasporti almashtirilayotganda fuqaro ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozuvlarda noaniqliklar va xatoliklarga ma’lumotlarni yig‘ish punkti yoki DPM xodimlarining aybi bilan yo‘l qo‘yilgan taqdirda, fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini qayta rasmiylashtirib berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
404. Xorijga chiqish biometrik pasporti, xizmatdan foydalanuvchining xohishiga ko‘ra, amal qilish muddati qancha qolganidan qat’i nazar, istalgan vaqtda almashtirilishi mumkin. Bunda xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirish mazkur bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
405. quyidagilar xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Nizomda nazarda tutilgan talab etiluvchi hujjatlar taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar shaxs o‘zi to‘g‘risida bila turib soxta yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qo‘l barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va ko‘zoynak taqib yoki bosh kiyim, tashqi ko‘rinishga ta’sir qiluvchi ashyolar bilan suratga tushish istagi qat’iy bildirilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) agar shaxsga nisbatan xorijga chiqishiga to‘sqinlik qiladigan shartnoma, kontrakt majburiyatlari amal qilayotgan bo‘lsa, ushbu majburiyatlarning amal qilish muddati tamom bo‘lguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish yuzasidan uzil-kesil sud qarori yoki boshqa qaror qabul qilingunga qadar (surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning yozma xati asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) agar shaxs ichki ishlar organlarining ma’muriy nazoratida bo‘lsa — nazorat to‘xtatilgungacha (ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi organning yozma xati asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) agar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo va shartli hukm qo‘llanilgan bo‘lsa — jazoni o‘tab bo‘lgunigacha yoki jazodan va shartli hukmdan ozod qilingunga qadar (jazoni ijro etuvchi organning yozma xati asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar bo‘lsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar, voyaga yetmagan bolalarni ta’minlash uchun alimentlar oldindan to‘langanligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining ma’lumotnomalari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) agar shaxsga nisbatan vakolatli organlarning mazkur shaxs xorijga chiqishi maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatuvchi axboroti mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa asoslar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
406. Xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganidan keyin shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash faqat qonunda belgilangan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Fuqaroning davlat chegarasi orqali o‘tish huquqini cheklash surishtiruv, tergov yoki sud organlari qarori asosida chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
407. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishni ushbu nizomning 405 va 406-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etish yoki fuqarolarning xorijga chiqishini cheklash, shuningdek, xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga doir davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini buzish yuzasidan bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilinishi mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 5-bob quyidagi tahrirdagi 5-6-boblar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5-bob. Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga doir alohida tartibotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlardan xabardor fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish Davlat xavfsizlik xizmatining tegishli organlari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlardan xabardor fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportlari davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash yoki maxfiy-rejim bo‘linmalarida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlardan xabardor fuqarolar xorijdan qaytib kelganlaridan keyin xorijga chiqish biometrik pasportini davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash yoki maxfiy-rejim bo‘linmalariga topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash yoki maxfiy-rejim bo‘linmalarida saqlanayotgan xorijga chiqish biometrik pasportlarining amal qilish muddati tugagach, belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Davlat organlari va tashkilotlarining kadrlar bilan ishlash yoki maxfiy-rejim bo‘linmalarida saqlanayotgan xorijga chiqish biometrik pasportlari mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin Davlat xavfsizligi xizmatining tegishli organlari bilan kelishgan holda fuqarolarga qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqayotgan harbiy xizmatchilarning xorijga chiqish biometrik pasportlari bo‘lmasa, shuningdek, ularga xorijga chiqish biometrik pasporti berish zarurati bilan bog‘liq boshqa holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportlari vazirliklar va idoralarning yozma iltimosnomalari asosida ushbu Nizomda belgilangan tartibda migratsiya bo‘linmalari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Yaroqsiz holga keltirilgan yoki yo‘qotib qo‘yilgan xorijga chiqish biometrik pasportlarini yangisiga almashtirish ushbu Nizomda nazarda tutilgan umumiy tartiblar asosida ma’lumotlarni yig‘ish punktlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holatga keltirilgan xorijga chiqish biometrik pasportlarini almashtirishga oid murojaatlar bo‘yicha tegishli vakolatli organlar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartib-taomillar amalga oshirishlari uchun xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu toifadagi so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati istisno tariqasida yana o‘n ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Topib olingan xorijga chiqish biometrik pasporti ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Vafot etgan fuqaroning xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga topshiriladi, mazkur organ xorijga chiqish biometrik pasportini keyinchalik yo‘q qilish uchun tegishli migratsiya bo‘linmasiga jo‘natadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari yoxud ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va shartli hukm qo‘llanilgan shaxslardan xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari, ichki ishlar organlarining probatsiya bo‘linmalari yoki sud tomonidan olib qo‘yiladi. Shaxs qamoqda qoldirilgan yoki sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan taqdirda, xorijga chiqish biometrik pasporti Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqdan ozod qilinganda yoki jazo muddati o‘tab bo‘linganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari, ichki ishlar organlarining jazoni ijro etish inspeksiyasi, sud tomonidan yoxud jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati tomonidan egasiga (jazoni ijro etish muassasasidan chiqib ketayotgan vaqtning o‘zida) qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan taqdirda (pasportni ashyoviy dalil sifatida saqlab turish davrida amal qilish muddati o‘tib ketsa), yangi pasport vakolatli organning olib qo‘yish haqidagi tegishli qarori taqdim etilgach, migratsiya bo‘linmalari tomonidan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan xorijga chiqish biometrik pasporti ichki ishlar organlari tomonidan tegishli migratsiya bo‘linmasiga yo‘q qilish uchun jo‘natish maqsadida olib qo‘yilganda, fuqaroga uning pasporti olib qo‘yilganligi hamda yo‘q qilinganligi haqida dalolatnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Tekshirish, verifikatsiyalash jarayonida noaniqliklar yoki chegara (migratsiya) qaydlari, xorij vizalari, ruxsat beruvchi yozuvlar soxtalashtirilganligini ko‘rsatuvchi belgilar aniqlangan biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasporti, shuningdek, belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan yoki sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasporti chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarga jo‘natish uchun olib qo‘yilishi mumkin. Pasport olib qo‘yilgan taqdirda, chegara nazorati bo‘linmasi tomonidan fuqaroga uning pasporti olib qo‘yilganligi haqida dalolatnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda nazarda tutilgan holatlardan tashqari fuqarodan xorijga chiqish biometrik pasportini olib qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga chiqish biometrik pasportini majburiyatlarni ta’minlash maqsadida garov sifatida qabul qilish va topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi to‘xtatib turilganligi to‘g‘risidagi sud ajrimini Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga ma’lumot uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Doimiy yashash uchun xorijga chiqishda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan o‘z ota-onalarining va turmush o‘rtog‘ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan voyaga yetmagan bolalar bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o‘rtog‘ining notarial tasdiqlangan roziligi, ular vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan hollarda esa vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan fuqaroni migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi mas’ul xodimi mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar, agar ular doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan taqdirda, bu haqda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan elektron axborot almashinuvi vositasida real vaqt rejimida tegishli mudofaa organlari xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ushbu Nizom talablarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Qonun hujjatlari bilan quyidagilar uchun javobgarlik belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga chiqish biometrik pasportiga ataylab shikast yetkazish, shuningdek, xorijga chiqish biometrik pasportini ehtiyotsizlik bilan saqlab, uning yo‘qolishiga sabab bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘qolganligi haqida ariza berilgan xorijga chiqish biometrik pasportidan, shuningdek, boshqa shaxsga qarashli bo‘lgan xorijga chiqish biometrik pasportidan g‘arazli maqsadlarda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga chiqish biometrik pasportini qonunga xilof ravishda olib qo‘yish yoki uni garov sifatida qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga chiqish biometrik pasportiga g‘arazli yoki boshqa tuban niyatlar bilan ega bo‘lib olish, shuningdek, uni yo‘q qilish, yaroqsiz holga keltirish, yashirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tab chiqqan, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yonishi, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi oqibatida xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qolganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi to‘g‘risida murojaat etgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tab chiqqan shaxs bu holatni tasdiqlovchi tegishli hujjatni taqdim etadi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yonishi, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi holatini tasdiqlash zarurati bo‘lganda, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan so‘rov asosida qonunchilikda belgilangan vakolatli idoralardan ma’lumotnoma olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimlari o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Murojaat qiluvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari ushbu Nizomga muvofiq, xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishi talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilova quyidagi mazmundagi 3 — 6-ilovalar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Xizmatdan foydalanuvchi
Ma’lumotlarni yig‘ish punktiga o‘zi kelgan holda murojaat qiladi yoki YIDXP da ro‘yxatdan o‘tadi hamda so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi.
Xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Axborot tizimlari
So‘rovnomadagi ma’lumotlar avtomatik tizim orqali tekshiriladi:
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi;
Yagona milliy mehnat tizimi”;
“Notarius” axborot tizimi;
Ichki ishlar vazirligining “Tezkor ma’lumotlar” axborot tizimi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
1. Ma’lumotlarni yig‘ish punkti
2. YIDXP
To‘ldirilgan elektron so‘rovnoma va talabnoma DPMga yuboriladi.
So‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin 10 daqiqa ichida
4-bosqich
1. Vakolatli organlar
1. Davlat xizmati ko‘rsatilishini rad etish asoslari mavjud yoki mavjud emasligi nuqtai nazaridan tekshiriladi.
1. 5 ish kunigacha
(alohida hollarda 20 kungacha)
2. DPM
2. Xorijga chiqish biometrik pasporti tayyorlanadi.
2. 2 ish kunigacha
3. Davlat feldyegerlik xizmati
3. Xorijga chiqish biometrik pasporti ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yetkaziladi.
3. 3 ish kunigacha
5-bosqich
Ma’lumotlarni yig‘ish punkti
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining tayyor bo‘lgan xorijga chiqish biometrik pasportini fuqaroga taqdim etadi.
Xizmat yuzasidan tegishli to‘lovlar amalga oshirilgan kundan boshlab, 10 ish kunida
(alohida hollarda 30 kunda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga asosan qaysi hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yo‘qotilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirildim.
______________________ (sana)
______________________ (imzo)
______________________ (F.I.O.)”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.06.2022-y., 07/22/282/0531-son)